Rasm varaqning yuqori markazida joylashgan bo‘lsa -subyektning maqsadga erishishda to‘siqlami his qilishi yoki uning xarakterida og‘ishishning mavjudligi.
Rasmning markazda joylashganligi - himoyalanganlik va rigidlik. Psixik muvozanatni saqlash uchun ishonchli nazoratga ehtiyoj sezish.
Rasmning markazdan pastda joylashganligi – subyektning o‘zini xavf ostida yoki noqulay his qilishi natijasida depressiyada ekanligi yoki subyektning o‘zini reallikdan chegaralangandek his qilishi.
Rasm varaqning chap tomonida joylashgan bo‘lsa - o‘tmishga urg‘u berish, impulsivlik.
Rasm varaqning chap yuqori burchagida joylashgan bo‘lsa - yangi kechinmalardan qochishga moyillik, o'tmishga qaytish yoki fantaziyaga berilish istagining borligi.
Rasm varaqning o‘ng qismida joylashgan bo‘Isa – subyekt intellektual mashg'ulotlar bilan shug‘ullanishni istaydi, o‘z qiziqishini nazorat qiladi, kelajakka intiladi.
Rasm varaqning chap tomonidan chiqib ketgan bo‘lsa - o‘tmishda qolib ketish va kelajakdan qo‘rqish. Erkin ochiq emotsional kechinmalar haqida haddan tashqari tashvishlanish.
O‘ng tomondan chiqib ketsa - o'tmishdan qutulish istagi va kelajakka kuchli intilish. Erkin ochiq emotsional kechinmalami qattiq nazorat qilishga intilish.
O‘ng tomondan chiqib ketsa - o'tmishdan qutulish istagi va kelajakka kuchli intilish. Erkin ochiq emotsional kechinmalami qattiq nazorat qilishga intilish.
Rasm varaqning yuqori qismidan chiqib ketsa - subyekt real hayotda his qilmagan rohatni fantaziyalar olamida his qilishga urinishi.
Konturlarning eskizligi, doimiy o‘zgaruvchanligi – yaxshi tomondan olib qaraganda, aniqlikga intilish, yomon tomondan olib qaraganda aniq pozitsiyalarga nisbatan noqobillikning namoyon bo'lishi.
ODAM
Bosh - intellektual soha (nazorat). Taassurotlar sohasi.
Boshning kattaligi - inson faoliyatida fikrlashning ahamiyatiga ongsiz ravishda urg‘u berish.
Bosh kichkinaligi - intellektual adekvatning yetishmaslik muammosi.