Davlat standarti talablari
Keramik kanalizatsiya quvurlari pishgan zich mustaxkam maxsulotlar turiga kiradi. Quvurlar va ularga jixozlarni 125-600 mm-gacha diametrda, uzunligi 800, 1000 va 12000mm da 18-41 mm qalinlikda tayyorlanadi. Quvurlarni ulash uchun ularga 450, 600, 800, 900 burchak ostida krestovinalar, troyniklar, probka, muftalar tayyorlanadi. Quvurlar turidan qat’iy nazar ular 2 sortga bo’linadi (GOST 286-74). Quvurlar ichki nagruzkani 0.2-0.3kN gacha diametrdan qat’iy nazar gidravlik bosimda esa 0.2 MPa bo’lgan kuchni ko’tarishi kerak. Suv yutuvchanlik I sort uchun 9%, II sort uchun 11% ni tashkil etadi. Kislota bardoshligi esa 92% ga teng. Keramik quvurlarni naporsiz ishlab chiqarishlarda va maishiy-xujalik kanalizatsiya tizimlarida ishlatiladi.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari
Devorbop materiallarning asosiy turlari.
Qurilish g’ishti ishlab chiqarishda shakllash usullari.
Qovushqoq usulda qurilish g’ishti ishlab chiqarish texnologik tizimini keltiring.
Yarim quruq usulda qurilish g’ishti ishlab chiqarish texnologik tizimini keltiring.
Xom-ashyolarning kimyoviy tarkibi tayyor maxsulotga taьsiri
Ma’ruza rejasi:
1.Kimyoviy bordosh keramika turlari.
2.Asosiy xom ashyo materiallari.
3.Kislotabordrshlar ishlab chiqarish.
Kislotabardosh keramika deganda, uzoq vaqt davomida suyuq yoki gazsimon xolatdagi turli kimyoviy moddalarga qarshi chidamli bo’lgan keramikaga aytiladi.
Keramik materiallar ichida kislotalarda kam eruvchi (HF dan boshqa) bo’lib kuydirilgan tuproq hisoblanadi. Ma’lumki, kuydirilgan tuproqda mullit3Al2O3.2SiO2 hosil bo’ladi, bu o’z o’rnida mahsulotni kislotabar-doshligini aniqlaydi. Mahsulotda mullit miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, uning kislotabardoshligi shuncha yuqori bo’ladi.
Kislotaga chidamlilikni aniqlash uchun namuna kukuni 36 tesh/sm2 elakdan o’tkazilib, 64 tesh/sm2 elakda ushlangan qismi olinadi. Bu kukunni sulьfat kislota (solishtirma og’irligi 1.84) da 1 soat davomida qaynatib, erimay qolgan massa foizini topish yo’li bilan kislotaga chidamliligi, NaOH da qaynatib ishqorga chidamliligi aniqlanadi. SHuning uchun kislotabardosh keramika ishlab chiqarishda asosan olovbardosh va qiyin suyuqlanuvchan tuproqlar ishlatiladi.
Tuproqli keramikadan tashqari, chinni, yarim chinni, korundli materiallar, magnezial materiallarni ayrim turlari, masalan steatit, fersterit, kordierit, shuningdek tsirkon shpinellar ham kislotabardosh hisoblanadilar.
Kislotabardosh keramik buyumlar 2 asosiy guruhga bo’linadilar: 1). Dag’al zarrali va g’ovakli tuzilishli; 2). Mayda zarrali, pishgan yoki yarim pishgan.
Ishlatilishiga ko’ra kislotabardosh keramik buyumlar futerovkalash, nasadkalar va kimyoviy apparaturalarga bo’linadilar.
Futerovkalash buyumlari turli kimyoviy apparat va qurilmalarning metalini bevosita kimyoviy ta’siridan ximoyalash uchun ishlatiladi. Bu buyumlar dag’al zarrali massalardan g’isht va koshin ko’rinishida ishlab chiqariladi.
Kislotaga chidamli g’isht uch xil ko’rinishda bo’ladi:
to’g’ri (230x113x65 mm);
klinli tortsli ikki tomonli (230x113x65x55 mm);
klinli qobirg’ali ikki tomonli (230x113x65x55 mm).
Kislotaga chidamli keramik buyumlarning asosiy xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Kislotaga chidamli buyumlarning asosiy xossalari.
Xossalar
|
SHamotlangan dag’al zarrali tuproqsimon (g’isht, koshin)
|
Buyum
Zich, mayda zarrali (kimyoviy apparatura)
|
CHinni (kimyoviy apparatura)
|
Suv yutuvchanlik,%
Tuyuluvchan zichlik, g/sm3
Mustahkamlik chegarasi kg/sm3:
Siqilishga...
Egilishga...
CHo’zilishga...
Kislotaga chidamlilik, %
Termik chidamlilik
Termik kengayish koeffitsienti a.10-6
Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti, kkal/m.s.grad
|
2-10
2-2.17
300-1200
100-200
60-100
95-98
2-20
2.5-5.5
0.7-1
|
0.2-3
2.1-2.25
800-1500
250-700
150-250
97-99.5
2-30
2.5-6
1.2-2.4
|
0-0.5
2.3-2.4
4000-5000
700-1000
250-300
99.5-99.7
15 dan yuqori
4-6
---
|
Kislotaga chidamli g’isht quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Jadval
Xossalari
|
Sort
Birinchi ikkinchi
|
Kislotagachidamlilik,%
Suvyutuvchanligi,%
Ezilishgamustahkamlikchegarasi, kg/sm2
Termik chidamlik-(3500S ga qizdirish va oqib turgan suvda sovutish)
|
94
10
200
2 2
|
Kislotaga chidamli va termokislotabardosh koshinlar 5 markaga bo’linadilar: KSH-kislotabardosh shamotli; KF-kislotabardosh chinni;
TKSH-termokislotabardosh shamotli; TKD-termokislotabardosh dunitli;
KS-quruq usulda presslangan kislotabardosh koshinlar.
Kislotabardosh va termokislotabardosh koshinlar quyidagi davlat standarti talablariga javob berishlari kerak.
Xossalar
|
|
|
marka
|
|
|
|
KSH
|
KF
|
TKSH
|
TKD
|
KS
|
Kislotabardrshlik,%kamida
|
97
|
99
|
97
|
98
|
96
|
Suv yutuvchanlik, %
|
6
|
0.5
|
8
|
3
|
5
|
Mustahkamlik chegarasi,kg/sm3:
Siqilishga
Egilishga
|
400
100
|
1300
300
|
400
100
|
1000
200
|
300
100
|
Termik bardoshlik issiqlik smenasi soni
|
2
|
2
|
8
|
15
|
2
|
Koshinlar tomonlari 100 dan 200 mm gacha bo’lgan kvadrat ko’rinishida (PK), to’g’ri burchakli (PP) tomonlari 100 dan 230 mm gacha, klinli (PKL) 20 o’lchamli. Markasi va o’lchamiga qarab qalinligi 20, 25, 30, 35, 40 mm. Koshinning ishchi bo’lmagan tarafi 2-4 mmli qobirg’asimon ko’rinishda, ya’ni aralashma bilan yaxshi birikish uchun.
Nasadkali kimyoviy bardosh buyumlar tsilindr ko’rinishida (Rashiga halqasi deb nomlanadi) bo’lib, reaktsion kolonnalarni hajmini to’ldirishda ishlatiladilar. Xalqalar shamot tuproqli, chinni va yarim chinni massalardan diametri 15 dan 150 mm gacha o’lchamda tayyorlanadilar. SHamot tuproqli halqalar kislotabardoshligi 96% dan kam bo’lmasligi, chinni va yarim chinni halqalarniki 98% dan kam bo’lmasligi, suv yutuvchanligi 5 va 2%, termik bardoshligi 2 va 5-6 issiqlik smenasi. Halqalar mundshtukdan itarib chiqarish yo’li bilan olinadi.
Kimyoviy apparatura konstruktsiyasi, ishlatilish sohasi, o’lchamlariga ko’ra 2 turga bo’linadi:
1) Harakatsiz qismli apparatura- turli hajmdagi idishlar, issiqlik almashish apparatlari, vannalar, tsilindrik va konik idishlar; apparaturani bu qismlari vakuum yoki bosim ostida ishlashga mo’ljallangan.
2) Harakatlanuvchi detalli apparatlar- nasoslar, eksgausterlar, aralashtirgichlar.
Kimyoviy apparatura kislotabardoshligi 98% dan kam bo’lmasligi, suv yutuvchanligi 3% dan ko’p bo’lmasligi, siqilishga mustahkamligi 400kg/sm2
Kimyoviy apparatura mayda dispers, yuqori qovushqoq massalardan qovushqoq usulda, ba’zi xollarda gips formalarga quyish usuli bilan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |