Muslixiddin Sa’diy xijriy (580) yilda tug‘ilgan faylasuf Muslixiddin o‘zining “Guliston” asarida kamolga intiluvchi shaxs jasurlik, epchillik, chaqqonlik, mardlik xislatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim deydi. Buning uchun esa, jismoniy tarbiya va kunlik badan tarbiya va jismoniy mashqlar insonning yetuklikka, axloqiy kamolot bilan uyg‘un bo‘lishiga olib keladi deydi. Darhaqiqat jismoniy yetuklikning muhim belgisi iroda, hamda mustahkam xarakterni vujudga keltiradi deb ta’kidlaydi. Muslixiddin Sa’diy o‘z hikoyalarida jismoniy jihatdan chiniqishning inson salomatligini ta’minlashga ahamiyati kata bo‘lishi bilan birga, insonning o‘z kuchi va irodasiga bo‘lgan ishonch, ko‘ngil xotirjamligi bilan yashash zavqi uning har qanday mashaqqatlarga bardosh bera olishini ta’kidlovchi omil ekanligini ko‘rsatadi beradi.
Uzoq xorij olimlarning trening yuzasidan olib borgan ishlari
Guruhlarda trening o‘tkazishga bag‘ishlangan ishlar tarixi shuni ko‘rsatadiki, bu boradagi ishlar dastlab aynan psixologik ma’no-mazmun kasb etmagan. Bu soxa asosan psixosomatik asalliklar bilan bemorlar guruxini bir joyda davolashga harakatdan boshlangan.
Bunda dastlabki tadqiqotlardan biri sifatida avstriyalik psixiatr F.A.Mesmerning (1734-1815y.y) va amerikalik shifokor Djozef Prattning (1930y) olib borgan ishlarini keltirish mumkin. Ular xar ikkalasi xam guruxiy terapeya usulini qo‘llagan holda o‘z kasallarini davolashga harakat qilganlar. D. Pratt dastlab o‘z bemorlarini guruhiy davolashning faqat iqtisodiy jihatdan foydaliligini anglagan xolos, u guruhda ish olib borishning psixologik jihatlariga e’tibor ham bermagan. Lekin asta-sekin u shu narsaga amin bo‘lganki, psixoterapeyada asosiy holat – guruhiy o‘zaro ta’sirdir. Ya’ni, Pratt guruhdagi kishilarning bir-biriga ijobiy ta’siri ularning kasallikdan sog‘ayishlariga ham katta ta’sir ko‘rsatayotganligini kuzatgan.
D.Prattning tadqiqoti guruhiy terapeyada dastlabki qadam bo‘lgan bo‘lsa, bu sohada ikkinchi qadam sifatida Freydning psixoanaliz nazariyasini davom ettiruvchilaran biri bo‘lgan – Trigant Barrouning ishlarini tahlil qilish mumkin. T.Barrou 1925 yildayoq guruhiy tahlil atamasini kiritgan, bunda u kishilarni tushunish uchun ular bilan birga bo‘lgan ijtimoiy guruhlarni o‘rganish lozimligini qayd etgan.
Guruxiy terapeya haqida gap ketganda Ya.Morenoning ishlarini ham gapirib o‘tish lozimki, o‘z vaqtida u ham bu sohani tushunish uchun anchagina ishlarni amalga oshirgan. U guruhiy terapeyada asosiy bo‘lgan psixodrammaning asoschisi hisoblanadi. U 1932 yilda guruhiy psixoterapeya atamasini kiritdi.
XX asrning 50-60-yillariga kelib psixoterapevtlar orasida guruh bilan ish olib borishga qiziqish ortdi. Ulardan biri –psixologiyadagi gumanistik yo‘nalishni rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlardan biri Karl Rodjers hisoblanadi. Uning ishi boshqalardan shunisi bilan farqlanadiki, u guruh boshqaruvchisini mutaxassis yoki mijozni davolovchi shifokor emas, balki, ishtirokchilar bilan teng bo‘lgan, ular bilan o‘zaro teng munosabatda bo‘la oluvchi sherik sifatida qaraydi.
1960 yillarda K.Rodjersning gumanistik psixologiya an’anasiga mos xolda ijtimoiy va hayotiy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi treninglar o‘tkazila boshlandi. Bu treninglar o‘qituvchilar va menedjerlarning kasbiy malakalarini va tayyorgarligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan. Hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan olib borgan treninglarda ishtirokchilarga yo‘naltirilgan uchta asosiy modeldan foydalanilgan.
Birinchi model hayotiy ko‘nikmalarning yetti xil turini o‘z ichiga olgan bo‘lib, bular: muommolarni yecha olish, muloqot, o‘ziga ishonchni saqlab turish, tanqidiy tafakkur, qat’iyatlilik, “Men” konsepsiyasini rivojlantirish va o‘zini boshqara olish ko‘nikmalaridir.
Ikkinchi model treningni asosiy maqsadi sifatida hayotiy ko‘nikmalarning to‘rtta kategoriyasini o‘z ichiga oladi. Bular: shaxslararo muloqot, salomatlikni asrash, qaror qabul qilish va muammolarni yechish ko‘nimalaridir.
Uchinchi model o‘z hissiyotlarini nazorat qilish, shaxslararo munosabat, o‘zini tushunish, o‘zini iqtisodiy himoya qilish, o‘zini qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.
Ruhiy ishni tashkil qilish borasida Kurt Levin ham ish olib borgan bo‘lib, u o‘z tadqiqotlari natijasida: “Kishilarning individual xususiyatlarini aniqlashda ularni alohida-alohida tekshirgandan ko‘ra bitta guruhga jamlab tekshirish osonroq kechadi”, - degan xulosaga keladi. Guruhiy terapiyani muvaffaqiyatini ta’minlovchi sabablardan biri o‘yin va mashqlar jarayonida hissiy munosabatlar natijasida ishtirokchilarning bir-biriga bo‘lgan munosabati nihoyatda iliq bo‘ladi. Shu bilan birgalikda trening guruhlarda inson o‘ziga tisbatan boshqalar tomonidan iliq munosabatni, ishonchni, mehrni va yordam berishga tayyorlik hislarini sezadi.
Davolovchi vrach yoki mutaxassis bilan ishlash emas, balki guruhdagi ishtirokchilar bilan o‘z muammolarini hal qilish har bir ishtirokchida qulaylik xissini vujudga keltirishi yuzasidan bir qancha tibbiyotchi olimlar fikr bildirganlar. Shu yo‘nalishda olib borgan tibbiyotchi olimlardan biri Lekin o‘z ishlari natijasida (1972) psixokorreksion guruhlar uchun umumiy bo‘lgan 6 ta jarayonni ajratib ko‘rsatadi.
Psixokorreksion guruhlarni muammosining yechilishiga qarab rahbarlarni tayyorlash va shaxslararo munosabat ko‘nikmalarini o‘rgatish, shaxsning barkamollashtiruvchi, turli xil ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etuvchi guruhlarga ajratish mumkin. Har qanday turdagi guruhning diapazoni juda keng bo‘ladi: axborot yoki vazifaga qaratilgan guruhdan to shaxs yoki tushunishga qaratilgan guruhgacha; boshqaruvchiga yo‘naltirilgan guruhdan to ishtirokchiga yo‘naltirilgan guruhgacha; yuqori tuzilmadagi guruhdan to past tuzulmadagi guruhgacha qisqa vaqtli guruhdan uzoq vaqtga mo‘ljallangan guruhgacha; sog‘lom odamlar guruhidan to kasallardan tuzilgan guruhgacha.
Muloqot jarayonida kompitetlikni oshirish yuzasidan dastlabki ish K.Levinning shogirdlariga tegishli bo‘lib, ular AQShning Betel shaxrida trening guruhini tashkil etib, ular bilan ish olib borganlar va bu gurhlarni T – guruh deb nomlaganlar. T- guruhning asosida quyidagi g‘oya yotadi: ko‘pchilik odamlar guruhlarda ishlaydilar va yashaydilar, lekin ular ko‘pincha bu guruhda qanday ishtirok etayotgani, atrofidagi odamlar ularga qanday ko‘z bilan qarayotgani, ularning xulq-atvori va xatti-harakatlariga nisbatan qanday munosabat bildirayotganligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaydilar. K.Levin kishilarning xulq-atvorida va ustanovkalarida yuzaga keladigan o‘zgarishlar ular bilan alohida ishlaganda emas balki ma’lum bir guruhga birlashtirib ishlanganda samaraliroq bo‘lganligini ta’kidlaydi. Shuning uchun odam o‘zidagi ustanovakalarni o‘zgartirish yoki xulq-atvorning yangi shakllarini vujudga keltirish uchun atrofdagi odamlar unga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishiga qarab harakat qilishlari lozim.
K.Levinning shogirdlari tomonidan guruhlararo munosabatlar sohasida olib borilgan ishlar AQShda trening bo‘yicha miliy laboratoriyaning tuzulishiga asos soldi. Bu laboratoriyada bazaviy ko‘nikmalarni xosil qilish bo‘yicha guruh tuzilgan edi. Olib borilgan ishlar natijasida T-guruh amaliyoti rivojlandi. Bu guruhda raxbarlar, menedjerlar, siyosiy liderlar ishtirok etib, ularda shaxslararo o‘zaro munosabatda samarali muloqot o‘rnatish, boshqarish, nizolarni hal qilish va guruhlarni jipslashtirish ko‘nikmalari shakllantirildi. Ba’zi T-gruhlar esa insonning hayotiy qadriyatlari va o‘ziga to‘g‘ri baho berish va o‘ziga nisbatan ijobiylik xislarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan edi. Bunday T-guruhlarning dastlabkisi 1954 yilda tashkil etilgan bo‘lib ular senzitiv guruhlar deb nomlangan.
1970 yillarda AQShning Leypsig va Yen universitetlarida M.Forverg rahbarligi ostida ijtimoiy-psixologik terning usuli ishlab chiqildi. Bu treningda sahna ko‘rinishi elementlarini o‘z ichiga olgan rolli o‘yinlardan foydalanildi, ularning maqsadi samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan edi.
Rossiyada treningning vujudga kelishi va olimlarning olib borgan ishlari
Rus psixologiyasida ham ijtimoiy psixologik trening o‘ziga xos tarzda keng ko‘lamda o‘rganilgan va ishlangan. Rossiyada treninglarning vujudga kelish bevosta AQSh bilan bog‘liq hisoblanadi. Tinib-tinchimas A.Everett o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi va 1974 yilda sharq falsafasi va dinini o‘rganish maqsadida Rossiyaga va Hindistonga sayoxat uyushtiradi. 1977 yilda Everett birinchi bor Rossiyada “Put k sebe” (O‘zimga yo‘l) dasturi bilan seminar trening o‘tkazadi. Everettning mazkur treningi to‘la ikki kunga mo‘ljallangan bo‘lib, shu bilan bir qatorda “Xayot”, “Sevgi”, “ Yorug‘lik” dasturi bilan olib boriladigan yetti kunlik meditatsiya jarayonini ham o‘tkazadi.
Psixolog N.V.Xryaщeva 1982 LDU ning ijtimoiy - psixologiya kafedrasida asistent bo‘lib ishlash davrida, guruhlarda ijtimoiy-psixologik treninglarni o‘tkazish bo‘yicha Leypsiklik mutahassislar va professor Monfret Forvergga va uning turmush o‘rtog‘i Troudl Albekoga shogird bo‘lib o‘tgan. Vaqt o‘tishi bilan ijtimoiy-psixologik treninglar o‘tkazish bo‘yicha Bird o‘z tajribasini psixologlarga o‘rgata boshladi. U aytib berayotgan perespektiv – yo‘naltiruvchi treninglar, senzitivlik treninglari L.A.Petrovskaya va Yu.N.Yemilyanovlar o‘tkazgan tajribalardan farq qilar edi. Ular o‘tkazadigan treninglar eng avvalo ishlab chiqarish, maktab, sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasi tashkilotlari, davlat boshqaruvidagi rahbarlar, majburiy boshqaruv uyushmalari, korxona tashkilotlari hodimlarining kompetentligini oshirish maqsadiga yo‘naltirilgan treninglardir.
Ijtimoiy psixologik trening yuzasidan dastlabki monografiya 1982 yilda L.A.Petrovskiy tomonidan nashr etilgan bo‘lib unda ijtimoiy-psixologik treningni nazariy va uslubiy aspektlari yoritib berilgan.
1990 yilda ular S. I. Makmanov bilan birgalikda kreativlik treninglari dasturini ishlab chiqishni boshlashdi. Bu vaqtda S.I.Makmanov teriningning asosi bo‘lmish nazariy va metodik ishlanmasi bilan shug‘ullanayotgan va bu metodlar barcha soha mutaxassislarida qo‘llanilganda omad qozonishini bilgani uchun ham shu sohaga qo‘l urgan. 1998 yilda esa uning “ Trening psixologiyasi “ monografiyasi jahonga chiqdi. So‘ngra u “o‘ziga ishonch” trening dasturini ishlab chiqdi.
Eng asosiysi esa Trening instituti 1993 yil mart oyida tashkil topgan bo‘lib, uning tashkil etilishi borasidagi fikrlar bu tashkilot rivojlanishi bilan birgalikda rivojlanar va asosiy g‘oyalar uning tashkilotchilari tomonidan shaklllantirilgan edi. Trening instituti - trening sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan institutdir. Bo‘lajak mutaxassislar 3 bosqichdan iborat bo‘lgan metodik mashg’ulotlarni o‘qib o‘rganishadi. Ushbu institutning asosida 2001 yil Sank-Peterburgda chop etilgan 3 bobdan iborat “Treningda psixogimnastika” deb nomlangan kitob ham nashr etildi. Bu kitobda institut hodimlari tomonidan ko‘p yillar davomida to‘plangan trening, psixologik mashqlar, turli xil chet el adabiyotlaridan olingan va o‘ylab topilgan trening mashg‘ulotlari jamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |