Ўқув қўлланмасида керамика ва оловбардош материалларнинг таърифи ва хоссалари, ишлаб чиқариш технологик усуллари, жараёнлари, қуритиш, куйдириш, пишиш ҳақида маълумот берилган



Download 243,87 Kb.
bet4/28
Sana21.02.2022
Hajmi243,87 Kb.
#78944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
керамика маруза матни

Mavzu bo’yicha nazorat savollari

  1. Keramika materiallardagi g’ovaklarning turlari.

  2. Suv yutuvchanlik nima va u qanday aniqlanadi.

  3. Keramika materiallarda o’tkazuvchanlik nima. U qanday aniqlanadi.

  4. Mexanik mustahkamlik va uning turlari.

  5. Egilish va ezilishga bo’lgan mustahkamlik qanday aniqlanadi.

  6. Keramika materiallarining mikrotuzilishi deganda nimani tushunasiz?

  7. G’ovaklik qaysi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi?

  8. Zichlik va uning turlari.

  9. Griffits darzlarining hosil bo’lish jarayonini ayting.


  10. uchun aniqlash formulasini keltiring.



Tayanch so’z va iboralar.
G’ovaklik, haqiqiy g’ovaklik, ochiq g’ovaklik, yopiq g’ovaklik, suv yutuvchanlik, mexanik mustahkamlik: egilishga, siqilishga, tirnashga, ezishga.


2-MAЬRUZA.
G’isht ishlab chiqarish uchun xom-ashyolar
Ma’ruza rejasi
1. Devorbop keramik materiallarning tasnifi
2.Qovushqoq usulda g’isht ishlab chiqarish texnologik jarayoni
3. Yarim quruq usulda g’isht ishlab chiqarishning texnologik jarayoni.

Devorbop keramik materiallar quyidagi belgilar bilan tasniflanadi. SHakllash usuli bo’yicha:


1. Qovushqoq usulda shakllangan buyumlar.
2. Yarim quruq presslangan buyumlar.
Plastik presslangan buyumlarga qo’yidagilar kiradi:
A) oddiy, to’liq g’isht.
B) texnologik teshikli g’isht
(bo’shlig’i-3, 5,7, 10 ta teshikli.)
Yarim quruq usulda presslangan buyumlarda:
a) oddiy texnologik to’liq teshik bo’lmagan g’ishtlar.
b) bo’shliqli g’isht.
Bo’shliqli g’ishtda bo’shliqlar hajmi 9-30 % atrofida bo’ladi. Suv yutuvchanligi 8 % kam emas.

Plastik usulda shakllanadigan
g’ishtni ishlab chiqarish tizimi
Tuproq

Yashikli ta’minlovchi

Tasmali konveyr

Dag’al maydalash vallari

Tasmali konveyr

Namlovchi ikki vallik lopastlik aralashtirgich

Tasmali vakuumpress

Avtomat kesuvchi

Avtomat taxlovchi

Pishirish

Tayyor mahsulot.

Birinchi maydalash jarayoni uchun SMK-194 tosh ajratuvchi vallar qo’llaniladi, u sochiluvchan tuproqni maydalash bilan birga tuproqdagi 30-180 mm o’lchamli toshsimonlarni ham ajratadi.


Mayda maydalash uchun vallarni orasidagi teshik 2 mm bo’lgan vallik maydalagich qo’llaniladi. Maydalangan tuproqni namlovchi aralashtirgichga solinadi. Aralashtirgichdan namligi 18-23% bo’lgan massa olinadi.
SHakllash (presslash) jarayonini bir tekisda normal ketish uchun, massaning namligi kerakli foizda bo’lishi juda muhumdir, bunda qattiq bo’laklarda gidrat qavatlarda ikki molekula suvga teng miqdorda namlik paydo bo’ladi.
Namlik miqdori oshib ketsa, kontakt sonlari ortadi, tez va sekin elastik deformatsiya moduli oshadi, shartli statik oquvchanlik chegarasi, qovushqoqlikni ko’proq yopishtiruvchanligi va strukturani mustahkamlash oshadi.
Namlik 6,5-9 % bo’lganda qatlamning gidrat plyonkalaridagi kontaktlar soni imkoniyat qadar kamayadi, natijada struktura mexanik kontakt va shartli deformatsiya moduli kattalashadi. Namligini yanada oshish gidrat qavatlardagi bo’laklarning o’sishiga, bu esa molekulalarning o’ziga ta’sir kuchini kamaytiradi.
Mayin maydalangan tuproq bo’lakli tuproqga nisbatan suvni 5-6 martta ko’p shimadi. Bo’kish jarayoni 0,5 -4 soat davom etish hisobiga olsak, unda massaning issiq suv (60-70oS) yoki par bilan namlash maqsadga muvofiq. Par bilan namlash jarayonida massaning temperaturasi oshadi, natijada tuproqning dispresisatsiyasi tezlashadi va massaning namligi massa namligi bo’yicha tenglashadi. Par bilan namlash pressning ishlab chiqarish quvvatining 8-10 % oshiradi va mahsulotni qurish jarayoni tezlashtiradi.
Mahsulotni qovushqoq usulda shakillashga gorizontal lentali presslar qo’laniladi. Tuproqli massa gorizontal pressning boshchasidan siqib chiqariladi, siqib chiqarilayotgan maxsus munshtuk orqali o’tadi.
Mundshtuk massa brusning qo’shimcha ravishda zichlashtiradi, shakl uchun aniq o’lchamli qilib beradi. Mundshtukning konstruktsiyasi shakllanayotgan buyumning turi va xom ashyoning xossasi bilan aniqlanadi. Mundshtuklar ko’pincha metalldan ba’zi hollarda yog’ochdan ishlangan bo’ladi. SHakllashda massaning mundshtuk orqali itarish uchun pressning 25-50 % quvvati sarflanadi.
Hozirgi vaqtda neylon mundshtuklar tayyorlanmoqda, ular ishqalanishga bardoshlidir. Bunday mundshtuklarning og’irligi 50 kg. Mundshtuklarning yuzasi silliq bo’lib, u qo’shimcha ishlov talab qilmaydi.


Download 243,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish