Quyidagi ranglardan odatdagidek foydalaniladi: yashil – tom uchun, jigarrang - devorlar uchun.
Sariq - uydagi gul bo‘lib kelganda oddiy, lekin qosh qorayishi yoki tunning yaqinlashishini tasvirlab kelsa, quyidagilarni anglatadi:
l.Muhitning unga nisbatan dushmanonaligi.
2.O‘zining xatti-harakatlarini boshqalar ko‘zidan yiroq bo‘lishini istash.
Ishlatilgan ranglar miqdori. Muhitga yaxshi moslasha olgan yoki tortinchoq bo‘lgan subyekt odatda 2 tadan каш bo‘lmagan 5 tadan ortiq bo‘lmagan ranglardan foydalanadi.
Uyni bo‘yashda 7 - 8 xil ranglardan foydalangan subekt labil (emotsiyaning o‘zgaruvchanligi) hisoblanadi.
Faqat bitta rangdan foydalangan subyekt emotsional qo‘zg‘alishdan qo‘rqadi.
Subyekt ranglarni tanlashda qanchalik uzoq o‘ylansa, qatiyatsizlik qilsa va qiynalsa, unda shaxsiy buzilishlarning borligi shunchalik aniq bo‘ladi.
Qora rang - tortinchoqlik, qo‘rqoqlik.
-
Yashil rang - xavfsizlik hissiga bo‘lgan ehtiyoj, o‘zini xavfdan himoya qilish. Bu xususiyatlar daraxt barglari va uy tomini yashilga bo‘yashda unchalik ahamiyatga ega emas.
Olovrang - ta’sirchanlik va dushmanlik hislari kombinatsiyasi.
Purpur rang - hokimiyatga kuchli intilsh.
Qizil rang - yuqori ta’sirchanlik, atrofdagilaming iliq munosabatiga bo‘lgan ehtiyoj.
Sariq rang - dushmanlikning kuchli belgilari.
Varaqning % qismini shtirxlash - emotsiyalami namoyon qilishda nazoratning yetishmasligi.
Rasm chegaralaridan chiqib ketgan shtrixlar - qo‘shimcha stimulyatsiyaga impulsiv javob.
UMUMIY KQ‘RINISh.
Rasmning varaq chetida joylashganligi - o‘ziga ishonchsizlik va xavotir xislarining ustunligi. Ular vaqt o‘lchovlariga ko‘ra quyidagicha ifodalanadi:o‘ng tomon - kelajak, chap tomon - o‘tmish.
Kechinmalar spetsifikasiga ko‘ra:o‘ng tomon - intellekt, chap tomon - emotsional soha.
“Subyekt ustidan” ko‘rinish (tepadan pastga qaragandek) - subekt uydagilari tomonidan chetlashtirilgan, inkor qilingan. Subyektning erishib bo‘lmaydi deb hisoblagan uy muhitiga ehtiyoj sezishi.
Rasmning uzoqda joylashganligi - konventsial jamiyatni inkor qilish istagi. Izolyatsiyalanganlik, o‘z qobig‘iga o‘ralganlik hissi. Atrof-muhitdan ajralib turishning yorqin namoyon bo'lishi. Bu rasmni yoki u ifodalayotgan ma’noni inkor qilish.
“Yo‘qoIgan ko‘rinish” (individ uyning bir qismini to‘g‘ri tamomlaydi, lekin boshqa tomonida muvofiqlikni yo‘qotadi) - murakkab integratsiyaning boshlanishidan darak beradi va kelajakdan qo‘rqishni (agar vertikal chiziqlar o‘ng tomonda joylashgan bo‘lsa) yoki o‘tmishni unutish istagini bildiradi (agar vertikalchiziqlar chap tomonda joylashgan bo‘lsa).
Uchtomonlama ko‘rinish - atrofdagilarning o‘zi haqidagi fikrlari uchun haddan tashqari tashvishlanish, ahamiyatsiz hususiyatlami bilishga intilish.