Boshqa tomondan tasvirlangan orqa devor - o‘z - o‘zini nazorat qilishga ongli ravishda urinish, o‘zaro kelishuvchanlik hissining borligi, lekin shu bilan birga kuchli qaysarlikning ham namoyon bo‘lishi.
Orqa devor konturlarining yetarlicha qaliniigi – subektning reallik bilan bo‘lgan aloqani saqlab qolishga (yo‘qotmaslikka) intilishi.
Poydevorga ega bo‘lmagan devorlar - reallik bilan bo‘lgan kuchsiz aloqa (asosan idealist).
Poydevoriga alohida urg‘u berilgan devor – subektning konfliktli vaziyatlami aniqlashga urinishi, qiyinchilik va xavotirni his qilayotganligi.
Gorizontal chiziqlarga urg‘u berib chizilgan devor – vaqt bilan bog‘iiq nomuvofiqlik (o‘tmish yoki kelajakning dominantligi). Subektning muhitga juda ta’sirchanligi.
Vertikal chiziqlarga urg‘u berib chizilgan devor - subektning o‘z xohishiga ko‘ra reallikdan uzoqlashib, fantaziyalardan lazzatlanishi.
Yon chiziqlari juda ingichka va noadekvat chizilgan devor - falokatdan qo‘rqish.
Chiziqlariga juda urg‘u berilgan devor – nazoratni yo‘qotmaslikka ongli ravishda intilish.
Bir o‘lchovli perspektiv (bitta tomonning tasvirlanganligi), agar bu yon tomon bo‘lsa - subektda qarshilik va begonalik (muholifat)ning kuchli namoyon bo‘lishi.
Shaffof devor - anglanmagan ishtiyoq , vaziyatga iloji boricha ta’sir ko‘rsatish (hukmronlik qilish, tashkillashtirish)ga intilish.
ESHIKLAR.
Eshiklarning yo‘qligi - subektning boshqalar bilan ochiq munosabatga kirishishga qiynalishi (asosan uydagilar bilan).
Orqa yoki yon tomondagi eshiklar (bitta yoki bir nechta) - chekinish, inkor qilish, qochish.
Oldingi eshiklar (bitta yoki bir nechta) - ochiqko‘ngillik va muvaffaqiyatlilikning namoyon bo‘lishi.
Ochiq eshiklar - agar odam yashaydigan uy bo‘lsa, bu tashqaridagi iliqlikka kuchli ehtiyoj yoki ochiqko‘ngillilikni demonstratsiya qilishga intilish.
Yon eshiklar (bitta yoki bir nechta) - begonalik, alohidalik, reallikni qabu! qilmaslik. Izolyatsiyalanganlik.
Eshiklarning juda kattaligi - boshqalarga haddan tashqari bogianib qolish yoki o‘zining ijtimoiy kommunikabelligini namoyon etishga urinish.
Eshiklarning juda kichkinaligi - o‘z “Men”ini berkitish. Ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan nomunosiblik nomuvofiqlik va qatiyatsizlik hislarini his qilish.
Eshikda katta qulfning borligi - dushmanlik, ishonchsizlik, sirlilik, himoya tendensiyalari.
Quyuq tutun - ichki bosimning yetarlicha kuchliligi.
Tutunning kamligi - uyda emotsional iliqlikning yetishmaslik hissi.