Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни


Xalqaro moliya korporatsiyasi



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

Xalqaro moliya korporatsiyasi 
(XMK) 1956 tashkil etilgan. U XTTB va XRAga nisbatan boshqa strategik 
siyosatni amalga oshiradi. XMK asosan xususiy sohani kreditlash bilan shug'ullanib, uning kreditlari bo'yicha 
XTTB va XRAdan farqli o'laroq, davlat kafolati talab etilmaydi. XMK berayotgan kreditlar asosan loyiha 
summasining 25 foizidan ortmaydi. Kreditlarning muddati asosan 7-8 yil va eng yuqorisi 15 yilgacha berilishi 
mumkin. XMKning moliyaviy resurslari xalqaro moliya bozorlaridan qimmatli qog'ozlarni joylashtirish asosida 
shakllantiriladi.,
Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi 
(GXKA) rivojlanayotgan mamlakatlarga to'g'ridan-
to'g'ri investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish maqsadida 1988 yilda tashkil etilgan. EXKA a'zo-
mamlakatlarga kiritilayotgan investitsiyalarni notijorat risklar-dan, ya'ni investitsiya mulklarini eksproportsiya 
qilish, siyosiy katak-lizma, valyuta konvertatsiyasini bekor qilish, hukumat qarori natijasida kontrakt 
shartnomalarini bajarilmaslik holatlarini kafolatlaydi. Odatda investitsiyalarni 15 yilga, ayrim hollarda 20 yil 
muddatgacha kafolatlaydi. Kafolatlangan investitsiyalar bo'yicha muammolar vujudga kelganda ularning 90 foizi 
GXKA tomonidan qoplab beriladi. GXKA o'zining kafolatlash faoliyatini milliy sug'urta kompaniyalari bilan 
hamkorlikda tashkil etadi. 
Investitsion munozaralarni tartibga solish bo'yicha xalqaro markazi (DV1XM) 1966 yilda tashkil etilgan 
bo'lib, investitsion nizo-larni arbitraj yordamida, xalqaro huquq mexanizmlari asosida tartibga solish asosida 
xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko'maklashadi. Shu bois ham ko'plab investitsiyalar haqidagi kelishuvlar 
shartida IXKAning arbitraj yordamida hal etishga havola qilinadi. 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
Fransiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktyabrda Yevropa parlamentining 
yig'ilishida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EETB) ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan so'ng 


1990 yil 29 mayda Parijdagi kelishuvga asosan EETB ta'sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga 
kirdi. 
1991 yil 15-17 aprel kunlari bank boshqaruv kengashining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda bank 
ta'sischilari bo'Igan 40 ta mamlakat va 2 ta xalqaro tashkilot, ya'ni Yevropa ittifoqi (EI) va Yevropa investitsiya 
banki (EYU) ishtirok etdi. 
ETTB faoliyatining eng asosiy jihatlarini quyidagilarda ko'ri-shimiz mumkin. 1991 yilning noyabrida 
ETTBning Varshava vako-latxonasi ochildi va Estoniya, Latviya va Litva davlatlari bankga a'zoligi tasdiqlandi. 
Bugungi kunda ETTBning aksiyadorlari 60 mamlakat, EI va ESH xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Umumiy imzo-
langan kapital-1964 mlrd yevro, to'langan kapital-5, 2 mlrd yevro. 
ETTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor muno-sabatlarini rivojlantirish va jahon iqtisodiy 
integratsiyasini chuqurlashtirish uchun tashkil etish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ETTBning asosiy vazifasi 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mam-lakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali iqtiso-diyotdan 
bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat. Bugungi kunda ETTB loyihalari Yevropa va 
Osiyoning 27 davlatida amal qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli o'laroq, bank nizomiga 
asosan loyiha amalga oshirilayotgan davlatlarda ko'p partiyaviylik, plyuralizm va bozor iqtisodiyoti tamoyillari 
amal qilishi shart. 
ETTB ning investitsiya loyihalari orqali: 
-
sanoatda tarkibiy islohatlar o'tkazish; 
-
raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish; 
-
moliyaviy tashkilotlar faoliyati va huquqiy tizimni barqarorlashtirish; 
-
xususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo'llab quvvatlash; 
-
korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish masalalari 
moliyalashtiriladi. 
ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi, direktorlar kengashi va bank prezidenti 
nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi ETTBning yuqori organi bo'lib, bankning har bir a'zosidan ikkitadan 


shaxsni boshqaruvchi va uning muovinini o'z ichiga oladi. ETTBga a'zo mamlakatlar xohishiga qarab, bu shaxslar 
istalgan vaqtda o'zgartirilishi mumkin. 
Direktorlar kengashining 23 a'zosi bo'lib, uning ikkitasi EI va ESH tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk 
Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil 
davlatlarga to'g'ri keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 ta-si istisno tariqasida loyiha amalga oshirilayotgan 
mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga oshirilayotgan davlatlar kelishuviga ko'ra saylanadi. 
ETTBni yig'ilishlarida ovoz berish tartibi aksiyalar ulushiga qarab belgilanadi. 
ETTB ustav kapitali tarkibida EI va EEBning kvotalari 51 % ni, Markaziy va Sharqiy Yevropa 
davlatlariniki-13%, boshqa Yevropa mamlakatlariniki-11%, boshqa a'zo mamlakatlar hissasiga-24 % kvota to'g'ri 
keladi. Bankning kapitali tarkibida eng yuqori ulush AQSh (10%), Italiya, FRG, Fransiya, Buyuk Britaniya va 
Yaponiya (8, 5 % dan) mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi. 
ETTBning kredit siyosatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, asosan a'zo-mamlakatlarda ishlab chiqarishni 
rivojlantirish, shuningdek hamkorlikda sindikat kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar 
kiritish, qimmatli qog'ozlarni joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrastrakturasini rivojlantirish va eksport-
import operatsiyalari bo'yicha dasturlarni qo'llab-quwatlash masalalari alohida o'rin tutadi. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish