Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни


oltin  deviz standarti  (1945-1968



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

oltin 
deviz standarti 
(1945-1968 
y.) 
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSh tomonidan yangi pul tizimi taklif etildi. Uning qoidalari 
1944 yilda Nyu-Xemshir shtatining Bretton-Vuds shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konferentsiyada kelishildi va 
1945 yilning iyul oyida AQSh Kongressi tomonidan ratifikatsiya qilindi. Yangi amaliyotga kiritilgan Bretton-
Vuds pul tizimining 1920 yillarda qabul qilingan oltindeviz standartidan farqli jihatlari ko'p emas edi. Shu nuqtai 
nazardan, ushbu pul tizimi ham kamchiliklardan holi emas va navbatdagi moliyaviy tartibsizliklarni kelib 
chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi. 
Bretton-Vuds pul tizimining eski oltindeviz standartidan amal-dagi farqi shunda ediki, uning asosini ikki 
"tayanch valyuta"(funt va dollar) emas, balki yagona dollar tashkil etib, 35 dollar 1 unsiya oltingan 
tenglashtirilgan edi. Shu bilan birga, amaldagi tizimni 20 yillardagi oltindeviz standartidan farqli jihatlari, amerika 
fuqarolari dollardagi hisob-kitoblarni oltin bilan so'ndirish imkoniyatining yo'qligi va dollardagi hisob-kitob qilish 
huquqi xorijiy davlatlar va banklarga berilganligini e'tirof etish lozim. Ya'ni, jahon pulini (oltin) dollar bilan 
so'ndirish vakolati faqat davlat organlariga berildi. Shu jihatdan Bretton-Vuds tizimi ham 1920 yillarni oltindeviz 
standarti kabi moliyaviy piramida asosiga qurildi. 
AQShda moliyaviy piramidaning asosini, faqatgina xorijiy davlat hukumatlari talab qilish huquqiga ega 
bo'lgan oltin tashkil etgani holda, muomalada ta'minlanmagan dollarlar mavjud bo'lgan. Boshqa davlatlarda 
moliyaviy piramidaning asosini, valyuta zaxirasi sifatida saqlanayotgan dollar tashkil etgani holda, muomalada 
ta'minlanmagan milliy valyutalar amal qilgan. Bunday moliyaviy piramidani tashkil etish uchun AQShda 
yetarlicha imkoniyatlar mavjud edi. Chunki, ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh da to'plangan juda katta 
miqdordagi oltin zaxiralari (25 mlrd doll), ularga moliyaviy piramida qurish imkonini bergan. Bretton-Vuds tizimi 
amaliyotga joriy qilinishi bilan Yevropa davlatlari valyutalarining dollarga nisbatan kursi oshirildi. Masalan, 
Buyuk Britaniya funt sterling kursi urushgacha bo'lgan vaqtdagi qiymatga, ya'ni 4, 86 dollarga tenglashtirildi. 
Funtning sotib olish qobiliyatiga nisbatan qaralganda esa, uning qiymati pastroq bo'lgan. Ta'kidlash joizki, 1945 


yilda dollar kursi sun'iy pasaytirilishi va boshqa davlatlar valyutalarining kursi dollarga nisbatan sun'iy oshirilishi 
natijasida "dollar tanqisligi" yuzaga keldi. AQShdan tashqarida yuzaga kelgan "dollar tanqisiligi"ni oldini olish 
maqsadida Amerika hukumati tomonidan Yevropa mamlakat-lariga moliyaviy yordam ko'rsatildi. Boshqacha 
qilib aytganda, Yev-ropaga moliyaviy yordam berilishi, dollar kursini sun'iy pasaytirilishi natijasida AQSh toiov 
balansi profitsitini qisman moliyalashtirishga xizmat qilgan. 
Bretton-Vuds tizimida Amerika hukumatiga shunisi aniq bo'ldiki, ushbu tizim doirasida dollar 
inflyatsiyasini oshirilishi javobgarlikka olib kelmas edi. Shu nuqtai nazardan, urushdan keying davrda 
inflyatsiyani rag'batlantirilishi AQShda davlat siyosatiga aylandi. 
1950 yillar boshida dollar inflyatsiyasi natijasida xalqaro savdo oqimi o'z yo'nalishini o'zgartirdi. AQShda 
pul taklifi va kredit hajmi ortib borishi natijasida, aksariyat Yevropa mamlakatlari (G'arbiy Germaniya, 
Shveytsariya, Fransiya, Italiya) ning valyutalari yanada mustahkamlandi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo'lgan 
Buyuk Britaniyada esa mamlakatdan dollarni chiqishini oldini olish maqsadida funtni 2, 40 dollargacha 
devalvatsiya qilindi. Yevropa va Yaponiyada ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi AQSh to'lov balansida 
kamomadni yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Inflyatsiyani cheklashda oltin tanga standartining klassik 
yondashuvchanligi o'zining xususiyatini butunlay to'xtatishi bilan birga, Bretton-Vuds tizimining qoidalari G'arb 
davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini ko'paytirishni va buning asosida milliy valyuta taklifi va kredit hajmini 
oshirishni talab etgan. 
Shu tariqa 1950-1960 yillarga kelib, G'arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiya dollar zaxirasini oshirib 
borish siyosati samarasiz ekanligi hamda yangi tizim tashkil etilganda dollar kursi sun'iy baholanganligidan 
sarosimaga tushdi. Chunki dollaraing sotib olish qobiliyatining tushishi, G'arb davlatlarida dollarga bo'lgan 
ehtiyojni pasaytirdi. 
Bretton-Vuds tizimi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti uchun "tuzoq" sifatida qaraldi va qarama-
qarshiliklar ortdi. Fransiya nomidan Oltindeviz standartini yoqlab va amaldagi tizim qoidalariga qarshi fikrlar 
bilan davlat moliyaviy maslahatchisi de Gollya Jak Ryueff chiqdi. Amerika siyosatchilari va iqtisodchilari yuzaga 
kelgan qarshiliklarga e'tibor bermay, Yevropa dollarni "tayanch valyuta" sifatida qabul qilganligini ta'kidladi. 
Ularning fikriga ko'ra, Yevropa aynan Bretton-Vuds tizimini amal qilishi natijasida iqtisodiy tanglikdan chiqish 


muammosini hal etgan. Davlatlar o'rtasidagi keli-shuvga asosan boshqa mamlakatlarda dollarning inflyatsiya 
darajasi ortishidan qat'iy nazar, AQSh yanada pul taklifini oshirish huquqiga ega edi. 
Yevropada oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollarga teng bo'lgan miqdori saqlanib qolingan edi. 1950 
yillarda Yevropada dollar massasini ortib ketishi, uning oltinga va Yevropaning "qattiq" valyutalariga nisbatan 
qadrsizlanishiga hamda Amerikadan oltinni chiqib ketishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida AQShning oltin 
zaxiralari 25 mlrd. dollardan, 9 mlrd. dollargacha kamayib ketdi. Yevropa mamlakatlari hukumatlari va Markaziy 
banklarining dollarni oltin bilan so'ndirish talabini qondirilmasligi oqibatida Bretton-Vuds tizimining izdan 
chiqish xavfi tug'ilgan edi. Lekin, Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan ushbu salbiy holat ham AQShni pul 
taklifini oshirishdan qaytarmadi. Shu tariqa 60 yillaraing oxirida Yevropada 80 mlrd dollardan ortiq "yevrodollar" 
nomini olgan pullar paydo bo'ldi. Yevropada muomalada bo'lgan dollarni oltin bilan so'ndirish talabini to'xtatish 
maqsadida AQSh siyosiy bosim o'tkaza boshladi. 1930 yilda oltindeviz standartining inqirozga yuz tutishida ham 
Buyuk Britaniya va Fransiya o'rtasida shunday vaziyat yuzaga kelgan. 
Ta'kidlash joizki, iqtisodiy qonunlarni aylanib o'tish, AQSh inflyatsiyani hisobga olmagani kabi, 
mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu tariqa 1968 yilda Amerika tomonidan taklif 
etilgan "abadiy va buzilmas" Bretton-Vuds tizimi yemirila boshladi. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish