Усманов Собир doc



Download 350,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana19.06.2021
Hajmi350,78 Kb.
#70591
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ozbek milliy bolalar oyinlari genezesi va evolyusiyasi

 

 

2.2. Marosim va maishiy turmush tarzi bilan bog’liq bolalar o’yinlari 

Shaxsning  jismoniy  va  ruhiy  barkamolligi  o’zaro  uzviy  bog’liq  ekanligini 

teran  anglagan  ajdodlarimiz  qadimdan  uni  mustahkamlash  usullarini  aniqlab, 

rivojlantirib  kelganlar.  Bu  borada  aqliy  va  jismoniy  tarbiyaviy  xususiyatga  ega 

turli  musobaqalar,  jismoniy  mashg’ulotlar,  xalq  o’yinlariga  alohida  e’tibor 

qaratilgan. 

Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz o’zining ma’naviy va madaniy merosini 

yana  qayta  tiklash,  uni  boyitish  imkoniyatiga  muyassar  bo’ldi.  Qator  milliy 

bayram, an’ana, urf-odatlar ma’lum bir darajada transformatsiyaga uchragan holda 

qayta  tiklanmoqda.  Ya’ni  milliylikka–o’zlikka  qaytish  imkoniyati  kengaymoqda. 

O’zbeklar  milliy  merosida  bevosita  xalq  tomonidan  ijod  etilgan  va  beqiyos 

ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  turli  bayramlar,  xalq  o’yinlari,  mavsumiy  va 

kasb-hunar marosimlari alohida o’rin tutadi. 

 

Bolalar o’yinlari qaysi shakl, mavzu, yo’nalishga ega bo’lmasin, loy-tuproq 



bilanmi, yog’ochu kaltakmi, ipu arqon bilanmi, qaysisi bo’lsa ham bolani turmush 

ikir-chikirlari, uy-ro’zg’or va xo’jalik ishlari, umuman katta hayotga tayyorlashda 

o’ziga xos hunar maktabi rolini o’ynagan

107


  Abu  Nasr  Forobiy,  Mahmud  Qoshg’ariy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali 

ibn  Sino,  Alisher  Navoiy,  Bobur,  Zayniddin  Vocifiy,  Kaykovus  singari  ulug’ 

                                                

107

 Арифханова З., Нозимов О., Жуманазаров Э., Исоқов Б. Соғлом авлод тарбиясида...... – Б. 5. 




 

47 


allomalar  asarlarida  ham  bolalar  hamda  folklor  o’yinlariga  doir  juda  ko’p 

ma’lumotlar  uchraydi.  Jumladan,  Mahmud  Qoshg’ariyning  «Devonu  lug’otit 

turk»  asarida  qadimiy  o’yinlarning  tur  va  yo’nalishlari  jumladan,  to’piq  o’yini 

xususida juda qiziqarli ma’lumotlar  mavjud. Bunday to’piq o’yini hozir ham bor. 

To’piq  o’ynalganda  suyak  berkituvchi  kishi  to’piqni  hamma  vaqt  yonida  olib 

yurishi shart bo’lib, bir necha oydan keyin bo’lsa ham, hammomga o’xshash nozik 

joyda  bo’lsa  ham,  so’ralgan  vaqtning  o’zidayoq  «mana»  deb,  ko’rsatib  bersa, 

yutadi. Shuning uchun to’piq osib yurish odat bo’lgan bo’lishi mumkin

108

.  


 Sh.  Shomaqsudov  va  Sh.  Shorahmedovning  “Hikmatnoma”  kitobida: 

“To’piq  o’yini  –  to’piq  suyagini  o’yinchilardan  biriga,  so’ralganda  darhol 

ko’rsatish,  aks  holda  o’ynovchilarning  istaklarini  bajarish  (masalan,  ziyofat  qilib 

berish) sharti bilan o’ynaladigan pisandali o’yin” sifatida izohlangan

109



  Ajdodlardan meros ma’naviy boyliklar, qadriyatlar orasida bolalar o’yinlari 



o’ziga xosligi, bugungi davrga mosligi bilan alohida ajralib turadi. Milliy o’yinlar 

zamonlar  charxpalagida  charxlanib,  ma’lum  bir  tarixiy-badiiy  va  transformatsion 

jarayonlarni  bosib  o’tadi.  Har  qanday  o’yin  ma’lum  bir  muhitda,  sharoitda 

o’zgaradi  yoki  rivojlanadi,  lekin  uning  asl  mazmun-mohiyati  esa  saqlanib 

qolaveradi.  

Turli etnoslarning bir shakl, mazmundagi o’yinlari odatda turlicha nomlanadi. 

Masalan,  ruslarning  ot  ustida  bajaradigan  o’yinlari  “Козлодрание”,  qozoqlarda 

“Kokpar”,  qirg’izlarda  “Ulaktaro’sh”,  o’zbeklarda  “Uloq”,  tojiklarda  “Buzkashi” 

deb ataladi

110


. Har qanday o’yin, jumladan ko’pkari ham ko’ngli bo’sh odamlarni 

yoqtirmaydi.  Raqibingga  shafqat  qildingmi,  u  seni  yanchib  o’tadi.  Qadimdan 

hayotning  azaliy  qonuni  ham  «sotsial  darvinizm»,  ya’ni  kuchlilar  yutib  chiqadi, 

degan qoidaga asoslangan. 

Ko’pkarida  chavandozning  biror  joyi  sinadimi,  uziladimi,  tuyoqlar  ostida 

qoladimi  yo  u  o’ladimi  bunga  hech  kim  jovob  bermaydi.  Ko’pkari  –  ko’k  par  – 

ko’k  bo’ri  ma’nosini  anglatadigan  bu  qadimiy  o’yinning  qizig’i,  shuhrati,  fojeasi 

                                                

108

 Қошғарий М. Девону луғотит турк.... – Б. 198. 



109

 Ҳикматнома. Ўзбек мақолларининг изоҳли луғати..... – Б. 333. 

110

 Былеева Л. В., Григорьев В. М. Игры народов СССР… – С. 7.  




 

48 


ham shunda. Shu boisdan ham bolalar ushbu mardlik, shijoatga chorlovchi o’yinni 

qiziqib tomosha qilib, uning qonun-qoidalarini jiddiy o’rganib borganlar. 

“At  ustundo  oynoo”  –  qadim  zamonlardan  beri  qirg’iz  xalqi  orasida  keng 

tarqalgan.  Bu  o’yin  katta  bayramlarda,  odamlar  ko’p  yig’iladigan,  tekis  joylarda 

o’tkazilgan.  Otliq  tezkorlik  bilan  o’z  oti  yordamida  murakkab  gimnastik 

mashqlarni bajargan

111

. Axborotchilar ma’lumotlariga ko’ra, “At chabo’sh”, “Ulaq 



tarto’sh”,  “Bayge”,  “Kok  boru”,  “Oodaro’sh”  kabi  qirg’iz  xalq  o’yinlari  katta 

mahorat bilan ijro etilgan

112

.  


“Oodaro’sh”  o’yini  juda  mashhur  bo’lgan  bo’lgan.  Bu  o’yin  raqibini  otdan 

og’darishdan iborat edi. Bu o’yinda kuchli, epchil erkaklar va ba’zan ayollar ham 

qatnashgan

113


.  Sunnat  to’yidan  bir  kun  avval  qirg’izlarda  “Ulaq  tarto’sh”, 

“Oodaro’sh” o’yinlari o’tkazilgan

114



 



Tarixiy  manbalarda  qayd  etilishicha,  o’zbeklarning  milliy  sport  va  xalq 

o’yinlari  aholining  yashash  sharoitiga  bog’liq  ravishda  xilma-xil  bo’lgan.  Ular 

orqali  yoshlar  faol,  sermahsul  faoliyatga  tayyorlab  borilgan.  Bunday  o’yinlarni 

o’rganish hamda mohiyatini ochib berish va yosh avlodga ko’proq targ’ib-tashviq 

etish  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  yangi  bosqichga  ko’tarishga  xizmat  qiladi, 

g’oyaviy, tarbiyaviy faoliyat mazmunini chuqurlashtiradi.  

 

Nemis  psixologi  Karl  Gross  o’yinlar  ahamiyati  borasidagi  fikrlarini 



muxtasar  qilib,  shunday  yozgandi:  “Kelajakda  hayotiy  vazifalar  uchun  odatlarni 

o’stirish  bolaligimizning  asosiy  maqsadini  tashkil  etadi.  Biz  hech  ikkilanmay 

aytishimiz  mumkinki,  bunda  asosiy  rol  o’yinga  tushadi.  Biz  bola  bo’lganimiz 

uchun o’ynamaymiz, aksincha, bolalik biz o’ynay olishimiz uchun berilgan”

115

.   


 

“O’yin  o’zi  nima  degani?”  degan  savolga  aniq  javob  topilgan  taqdirdagina 

muammoni yoritish va tahlil etish, taklif va tavsiyalar berish jarayoni osonlashadi. 

Psixologiya tarixida bola faolligining bunday turiga doir ko’plab tushunchalar 

berilgan.  Psixologlarning  bir  guruhi,  o’yin  bu  iste’dodning  instinktiv  rivojlanishi, 

                                                

111

 Касен А. Кыргызские игры и развлечения…. – С. 15–16. 



112

 Dala yozuvlari: Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nov qishlog’i. 2018- yil.  

113

 Ильясов С. И. История Киргизской ССР. Т. 2. – Фрунзе, 1986. – С. 233. 



114

 Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nov qishlog’i. 2018- yil. 

115

 Эльконин Д. Б. Психология игры. 2-е изд. – М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1999. – С. 72. 




 

49 


kelgusi  jiddiy  funksiyalarining  anglanmagan  mashg’ulotlari,  deb  hisoblaydilar 

Boshqalari  o’yinni  xursandchilikka  yetishish  bilan  bog’laydilar,  uchinchi  guruh 

esa  uni  qizg’inlikni  tushirish  usuli  sifatida  baholaydilar.  To’rtinchi  guruh 

tadqiqotchilar  bo’lsa,  o’yin  paytida  olingan  ma’lumotlarni  tashlab  yuborish 

jarayoni  kechadi,  deb  hisoblaydilar.  Bularning  bari  to’g’ri.  o’yin  –  bu  bolaning 

narsalar  olami  va  odamlar  munosabatini  anglash  negizida  yotgan  narsalar 

faoliyatining o’zgacha turi ekanligi ham ayni haqiqat. Agar ikki va undan kattaroq 

yoshdagi  bola  o’yinni  sevmasa,  o’ynay  olmasa  bu  kichkintoy  rivojlanishida 

ma’lum  bir  nuqson  mavjudligining  ko’rsatkichidir.  Bolaning  kasalmand  holati 

uning o’z atrofidagi odamlar bilan muloqoti nochorligi belgisidir.  

Muammoning  yechimi:  Psixologlar  5–6  yoshdagi  bolalar  bilan  quyidagi 

tajribani  o’tkazganlar:  mutlaqo bo’sh  (hatto  mebelsiz)  xonalarga o’yinga o’rgatil-

gan va o’rgatilmagan bolalar joylashtirilgan. Shundan so’ng ularni o’ynashga chor-

lab,  o’zlari  yashirin  kuzatish  o’tkazganlar.  Aniqlanishicha,  o’yinga  o’rgatilmagan 

bolalar  xonada  bekor  yurganlar  yoki  umuman  harakat  qilmaganlar.  O’yinga 

o’rgatilganlari esa, o’z navbatida nafaqat narsalar, hatto biror o’yinchoq yo’qligiga 

qaramay  yolg’ondakam  telefon  orqali  suhbatlashar,  kasha  qaynatishar,  toshoyna 

oldida o’zlariga oro berishar, o’zlaricha samolyot, mashina haydashardi va hokazo. 

Bundan  shunday  xulosa  chiqaramiz:  bolalarni  turli  o’yinlar  o’ynashga  albatta 

o’rgatish kerak.  

Bir yoshidan boshlab har qanday o’g’il yoki qiz bola hayotining ko’p vaqtini 

o’yinlarga  sarflaydi.  Dastlabki  paytlarda  yolg’iz  o’zi  o’ynaydi,  keyinchalik  u 

kimningdir  o’yinga  sherik  bo’lishini  talab  qila  boshlaydi.  O’yin  jarayonida  bola 

o’z  harakatlarini  muvofiqlashtirishni  va  kattalar  olamini  o’rgana  boradi.  Bola 

yangi  ko’nikmalarni  egallash  bilan  birga  kattalarga  taqlid  qila  boshlaydi.  Endi 

bolalar boshqalarning faoliyatiga aralashmay, ulardan nusxa ko’chira boshlaydilar. 

Keyinchalik,  taxminan  uch  yoshdan  boshlab  bolalar  ko’proq  assotsiativ  o’yinga 

qo’shib o’z harakatlarini boshqalarniki bilan moslashtira boshlaydilar. Har bir bola 

haliyam o’zi  xohlagandek  harakat qilaveradi,  lekin shu bilan birga boshqalarning 

harakatlariga  e’tibor  bera  boshlaydi.  Keyinroq,  to’rt  yoshda  bolalar  kooperativ 




 

50 


o’yinlarni  o’zlashtirishga  kirishadilar,  bu  o’yinlarda  har  bir  bola  boshqalar  bilan 

hamkorlik  qilishi  kerak  (masalan,  «ota  va  ona»,  «xola-xola»,  «mehmon  kutish» 

o’yinlaridagi kabi)

116


Bu  borada  Birinchi  Prezidentimizning  “Fanda  ilmiy  asoslangan  shunday 

tushuncha  borki,  inson  butun  umri  davomida  oladigan  axborot  hajmini  yuz  foiz 

deb  hisoblasak,  olti-yetti  yoshgacha  olgan  informatsiyasi  uning  ellik  foizidan 

ko’prog’ini  tashkil  qilar  ekan.  Shu  haqiqatni  har  bir  oilaga,  har  bir  ota-onaga 

tushuntirib bera olsak, juda katta ishni amalga oshirgan bo’lamiz”

117

 kabi ta’kidlari 



ham o’rinlidir. 

Didaktik  o’yinlarning  xususiyati  shundaki,  u  bolalarning  faolligi, 

tashabbuskorligini oshiradi, ularni mustaqillikka, o’z kuchiga ishonishga o’rgatadi. 

Shuningdek,  o’yinda  bolaning  iroda  va  xarakteri  shakllana  boradi.  Bola 

rostgo’ylik,  to’g’rilikka  o’rganadi.  Jamoa  bo’lib  ishlashga,  harakat  qilishga 

odatlanadi. Shunday qilib, didaktik o’yinning ham aqliy, ham axloqiy tarbiyadagi 

tutgan o’rni benihoyadir

118


.  

O’yin bola shaxsining hamma sifatlariga teng ta’sir etadi, uning qiziqishlari, 

tevarak-atrof  to’g’risidagi  tasavvurini,  kattalarga  va  o’rtoqlariga  bo’lgan 

munosabatini namoyon etadi.  

Bolaning kelajakdagi tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun 

jihatdan  boy  yangi  ijodiy  o’yinlar  yaratilishi  lozim.  Buning  uchun  esa  o’z 

navbatida yaxshi uyushtirilgan bolalar jamoasini shakllantirish zarur. Kuzatishlar-

ning  ko’rsatishicha,  o’yinda  yosh  organizmga  xos  bo’lgan  talab  va  ehtiyojlar 

qoniqtirilib, hayotiy faollik ortadi, ko’tarinki kayfiyat, emotsionallik tarbiyalanadi 

va  boshqariladi.  Shuning  uchun  ham  bolalarni  jismoniy  va  ruhiy  tarbiyalash 

jarayonida  o’yin,  ayniqsa,  rejalashtirilgan  ijodiy  va  milliy  o’yinlarning  ahamiyati 

tobora ortib bormoqda. 

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xayoliy tasavvurlari ancha kuchli 

bo’ladi.  Bolalarning  ijodiy  o’yin  vaqtida  yaratayotgan  timsollari,  ularning 

                                                

116


 Гидденс Энтони. Социология. / Н. Маматов ва Ж. Бегматов таржимаси. – Т.: Шарқ, 2002. – Б. 88. 

117


 Каримов И .А. Соғлом авлод тарбияси – барчамизнинг муқаддас инсоний бурчимиз / Озод ва обод Ватан, 

эркин ва фаровон ҳаёт-пировард мақсадимиз. 8-жилд. – Т.: Ўзбекистон, 2000. – Б. 435. 

118

 Даминова М., Адамбекова Т. Ўйин машғулотлари. – Т.: Ўқитувчи, 1993. – Б. 24. 




 

51 


hikoyalari  va  ertaklaridagi  ramzlar  yorqin,  jo’shqin  obrazlar  bo’ladi.  Bu  obrazlar 

idrokka  yaqinlashib  qoladi  deyish  mumkin.  Chunonchi,  yog’ochni  “ot”  qilib 

chopib  borayotgan  bola  o’zini  xuddi  chinakam  otda  chopib  borayotgandek  his 

qiladi.  Bolalar  o’yin  qoidasining  buzilishiga  biror  katta,  o’ta  ahamiyatli  ishning 

buzilishi sifatida qaraydilar

119


.  

Ijodiy o’yinlar eng  muhimi  bilim egallash jarayoni bo’lib,  bu bolaning aqliy 

kuchi,  tafakkuri,  xayoli,  diqqati,  xotirasini  yanada  takomillashtiradi.  Bola  bu 

jarayonda  vazifani  oson  hal  etish,  o’ylagan  narsasini  amalga  oshirish  uchun 

osonroq  yo’l  qidiradi,  o’z  bilimlari  zaxirasidan  foydalanishga  va  uni  so’z  bilan 

ifodalashga  o’rganadi.  Ijodiy  rejalashtirilgan  o’yinlar  bola  shaxsining  shakllani-

shida muhim ahamiyat kasb etishini e’tiborga olsak, ta’lim va tarbiya jarayonidan 

ko’zlangan etnos taraqqiyotiga mos samaraga erishgan bo’lar edi. 

                                                

119


 Иванов П. И. Психология… – Б. 180.  


 

52 


XULOSA 

Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1995- yil 17- fevraldagi O’zbekis-

ton  Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  sessiyasidagi  ma’ruzasida  o’rtaga 

tashlangan  “Bolalarimizga  qachondan  boshlab,  qanday  qilib,  qanday  usulda  va 

uslubda  milliy  qadriyatlarimiz,  urf-odatlarimizni  o’rgatishimiz,  chuqur  anglatishi-

miz kerak?” degan o’rinli savollari bola shaxsini rivojlantirishda uning faoliyatini 

va  faolligini  oshirishni  nazarda  tutadi.  Kelajak  avlod  haqida  qayg’urish,  sog’lom, 

barkamol  naslni  tarbiyalab  yetishtirishga  intilish  bizning  milliy  xususiyatimizdir. 

Sog’lom  avlodni  shakllantirish  va  tarbiyalashning  turli  yo’l-yo’riqlari,  usullari 

mavjuddir.  Ayniqsa,  bolalar  bo’sh  vaqtini  to’g’ri  tashkil  etishda,  turli  milliy 

harakatli  o’yinlarni  o’rgatish  juda  muhimdir.  Bola  tarbiyasining  bu  tomoni  ham 

davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir. Yurtboshimiz shu muammoni davr 

talabi  asosida  hal  qilishga  alohida  e’tibor,  o’quvchilarning  bo’sh  vaqtini  tashkil 

etishning,  shu  jumladan,  ommaviy  sport  va  jismoniy  tarbiya  shakllarini  qayta 

tiklash  hamda  amaliyotda  joriy  etish,  ayniqsa,  milliy  sport  o’yinlari  haqida 

ma’lumotlar  yig’ish,  ularni  boyitish  va  ular  asosida  yoshlarimiz  o’rtasida  keng 

tashviqot olib borish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri ekani haqidagi fikrni 

ilgari surdi. 

Sport inshootlarini qurganda, biron-bir sport turini rivojlantirishni o’ylaganda, 

albatta,  mahalliy  shart-sharoitni,  odamlarning  qiziqishini  e’tiborga  olish  lozim. 

Misol  uchun,  tog’li  joylarda  odamlar  ko’proq  ot  minishga  qiziqadi.  Shunday 

joylarda balki ot sportini rivojlantirish kerak. Zero, milliy harakatli o’yinlar, sport 

turlari ham xalq qadriyatlariga daxldor bo’lib, ularni yig’ish, boyitish va bolalarga 

taqdim  etish  sog’lom  avlodni  tarbiyalashning  muhim  vazifalaridan  biridir.  Ayni 

maqsadlarni amalga oshirishda ko’zga ko’rinarli ishlar qilinmoqda. Jumladan, Oliy 

Majlisning  1999-  yil  27-  maydagi  “O’zbekistonda  jismoniy  tarbiya  va  sportni 

yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  qarori  muhim  ahamiyatga 

egadir. 


Iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda bo’lgani kabi madaniy jabxada ham olib borilgan 

tenglashtirish  siyosati  ko’p  qiyinchiliklarni  yuzaga  keltirdi.  Masalan,  O’zbekiston 




 

53 


Madaniyat vazirligining topshirig’iga binoan o’tgan asrning 80- yillarida respubli-

kaning  barcha  hududlarida  milliy  qadryatlarni  tiklash  maqsadida  xalq  og’zaki 

ijodini rivojlantirish  vazifasi belgilandi. Unga asosan, askiyachilik,  xalq o’yinlari, 

baxshilarining  aytishuvlari,  musobaqalarini  rivojlantirish,  an’ana,  urf-odatlarni 

tiklash  lozim  edi.  Ammo,  madaniy  merosimizni,  aynan  bolalar  o’yinlarini  targ’ib 

qilishda  sustkashlikka  yo’l  qo’yganliklari  va  shu  tariqa  milliy  o’yinlarni  davlat 

dasturiga kiritilmaganligi sababli bu davrga kelib milliy o’yinlar unitila boshlandi.  

  Folklor materiallarini to’plashda o’qituvchilar, talabalar, o’quvchilar yordam 

berishlari  zarur.  Magistrlik  ishini  yozish  mobaynida  milliy  o’yinlarni  to’plashda 

juda ko’p keksa kishilar, axborotchilar, talaba yoshlar bilan ishlandi.  

  Demak,  sog’lomlashtirishga  yo’naltirilgan  milliy  o’yinlarni  halq  orasidan 

yig’ib  olish,  ularni  tahlil  va  tadqiq  etib,  mukammal  holga  keltirib,  eng  saralarini 

yosh  avlodga  tavsiya  etish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bundan  tashqari, 

yurtimizning  barcha  hududlari  va  jamoalarida  milliy  sport  o’yinlari  bo’yicha 

musobaqalarni  tashkil  etish  yo’li  bilan  ularning  ma’naviy  va  jismoniy 

kamolotlarini  takomillashtirishda  namunali  tadbirlar  o’tkazish  lozimdir.  Bunday 

tadbirlar  jismoniy  madaniyat  va  sport  to’g’risidagi  qonun  va  qarorlarni  amalga 

oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.  

1991-  yilda tashkil etilgan “Xalq  milliy  o’yinlari  Assotsiatsiyasi”ning asosiy 

vazifasi,  xalq  orasida  keng  qo’llanib  kelinayotgan  milliy  o’yinlarni  o’rganish, 

o’yinlarning  tarbiyaviy  jihatlarini  targ’ib  etish  va  ommaviy  tadbirlar  o’tkazib 

borishdir. 

Birinchi  yurtboshimiz  I.  A.  Karimovning  bu  haqda:  “Men  g’arb  falsafasida 

ham  barcha  muammolar  yechilgan,  demoqchi  emasman.  Biz  ko’p  masalalarda 

g’arb  faylasuflarining  fikrlari  bilan,  ayniqsa,  individualizm,  egoizm  qarashlari 

ilohiylashtirish  bilan  kelishmasligimiz  mumkin.  Lekin,  ularni  hisobga  olishimiz, 

keraksizini inkor etishimiz zarur” degan o’rinli fikrni bildirganlar. 

 Odatda,  jamoa  bo’lib  tashkil  etilgan  o’yinlarda,  uning  barcha  a’zolari 

o’rtasida o’zaro ijtimoiy hamkorlik munosabatlari o’rnatiladi. Demak, o’zbek xalq 

o’yinlari  yordamida,  yuqoridagi  illatlarga  qarshi kurasha olishimiz  mumkin ekan. 




 

54 


Bu bolalarni o’zgalar  fikrini  hurmat qilishga  hamda  o’zining  mustaqil  fikriga ega 

bo’lishga o’rgatadi.  

 Milliy bolalar o’yinlari yosh avlodning jismonan va  ma’nan sog’lom o’sishi 

uchun  xizmat  qiladi  va  natijada  kelajak  avlod  uchun  zamin  hozirlanadi.  Bolalar 

o’yinlari umumiylik bilan birga lokal o’ziga xoslikka ham ega. Shu sababdan ham, 

o’yinlarning  tarixiy  ildizlarini  o’rganish,  xalqimiz  o’tmishi,  turmush  tarzini  xolis, 

ilmiy  tahlil  qilishga  imkon  beradi.  Bu  esa  etnologiya  fanining  dolzarb 

muammolaridan biri hisoblanadi. 




 

55 



Download 350,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish