Suzib yuruvchi kurs (1971 yil va keyingi davr.)
1970 yillarning boshida AQSh iqtisodiy otida inflyatsiya darajasining yuqoriligi Bretton-Vuds tizimi
faoliyatini davom ettirishiga ham jiddiy xavf sola boshladi. Inflyatsiyani oldini olish maqsadida 1971 yilning 15
avgustida AQSh Prezidenti Nikson barcha ish haqi va narxlarni muzlatdi, shuningdek, Bretton-Vuds tizimi
qoidalariga mos kelmaydigan qarorlar qabul qildi.
Xususan, AQSh Yevropa mamlakatlari Markaziy banklari hisobvaraqlarida yig'ilgan dollarni oltin bilan
so'ndirish xususidagi talabini qondirishdan bosh tortdi. AQSh Prezidenti oltin standartidan butunlay voz
kechganligi to'g'risida axborot berdi. Jahon pul tizimi 30 yillarning tartibsizligiga qaytdi.
1930 yillarda AQShda dollarni oltinga bog'liqligini saqlanishi, jahon pul tizimidagi tartibsizliklami
chuqurlashib ketishini oldini olgan edi. Endilikda, dollar oltin bilan ta'minlanmagan oddiy qog'oz pulga aylangan
edi. Bu o'z navbatida iqtisodiy salbiy oqibatlarni: valyuta to'siqlari, devalvatsiyaning ortishi xalqaro savdo va
investitsiya faoliyatini to'xtashi kabi moliyaviy, iqtisodiy "urush"ni yuzaga kelishiga, jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi bo'lishiga jiddiy xavf tug'dirdi.
Barcha davlatlar xavf solib turgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozni oldini olish uchun turli chora-tadbirlar
loyihalarini ishlab chiqdi.
1971 yil 18 dekabrda jahon pul tizimini saqlab qolish maqsdida AQSh tomonidan ilgari surilgan taklif
Yamayka konferentsiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Ushbu kelishuvga asosan jahon valyuta tizimi oltin
bilan ta'minlanmagan bo'lib, Smitson kelishuvi nomini oldi. Shu davrdan boshlab, oltin milliy valyutalarning
ta'minlanganlik vazifasini bajarishni to'xtatdi.
AQSh Prezidenti Nikson tomonidan jahon valyuta tizimiga kiritilgan yangilik, amaldagi Bretton-Vuds
tizimi yoki 20 yillarning oltindeviz standartidan ham ishonchsiz edi. Chunki, kelishuvga asosan mamlakatlar qat'iy
belgilangan valyuta kurslarini saqlashi bilan birga, yangi tizimga ko'ra valyutalar oltin yoki boshqa jahon puUari
bilan ta'minlanmaganligi bekor qilindi. Yevropa valyuta kurslari sun'iy ravishda baholandi.
AQSh dollarining kursini doimiy 35 doll darajada bo'lishini ta'minlashi to'g'risidagi kelishuvga asosan
dollarning devalvatsiyasi 38 dollar qilib belgilandi.
Yangi valyuta tizimida valyutalarning yagona ayriboshlash qoidalarining mavjud emasligi, ularni qat'iy
ayriboshlash kursini amal qilishida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shuningdek, Smitson kelishuvida
AQShdagi inflyatsiyani, dollar kursi va tashqi savdo kamomadini tartibga soluvchi qoidalarning yo'qligi, iqtisodiy
vaziyatni yanada chuqurlashtirdi.
Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida "yevrodollar" massasini muntazam o'sishi, oltinga ayriboshlash
shaklining barham topishi natijasida erkin bozordagai oltinning bahosi 215 dollargacha ko'tarildi. Mamlakatlar
valyuta ayriboshlash kurslari o'rtasidagi nomutanosib-liklarni kelib chiqishi, dollarga yuqori baho berilganligi va
Yevropa, Yaponiya davlatlari valyutalari sun'iy baholanganligidan dalolat bergan edi. Buning natijasida 1973
yilning fevral-mart oylarida jahon moliya bozori ishtirokchilari sarosimaga tushdi. Chunki, dollarga
ishonchsizlikni yuqoriligi natijasida, mamlakatlar dollar xarid qilishdan bosh tortdi. Shunday qilib, Smitson
kelishuvi imzolanishidan bir yil o'tib, bu tizimni faoliyat yuritishi barham topdi.
Smitson kelishuvida belgilangan qoidalarni o'zini to'liq oqlama-ganligi dollarga bo'lgan ishonchsizlikni
yanada kuchaytirdi. Moliya bozoridagi tartibsizliklar dollar dealvatsiya qilinishini talab etdi. Qog'oz pullarning
suzib yuruvchi kursida, valyuta kurslari talab va taklifdan kelib chiqib erkin aniqlandi. Bu esa, Yevropa valyuta
birjalarida dollarni qadrsizlanishiga, nemis markasi, Shveysariya franki va Yaponiya iyenasi kabi qattiq
valyutalarni qadri ko'tarilishiga olib keldi. Shu qatorda yevrodollar muammosining barham topishi bilan AQSh
to'lov balansi kamomadi ham me'yorlashdi. Chunki, dollar kursi tushishi, AQShning jahon bozoridagi tovarlari
bahosiga ijobiy ta'sir qildi va Amerika eksportini o'sishini ta'minladi. O'z navbatida valyuta bozorini tartibga
solish uchun vaqti-vaqti bilan davlat tomonidan valyuta interventsiyasi o'tkazilishi, valyuta bozorini erkin faoliyat
yuritishiga ta'sir ko'rsatdi.
Keyinchalik ushbu tizimni amal qilishida ham qator kamchiliklar mavjudiligi ayon bo'ldi. Chunki, qattiq
valyutaga ega bo'lgan mamlakatlar milliy valyutasining qadrini o'sishi iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsata boshladi.
Ya'ni milliy valyutaning uzoq vaqt o'sish tendentsiyasiga ega bo'lishi, milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini
narxini o'sishiga, iste'mol tovarlari bozorini Amerika tovarlari bilan to'lishiga olib keldi. Iqtisodiyotda shu kabi
holatlarni oldini olish maqsadida boshqa davlatlar 1930 yillarda bo'lgani kabi, turli valyutaviy nazoratlar, valyuta
devalvatsiyasi va boshqa iqtisodiy me'yorlar joriy qilindi. Shuni ta'kidlash joizki, dollarning qadrsizlanishi,
Amerikada import tovarlarining bahosini o'sishiga ta'sir ko'rsatdi. Boshqa davlatlarda arzon amerika tovarlariga
bo'lgan talab yanada ortadi. AQSh bozorlarida esa eksport tovarlarini hajmini kamayishi, ichki bozorda bunday
tovarlarning (go'sht va bug'doy) bahosini o'sishiga olib keldi. Aytish joizki, dollarning qadrsizlanis hi
eksporterlarga ijobiy ta'sir ko'rsatayotgan bo'lsa, bu-inflyatsiya solig'ini to'layotgan iste'molchilar to'lov
qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatgan.
AQShning 1971 yil avgustidan keyingi davrda oltin standartidan voz kechishi va 1973 yil mart oyidan suzib
yuruvchi valyuta kurslarini joriy qilinishi, jahon valyuta tizimida uzoq vaqt inflyatsiyani saqlanishiga sabab bo'ldi.
Qog'oz pul nazariyasi tarafdorlari bo'lgan keynschilar va Milton Fridman kabi iqtisodchilar, sanoatni rivojlanishi
natijasida dollarni oltinga nisbatan kursi 8-10 dollargacha tushishini taxmin qilishgan edi. Amaliyotda esa
Bretton-Vuds tizimi joriy etilganda belgilangan oltin unsiyasi uchun 35 dollar, ushbu davr ichida umuman
pasaymadi. Aksincha, 1971 yillarga kelib oltinning bozor bahosi bir necha marta oshib ketdi. Fransiyaning davlat
maslahatchisi Jak Ryueff tomonidan 50-60 yillarda, oltin unsiyasi uchun 70 dollar miqdoridagi narx taklif
qilinishi, AQShning qarshiligiga sabab bo'lgan edi. Lekin 1970 yil boshiga kelib, oltinning erkin bozordagi bahosi
70 dollardan bir necha marta oshdi.
1973 yilda butun davlatlar iqtisodiyotida hukm surayotgan inflyatsiyani ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tobora
chuqurlashib bordi. Erkin bozorda narxlarni shakllanishida noaniqliklar va beqarorlik yuzaga keldi. Bu jahon
valyuta tizimini qat'iy valyuta kurslariga va paritetiga asoslangan Bretton-Vuds tizimi qoidalaridan chiqish bilan
izohlanadi.
Ya'ni amaliyotga valyutalarning suzib yuruvchi kurslarini kiritilganligi, oltinning rasmiy qiymatini
yo'qolganligi va AQShning boshqa davlatlar Markaziy banklari hisobvarag'larida yig'ilgan "yevrodollar"larni
oltinga ayriboshlashdan bosh tortishi, Bretton-Vuds tizimi tamoyillariga mutlaqo zid bo'lgan
95
.
Mamlakatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni va investitsiya oqimini qayta tiklash maqsadida
1976 yil Kingston (Yamayka) shahrida bo'lib o'tgan konferentsiyada Xalqaro valyuta fondi tomonidan yangi
valyuta tizimi taklif qilindi. 1978 yilning apreli oyida ratifikatsiya qilingan Yamayka kelishuvi, valyutalarni qat'iy
belgilangan kurslarini bekor qildi. Shu bilan birga, oltin likvid aktiv sifatida Markaziy banklarda tayanch valyuta
bo'lib qoldi. Xalqaro valyuta jamg'armasi Yamayka kelishuvi doirasida davlatlarga valyuta kurslarini aniqlash
qoidalarini tanlash xuquqini berdi. Yamayka kelishuviga asosan oltin demonetizatsiyasi ko'zda tutilgan. Ya'ni:
-
ikki davlat valyutalari nisbatida-oltin va oltin paritetining rasmiy qiymati bekor qilindi;
-
davlat organlari va Markaziy banklar dollarni oltinga ayribosh-lash to'xtatildi;
-
oltinni bozor bahosida sotish va sotib olishga ruxsat berildi;
-
mamlakatlarga valyuta kurslarini aniqlash rejimlarini tanlash xuquqi berildi;
-
valyuta kurslarini qat'iy belgilangan kursi o'raiga suzib yuruvchi valyuta kurslari joriy etildi;
-
xalqaro valyuta jamg'armasiga, a'zo mamlakatlar valyuta siyosati ustidan nazorat qilish vakolati berildi.
Suzib yuruvchi valyuta kurslarining doimiy o'zgaruvchanligi, ularning barqaror faoliyat yuritishiga ta'sir
ko'rsatishini oldini olish uchun a'zo mamlakatlar, valyuta tizimida qabul qilingan qoidalar to'g'risida o'z vaqtida
Xalqaro valyuta jamg'armasini ogohlantirish majburiyatini oldi. Xalqaro valyuta jamg'armasi, a'zo davlatlardan
batafsil olingan ma'lumotlarga asosan, mamlakatlarni valyutalarning uch kategoriyasidan biriga kiritadi:
-
bir yoki bir necha valyutalarga bog'langan valyuta;
-
ayriboshlash kursi bir yoki bir necha valyutalarga nisbatan egiluvchan bo'lgan valyutalar;
-
egiluvchanligi yuqori bo'lgan valyutalarning ayriboshlash kursi.
Ta'kidlash joizki, Xalqaro valyuta jamg'armasi mamlakatlarni, uchta kategoriya bo'yicha guruxlashtiradi va
bu har yili o'zgarib turishi mumkin. Masalan, 1983 yilda jahonning 38 mamlakati o'z valyutalarini dollarga
bog'lagan, 1985 yilda ularning soni 31 tagacha, 1990 yilda 28 tagacha kamaydi. Aksariyat davlatlar qattiq valyuta
siyosati yuritib, valyuta tizimi kuchli nazorat ostiga olgan. Shu o'rinda mamlakat valyuta ayriboshlash tizimini
litsenziyalashtirilishi
97
natijasida valyutalar to'liq konvertatsiya qilinmaydi.
Yamayka valyuta tizimi Bretton-Vuds valyuta tizimiga nisbatan egiluvchan bo'lib, mamlakatlar to'lov
balansi va valyuta kurslari beqarorligiga moslashuvchan hisoblanadi. Shu bilan birga, Yamayka valyuta tizimini
amal qilishi jarayonida, bir qator murakkab muammolar mavjudligi ko'zga tashlandi. Xususan, SDR standartining
samarasizligi
98
, yuridik jihatdan oltin demonetizatsiya qilinishi va xaqiqatda esa, uning jahondagi likvid aktiv
sifatida zaxirada shakllantirilayotganligi, suzib yuruvchi kurslar tizimining mukammal emasligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |