Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

To`maris o`rtasidagi munosabatlar, ularning o`zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot 
ma`lumotlari alohida e`tiborga loyiqdir. 
200 minglik katta jangovar qo`shin tuzib To`maris yurtiga kelgan Kir II harbiy mahoratda 
mislsiz bo`lgan massaget qabilalarini ochiq jangda engish qiyinligini his etib, avvalda turli hiyla-
nayranglar ishlatishga urinib ko`radi. Shu maqsadda To`maris huzuriga elchilar yuborib, go`yo 
o`zini malikaga jazman ekanligini va shu bois unga uylanmoqchiligini bildiradi. Bu nayrang 
natijasiz chiqadi. Kir II shundan so`ng yana hiyla ishlatib, To`marisning mard, jasur o`g`li 
Sparganisni asirga oladi va oqibatda u o`zini halok etadi. Yagona farzandidan judo bo`lib 
o`rtangan onaning dushmanga bo`lgan o`tli nafrati o`n chandon ortadi. Buning ustiga elu-yurt 
erki, ozodligini har narsadan a`lo bilgan To`maris Kir qo`shiniga qarshi hayot-mamot jangiga 
hozirlik ko`radi. 
Butun vujudlari ila g`animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget qo`shinlari 
bosqinchilarga qarshi jangga tashlanishadi. Nihoyat, massagetlar g`alaba qozonadilar. Fors 
qo`shinlarining katta qismi, jumladan Kir ham jang maydonida xalok bo`ladi. Bu miloddan 
avvalgi 530 yilga to`g`ri keladi. 
Ahomaniylar shohi Kambis II (530-522) va Doro I (522-486) davrida O`rta Osiyo 
hududlari bosib olinadi. 
Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518 yillardagi harbiy yurishlari davomida 
sak qabilalarini engib, itoatga keltirishga musharraf bo`ladi. Lekin bunga osonlikcha erishgan 
emaslar. Loaqal bu yurtning oddiy cho`poni Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy 
bosqinchilar bilan jon berib, jon olishib, mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo`la oladi. 
Eron ahomaniylariga qarshi O`rta Osiyoning Parfiya, Marg`iyona hududlarida, Saklar 
o`lkasida ko`plab xalq qo`zg`olonlari yuz berib turgan. Jumladan, Eron hududidan topilgan 
Bihistun yozuvlarida aytilishicha, mil. av. 522 yilda Marg`iyonada ko`tarilgan kuchli xalq 
qo`zg`oloniga Frada degan shaxs etakchilik qilgan. Doro I qo`shini qo`zg`olonchilardan qonli 
o`ch oladi. 55 ming qo`zg`olonchilar qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham 
qo`lga olinib qiynab o`ldiriladi. Bularning hammasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar 
zulmiga bo`yin egmay, o`z erki, ozodligi yo`lida tinimsiz kurash olib borganligini ko`rsatadi. 
Mil.av. VI-IV asrlarda ham O`rta Osiyoning Baqtriya, Sug`diyona, Marg`iyona va 
Xorazm vohasi hududlarida sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati to`xtovsiz 
rivojlanishda davom etgan. 
O`lkaning o`sha davrdagi asosiy qon tomirlari hisoblangan Samarqand (Afrosiyob), 
Marv, Baqtra, erqo`rg`on, Qiziltepa, Ko`zaliqir singari shaharlari hunarmandchilik va savdo-
sotiq markazlari sifatida qadimgi ajdodlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu davrda 
zarb etilib, muomalaga chiqarilgan dastlabki tanga pullar ham shaharlar hayotining 
o`sganligidan guvohlik beradi. 
O`rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo`lida olib borgan kurashlari pirovard 
oqibatda o`z samarasini bermay qolmadi. Mil. av. to`rtinchi asrga kelib Eron ahomaniylari 
xokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi. Bunday sharoitda birinchi bo`lib Xorazm o`z 
mustaqilligini tiklashga muvaffaq bo`ladi. Usta diplomat, mohir siyosatchi Farasman Xorazm 
mustaqilligini qo`lga kiritib, uni mustahkamlay bordi. O`lkaning boshqa hududlarida ham 
mahalliy xalqlarning Eron ahomaniylaridan yurtni ozod qilish borasidagi qat`iy kurash 
harakatlari avj olib bordi. Biroq, afsuski, o`lkamiz xalqlarini bu davrda tarixning yana og`ir 
sinovlari kutmoqda edi. 
Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida Eron xududida eroniy sulola Axmon boshchiligida kuchli 


davlat shakllandi va qisqa davr ichida o‘z Atrofidagi bir qator davlatlarni, xususan, Assuriya, 
Urartu, Midiya, Bobil va Boshqalarni o‘z tarkibiga birlashtirib yirik saltanatga asos soladi. Bu 
Qudratli davlat asoschisi Kir II Turon (O‘rtaOsiyo) erlariga yurish qilishga Maxsus tayyorgarlik 
ko‘radi. Kirning sharqiy xududlarga, jumladan, Turon zaminga xarbiy yurishlarini ikkibosqichga 
bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich 
mil. Avv. 545-539 yillarga to‘g`ri keladi. Bubosqichdagi daxshatli janglarning birida maxalliy 
qabilaning yo‘lboshchisi Sparetra ismli ayol 200 ming erkak va 200 ming xotin-qizlardan tashkil 
topgan qo‘shin bilan Kir II qo‘shinini mag`lubiyatga uchratadi.
Kir II ning Turonzamin xududlariga ikkinchi yurishi mil. Avv. 539-530 yillarni o‘zichiga oladi. 
O‘rta Osiyoning tabiatan erksevar, rtparvar xalqlari Axmoniylarga bo‘ysunmaslik uchun o‘z ona 
zamini, diyorini ximoya qilib, Mardonavor kurash olib borganlar. A x moniylar podshosining 
yurishiga doir bir qator ishonchli ma’lumotlar yunon mualliflaridan Xirodot, YUstin, 
Strabonlarning yozuvlarida ko‘p uchraydi. Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron 
shoxi bilan massagetlar malikasi, mard va jasur ayol Tumaris o‘rtasidagi munosabatlar, ularning 
o‘zaro urushi, uning yakunlariga oid e’tiborga loyiq ma’lumotlar yunon muarrixi Xirodot 
asarlarida berilgan.
Shu ma’lumotlarga qaraganda mil. Avv. 530 yilda massagetlar yo‘lboshchisi Malika Tumaris Kir 
II ustidan yorqin g`alaba qozonadi. Axmoniylar shoxi Kir II ning tanadan judo etilgan boshini 
odamlar qoni bilan to‘ldirilgan mesh-qopga solar ekan, Tumaris shunday deydi: «Ey, Kir! Umr 
bo‘yi jang qilib, odam qoniga to‘ymading, mana, endi to‘yganingcha ich!».
Mil. Avv. 522 yilda Axmoniylarning yangi podisosi Doro I boshchiligida O‘rta Osiyoga 
yangi bosqinchilik yurishi boshlandi. Tarixiy manbalarga qaraganda, o‘sha yili Marg`iyonada 
Doro I ga qarshi Frada boshchiligida xalq qo‘zg`oloni ko‘tarildi. Ammo qo‘zg`olon 
shafqatsizlarcha bostirildi. Shunday bo‘lsa-da maxalliy axoli ajnabiy bosqinchilarga qarshi 
o‘zlarining mardonovor kurashlarini davom etdirdilar. Bosqinchilarga qarshi jiddiy qarshilik 
ko‘rsatilganligini va bunda sak qabilasiga mansub oddiy cho‘pon Shiroqning mardlik-mangulik 
jasoratini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Yunon tarixchisi Polienning «Xarbiy xiylalar» 
asaridagi Shiroq to‘g`risidagi afsonaviy jasorat yuzasidan bergan ma’lumoti diqqatga sazovordir. 
Manbada xikoya 
qilinishicha, yilqiboqar Shiroq o‘z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni xiyla ishlatib, 
chalg`itib, Qizilqumning xalokati jazirama dashtlariga boshlab boradi va o‘z jonini qurbon qilib, 
vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi, bu bilan o‘z elu-yurti, vatani, qabiladoshlari 
oldidagi xaqiqiy farzandlik burchini ado etadi. Shu bois xam uning yorqin siymosi yurtparvar 
avlodlar xotirasida mangu muxrlanib qoldi. Eron axmoniylari bosib olgan mamlakatlarni, shu 
jumladan O‘rta Osiyoni, itotali xolda ushlab turmoq uchun satrap (viloyat) larga bo‘lgan. 
Xususan, O‘rta Osiyo xududi 4 ta satraplikka (viloyat boshqaruviga) bo‘lingan. o‘sha davrdagi 
o‘lka xududida mavjud bo‘lgan Samarqand (Afrosiyob), Marv, Baqtra, Erqo‘rg`on, Qiziltepa, 
Ko‘zaliqir singari shaxarlari xunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari xisoblangan. Bu davrda 
zarb etilib, muomalaga chiqarilgan dastlabki tanga pullar xam shaxarlar xayotining o‘sganlgini 
ko‘rsatadi.
O‘rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida olib Borgan kurashlari 
pirovard oqibatda o‘z samarasini bermay qolmadi. Mil. Avv. IV asrga kelib Eron axmoniylari 
xokimiyati. Kuchsizlandi va zaiflashdi. Bunday sharoitda birinchi bo‘lib Xorazm o‘z 
mustaqilligini tikladi. O‘lkaning boshqa xududlarida xam maxalliy xalqlarning Eron 
axmoniylaridan o‘ z yurtini ozod qilish uchun kurash tinmadi. Biroq, afsuski, o‘lkamiz xalqlarini 
bu davrda tarixning yana birog` irsinvoi kutmoqda edi. Bu makedoniyalik Iskandarning O‘rta 
Osiyoga uyushtirgan mislsiz qonli istilosidir.
Nazorat uchun savollar: 
1.
Axamoniylar davlatining qachon tashkil topdi? 
2.
Eron axamoniylari hukmdorining Vatanimiz xududlariga bosqinchilik yurishlari haqida gapirib 
bering. 


3.
To’maris va uning o’g’li Sparangiz boshchiligidagi kurash haqida nimalar bilasiz? 
4.
Frada qo’zg’oloni qachon ro`y berdi? 
5.
Axamoniyla hukmronligi davrida boshqaruv va soliq tizimi qanday bo`lgan?
6.
Xorazmning mustaqillikka erishishining tarixiy ahamiyatini gapirib bering.



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish