Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни


Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr (1914-1926



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr (1914-1926 
yy.) 
Klassik oltin standard pul tizimi mukammal 
bo'lib, hozirgi kungacha insonlar undan samaraliroq va qulayroq pul tizimini o'ylab topa olishmagan. O'z 
navbatida "Agar oltin standard mukammal amal qilgan bo'lsa, nirna uchun muomaladan yo'qoldi degan savol 
tug'iladi." Buning asosiy sababi, davlatning pul tizimiga aralashu-vining ortishi va banklarning o'z 
majburiyatlarini toiiq bajarmasligi oqibatida pul tizimining izdan chiqishidir. Birinchi jahon urushi natijasida 
urushda ishtirok etgan barcha davlatlarda xarajatlarning oshishi natijasida pul taklifmi haddan ziyod 
ko'paytirishga majbur bo'ldilar. O'zaro urushda ishtirok etayotgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi shu darajada 
yuqori ediki, ular xarajatlarni qoplash maqsadida emissiya qilingan qog'oz pullar oltin va boshqa qimmatbaho 
metallar bilan ta'minlanmagan edi. Shu tariqa ushbu davlatlar oltin standartidan voz kechdilar va o'zlarini bankrot 
deb e'lon qildilar. 
Urushda ishtirok etgan davlatlar ichidan faqatgina AQShda dollarning taklifi belgilangan me'yoridan 
orttirilmadi. O'z vaqtida boshqa davlatlarda devalvatsiyaning ortishi, o'zaro turli valyutaviy to'siqlarning yuzaga 
kelishi, bojxona tariflari va kvotalarining joriy qilinishi natijasida xalqaro savdo va investitsiya faoliyati izdan 
chiqdi, bu esa mamlakat pul tizimiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatdi. Inflyatsiya oqibatida Angliya fund, Frantsiya 
franki, Germaniya markasi oltinga nisbatan qadrsizlandi. Bu hoi keyinchalik dollarning ham oltinga nisbatan 
kursini tushishiga olib keldi. Ushbu vaziyatda dunyo pul tizimi inqirozga uchragan va dunyoning yetakchi 
ekspertlari va siyosatchilari iqtisodiy barqarorlikni ta'minlovchi oltin standartiga qaytish ustida bosh qotirayotgan 
edi. 
Oltin quyma va oltin 
deviz 
standarti (1926-1931 
yy.) 
Birinchi jahon urushi natijasida jahon valyuta tizimi 
inqirozga uchragan edi. Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valyuta-pul tizimini yoiga qo'yish 
maqsadida oltin standartini joriy qilishning imkoniyatlarini ko'rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. O'sha davrda 
yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar ediki, Yevropa mamlakatlari pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan 
kelib chiqib, valyuta kurslari o'rtasidagi nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bog'liq ravishda qaytadan o'matish 


kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda flint sterling 4, 86 dollarga teng bo'lgan oltin birligiga 
ayriboshlangan bo'lsa, urush so'ngida inflyatsiya oqibatida valyuta bozoridagi flint sterlingning kursi 3, 50 
dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlarni pullari ham shu tariqa qadrsizlangan edi. Shuning uchun Buyuk 
Britaniya oltin standartiga qaytadigan bo'lsa, funtning haqiqiy qiymati 3, 50 dollar nisbatida belgilanishini talab 
etar edi. O'z navbatida oltin standarti amal qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bo'lishi kerak edi. 
Lekin bu borada mamlakatlarning bir to'xtamga kelishi qiyin bo'ldi. Masalan, Buyuk Britaniyaning kamchiligi 
shunda ediki, nafaqat oltin standartini qayta tiklash, balki funtning awal amalda bo'lgan 4, 86 dollar darajadagi 
kursiga qaytarish edi. 
Buyuk Britaniyaning bunday siyosati dunyoning moliyaviy markazi bo'lgan Londonning obro'sini 
saqlashga qaratilgan edi. Buni amalga oshirish uchun Buyuk Britaniya eng awalo pul taklifmi kamaytirish va 
tovarlar narxini pasaytirishga erishishi kerak edi. Lekin, funt kursi 4, 86 dollarga tenglashgan holda Buyuk 
Britaniya tovarlarlarini jahon bozoridagi narxi ortib raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Kasaba 
uyushmalari ta'sirining ortishi va davlat tomonidan ishsizlik uchun nafaqalarni joriy qilinganligi pul taklifmi 
kamaytirish imkonini bermas edi. Deflyatsiyani amalga oshirish (pul taklifmi kamaytirish bilan aholi nominal 
daromadlarini pasaytirish) uchun Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga asoslangan davlat qurish nazariyasidan voz 
kechishi yoki ayrim "ijtimoiy kafolat'iarni muzlatishi kerak edi. Buning o'rniga Buyuk Britaniya ijtimoiy 
himoyaga asoslangan davlat dasturlarini bajarish maqsadida pul taklifmi yanada orttirib bordi, o'z navbatida 
inflyatsiya darajasi ham o'sib bordi. 
Yigirmanchi asraing 20 yillarga kelib, Buyuk Britaniyada inflyatsiya va ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga 
kelgan, mamlakat eksport hajmi ham tushib ketgan edi. Bu davrda boshqa Yevropa davlatlarida iqtisodiy o'sish 
kuzatilayotgan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan holda yuzaga 
kelgan vaziyatdan chiqish muammosi ko'ndalang turgan edi. Shu maqsadda 1922 yili Genuya shahrida bo'lib 
o'tgan konferentsiyada Buyuk Britaniya yangi pul standarti boigan oltindeviz standartini taklif qildi. 
Dunyo mamlakatlari ichida AQShda klassik oltin standarti saqlangan bo'lib, Buyuk Britaniya va boshqa 
Yevropa mamlakatlari 1926 yilga kelib klassik oltin standartiga tenglashtirilgan yangi pul tizimiga o'tishdi. Unga 
ko'ra Britaniya fimti va boshqa valyutalar oltin tangalarga emas, balki faqatgina yirik tashqi savdoni amalga 


oshiruvchilar uchun oltin quymalarga ayriboshlanar edi. Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari 
foqarolari kundalik hayotda oltin tangalardan foydalana olmas edilar. Bu bank kreditlarini va inflyatsiyani 
rag'batlantirishga xizmat qilar edi. Yangi oltindeviz standartiga asosan Buyuk Britaniya funtni so'ndirishda oltin 
bilan birga dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa o'zlarining valyutalarini oltinga emas, funtga 
ayirboshlar edilar. Shu yo'l bilan aksariyat mamlakatlarda milliy valyutalar kursi sun'iy oshirildi va oltin 
standartiga qaytishdi. Natijada oltinga asoslangan moliyaviy piramida tashkil topdi. Uning asosini qisman flint 
bilan ta'minlangan Yevropa mintaqasi valyutalari, qisman dollar bilan ta'minlangan font, qisman oltin bilan 
ta'minlangan dollar tashkil etgan va bu "oltindeviz standarti" deb ataldi, dollar va font esa "tayanch valyutalar" 
hisoblangan. 
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining ortishi hisobiga tashqi savdo balansda 
taqchillik yuzaga keldi. Bunday vaziyatda oltin standarti inflyatsiyani cheklashga xizmat qilmay qo'ydi. 
Oltindeviz standarti Buyuk Britaniyaga milliy valyuta taklifini oshirish va inflyatsiya darajasini oshishiga sharoit 
yaratgan. Yevropaning boshqa davlatlari fontni oltin bilan qoplashni talab qilmas edi. Shu tariqa Yevropa va 
Buyuk Britaniyada inflyatsiya darajasi tobora chuqurlashayotgan, tashqi savdo kamomadi ortib borayotgan edi. 
Undan tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollarni chiqib ketishini oldini olish maqsadida AQSh 
Federal zaxira tizimining dollar taklifini oshirishiga erishgan edi. Oltindeviz standartining alohida xususiyati 
shunda ediki, u uzoq muddat amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy piramidaning izdan 
chiqishi qochib bo'lmas haqiqat bo'lgan. AQSh, Fransiya va boshqa davlatlar iqtisodiyotida katta hajmda 
ta'minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterlingi yig'ildi. 1931 yilda Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya darajasi 
yuqoriligidan Fransiya "qattiq pul" siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda yig'ilgan funt 
sterling o'rniga oltin ayirboshlashni talab qilishi Yevropa banklarini bankrot bo'lishiga olib keldi. Bu esa Buyuk 
Britaniyani butunlay oltin standartidan voz kechdi. Buning natijasida barcha Yevropa mamlakatlari o'zini 
bankrot deb e'lon qildilar. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish