... _
. r&lifilrsaciHllk
g'or^chayja
17
www.ziyouz.com kutubxonasi
yertoMalar turarjoy vazifasini o'tagan. Inson o'troqlashgan sari
turarjoylar shakii ham o'zgarib borgan. 0 ‘rmonli joylarda yog'och
uylar vujudga kelgan, botqoq va suv bosadigan yerlarga yog'och,
xoda qoqib ustiga uy qurilgan. Iqlimi quniq, daraxt o‘smaydigan
dashl va tog‘ etaklarida neolit davridan boshlab tosh, loy. xom
g‘isht. guvala, somon kabi qurilish materiallaridan foydalanilgan.
Osiyo va Afrikaning chorvachilik bilan shug'ullanadigan o‘lkalarida
k o 'chm a turarjoylar keng tarqalgan. C hodir (hayvon lerisi,
matodan; Osiyoning janubiy togiiq hududlarida, eroniylar. arablar),
oq uy. qora uy-o‘tov, chayla, kapa, olachuq kahi (namat va
yog'ochdan) m o‘g‘ul ko‘chma uy-joylari ayniqsa ko‘chmanchi
turkiy qavmlarda keng qo'llanilgan, hatto arava ustiga qurilgan
ko'chik (ko‘shk)lar dashti qipchoqdan Sharqiy Yevropagacha
boMgan h u d u d la rd a kuzatilgan. S him olda esk im oslarning
turaijoylari bug'u lerisi va muzdan qurilgan.
Jamiyatda tabaqalanish vujudga kelgach, qadimgi Misr,'qadimgi
Rim va Yunonistonda qullarning sodda uy. kulbalari bilan bir
qatorda quldorlarning uy qo rg'onlari, ko‘p xonali qal'alari barpo
etilgan. G'arbiy Yevropa shaharlarida sinchkor faxverkli qurilma-
dagi turatjoylar hozirgacha saqlangan. Sharqiy slavyan (shu bilan
birga ms, ukrain. belarus) va hududi ularga yaqin xalqlar (fin.
eston, litva. rumin va boshqalar)da dastlab yog‘och qalab qurilgan
uylar (xata va boshqalar) keng tarqalgan. Kavkaz xalqlarida tog‘
qal'alari terassalarida loy va toshdan usrma-ust qurilgan kulbalar,
minorasimon ko‘p qnvatli uylar (tog'li Dog'iston va boshqalar)
tarqalgan. Hindistonda turarjoy xom va pishiq g‘ishtdan, tomi
yassi. ba'zan nishabli yasalib, ustiga poxol qamish. yirik bargiar
bosilgan. Sinchli yog‘och yoki bambukdan yasalgan uylar ham
b o ‘lgan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (masalan, Shimoliy
Xitoyda) sinchli, xom g'ishtli devor suvalib, tomiga poxol qamish
bostirilgan. Tez-tez zilzila bo‘lib turgan joylarda sinchkori yengil
uylar ko‘p qurilgan.
Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida aslzodalarning shahar
plasolari, villalari, bog1 park majumalari o ‘ziga xos me'moriy tizim
va uslubga ega bo‘Igan (Dojlar saroyi va boshqalar).
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida rivojlangan Angliya
turaijoylari boshqa Yevropa mamlakatlaridagi turarjoy qurilishiga
18
www.ziyouz.com kutubxonasi
sezilarli ta'sir ko‘rsatdi. Unda F.Uebb, N.Shou va Ch Voysi kabi
me'morlar loyihasi ma'lum bir oila ehtiyojim puxta o‘rgangan
holda uning atrof-muhitini. iqlim sharoitini va uyning joylanish
o ‘rnini foydalanadigan qurilish materiallarini namoyish etib,
xususiyatini ochib berdi. AQSH. Kanada kabi sanoati riovjlangan
m am lakallarda turarjoy sanoatida ishlab chiqarilgan bir xil
andozadagi yig'ma yog'och uylardan foydalanish katta imkoniyatlar
yaratib berdi. Yevropadagi ishchilar uyi qator yaxlit, umumiy
maishiy ehtiyojni oqilona hisobga olishni aniq misollarda namoyon
etdi. Alohida oilalaming turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda
bunyod etilgan Angli kottedjlari. ko'pxonadonli oilalarda zamonaviy
qulayliklar yaratilgan daromadli uylar me'yorlarining qurilishda
to ‘plagan imkoniyat va uslublarini zamonaviy turarjoy turini
yaratishida muhim rol
o'yrtadi.
XX asrdan rivojlangan Yevropa mamlakatlarida yangi qurilish
materiallari (metall, temir-beton, oyna va boshqalar) zamonaviy
turarjoy qurilishiga tatbiq etildi. Shaharlarda aholi sonining keskin
oshishi natijasida daromad keltiradigan uylaming ko‘plab qurilishiga
e'tibor berildi. Turarjoylar qurilishda zamonaviy qulayljklar
(vodoprovod, kanalizatsiya, gaz, lift va boshqalar)ga ega bo'lgan,
bir-biri bilan tutalshgan seksiyalar, qavatma-qavat takrorlanuvchi
xonalar guruhidan iborat ko‘p qavatli uy — majmualar keng
tarqaldi.
O'zbekistondagi dastlabki turarjoy qoldiqlari Zamonbobo,
Jarqo‘ton. Jonbosqal'a, Dalvarzintepa, Termiz, TuproqqaFa kabi
shahar-qo‘rg‘onlar, qal'alardan topilgan. Qurilishda yog'och, loy,
paxsa. guvaladan foydalanilgan. Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa
va boshqalardagi saroy devorlari rasm, haykal va bo‘rtma bezaklar
bilan pardozlangan. VI—VIII asrlaridagi Kesh, So‘g‘d, Tohariston,
C h ag ‘oniyon, Shosh kabi manzillardagi turnrjoylar, asosan,
sug'oriladigan sersuv yerlarda bunyod etilgan. Shahar atrofidagi
mavzelarda hunarmand, dehqonlar yashagan. Qadim Turkiston
yaylovlarida yashagan turkiy aholi yengil ko'chma uylarning ajoyib
tur va shakllarini yaratgan (o'tov, yurt, chodir, xirgoh, kapa,
olachuq va boshqalar). Ko'chmanchilaming 2 yoki 4 g‘ildirakli
aravalarga o ‘rnatilgan qamish uylari haqida sayyoh va elchilar —
Marko Polo, Plono Karpiniy va boshqalaming sayohatnomalarida
19
www.ziyouz.com kutubxonasi
yozilgan. Xorazmshoh Abdulg'oziy Bahodirxon aytishiga ko'ra,
qang‘li arava (ko'chma uy)ni dastlab kashf etgan turkiy qavm
keyinroq Qang‘li nomi bilan mashhur bo‘lgan. Qang‘li uvlar
miloddan awalgi IV asrda ham keng tarqaigan Ko'chmanchilar
o ‘troq hayotga o ‘tganda ham chodir. o ‘tov kabilar yog'och
qurilmalar va namat, jo ‘lxirs!ar asosida bunyod ctilgan. Shular
. qatori ulkan paxsa devorli, xomg‘ishtdan terilgan baland devorli
qal’a-qo‘rg‘onlar, shahar dcvorlari tiklangan.
Amir Temur hukmronligi davrida qurilgan turarjoy me'morligi
o'zining hashamatliligi, muhandislik ilmining yuksakligi, serha-
sham, bezaldarga boyligi bilan ajralib turadi. Tarixiy manbalarda
saroy, chorbog1 va boshqalar haqida qiziqarli ma'lumotlar saq-
langan.
Shahar markazlarida mahalla va guzarlar shakllanib, ularda
hunarmand va savdogarlar ko‘plab d o ‘konlar (chorsu, tim, toqilar)
qatorida o'zlarining hashamatli turaqoylarini ham qutganlar Tura-
rjoylar ichkari va tashqari hovlili bo‘lib, xonadon egasining mavqeiga
qarab jihozlangan. Mehmonxonalar o'ziga xos milliy bezaklar
(tokcha, taxmonli, shipi vassali, hovuzakli. devorlari namoyonli
naqshlar) bilan bezatilgan Gilam, choyshab, so'zana, sandiq. quti,
xontaxta kabi uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan jihozlangnn.
Samarqand, Buxoro, Xiva. Shahrisabz, Qo'qon. Toshkent kabi
ko'hna shaharlarda. asosan, XVII—XIX asrlarga oid turarjoy
namunalari saqlangan. ularda o‘ziga xos shakl-u shamoyil, past-
balandliklardagi mutanosiblik, mahalliy qurilish ashyolaridan
foydalanish, quyoshning jazirama issig‘ini to‘suvchi usullarning
hammasi hisobga olingan. Uylaming fayzi hovlilar orqali namoyon
bo‘lgan. ko‘cha tomondan faqat o‘ymakor eshik va darvoza oldidagi
ayvoncha ko‘zga tashlanadi. Turarjoylarni hovlisiz va ayvonsiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Chor Rossiyasi 0 ‘rta Osiyoni bosib olgach, an'anaviy turaijoylar
bilan bir qator Toshkent, Samarqand. Kogon, Andijon, Skobelev
(Farg'ona), Q o ‘qon va boshqa shaharlarda 1—2 qavatli uylar
yevropacha uslubda qurila boshlandi. Bu binolarning me'moriy
qiyofalari mahalliy sharoitga dastlab begona ko'ringan. XX asr
boshlarida ishchilar uchun yangi arzon oddiy turarjoylar Tosh-
kentdagi Temir yo‘l ko‘chasi (sobiq Tezikov bog'i) dagi ishchilar
20
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaharchasida qurila boshlandi. Boy va savdogarlar lurarjoylari —
ioshkenidagi Romanov saroyi, A.Polovsev uyi, Qo'qondagi aka-
uka Simxoyevlar uylari. Kiabb uyi, Samarqandda Kalontarov uyi
va boshqalarni ms harbiy muhandislari l.A.Markevich, G M Sva-
richevskiy, V.S.Geynselman va boshqalar mahalliy xalq ustalari
bilan hamkorlikda qurganlar.
1937-yildan uy-joy boshqarmalariga qarashli 4—5 qavatli
turaijoy binolari, keyinchalik 9 qavatli (1966-yildan) yig'ma temir-
beton turarjoylar qurilishi avj oldi. Qishloq me'morligida R.Ah-
durasalov, A Mahkamov, V.Kolomenskiy kabi me'morlar loyihasi
asosida 2 qavatli kottejlar bunyod etildi Qishloqlarda 3—4 qavatli
uylarning joriy etilishi aholiga ancha qulaylik keltirib chiqardi
70-yiIlardan loyiha institutlari tomonidan bir xil andozadagi
loyihalarning yangi turlari yaratildi.
80-yillardan 16 qavatli va undan baland eksperimenlal
turarjoylar bunyod etildi. Shaharlarda aholining keskin ko'payishi
natijasida yirik turarjoy massivlari (Chilonzor, Sergeli, Yunusobod,
Yalang‘och. Sebzor va boshqa) dagi turarjoy binolari qurilishida
76, 146. 148. 176 turkumdagi loyihalardan foydalanildi. Ammo
bu loyihalar ancha qulayliklarga ega bolishi bilan birga, yashov-
chilaming mahalliy ehtiyojlarini va talablarini to‘la qondira olmas
edi. Bu ehtiyoj va talablar asosan, 1—2 qavatli shaxsiy turaijoylardn
amalga oshirildi.
Turarjoylar me'morligi hozirgi vaqtda turli jihatlarga ko'ra
tasniflanadi. Jum ladan, qurilish asliyolari bo'yicha (g'ishlli.
betonli), qurilish texnologiyasi bo'yicha (yirik blokli, panelli).
o'zaro birikuvi bo‘yicha (bloklangan. alohida qurilgan), loyihalarini
amalga oshirish qirralari bo‘yicha (individual, takroriy-tipik),
qavatlari bo yicha (kam qavatli, ko'p qavatli), xonadon (kvarti-
ra)larning o'zaro birikuvi bo'yicha (galereya, seksiyali kabi), egalik
bo‘yicha (shaxsiy, shirkatga qarashli, davlat niulki), hovlining
mavjudligi va yana boshqa jihatlari bo'yicha ajratiladi. Shahar-
lardan tashqaridagi turarjoylar soddaroq ko‘rinishi bilan farq-
langan
Turarjoyning eng muhim sifatlari uning qulayligi va ko'rkam-
ligidir. Ular ko'proq me'moriy yechim (xilma-xil, ba’zan qarama
qarshi talablarni o'zaro uyg'unlashtiruvchi reja, qurilish ashyo-
2 )
www.ziyouz.com kutubxonasi
larining konstmktiv va badiiy sifatlarini to'la ochish va boshqa)
bilan ta'm inlanadi. Mahalliy aholi turarjoylari naqqoshlik,
o'ymakorlik kabi hezaklar keng qo'llanadi.
Turarjoylarda jihoz (xonum on), jumladan hozirgi vaqtda
muhandislik ta'minoti (issiq, sovuq suvlar, gaz. elektr quvvati)
oqova (kanalizatsiya), shamoilatish, konditsionerlash va boshqalar
katta ahamiyatga ega. Turli mebellar (xontaxta, kursi, yumshoq
mebel kabilar) xonalarga shinamlik baxsh etadi Maishiy lexnika
buyumlari (sovulkich, televizor, kompyuler) isle'moli kengayib
bormoqda. Ko'pgina jihoz buyumlarini yaratish san'at darajasiga
ko'tarildi (kulollik, kandakorlik, gilamchilik. kashtachilik va
boshqalar).
0 ‘zbek uy-joylarida ko‘kalamzorlashtirishga va suv inshootlariga
katta e'tibor beriladi. Hovlining bir qismidan yoki alohida joydan
bog' ajratiladi.
Ularda asosan, mevali. qisman manzarali daraxtlar o'stiriladi.
Hovli sahnida gulzor tashkil etilib, unga rayhon, shoyigul kabilar
ekiladi. Ilgari deyarli har bir uyning arig‘idan toza ichimlik suvi
oqib o'tgan. Hozir ba'zi hovlilarda suv havzasi (hovuz) va favvoralar
qurilmoqda.
0 ‘zbek lurarjoylarida asrlar mobaynida shakllanib kelgan
qo'shnichilik, mahallachilik urf-odatlari o'zaksini lopgan: uy egasi
tom nishabini hamisha o'zining hovlisiga qaratgan, qo'shni devorga
tutash bo'lgan biror qurilma ko'tarish niyatida bo‘lsa, qurilmaning
balandligini qo'shnisining roziligi bilan amalga oshirgan va hokazo.
Bulardan tashqari, qo‘shnichilik munosabatlarini «obraha», «haq-
raha», «shafiq» kabi odatlar belgilagan.
Mustaqillikdan keyin turarjoy me'morligida yangi qurilish
mezonlari va qoidalari qabul qilindi. Davlat tontonidan moliya-
lanadigan ko‘p qavatli va kottej turarjoylari bilan hir qatorda yakka
tartibdagi shaxsiy uylar, jumladan. hashamatli («elita») uylar qurish
keng tarqaldi Turarjoylarda milliy va «yevropa» uslublari
uyg'unlashib, yangi qurilish texnologiyasi bezak ashyolari keng
qoMlanmoqda1.
1 O'zbekislon Milliy Ensiklopediyasi. T. 8. — T.: O'zbekiston milliy ensiklo-
pediyasi nashriyoii. 2004 -B. 614—635.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi
1.2. Uy-joy huquqi obyektlari
Har qanday huquq sohasining ohyektini atrofdngi mavjud aniq
elementlar tashkil qiladi. Bunda har bir huquq sohasi o ‘zining
tartibga solish. foydalanish va muhofaza qilish yo‘nalishiga ega
bo'iadi.
Uy-joy sohasidagi ko‘chmas moi-mulk yoki uning bir qismiga
mulk huquqi xususiy, davlat, munitsipal, jamoa mulk ko'rinishida
mavjud boiishi mumkin. UJK tomonidan tartibga solinadigan
munosabatlar lurarjoy binolarini (kvartira, xonaj ashyoviy va
majburiyat huquqi obyektlari sifatida mulkiy muomalada ishtirok
etishi uchun asosni mustahkamlaydi.
Ko‘chmas mulk deganda, yer bilan uzviy bog'liq bo'lgan va
shu sababli ham bir joydan ikkinchi joyga tayinlanish maqsadiga
jiddiy shikast yetkazmasdan ko'chirishning imkoni bo‘lmagan
obyektlar: yer uchaslkalari va yer osti boyliklari, ko'p yillik dov-
daraxtlar, shuningdek binolar va inshootlar tushuniladi. Yer bilan
uzviy bogMiqligi sababli ham ushbu obyektlar yuqori moddiy
qiymatga egaligi bilan tavsiflanadi.
Uy-joy huquqidagi ko'chmas mol-mulkka quyidagilar kiradi:
egalik qilish. foydalanish va lasarruf etish huquqlari mol-mulk
doirasida bclgilangan ko‘chmas mol-mulk: yer uchastkasi va u
bilan uzviy bog‘Iiq bo'lgan turarjoy va noturarjoy binolari,
yordamchi xo'jaliklar, ko‘p yillik dov-daraxiiar hilan birga uy-
hovlilar. uy-joylar, kvaniralar. uy-joyiar va boshqa imoratlardagi
doimiy yoki vaqtincha yashash uchun yaroqli b o ‘!gan boshqa
tu ra rjo y la r, uy-joy sohasidagi in sh o o tla r va m u h an d islik
infratuzilmasidan boshqa elementlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |