Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi


Mukorlar  tartibi  -  Mucorales



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/72
Sana11.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#145261
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
Bog'liq
Тубан усимликлар 2017

     Mukorlar  tartibi  -  Mucorales.  Ushbu  tartibning  vakillari  tuproqda, 

o„simlik va oziq-ovqat qoldiqlarida, o„txo`r hayvonlarning go„ngida va boshqa 

oson parchalanuvchi organik moddalarda keng tarqalgan. Ayrim  vakillarigina 

hayvonlarda  va  o„simliklarda  yengil  kasalliklar  tug„dirishi  mumkin. 

Ko„pinchalik  mukorlarning  mo„g„or  zamburug„lar  deb  ataluvchi  vakillarini 

nonda  va  oziq-ovqat  qoldiqlarida  uchratish  mumkin.  Ayniqsa,  Mukorlar 

(Mucor)  tartubiga  mansub  zamburug„lar  nam  joylarda  saqlangan  nonda  tez 

paydo  bo„ladi.  Zamburug„ning  substrat  miseliysi  non  ichidagi  kraxmalni 

parchalab,  uning  ustki  qismida  oppoq  qatlam  shaklidagi  mo„g„or  ipchalarini 

yuzaga  keltiradi.  Ushbu  ipchalar  havo  miseliylari  deb  atalib,  ulardan  jinssiz 

ko„payish a‟zolari, ya‟ni sporangiya bandi o„sib chiqadi. Sporangiya bandlari 

miseliylardan  biroz  yo„g„onroq  bo„lib,  uchki  qismida  dumaloq  sporangiya 

hosil  qiladi.  Sporangiyasi  ichiga  kirib  borgan  band  ustuncha  hosil  qilib 

tugallanadi.  Odatda  mukorning  sporangiyasida  ozuqa  modda  shaklida 

glikogen  to„planadi.  Sporalar  pishib  yetilgach,  glikogen  qandga  aylanadi  va 

sporangiyaning  ichida  bosim  yuzaga  keladi.  Bosim  ta„sirida  yorilgan 

sporangiyaning  ichidagi  sporalari  atrof-muhitga  otilib  tarqaladi.  Mukorning 

jinsiy ko„payishi ko„rsatib o„tilganidek tipik zigogamiyadir. 

    Tuzilishi  va  yashash  sharoiti  jihatidan  Mukorga  o„xshash  bo„lgan 

vakillardan  yana  biri  Rizopus  (Rizopus)  bo„lib  hisoblanadi.  Mukordan  farqli 

ravishda  Rizopus  kuchli  rizoidlar  va  miseliydan  yo„g„onligi  bilan  biroz  farq 

qiluvchi,  funksiyasi  jihatidan  qulupnayning  mo„ylovlariga  o„xshash  "stalon

deb  ataluvchi  miseliyning  shakl  o„zgargan  ko„rinishini  hosil  qiladi. 

Shuningdek,  Rizopusning  sporangiyasi  va  uning  bandlari  ham  Mukornikidan 

biroz yirikroq bo„ladi.  

Rizopuslarning  bir  qator  turlari  (Rizopus  nigrikans  ,    R.  oruzae,  R. 



stolonifer  va  bosh.)  spirt,  organik  kislotalar  va  boshqa  birikmalarni  ishlab 

chiqarishda ishlatiladi.                                     

    Chiroyli  va  qiziq  tuzilishga  ega  bo„lgan  turlar  qatoriga  Pilobolus 

(Pilobolus) turkumi misol bo„la oladi. Uning ko„pchilik turlari go„ngda hayot 

kechiradi.    Miseliysidagi  shishga  o„xshash,  kengaygan  joyidan  sporangiya 

bandi o„sib chiqadi. Sporangiya bandining ustki qismida pufakcha hosil bo„lib, 

uning  ustida  esa  shilimshiq  aylanaga  yopishib,  sporangiyasi  joylashadi. 

Pufakchada  kuchli  (5  atmosferadan  ortiq)  bosim  yuzaga  keladi  va  shilimshiq 

aylana qismidan uzilib, sporangiyasi bilan birga 2 metr atrofiga uchib ketadi. 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish