Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

Jahon banki
Jahon banki (JB) BMT tarkibidagi ixtisoslashgan moliyaviy muassasa hisoblanadi. Jahon banki Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va uning bo'limi hisoblangan Xalqaro rivojlanish assosatsiayasi (XRA), 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA) va 
Investitsion munozaralarni tartibga solish bo'yicha xalqaro markazi (MXM) kabi moliyaviy tashkilotlarni o'z 
tarkibiga oladi. 
JB tarkibidagi birinchi uchta moliyaviy tashkilot dunyo rivojlanish bankining vazifalarini bajaradi, keyingi 
ikkitasi esa rivojla-nayotgan va iqtisodiyoti o'tish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarga investitsiya 
oqimlarini rag'batlantirish bilan shug'ul-lanadi. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 
guruh tarkibida bosh tashkilot sifatida Xalqaro valyuta jamg'armasi 
bilan birgalikda Bretton-Vudseda 1944 yil 1-22 iyulda boiib o'tgan xalqaro konferentsiyada tashkil topgan bo'lib, 
faoliyatini 1946 yil iyuldan boshlagan. 
XTTBning resurslari ikkita manba: 

birinchisi, aksiyadorlarning kapitali (6 foiz atrofida) hisobidan; 

ikkinchisi, xalqaro moliya bozorlarida aksiyalarni joylashtirish orqali (95 foizga yaqini) shakllantiriladi. 
Tashkiliy jihatdan XTTB aksiyadorlik jamiyati tamoyili asosida tashkil etilgan. XTTBda aksiyadorlarni 
ovoz berish soni ularning ustav kapitalidagi ulushi doirasida aniqlanadi. XTTBda asosiy ovoz berish huquqi 
AQShga (16, 8%) tegishli, bu AQShga bankda qabul qilinayotgan qarorlarga veto qo'yish huquqini ta'minlaydi, 
qarorlarni qabul qilinishi uchun umumiy aksiyadorlarning 85 foizi ovoz berishi lozim bo'ladi. Ovozlar soni 
bo'yicha ikkinchi o'rinda Yaponiya (8%) turadi, shuningdek Germaniya (4, 6%), Buyuk Britaniya va Fransiya (4, 
4% dan) mamlakatlari sezilarli ovozlar soniga ega. 
XTTBning boshqaruv organi Boshqarav kengashi va Direktor (ijrochi organ) dan iborat bo'lib, Boshqaruv 
kengashi tarkibi unga a'zo mamlakatlar moliya vaziri yoki markaziy banki boshliqlaridan tashkil topadi. 
Boshqaruv kengashi har yili bir marta yig'ilib tegishli qarorlarni Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan kelishgan 


holda qabul qiladi. Bank siyosiy o'yinlardan holi emas, u tashkil topgandan buyon amerika fuqarosi bo'lgan 
shaxslar tomonidan boshqarib kelinmoqda. 
XTTB tashkil topganda unga 38 mamlakat a'zo bo'lgan bo'lsa, 2004 yil iyun oyida ularning soni 184 taga 
yetgan. XTTBning asosiy faoliyati investitsion loyihalarni kreditlashga qaratilgan. 
XTTBning 1950-60 yillarga qadar asosiy maqsadi a'zo-mamlakatlarning xalq xo'jaligini tiklashga 
qaratilgan bo'lib, 1960 yillardan so'ng ijtimoiy loyihalarni kreditlash masalasi birinchi darajaga ko'tarildi. Buning 
asosiy sababi ko'pchilik mamlakatlarda iqtisodiy o'sish sura'tlari barqaror ko'rsatikichga ega bo'lsada, boy va 
kambag'allar o'rtasida farq oshib borish tendentsiyasi mavjud bo'lib, bu esa o'z navbatida turli ijtimoiy 
ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo'lar edi. Shu bois, XTTB o'z kreditining asosiy qismini aynan shu 
muammolarni hal qilishga yo'naltira boshladi. 
XTTB dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, shuningdek turli iqtisodiy inqirozlar natijasida 
kreditlash tamoyillarini va siyosatini doimiy ravishda takomillashtirib o'zgartirib borishga majbur edi. Masalan, 
1990 yillardan keyin yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni bo'lishida XFJ va XTTB jiddiy tanqid ostiga 
olindi. 
Quyidagi rasmda XTTBning kreditlarini tarmoqlar kesimidagi tarkibi keltirilgan. Rasmdan 1998 yilda bank 
tomonidan berilgan kreditlarning deyarli 30 foizi moliya sohasiga berilganligi, 2008 yilda kreditlarning asosiy 
qismi davlat boshqaruvi hissasiga to'g'ri kelganligini ko'rish mumkin. Bu XTTBning kredit siyosatini unga a'zo-
mamlakatlarda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar natijasida o'zgarib borayotganligini anglatadi. 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi 
(XRA) 1960 yilda tashkil etilgan bo'lib, XTTB va XRA boshqaruv 
tartibi bir xil va ular bitta bank prezidenti tomonidan boshqariladi. XTTBning moliyaviy resurslari muomalaga 
chiqarilgan qimmatli qog'ozlar bo'lsa, XRAning resurs manbasi a'zo-mamlakatlarning badallari va XTTBning 
foydasi hisoblanadi. XRA 20, 25 va 40 yil muddatga, 10 yillik imtiyoz davri bilan kreditlar beradi. Berilgan 
kreditlar bo'yicha foizlar hisoblanmaydi, biroq juda yuqori bo'lmagan 0, 75 foiz miqdorida komission toiovlar 
undiriladi. 
Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yillik daromad 875 AQSh dollaridan kam bo'Igan mamlakatlar XRAning 
kreditiga da'vogarlik qilishi mumkin. Dunyo bo'yicha bunday mamlakatlar soni taxminan 81 tani (2008 yil) tashkil 


etib, ushbu mamlakatlarda 2, 5 mlrddan ortiq aholi yashaydi. XRAning kreditlari asosan ta'lim, sog'liqni saqlash 
va qishloq xo'jaligini rivojlantirishga yo'naltirladi. Unga XTTBga a'zo-mamlakatlar kirishga haqli bo'lib, lekin 
ko'pchilik mamlakatlar bu imkoniyatdan foydalanmaydi, shuning uchun XTTBga a'zo bo'Igan 184 ta 
mamlakatdan faqat 164 tasi uning a'zosi hisoblandi. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish