Pi=x-t /x. 100= 1-x / t .100
Tuyuluvchan g’ovaklik
Px = V .x
6. Nisbiy zichlik, tuyuluvchan zichlikning haqiqiy zichlikka nisbati
t / x yoki t / x .100%
Keramika materiallarining g’ovakligi g’ovaklik koeffitsenti bilan baxolanadi. Bu koeffitsent ma’lum bosim oralig’ida namunaning berilgan quruqligi va maydonda vaqt birligi ichida o’tuvchi gaz yoki suyuqlikning miqdorini ko’rsatadi.
Mexanik mustahkamlik
Qattiq jismlar, tashqi kuchlar tasirida, bu kuchning kattaligi va xarakteriga karab, o’z chiziqli o’lchamlarini va formalarini o’zgartiradilar. Jism tanasida deformatsiya yuzaga keladi, va bu deformatsiyaning kattaligi qo’yilayotgan kuchninig kattaligi va yo’nalishiga bog’liq. Materialga qo’yilayotgan kuch kuchayishi bilan unda xosil bo’luvchi deformatsiya xam kattalashadi va jism xolati buziladi. Buzilish ta’sir etayotgan tashqi kuch jism stukturasi elementlari orasidagi bog’lar kuchidan oshganda sodir bo’ladi.
Kristall moddalarning atomlararo bog’larini kattaligini xisoblaganda nazariy mustahkamliklari taxminan 1-10x105 kg\sm2 ga teng.
Keramika materiallarining mustahkamligi bulardan kam, 102 dan 104 kg\sm2 oraligida. Mustahkamlikni bunday pasayishi kristall panjaradagi defektlarga (qo’shimcha va aralashmalar, dislokatsiya, g’ovaklar, boshqa faza qo’shilishi va xokazo). Bundan tashqari keramika materiallari yuzasida mikrodarzlar xosil bo’ladi, (Griffits darzlari), bu darzlar tashqi kuch ta’sirida kattalashib, materialni to’liq buzilishiga olib keladi. Griffits darzlari keramika materiali xosil bo’lish jarayonida yuzaga keladi.
Keramika materiallarining mustahkamligi ezilishga, egishga, burashga, cho’ziishga bulgan mustahkamliklar bilan baxolanadi. Bulardan ezilish va egishga bo’lgan mustaxkamliklik ko’proq qo’llaniladi.
Ezishga bo’lgan mustahkamlik deb, namunaning ezishga bo’lgan maksimal kuchlanishiga bardoshligiga aytiladi va u kgs/sm2 yoki kgs/ mm2 da o’lchanadi.
Ezishga bo’lgan mustahkamlik o’lchami va formasi GOST bo’yicha belgilangan namunalarda o’tkaziladi. Bu mustahkamlik qurilish keramikasi, olovbardosh materiallar, shuningdek nafis va texnik keramika uchun o’tkaziladi. Ezishga mustahkamlikni aniqlashda namuna to’g’ri geometrik formaga ega bo’lishi, bosim tushayotgan yuza shliflangan, silliqlangan bo’lishi shart. Ezishga mustahkamlikni aniqlashda gidravlik presslardan foydalaniladi.
Aylana namuna uchun
ezish=4R/d2, kgs/sm2
To’g’ri to’rt burchakli namuna uchun
ezish=R/a.b, kgs/sm2
R- namunani ezgan bosim, kgs
d-diametr, sm (aylana namuna)
a,b- namunaning eni va qalinligi, sm
Egishga mustahkamlikni aniqlash keramik materiallar uchun keng tarqalgan bo’lib, bunda namunaga qo’yilayotgan kuchlanishni, namunaning qarshilik ko’rsatish momentiga nisbati bilan o’lchanadi. Egishga bo’lgan mustahkamlik kgs/sm2 da ifodalanadi.
To’g’ri to’rt burchakli namuna uchun
egish=3Ra/2 bh2, kgs/sm2
Aylana namuna uchun
egish=8Ra/d4, kgs/sm2
b- to’g’ri to’rt burchakli namuna eni, sm
d- aylana namuna diametri, sm
Keramika materiallarining g’ovakligili va mustahkamligi
Jadval 1
Keramika
|
Tuyuluvchan g’ovaklik, %
|
Mustahkamlik chegarasi kg\sm2
|
Ezishga
|
Egishga
|
Kurilish g’ishti
Olovbardosh material
Oddiy
Zich
|
15-20
20-30
10-16
|
75-200
200-500
500-1000
|
15-30
40-100
100-200
|
Fayans
Yarim chinni
CHinni
|
20
10
0,5-1
|
1000
1300-2500
3000-5000
|
250-300
250-400
400-800
|
Korundli keramika (haqiqiy g’ovaklik)
|
6-3
|
4000-15000
|
1500-6000
|
Issiqlik himoyalovchi olovbar-dosh g’isht tuyuluvchan zichligi
0,4-0,5
1-1,3
|
87-70
60-50
|
15-20
40-60
|
-
-
|
Do'stlaringiz bilan baham: |