Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi


BAZIDIOMISETLAR SINFI – BASIDIOMYCETES



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/72
Sana11.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#145261
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
Bog'liq
Тубан усимликлар 2017

BAZIDIOMISETLAR SINFI – BASIDIOMYCETES 

 

 

    Bazidiomisetlar  ham  Askomisetlar  singari  yuksak  zamburug„lar 



hisoblanib, miseliylari yaxshi rivojlangan va ko„p hujayrali. Jinssiz ko„payishi 

konidiyalar  yordamida  amalga  oshadi.  Jinsiy  ko„payishi  esa  nisbatan  sodda 

bo„lib, somatogamiya (jinsiy a‟zolari va gametalari bo„lmasdan miseliylarning 

somatik 


hujayralari  o„zaro  qo„shiladi)  jarayoniga  to„g„ri  keladi. 

Miseliylarining hujayra qobig„ida xitin va glukan to„planadi. 

    Bazidiomisetlarning  nomi  ham  jinsiy  ko„payish  hosilalarining  nomi 

bilan  hamohang,  ya‟ni  bazidiyalar  hosil  bo„lishiga  asoslangan.  Ko„rsatib 

o„tilganidek,  ularda  haqiqiy  jinsiy  a‟zolar  hosil  bo„lmaydi,  balki  miseliy 

hujayralaridagi  dikarionlar  o„zaro  qo„shilib,  bazidiya  va  bazidiosporalarni 

yuzaga  keltiradi.  Shuni  ham  takidlash  lozimki,  Bazidiomisetlarning  vegetativ 

hayoti  davomidagi  miseliylari  doimo  qo„sh  yadroli,  ya‟ni  dikariotik  holatda 

bo„lib,  faqatgina  bazidiya  hosil  bo„lishi  paytidagina  kariogamiya  amalga 

oshadi.  Buning  uchun  oddiy  miseliylarida  "tamg„a"  shaklidagi  maxsus 

o„simtalar  yuzaga  kelib,  qo„sh  yadrolar  bo„linadi  va  hosil  bo„lgan  4  ta 

yadroning 2 tasi tamg„aning pastki qismiga  o„tadi  va  yuqoridagilardan to„siq 

bilan  ajraladi.  Yuqorida  qolgan  ikkala  yadro  o„zaro  qo„shilib  (kariogamiya), 

keyin  ketma-ket  2  marta  bo„linadi.  Natijada  4  ta  yadro  hosil  bo„ladi.  Ushbu 

yadrolar  joylashgan  hujayra  kengayib,    bazidiyaga  aylanadi  va  uning  ustida 

to„rtta  o„simta  shakllanib,  yadrolar  ularga  o„tadi.  Ushbu  hosila  esa 

bazidiospora  deb  ataladi.  Bazidiya  va  bazidiosporalar    to„g„ridan-tug„ri 

miseliylarning  o„zida  yoki  meva  tanadagi  maxsus  miseliylarda  hosil  bo„lishi 

mumkin. Yuqorida ko„rsatilganlardan ko„rinib turganidek bazidiomisetlarning 

gaploid fazasi juda qisqa bo„lib, faqat bazidiyalarini va bazidiosporalarini o„z 

ichiga  oladi.  Qolgan  paytlarda  ular    diploid  (dikarion  faza  ham  diploid 

hisoblanadi) holda bo„ladi.  

    Ko„rinib  turibdiki,  xaltachali  zamburug„larning  askogon  gifalarida 

yuzaga keladigan jinsiy jarayonning borishi bilan bazidiyali zamburug„larning 

bazidiya va bazidiosporalarini hosil bo„lishida bir qator o„xshashliklar bor. Bu 

o„xshashlik ularni kelib chiqish asoslari bir xil ekanligidan darak beradi. 

Xaltachali 

zamburug„larning 

xaltachalariga 

o„xshash 

bazidiyali 

zamburug„lar  ham  bazidiyasining  tuzilishi  bilan  keskin  farqlanib,  uch  xil 

ko„rinishda bo„ladi: 

1. 


Xolobazidiya - asos  hujayra ustida joylashgan yaxlit bazidiya. 


44 

 

2. 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish