Tom -fantaziya sohasi. Shamolning tom va trubani buzganligi - subektning shaxsiy erkinligiga qarshi buyruq berishlari.
Tomning boshqa elementlarda uchramaydigan darajada qalin chiziqlar bilan chizilganligi - o‘z fantaziyalariga huzurianish manbai sifatida bog‘lanib qolish.
Yon tomonlari ingichka chiziqli tom - fantaziyani boshqarishdagi sustlikni his qilish.
Yon tomonlari qalin chiziqli tom - fantaziyani boshqarishda haddan tashqari tashvishlanish.
Pastki qavatlar bilan yaxshi bogianmagan tom – shaxsiy organizatsiyaning yomonligi.
Tom karnizlari, ularga urg‘u berish yoki ularning devor ustigacha tortilganligi - (ishonchsizlik bilan bog‘liq bo'lgan) himoya vositalarining kuchliligi.
MO‘RI
Mo‘rining yo‘qIigi - subyektning uyda psixologik iliqlik yo‘qligini his qilishi.
Mo‘rining deyarli ko‘rinmasligi - emotsional ta’sir bilan bog‘liq munosabatlarni istamaslik.
Mo‘rining tomga bog‘Iiq holda qiyshiq chizilganligi – bolalar uchun - norma, kattalarda - agressiyani bildiradi.
Suvo‘tkazgich quvurlar - himoyaning kuchliligi yoki ishonchsizlikning yuqoriligi.
Butalar - ba’zan odamlarni ifodalab keladi, agar ular bilan uy zich o‘ralgan bo‘lsa, o‘zini himoya to‘siqlari bilan o‘rash istagining kuchliligini bildiradi.
Butalar har yoqda joylashgan yoki yo‘lakning ikki tomoniga qator chizilgan bo‘lsa - reallik doirasidagi biroz xavotirlanish va uni boshqarishga bo‘lgan intilishni bildiradi.
Yengil va bejirim chizilgan yo'lakcha - individning boshqalar bilan munosabatda taktga egaligi va o‘z-o‘zini boshqara olishini bildiradi.
Yo‘lakchaning juda uzunligi - ijtimoiy muhitga kirishishning kamligidan dalolat.
Yo‘lakcha boshining juda kengligi va uyga tutash qismining juda torligi - yolg‘izlikni istash hissini berkitishga urinish.
Quyosh. Obro‘-e’tibor belgisi, ba’zan iliqlik va kuch-qudrat manbai bo'lib ham qabul qilinadi.
Ob-havo. Subyektning umumiy muhitga nisbatan kechinmalarini o‘zida aks ettiradi. Qanchalik yomon ob-havo rasmi chizilsa, atrof-muhit subyekt uchun shunchalik qarshilik va imkonsizlikdan iborat bo‘lib tuyuladi (subektning muhitni dushmandek qabul qilishi va unda o‘zini asirdek his qilishidan iborat).