Bobga oid savollar
1.
Xalqaro valyuta tizimining mohiyati.
2.
Mahalliy valyuta tizimining elementlari
3.
Xalqaro valyuta tizimining elementlari
4.
Xalqaro valyuta tizimini tashkil etish va faoliyat yuritishidan ko'zlangan bosh maqsad nima?
5.
Oltin standard tizimini joriy etilishi va uni afzalliklari
6.
Oltindeviz standartini joriy etilishi va uning salbiy oqibatlari
7.
Bretton-Vuds konferentsiyasiga asosan tashkil etilgan valyuta tizimining qoidalari va inqirozga uchrashining
sabablari nimalardan iborat?
8.
Yamayka valyuta tizimini tashkil etilishi va uning asosiy tamoyllari nimalardan iborat?
9.
Xalqaro munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga qanday omillar ta'sir qilgan.
10.
Valyuta kursining turlari.
11.
Xalqaro hisob-kitoblarning mohiyati va turlari.
12.
"Loro" va "nostro" hisob raqamlarning mohiyati.
13.
Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari.
14.
Valyuta riski va valyuta kelishuvi.
MAVZU: XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI, ULARNING MAQSADI VA FUNKSIYALARI
REJA:
1.
Xalqaro moliya institutlari va ularning vujudga kelishi
2.
Osiyo taraqqiyot banki, uning maqsadi va funksiyalari
3.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki
Xalqaro moliyaviy institutlarining umumiy xarakteristikasi
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutesional tuzihshi tuzilishi o’z ichiga ko'plab
halqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning ayrimlari yirik moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo'lib,
dunyo iqtisodiyoti va moliya-kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo
moliyaviy masalalarm muhokama etish, moliya — kredit siyosati bo'yicha tavsiyalar va maslahatlar berish hamda
moliyaviy yordam ko'rsatish bilan shug'ullanadi. Yana boshqalari axborot yig'ish, muhim valyuta-kredit va moliya
muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
Bu institutlarning asosiy maqsadi-xalqaro va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy doirada yuz berayotgan
murakkabliklarga va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, yumshatish hamda ularning o'zaro ham-korligini
ta'minlashga qaratilgandir.
Dunyoda global ahamiyatga ega bo'lgan xalqaro moliyaviy institutlar tarkibiga BMTning xayrxohligida
tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo
tashkiloti kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning
faoliyati bilan bog'liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy masalalarai hal etishda bevosita ishtirok etadi.
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi-iqtisodiy kengash-Yevropa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi
uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va
Amerikalararo taraqqiyot banki (ATB) ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus jamg'armalar bu
tashkilotlarni to'ldirib turadi.
«Marshall rejasi»ning amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorligi
tashkiloti, keyinchalik Yevropa to'lov ittifoqining tashkil etilishiga yo'naltirilgan (1950-1958 yillar), 1960 yilda
esa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IXTR
99
, Parij) almashtirilgan. Hozirda bu tashkilot o'z ichiga
32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga-tashkilotga a'zo mamlakatarda iqtisodiy o'sishga ko'maklashish,
moliyaviy barqaror-likka qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, diskriminatsion
qarama-qarshiliklarni cheklash, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko'rsatish kabilar kiradi DCRT ramkasida
100 ga yaqin qo'mita faoliyat kursatadi.
Ularning tarkibiga Noqonuniy yo'l bilan topilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash gruppasi
(FATF) ham kiradi. Bu tashkilot 1989 yilda tashkil etilgan va EXRTga a'zo mamlakatlar bilan hamkorlikda
noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash ishlarini amalga oshiradi.
IXRTning maqsadi-erkin savdoga, yosh davlatlarning rivoj-lanishiga, a'zo mamlakatlarni iqtisodiy
rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga ko'maklashashishdir. DCRT-o'ziga xos klub bo'lib, yiliga 2
marta sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar almashish va iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish, valyuta-
kredit va moliya siyosatni samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, jahon iqtisodiyotining
ekonometrik andozalari asosida halqaro qiyoslash va bashoratlarni ishlab chiqish borasida yig'ilib turadi.
Kreditor mamlakatlaming Parij klubi-rivojlangan mamlakatlaming norasmiy tashkilotidir. Bu yerda
mamlakatlaming davlat qarzlari bo'yicha to'lov muddatlarini boshqarish muammolari muhokama qilinadi. Bir
tomonlama moratoriyadan(to'lovni uzaytirish) qochish maqsadida kreditorlar tashqi qarzlarni qayta ko'rib chiqish
shartlari haqida qarzdorlar bilan «yuzma-yuz» bitimlar olib boradi. Klub faoliyati 1956 yilda tashkil etilgan bo'lib,
Argentina kreditorlari Parijga qarzdorlar bilan muzokaraga taklif qilingan paytga to'g'ri keladi.
Parij klubining majlislarida XVJ, Jahon banki va boshqa yirik moliyaviy institutlardan kuzatuvchilar
ishtirok etishadi va ko'pincha tashqi qarzlarning joriy yilda to'lanishi lozim bo'lgan qismi ko'rib chiqiladi.
Xususiy bank-kreditorlarning norasmiy London klubi 1976 yildan faoliyatini boshlagan boiib, qarzdor
mamlakatlaming xususiy tashqi qarzlarini tartibga solish muammolarini muhokama qiladi. London klubi XVJ va
Parij klubi bilan iqtisodiy hamkorlik olib boradi.
1970-yillardan boshlab davlatlaro moliyaviy-iqtisodiy muam-molar dastlab "yettilik", keyinchalik Rossiya
Federtsiyasi qo'shil-gandan so'ng "sakkizlik", Belgiya, Niderlandiya, Shvetsariya va Shvetsiya qo'shilgandan
keyin "o'nlik" davlat va hukumat rahbarlari darajasida hal etilishi yo'lga qo'yildi. "O'nlik" mamlakatlar rahbarlari
yig'ilishida asosiy e'tibor xalqaro valyuta-kredit masalalariga qara-tiladi va "har kim o'zi uchun", ya'ni markazga
intilish tendentsiya-lariga qarama-qarshi bo'lgan halqaro hamkorlik va liberalizm ta-moyillari asosida ish
ko'rishga intiladi.
Halqaro moliya institutlari, Halqaro xisob — kitoblar (HHKB, 1930 yil) bankidan tashqari, asosan ikkinchi
jahon urushidan keyin paydo bo'lgan.
Bu davlatlararo institutlar mamlakatlarga kreditlar berish, jahon valyuta tizimining amal qilish tamoyillarini
ishlab chiqish, halqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish bilan shug'ullansada,
ulami tashkil etilishining tub sabablaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy mustaqillikni joriy etish,
ularning xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy iqtisodiyotda vujudga kelayotgan muammolami mintaqa
va xalqaro darajada yechish masalalariga qaratilgan.
Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishiga quyidagi omillarni keltirish
mumkin:
1.
Xalqaro iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta'minlash borasida kuchlarni umumlashtirgan holda
hamkorlikda faoliyat yuri-tish.
2.
Davlatlararo valyuta va moliya-kredit siyosatini tartibga solish yuzasidan xalqaro andozalami yaratish va
amaliyotga joriy etish.
3.
Hamkorlikda jahon valyuta va moliya-kredit siyosati yuzasidan strategik taktikani ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |