Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

elementlari 
quyidagilardan ibo-rat: 
-
milliy valyuta; 
-
konverterlash shartlari; 
-
milliy valyuta pariteti; 
-
milliy valyuta kursining rejimi; 
-
valyutaviy chegaraning mavjudligi yoki chegaralanmaganligi, valyuta nazorati; 
-
mamlakatning xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish tartibi; 
-
xalqaro kredit mablag'laridan to'lov vositasi sifatida foydalanishi reglamenti; 
-
mamlakatning xalqaro hisob-kitoblar reglamenti; 
-
mahalliy valyuta va oltin bozorlarini faoliyat ko'rsatish rejimi (tartibi) ; 
-
mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soladigan va bosh-qaradigan mahalliy organlar. 
Xalqaro valyuta tizimining elementlari:
 

jahon pulining funksional shakli;
 



valyutalarni o'zaro konvertirlash shartlari; 

valyuta pariteti rejimining reglamenti; 

davlatlararo valyutaviy chegaralarni tartibga solish; 

xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli; 

xalqaro kredit mablag'lari muomalasini unifikatsiyalash qoidalari; 

xalqaro hisob-kitoblar shakllarini qo'llashning qoidalari; 

xalqaro valyuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritish rejimi; 

davlatlararo valyutani tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar. 
Milliy valyuta tizimining asosini shu mamlakat milliy valyutasi tashkil etadi. Ushbu valyuta tegishli 
qonunchilik xujjatlari asosida mamlakatda yagona to'lov vositasi sifatida mustahkamlanadi. Xalqaro hisob-
kitoblarda qo'llaniladigan pul (milliy valyutalar) valyuta deb yuritiladi. 
Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanish
Klassik oltin standard (1815-1914 yy.) 
Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayot 
tarziga turlicha ta'sir ko'rsatdi. Shu nuqtai nazardan XGX asrni torn ma'noda g'arb sivilizatsiyasining oltin asri 
yoki klassik oltin standard hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin bilan birga kumush 
ham to'lov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o'rtasidagi hisob-kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon 
mamlakatlari iqtisodiyoti oltin standard ostida birlashgan edi. 
Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt, frank va h.k.) esa, faqatgina belgilangan oltin 
qiymatini o'lchov birligi bo'lib xizmat qilgan. Masalan, dollarning nomlanishi-1/20 unsiya og'irlikka teng bo'lgan 
oltinni anglatgan, funt sterling nomi esa-oltinning j unsiya og'irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, 
ayirboshlash kurslari davlat ishtirokisiz qat'iy belgilangan baholarda amalga oshirilgan. Mamlakat milliy 
valyutalari o'lchov birligiga bog'liq ravishda bir-biriga doimo mos kelgan. Ya'ni, 1 funt (o'lchov birligi) doimo 
16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin o'lchov birligi) -4.86
 
dollarga teng bo'lgan. 


Xalqaro oltin standard insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan va butun jahonda amal qiluvchi 
universal pul vazifasini o’tagan. AQShning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga yetishining asosiy 
sabablaridan biri sifatida, dunyoning deyarli barcha davlatlarida dollarning to'lov vositasi sifatida amal qilishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat-taqsimotida, xalqaro kapital oqimida, 
xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida va boshqalarda ko'rishimiz mumkin. 
Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi, barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan 
umumiy ekvivalent "maxsus tovar" sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning bu 
jarayonlardagi o'rni unchalik katta emas. Chunki, oltinni muomalaga chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki 
bozor talabidan kelib chiqib belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi mamlakatda sun'iy inflyatsiyani 
yuzaga kelishiga yo'l qo'ymasligi bilan birga, mamlakat to'lov balansining muvozanatini ta'minlagan. 
Mamlakatda pul taklifini ortishi mahalliy tovar va xizmatlar bahosining ortishiga olib keladi. O'z navbatida 
aholining nominal daromadlari ortadi, bu esa importning o'sishiga ta'sir ko'rsatadi. Chunki, import tovarlar bahosi 
mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past bo'ladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi importga nisbatan 
qisqaradi. O'z navbatida mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin 
valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Shu o'rinda aytish joizki, bank depozitlarining sun'iy ravishda oshishi 
va bank tomonidan beriladigan kreditlar hajmining ortishi ham oltin-valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. 
Chunki, bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari depozitlarni oltin miqdorida qaytarishni talab qiladilar. 
Shuning uchun mamlakatda pul taklifini kamaytirish va uning tegishli me'yorini saqlash lozim bo'ladi. Pul 
taklifining pasayishi tovarlar narxini tushishiga olib keladi va shu tariqa bozorda narxlar muvozanati ta'minlanadi. 
Bu esa eksport hajmini oshirish ehtiyojini tug'diradi va mamlakatga oltin oqimining ortishiga ijobiy ta'sir 
ko'rsatadi. Bu holat o'zaro savdo-iqtisodiy munosabatda bo'lgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati 
ta'minlangunga qadar davom etadi. 
O'z davrida davlatning oltin standard pul tizimini mustaqil amal qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga 
salbiy ta'sir qilgan va ushbu pul tizimining mukammalligidan qat'iy nazar inflyatsiya, retsessiya natijasida 
iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin tangalarni zarb etish ustidan davlat nazoratini 
o'matilishi, qonuniy to'lov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo'yilganligi, qog'oz pullarni joriy etilishi va 


inflyatsiyani rag'batlantirilishi kabi yo'nalishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat qilgan. 
Davlatning pul muomalasiga ta'sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o'zgarishlar asosan 
bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirilgan. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish