Ustoz va murabilar kuni.
Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir.
I.Karimov
Ustoz! Shu birgina so’z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Uqituvchi-sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, ahloqan pok insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoklasak arziydi. Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo’riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir.
Ular bizlarga oq-qorani, yaxshiyu-yomonni tanitib, "qo’llarimizga ilk bor qalam tutqazib, "Ota", "Ona", "Vatan", "Ezgulik", "Baxt", "Saodat" kabi so’zlarni yozishga o’rgatgan buyuk zotlardir.
Donolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. U elni taraqqiy ettirib, ezgu niyati, orzu-umidiga yetkazadi. Demak, ustozlarning zimmasida kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama barkamol, ma'naviy va axloqiy pok vatanparvar, mehnatsevar insonlarni, yetkazib berishdek, yuksak vazifa turibdi.
O’qituvchi zimmasiga hayot talablariga to’la javob beradigan va o’z zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek ma'suliyatli vazifa yuklatilgan. quyosh o’z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o’qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o’quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to’ldirishga axd qilgan buyuk kasb egasidir.
Qiyos etgim keladi ustozlarim quyoshga,
Uz mehrini-nurini baxsh etadi har yoshga
Hayotning go’zalligi farovonligi, odobligi, qolaversa, istiqlolimizning ravnaqi muallim mehnati bilandir.
Jahonda bo’lmasa muallim agar,
Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar.
Istiqlol egalari bo’lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazishda o’qituvchi-murabbiylarning qissasi benixoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o’g’il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo’lishlari, Vatanimizga, halqimizga fidoyi va halol hizmat qiladigan insonlar bo’lib yetishishiga zamin bo’lib hizmat qiladi.
O’qituvchilik-ma'suliyatli va mashaqqatli kasb, og’ir va davomli mеhnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o’zlarini esa e'zozlab kеlishgan.
O’z davrining mashhur pеdagogi Abdulla Avloniy "har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir", dеb yozgan edi. "Ustoz-otangdеk ulug", dеgan hikmatda olam-olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko’klarga ko’tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug’ dеb nisbat bеriluvchi inson bor, bu-ustozdir! Haqiqatdan, ota-ona sеni voyaga еtkazadi, ustoz esa unib-o’sishing, kamolatga erishishing, ilm-ma'rifat cho’qqilarini zabt etishinga ko’maklashadi. O’z umrini, qalb qo’rini, aql-idrokini, tajribasi va bilimini sеning yo’lingga sarf etadi. Yutug’ingni ko’rib quvonadi, muvaffaqiyatsizligingdan g’am-andux chеkadi.
O’ituvchi bo?bonga o’xshaydi. U tarbiyalab o’stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. O’qituvchi va murabbiylarning ma'suliyatli, ammo sharafli kasblarini bir mash'alaga qiyos etish mumkin.
"O’qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag’ishlangan tadbirlarni adabiy-badiiy, ilmiy kеchalar, uchrashuv va davra suhbatlari ko’rinishida o’tkazish mumkin.
Bayram tadbirlari o’tkaziladigan ARM lar zali ustoz-murabbiylarni ulug’lovchi, ta'lim-tarbiya to’g’risidagi ibratli so’zlar, bayram mazmuniga mos shiorlar, chaqiriqlar, allomalarimizning hikmatli so’zlari, hadisu shariflardan olingan parchalar yozilgan plakatlar bilan jihozlash mumkin. Tadbirga ota-onalar, o’quvchi yoshlar, yozuvchi, shoirlar, san'atkorlar, mahalla faollari, faxriy ustozlar, "Mahalla", "Oltin mеros" kabi jamg’armalar hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Ommaviy axborot vakillarini taklif etish mumkin.
ARM larida o’qituvchilar kuniga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirlarni taxminiy mavzulari;
1."Siz shunday buyuksiz muallim"
2."Ustoz so’zi mangu mash'al"
3."Ustozning marhamati-quyoshdеk hammaga tеng".
O’quvchilar o’rtasida "Ustoz-otangdеk ulug’", "Mеn sеvgan ustoz", "Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim" kabi mavzular bo’yicha sahna ko’rinishlaridan lavha tayyorlash mumkin.
Donolar bisotidan.
Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitishi ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado, oning haqin yuz ganch ila..
Alisher Navoiy.
Jahonda bo’lmasa muallim agar,
Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar.
Abdurahmon Jomiy.
Hayot yo’lida birinchi masala-maktab masalasidir.
Fitrat.
Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepayon.
Firdavsiy.
Uquv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lur,
Bilim qayda bo’lsa, buyuklik bo’lur.
Yusuf Xos Xojib.
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayxon Beruniy.
Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas,
Qo’lingdan kelgancha tera olsang bas.
Abu Abdullo Rudakiy.
O’quv qunt beradi, bilim-sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug’dir inson.
Maxmud Qashg’ariy.
Bilim birlan bo’lur odamda imon,
Bilimdon devni ham bog’lamoq oson.
Abulkosim Firdavsiy.
Bilimsizlik bilan ishga kirishsang,
Foydasi bo’lmaydi qancha tirishsang.
Asadiy Tusiy.
Aql aytur: adabiy gavharlar aro
Topilmas bilimdan yaxshiroq kimyo.
Nosir Xisrav.
Hayotga ko’p shogird bo’ldigu hanuz,
Dunyoning ishiga ustod emasmiz.
Umar Hayyom
“Siz shunday buyuksiz muallim” mavzuida o’qituvchilar kuni munosabati bilan o’tkaziladigan 4-sinflar uchun tadbir ssenariysi.
Sahnaga ko'zlari chaqnab, yuzlarida tabassum balqib, chiroyli kiyingan («boshlang'ich»larni otaliqqa olgan yuqori sinf o'quvchilaridan) ikki boshlovchi chiqib kelishadi.
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, mehri daryo ustozlar, ko'zining nuri, qalbining qo'ri bilan bizga saboq bergan, berayotgan oqila muallimalar, bugungi kun buyuklarini ham buyuklik sari ilk odim oldirib, yetaklagan aziz o'qituvchilar!
2-boshlovchi: - Assalomu alaykum, tadbirimizga fayz kiritib o’rtirgan mehmonlar, ota-onalar! Bugun biz o'z o'qituvchilarimiz qarshisida ta'zimdamiz. (Qo'lini ko’ksiga qo’yib, biroz engashib, hurmat keltiradi). Ularning biz yoshlarga ko’rsatgan yo'l-yo'riqlari, saboqlari, sabr-bardoshlari qarshisida doimo ta'zimdamiz. Faqat bu his-tuyg'ular, chin yurakdan tan olib aytishimiz joizki, har kuni tilimizdan qo’ymay gapirmasak-da, qalblarimizga umrbod muhrlangan. Mana, bugungi siz – ulug’ insonlarga bag'ishlangan tadbirimiz dillarimiz ummonidan bir tomchi, xolos.
1-boshlovchi:
Haq yo'lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Buyuk mutafakkir shoirimiz Mir Alisher Navoiy hazratlari qalamidan to'kilgan bu muborak durlar siz - aziz ustozlar sha'niga bitilgan haqqoniy baho va o’lmas qadriyatdir.
Magnitofondan «Ustozlar» qo'shig'i yangraydi. So'ng ikki boshlovchi oqituvchisi qo'lidan tutib sahnaga ko’tariladi.
1-boshlovchi:
.<■•
Kuchlilardan ziyoda
Nima tayanch dunyoda?
2-boshlovchi:
Ustun yoki minora...
1-boshlovchi:
-Topolmading, ey, o'rtoq,
Ustozdan yo'q ulug'roq!
Qadrli muallimamiz, she'riy ifoda tarzida aytilgan bu dialogning so'nggi misrasi faqat Sizga, Siz - hurmatli ustozlarga atalgan. Uni biz - sizning o'quvchilaringiz yurak-yurakdan aytmoqdamiz.
Ustoz: - Boshim osmonga yetdi, bolalarim, bu chiroyli maqtovlaringiz, ta'riflaringiz uchun ming rahmat. Biz, o'qituvchilar sermashaqqat, sertashvish muallimlik kasbini tanlaganimizdan sira ham afsuslanmaymiz. Aksincha, o'qib bir hunarning boshini tutsangiz yoki bir kursining «egasi» bo'lsangiz, o'-o’, bizdan baxtli odam yo'q. Chunki Sizlarning yutug'ingiz - bizning yutug'imiz, xursandchiligimiz. Bordi-yu, biroz charchagan bo'lsak ham, shu bir og'iz minnatdorchilik so'zingiz bizga shodlik, bizga orom bag'ishlaydi. Men, shaxsan o'zim boshlang'ich sinf o'qituvchisi sifatida bilimlar poydevori - boshlang'ich ta'lim haqida she'r o'qib bermoqchiman:
Ne-ne buyuk zotlar ko'rdi bu dunyo,
Moziy sahifasi to'la - limmo-lim.
Shuuri, onglarga bergan nur-ziyo,
Ilm debochasi - boshlang'ich ta'lim.
Har inson yuragi, har ishning boshi,
Murg'ak vujudlarning porloq qoshi,
Kelajagi uchun sen tamal toshi
Munavvar yo’lboshi - boshlang'ich ta'lim.
Qarsaklar ostida ustoz tomoshabinlar qatoridan joy oladi.
Tadbir o’tkazilayotkan xonaga qo’yilgan ustozlarning o’z o’quvchilari bilan tushkan rasmlari tashrif buyuruvchilar nigohinin o’ziga tortadi. Magnitafondan ustoz va murabbiylar sha’niga she’r-qo’shiqlar hadislardan na’munalar yangrap turadi. Bu esa tadbirning maqsadi o’qituvchilarni ulug’lash ekanligini anglatadi. Xona burchaklariga qo’yilgan, did bilan saralangan guldastalar va devorlarga ilingan sharlar ham muallimlarga bo’lgan hurmat belgisidir, qolaversa, tadbirga yanada fayz bag’ishlaydi.
Davraga sho'x-shodon qiyqiriqlar ila qizlar chiqib, «Yomg'ir yog'aloq» qo'shig'ini raqsi bilan ijro etadilar.
5 o'quvchi chiqib, shoir Ravshan ISOQOV qalamiga mansub ustozlami ulug'lovchi «0'qituvchi - muallim» nomli she'rni yoddan o'qiydilar.
l-o'quvchi:
Mehrin sochib yo'limga,
Qalam tutib qo'limga,
Oshno etgan bilimga,
Otaday mehribonim -
O’qituvchi - muallim.
2-o'quvchi:
Har kishining ustozi,
Hayot ko'rki, parvozi,
El-ulus mamnun, rozi,
Onaday bebahoyim
O'qituvchi - muallim.
3-o'quvchi:
Harfu imto tanitgan,
Orom nirna unutgan.
Bilimin menga tutgan,
Qalbimdagi bayotim
O’qituvchi - muallim.
4-o’quvchi:
Qalbi daryo, keng ummon,
Boladay sof, pok iymon.
Har stfzi quwat, darmon,
"Tili bolim, tilloim
-O'qituvchi - muallim.
5-o'quvchi:
Uyg'onar dilda havas,
Parvonadir har nafas.
Zahmatlarga basma-bas
Ko'ksi qalqon, qanotim
O’qituvchi - muallim.
Qilamiz Sizga ta'zim!
1-boshlovchi:
- O'qituvchilarimiz bizga qaysi fandan dars o'tmasinlar, doimo sof ona tilida, boshqa tillardan o'zlashib, tilimizga o'rnashib qolgan so'zlarni aralashtirmay gapirish kerakligini uqtiradilar.
2-boshlovchi: - Darhaqiqat, mana yaqinda biz so’zlayotgan ona tili - o'zbek tilimizga davlat maqomi berilganiga 20 yil bo'lar ekan, aniqrog'i 21 - oktabrda.
1-boshlovchi:
Yasha, ey, o'zbek tilim – yaqin sening bayraming,
Olam bo’ylab tashlagan odimlaring – qadaming,
O’zbekiston nomini dunyoga tanit,tilim,
O'zbegim kalomini bilsin har el, har iqlim.
2-boshlovchi:
- O'zbek tili elimning urib turgan yuragi,
O'zbek tili yurtimning tarixi, kelajagi.
Buyuk Mahmud Qoshg'ariy ardoqlagan buyuk til,
Shoir bobom Alisher «Xamsa» bitgan suyuk til.
1-boshlovchi: - Bizga barcha fanlar nimalardir demoqchi bo'lib, shaylanib turibdilar. Qani, marhamat, boshlang'ich ta'lim fanlari, navbat sizlarga.
1-o'quvchi (Katta qilib ishlangan «Alifbe» kitobini kotarib turib). - Men, kim, durlar misoli joylashgan harflarga va bu harflar ishtirok etgan so'zlar, matnlar hamda ularga oid rasmlarga o'z bag’rimdan joy bergan «Alifbe» bo'laman. Barcha narsaning avvali-oxiri bo'lganidek, bilimlar mamlakati sari dastlabki qadamlarni men orqali tashlaysiz. Bunda sizga birinchi muallimingiz ustozlik qiladilar, harf o’rgatadilar, hijjalab so'z o’rganasiz. Sizning barcha injiqliklaringizga sabr-toqat ila o'z savob va ezgu mehnati ila javob bergan - savod o’rgatgan ustozlarga ming rahmat.
2-o'quvchi: - «O’qish kitob men bo'laman. Mening bag'rimga, eh-he, kimlar joylashmagan, nimalar sig’magan, deysiz. «Alifbe»ning to’ng'ich ukasiman. Harf tanigan o'quvchi borki, sahifalarimdan quvnoq she'rlar, ta'sirli hikoyalar, hadislardan namunalar o'qiydilar, o'qiganlariga mos rasmlar tomosha qiladilar. Lekin aytib qoyay, bularning barchasi sizga tushunarli bo’lishi uchun aziz muallimingizning yo'l- yoriqlari, pand-nasihatlari, tushuntirishlari orqaligina maqsadga erishasiz.
3-o'quvchi: Men «Matematika»man. Men bor, sonlar, sonlar tartibi, qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish bor amallarning javobi bor. Ustoz borki, ularning barchasini sizga oorgatadi. Tushunishingiz qiyin bo'lsa, chunki matematika ancha murakkabroq fanda, o'qituvchingiz qayta-qayta tushuntirib, sizni yo'lga solib yuboradi. Keyin sizga o’nilik, yuzlik, minglik, degan iboralar cho't bo'lmay qoladi. Undan yuqoriroq dovonlarni ko'zlaysiz. Buning uchun muallimga qancha rahmat aytsak, shuncha kam.
4-o'quvchi: - Atrofga boqing. Qanday go'zal bu olam! Shunday emasmi? Bir ko’rganda shundoqqa o'xshaydi. Lekin aslida-chi? Ichayotgan suvlarimiz toza ichimlik suvimi? Olayotgan havomiz sofmi? Yerlarimiz hosildormi? Bularga qisman bo'lsa-da, mening sahifalarim orqali javob olasiz. Ularni sizga o'qituvchingiz juda ham qiziqarli tarzda hikoya qilib beradilar.
Ta'sirlanasiz, ko'p narsaga aqlingiz yetib, suvga tuflamaydigan, bo'lar-bo’masga chiroqlarni yoqib navdalarini bukib sindirmaydigan bolaga aylanasiz va «Tabiatshunoslik» kitobingizga hamda uni sizlarga voqeiy hikoyalar asosida tushuntirgan ustozingizga tashakkur va yana tashakkurlar aytasiz.
(O'qituvchi tadbir ssenariyimizga ijodiy yondoshib, boshqa fanlarni ham shu taxlit «gapirtirishi» mumkin).
«Anjanchasiga» qo'shig'iga raqs tushiladi.
1-boshlovchi: - «Ustoz -otangdan ulug'» degan naqlimiz bor. Uning tub mazmuniga ahamiyat bersak, chindan ham shunday. Harf tanimaydigan murg'akkina go'dakni olim, shoir, yozuvchi, tarixchi, matematik, suxandon, aktyor, xonanda, sozanda, iqtisodchi, akademik darajasiga erishtirgan kim? - Muallim! Ongimiz, shuurimizni bilim sirlari bilan boyitgan, to’ldirgan kim? - Muallim!
2-boshlovchi: - Shunday ekan, nechun biz «O’qituvchi», «Ustoz», «Muallim» so'zlarini bosh harflarda yozmasligimiz kerak. Shunday ekan, nechun biz «Muallim» atalmish bu ulug' zotga ta'zim qilmasligimiz kerak. (Qo'li ko'ksida xiyol engashib turib, hurmat ko'rsatadi). Ming rahmat Sizga, ming ta'zim Sizga, aziz muallim!
1-boshlovchi: - Aziz ustoz va murabbiylar! Biz sizlarni muborak bayramingiz bilan tabriklar ekanmiz, halqiga, Vataniga, Prezidentiga munosib, ularga yahshilik va ezgulik keltiruvchi farzandlarni tarbiyalashingizda muvoffaqiyatlar tilaymiz.
Shu o'’rinda o'quvchilar o'qituvchilar quchog'iga borib, gullar berib, tabriklaydilar. Ustozlardan kirndir chiqib, bolajonlar tayyorlagan tadbir uchun, unda aytilgan o’t-olov - iliq so'zlar uchun minnatdorchilik bildirib, tashrif buyuruvchilarga ham o'z dil izhorlarni aytishlari mumkin.
Ilmiy - uslubiyot va maktab axborot- resurs mutahassislari malakasini oshirish bo’limi tomonidan tayorlandi.
Boshlangich ta’lim jurnalidan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |