muomalada yurgan pullar soniga bog‘liq bo‘lmaydi.
Shubhasiz, bozor xo‘jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda bunday
qoidalar yaqqol noreal tus kasb etadii.Qiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul muomalasi
konuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. kiymat
shakllari va pul muomalasi
tarakkiyot yo‘lini taxlil kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi
funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori aniklanadi.Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori
stixiyali tarzda, pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortikcha pullar
(oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o‘tishi kuzatilgan va aksincha.
Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli
darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin
almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo‘lishini inkor etadii.Agar muomalada oltinga almashinmaydigan
banknotalar yoki qog‘oz xar (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan amalga
oshadi.Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida xech
kanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta‘minlaydi,
shuningdek pul
muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z kuchiga ega.Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar
massasi, ularning narxi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi
.
Shunday qilib, muomala uchun
zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog‘lik bo‘lgan turli xil omillar ta‘sir ko‘rsatadi.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta‘sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul
miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga tug‘ri proportsional, ya‘ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko‘p
pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta‘sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul
miqdoriga teskari ta‘sir ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul mikdori shuncha kam
talab qilinadi va aksincha. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim omillarga aloxida e‘tibor
berilishi zarur. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muximdir.
Bular: iste‘mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko‘p
tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak
bo‘ladi;
-
naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi;
-
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi
qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu xolda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi
tovarlar baxosidan oshib ketishi, ya‘ni inflyatsiya bo‘lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro
ta‘siri bilan, ya‘ni:
Xo‘jalikning pulga bo‘lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi.
Amaliyotda ko‘proq uchraydigan hol bu oborotda xo‘jalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu
albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: