Узбекстан тарийхы лекция


 Mustaqillik davrida O`zbekistonda milliy totuvlikning



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

4. Mustaqillik davrida O`zbekistonda milliy totuvlikning 
ta`minlanishi 
O`zbekiston milliy istiqlolining qo`lga kiritilishi o`zbek xalqiningtarixiy taqdirida tub 
burilish yasash barobarida, uning tom ma`nodagi emin-erkinligi, ozodligi va mustaqilligini 
ta`minlab, ijtimoiy taraqqiyotning keng, istiqbolli yo`llariga olib chiqdi. Xalqimiz o`zgalarga 
tobelik va qaramlik asoratidan butunlay xalos bo`lib, o`zligini tanib, qaddini tiklab jahon 
hamjamiyati tomon yuz tutdi. Uning tomonidan ko`p asrlar davomida yaratilgan bebaho 
ma`naviy qadriyatlar, asori atiqalar, moddiy va ma`naviy boyliklar barcha-barchasi yurt 
fuqarolarining umumiy mulkiga aylandi. 
Mustaqillik ayni paytda milliy munosabatlarga ham bevosita daxl etib, bu sohadagi 


muammolar echimini muvaffaqiyatli hal etish yo`llarini belgilab berdi. O`zbekiston ko`p millatli 
mamlakat bo`lganligi bois ham milliy masalani to`g`ri, oqilona hal etish uning demokratik 
rivojlanish yo`lidan ilgarilab borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buning ustiga respublikada 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligi, fuqarolar totuvligi, bunyodkorlik va yaratuvchilik 
ishlarining maromi ko`p jihatdan milatlararo munosabatlarni to`g`ri tashkil etish, ularni aniq 
maqsadlar sari yo`naltirishga bog`liqdir. Mustaqil O`zbekiston hozirgi murakkab o`tish 
davrining barcha qiyinchiliklarini asta-sekin bartaraf etib, ilgarilab borar ekan, bunda sobiq 
sovetlar tuzumidan meros bo`lib qolgan milliy munosabatlar masalasidagi ko`plab ziddiyatli, 
muammoli masalalarni hal etish yo`lidan bormoqda. Ma`lumki, mustabid sovet hokimiyatining 
milliy siyosati shu darajada bir yoqlama yo`nalishda olib borilganki, millatlarning o`ziga xosliq 
milliylik jihatlari muttasil inkor etilib kelingan. Xususan, o`zbek xalqining ko`p asrli asl 
ma`naviy qadriyatlari, islomiy diniy e`tiqodi, milliy udumlari, an`analari, marosimlarining 
cheklanib, tahqirlanib kelinganligi, ko`hna boy tarixi soxtalashtirilib, buzib talqin etilganligi
milliy tilining doimiy kamsitilganligi va shu singari salbiy holatlar buning yaqqol ifodasidir. 
Xususan, 1924 yilda O`rta Osiyoda o`tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi va buning orqasida 
yagona Turkiston hududining bo`lib tashlanishi, bu erda asrlar davomida birga yashab kelgan 
qon-qardosh xalqlarning bir-biridan ajratilishi hamda ular orasiga sun`iy to`siqlar tortilishi - 
bular sovetlar yuritgan shovinistik siyosatning klassik namunasi edi. Binobarin, 1924 yilda 
tashkil topgan O`zbekiston respublikasi qariyb 70 yil davomida hukmron Markazga qo`l-oyog`i 
bilan bog`lanib, uning izmida yashab keldi. 
Ittifoqdosh respublikalar milliy manfatlarining muttasil inkor etilishi, ularning suveren 
haq-huquqlarining poymol qilinishi, ularga taalluqli hamma narsaga ittifoq davlatining 
hukumronligi oxir-oqibatda bu qizil saltanatni tarixning kutilmagan sinov-sinoatlariga duchor 
etdi. SSSR hayotining so`ngi kezlarida uning turli milliy hududlarida, jumladan, Boltiqbo`yi, 
Gruziya, Ozarbayjon, Qorabog`, Qozog`iston, O`zbekiston singari joylarda voqe bo`lgan qator 
yirik mojarolar, qon to`kishlar ko`p jihatdan milliy-etnik ziddiyatlarning kuchayib borishi 
negizida yuz berganligi tasodifiy emasdir. O`tgan asrning 80-yillar oxiri-90 yillari boshida sodir 
etilgan Farg`ona, O`sh qonli voqealari, ularning mudhish oqibatlari ham ayni shu noto`g`ri, bir 
yoqlama yuritilgan siyosat natijasi bo`lgan edi. Bular pirovardida SSSR qudratini tanazzulga yuz 
tuttirgan, uni parchalanishga olib kelgan asosiy sabablardan biri bo`lgan. 
Binobarin, O`zbekiston o`z mustaqilligiga erishgach, millatlar o`rtasida totuvlikni 
mustahkamlash, barcha millat va elat vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratish yo`lidan 
bormoqda. Milliy istiqlol arafasida (1989 yil 21 oktyabrda) O`zbekiston yangi rahbari tashabbusi 
bilan o`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va shundan e`tiboran uning iste`mol 
doirasining kengayishiga keng ufqlar ochilishi respublikamiz hayotida chinakam favqulodda 
ahamiyatga molik voqea bo`ldi. Yurt mustaqilligining qo`lga kiritilishi esa ona tilimiz mavqei va 
nufuzini yuksakka ko`tarib, uni jahon xalqlarining erkin milliy tillari qatoridan munosib o`rin 
egallashini ta`minladi. Ayni chog`da milliy tariximiz va u bilan uzviy bog`liq teran ma`naviy 
sarchashmalarimizning yuzaga chiqishi, tarixiy haqiqatning qaror topishi, o`zlikning anglanishi 
o`z navbatida o`zbek xalqining millat sifatidagi muhim, o`ziga xos xususiyatlarini chuqur 
o`rganish, uning ertangi porloq istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 
Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlaboq respublikada istiqomat qiluvchi barcha millat 
va elat kishilarining milliy tili, madaniyati, adabiyoti, sa`nati, urf-odatlari, rasm-rusmlari
an`analarini avaylab saqlash, ularni jonlantirish va yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar 
ochildi. Mazkur elat va xalqlarning hayotiy masalalarini amalda hal etish va bu ishlarni yuksak 
darajada tashkillashtirish uchun milliy madaniyat markazlari tuzilib, faoliyat ko`rsata boshladi. 
Hozirda yurtimizda yuzdan ziyod shunday markazlar mavjud bo`lib, ular bu borada to`laqonli ish 
yuritmoqdalar. Milliy madaniyat markazlar va ularga uyushgan madaniyat, adabiyot sa`nat va 
ilm-fan namoyandalari, faollar ishtirokida o`sha xalq va elatga xos milliy udumlar, marosimu 
bayramlar, qiziqarli mavzularga bag`ishlangan kechalar, uchrashuvlar, turli xil anjumanlar 
muntazam, an`anaviy tarzda o`tkazilib borilyapti. Bu esa shu xalq, elat odamlari hayotining 
jamiyatda to`la mazmunli kechishigagina samarali ta`sir ko`rsatib qolmay, ayni zamonda 


ularning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining oshishiga, ma`naviy-madaniy hayot ne`matlaridan to`la 
bahramand bo`lishiga ham muhim omil bo`lib hizmat qilmoqda. Shuningdeq mavjud milliy-
madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ibratga loyiq ish tajribalarini to`plash, 
umumlashtirish maqsadida Toshkentda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil 
etilgan. Uning faoliyati ham respublikada yashovchi barcha xalqlar, elatlarning o`zaro do`stliq 
qardoshlik aloqalarini bundan buyon ham jipslashtirib, ularning madaniy va ma`naviy hayotini 
yaxshilash, takomillashtirib borish, O`zbekiston diyorining gullab-yashnashi va ravnaqiga 
munosib hissa qo`shishga yo`naltirilgan. Hozirda respublikamizning ko`pgina maktablarida va 
boshqa ta`lim tizimlarida o`qishlar rus, qozoq, tojiq qirg`iz, qoraqalpoq va boshqa tillarda tashkil 
etilgan. Ular uchun har yili etarli miqdorda o`quv darsliklari, qo`llanmalar nashr etilib, 
o`quvchilarga etkazib berilmoqda. Shuningdeq rus, tojiq qoraqalpoq va boshqa tillarda vaqtli 
matbuot nashrlari chop etilmoqda. Turli tillarda radio, televidenie eshitirishlari va ko`rsatuvlari 
muntazam namoyish etib borilmoqda. 
O`zbek xalqining o`z davlat mustaqilligini qo`lga kiritishi, demokratik xuquqiy davlat 
asoslarining yaratilishi, xalqimizning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o`zini to`la-to`kis 
namoyon etayotganligi, ko`p asrlik boy tarixi tilga kirganligi, milliy tilining yuksak mavqega 
ko`tarilgani, betakror ma`naviyati, buyuk ijodkorlik salohiyati e`tirof topgani – bular uning to`la 
ma`noda millat sifatida shakllanib, yuksalib borayotganligiga asosli dalolatdir. Zero, mana shu 
muhim hollarni ko`zda tutgan holda Yurtboshimiz ham «millatimiz hozir shakllanyabdi», deb 
bejiz ta`kidlab o`tmagan. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Qanday omillar fuqarolarimizda o`z ajdodlari, nasl-nasabi kimlar 
ekanligini bilish tuyg`ularini uyg`otadi? 
2. Urug` qanday birlik sanaladi? 
3. Qabila deganda nimalarni tushunasiz? 
4. Massagetlar kim, ular haqida tarixiy manbalarda qanday fikrlar bildirilgan? 
5. Saklar kim, ular haqida tarixiy manbalarda qanday fikrlar bildirilgan? 
6. Milodimizning VI-VII asrlarida O`rta Osiyoda sodir bo`lgan etnik jarayonlar haqida nimalarni 
bilasiz? 
7. IX-XII asrlarda O`rta osiyolik tub aholi tarkibiga qanday etnik guruhlar kelib qo`shildi? 
8. O`zbek xalqi qachon shakllandi? 
9. XVI asrlarda O`rta Osiyoda yuz bergan etnik jarayonlar haqida so`zlang. 
10. «O`zbek» atamasining paydo bo`lishini bilasizmi? 



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish