II BOB. FARG’ONA VODIYSI O’ZBEKLARINING AN’ANAVIY
BOLALAR O’YINLARI KLASSIFIKATSIYASI VA TAVSIFI
2.1. Bolalar o’yinlarini klassifikatsiyasi va mavsumiy o’yin turlari
Taniqli olim M. Quronov o’zining “Milliy tarbiya” monografiyasida
“o’ynamoq” so’zini shunday tavsiflaydi: “O’ynamoq bola bilan unda ijobiy
sifatlarni rivojlantirish, salbiy sifatlarni yo’qotish maqsadiga yo’naltirilgan ma’lum
qoida va usullar bilan ijro etiladigan o’yinlarni birga o’ynash”
77
.
Xalqimizda hayotiy tajribaga asoslangan bir matal mavjud: “Hayotdagi
qog’ozboz (byurokrat) – bolalik chog’ida ko’p o’ynay olmagan bo’ladi”. Agar
maktabgacha yoshdagi bola to’yib o’ynamasa, demak biz unga ko’p narsa bera
olmaymiz, uning kelgusi hayotida ko’p narsa yetishmaydigan bo’ladi. A. R. Luriya
va F. Ya. Yudovich olib borgan bir qiziqarli psixologik tadqiqotda rivojlanishi
ancha ortda qolgan ikki nafar egizakning tarixi kuzatilgan
78
. Egizaklar boshqa
bolalardan ajratilgan holda o’sganliklari natijasida ularda faqat o’zlariga xos,
o’zlarigagina tushunarli bo’lgan imo-ishora va tovushlar birikmasiga asoslangan til
paydo bo’lgan. Ularning nutqi to’liq narsalar harakatiga bog’liq bo’lgan: kattalar
nutqini yaxshi tushunishsa ham ular faqat ko’rgan narsasi va nima qilayotganligi
haqida gapira olar edi. Bu bolalar umuman o’ynashni bilishmas edi. Ular narsaning
o’yin paytidagi yangi ma’nosini tushuna olmas va bu narsa bilan yolg’ondakam
biror narsa qilolmas edilar.
Bolalarga o’yinchoq pichoqning supurgi ekanligini aytishib, u bilan qanday
bilan supursa bo’lishini ko’rsatishadi. Odatda, 3–5 yoshdagi bolalar bunday
talablarni jon-jon deb qabul qilishadi. Ammo bu egizaklar, qo’llariga pichoqni olib
qalam tarashlay boshlaydi yoki biror narsani kesa boshlaydi. O’yin paytida katta
kishi qoshiqni bolta deb tushuntirib, u bilan yolg’ondakam daraxt kesishni taklif
etsa, bolalar hayron qolishardi: ular qoshiqni qanday qilib bolta bo’lishi mumkinli-
77
Қуронов М. Миллий тарбия. – Т.: Маънавият, 2007. – Б. 117.
55
Мактабгача ёшдаги болаларни ўйинлари ва ўйинчоқлари. // Мактабгача таълим. 2001. №6. – Б. 6.
32
gini hech tushunmas edi. “Zerikarli oddiy o’yinlar – bolalarning aqlinigina emas,
balki, tarbiyasini ham ko’rsatadi”
79
deya qayd etgan edi Margaret Mid.
O’yinning bola hayotidagi ahamiyati nihoyatda kattadir, katta yoshdagi
kishining hayotida faoliyat, ish, xizmat qanday ahamiyatga ega bo’lsa, bola hayoti-
da o’yin ham shunday ahamiyatga ega. Bola o’yinda qanday bo’lsa, katta
bo’lganida ishda ham shunday bo’ladi. Shuning uchun, kelajakda faoliyat egasi
bo’lib yetishadigan bolalar eng avvalo o’yinda tarbiyalanadi. Binobarin, har bir
bolaning ulg’ayganda qanday faoliyat egasi va qanday xodim bo’lib, yetishuvining
butun tarixini, o’yinning murakkablashib borishida va uning asta-sekin ishga
aylanib borishida ko’rmoq mumkin
80
.
O’yinchoqning bolalarga qanchalik ta’sir ko’rsatishi va bolalarning o’yinga
bo’lgan munosabati kattalarning ularga qanchalik tarbiya bera olishiga va
jamiyatda tarbiya topishiga bog’liq. Bolalarni har tomonlama kamol toptirish
uchun o’yinchoqlarni ularning faoliyatiga, ruhiy va jismoniy rivojlanishiga,
qobiliyati, ko’nikmalarining shakllanishiga mos keladigan qilib tanlash lozim
81
.
O’zbekiston televideniyasining “Shaxsiy fikr” (2007- yil 11- avgust)
dasturida, “O’yinchoqlarimiz milliy talablarga javob beradimi?” mazmunida
so’rovnoma o’tkazildi. So’rovnoma qatnashchilarining o’ttiz foizi “O’yinchoqlari-
miz milliy talablarga javob beradi”, deya hisoblashdi. Qolgan yetmish foiz
qatnashchilar “O’yinchoqlarimiz milliy talablarga javob bermaydi” degan fikrni
bildiradilar. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, bola
hayotining quvonch manbai hisoblangan - o’yinchoqlarda ham milliylik aks
etmog’i lozim.
Mashhur pedagog A. Makarenko “O’yinchoq o’yinning “material asosi”,
o’yinchoq o’yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o’ziga xos sherigi sifatida
namoyon bo’ladi, uning shaxsiga ta’sir ko’rsatadi” -deb ta’kidlaydi
82
.
O’yinchoqlarning turlari va ko’rinishlari bo’yicha quyidagi turkumlarga
ajratiladi: syujetli-obrazli; texnika o’yinchoqlari; qurish-yasash, qurilish
79
Мид М. Культура и мир детства. – М.: Наука, 1988. –С. 211.
80
Макаренко А. С. Избранные педагогические сочинения. В 2-х т. – М.: Педагогика, 1978. – С. 33.
81
Саломатлик: оммабоп медицина энциклопедияси. – Т., 1985. – Б. 494.
82
Ҳасанбоева О. Оила педагогикаси. – Т.: Алоқачи, 2007. – Б. 190.
33
materiallari o’yinchoqlari; didaktik o’yinchoq va o’yinlar; sport va harakatli
o’yinlar uchun mo’ljallangan o’yinchoqlar; yig’ma-bo’linma o’yinchoqlar; teatr va
dekorativ o’yinchoqlar; o’yinchoq-ermaklar; ohang chiqaruvchi musiqaviy o’yin-
choqlar; qo’lbola o’yinchoqlar va o’yin materiallari, turli-tuman o’yin jihozlari
83
.
Xayolparastlikka berilish qobiliyati esa rolli o’yinlar asosidir. Ushbu
vaziyatni ijobiy o’zgartirish maqsadida ikki egizakni o’z tengdoshlaridan ajralib
qolmasligi va ular bilan turli xil muloqotda bo’lishi uchun maktabgacha ta’lim
muassasasining har xil guruhiga joylashtirishdir. 3 oydan so’ng vaziyat ijobiy
tarafga o’zgardi. Bolalar o’yini nutq bilan birga o’ynaladigan bo’ldi. Kichkintoylar
o’z harakatlarini rejalashtiradigan, yangicha o’yin holatlarini yaratadigan
bo’lishdi
84
.
“O’g’ilmi - qiz?”- milliy bolalar ermak o’yinidir.
Cho’milganda quloqning ichiga kirib qolgan suvni silqitib quritish uchun
danakdek toshni ro’molchaga o’rab, quloqqa tiqiladi va boshni o’sha tomonga
qiyshaytirib, bir necha qadam hakkalab borilgach, turgan joyda bir oyoqlab gir
aylanib, yonidagilardan “o’g’ilmi-qiz?” deb so’raladi. Javob bo’lgach, tosh olib
qaraladi. Suv shimgan ro’molchaning nami, albatta, toshga ham tepchiydi. Bu hol
bir necha bor – tosh namsiz chiqquncha takrorlanadi. Har gal tosh yangilanadi va
ro’molchaning quruq joyiga o’raladi.
O’yin shartiga ko’ra, tosh quruq chiqsa «o’g’il», agar namli chiqsa, “qiz”
bo’lishi kerak. Odatda, hamma “o’g’il” degan javob ilinjida bo’ladi, ammo
hazilkash bolalar bir-birining jig’iga tegish uchun atayin “qiz” deyishaveradi
85
.
“O’g’ilmi – qiz?” nomli bolalar ermak o’yini Yangiqo’rg’on, Chortoq, Chust
tumani tog’ oldi qishloqlarida, hozirda ham o’g’il va qiz bolalar ishtirokida sevib
o’ynaladi. Ammo, bu o’yin sharti boshqacharoq, o’yin, asosan bahor oylarida,
bog’lardagi lolaqizg’aldoqlar gul tugunlari yordamida o’ynaladi. Ikki o’yinchi
biror shart asosida o’zaro kelishib oladi. Bunda, ikki o’yinchi ana shu gul tugunini
yorib ko’rishganda, kelishuvdagidek kimgadir qizil (qiz), kimgadir oq (o’g’il)
83
Ҳасанбоева О. Оила педагогикаси.... – Б. 192.
84
Мактабгача ёшдаги болаларнинг ўйинлари ва ўйинчоқлари // Мактабгача таълим. – 2001. – №6 – Б. 6.
85
Bu haqda qarang: Қамчибек Кенжа. Ўғилми-қиз? ўйини // Мактабгача таълим. – 2000. – №4. – Б. 14.
34
tugun chiqadi. Ko’pincha, bu o’yin kattaroq o’yinlarni boshlashdan avval
o’ynaladi.
O’yinlar qadim zamonlardan beri pedagog, ruhshunos, faylasuf, etnograf,
san’atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan bo’lib, jamiyat hayotini
ifodalaydi va mehnatdan keyin turadi. Uni mazmunini amalda namoyon etadi.
Ajdodlarimiz o’z o’yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks
ettirganlar. Ba’zi hollarda esa o’yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi.
Ayrim hollarda esa o’z o’yinida oldin kattalar mahnatiga taqlid qiladi, keyinchalik
ularning mehnatida qatnashadi. Psixologlar o’yinni bog’cha yoshi davridagi
yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O’yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish
bosqichiga o’tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanishini, ruhiyatda sezilarli
o’zgarishlar sodir bo’lishini e’tirof etadilar
86
.
O’zbekiston Prezidenti I. Karimov fikricha: «O’sib-ulg’ayish jarayonida
bolalar orasida tabiiy yetakchilar paydo bo’ladi. Bu-yoshlikning o’ziga xos
qonuniyati bo’lib, ular boshqa bolalardan o’z kuchi va qobiliyati bilan ajralib
turadi. Bolalarning aksariyati, istasa-istamasa, ularni tan oladi, ularga yaqin
bo’lishga, atrofida jipslashishga, xatti-harakatlaridan ibrat olishga intiladi»
87
.
O’yin bola shaxsining hamma sifatlariga teng ta’sir etadi, uning qiziqishlarini,
tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan
munosabatini namoyon etadi.
Bolaning o’yinga qiziqishi unda tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish
uchun mazmun jihatdan boy ijodiy o’yinlar yaratilishi lozim bo’ladi, bunga esa o’z
navbatida yaxshi uyushtirilgan bolalar jamoasi zarur. Kuzatishlarning ko’rsatishi-
cha, o’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qoniqtirilib, hayotiy
faollik ortadi, ko’tarinki kayfiyat, emotsionallik tarbiyalanadi va boshqariladi.
Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida o’yin ayniqsa,
rejalashtirilgan ijodiy o’yinning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
86
Сиддиқов Б. Ҳаракатли ўйинларнинг вариантлари /
“
Алпомиш халқ ўйинлари ва миллий спорт турларини
ривожлантириш муаммолари” мавзусидаги илмий-амалий анжуман материаллари. – Фарғона, 2000. – Б. 84.
87
Каримов И. А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. – Т.: Ўзбекистон, 1999. Т. 9. – Б. 200.
35
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolarning xayoliy tasavvurlari ancha kuchli
bo’ladi. Bolalarning ijodiy o’yin vaqtida yaratayotgan obrazlari, ularning
hikoyalaridagi va ertaklaridagi obrazlar yorqin, jo’shqin obrazlar bo’ladi. Bu
obrazlar idrokka yaqinlashib qoladi deyish mumkin. Chunonchi, yog’ochni «ot»
qilib chopib borayotgan bola o’zini xuddi chinakam otda chopib borayotgandek his
qiladi. Bolalar o’yin qoidasining buzilishiga biror katta, o’ta ahamiyatli ishning
buzilishi sifatida qaraydilar
88
.
Ijodiy o’yinlarda muhimi bilim egallash jarayoni bo’lib, bu bolaning aqliy
kuchini, tafakkuri, xayoli, diqqati, xotirasini takomillashtiradi. Vazifani oson hal
etish, o’ylagan narsasini amalga oshirish uchun osonroq yo’l qidiradi, o’z bilimlari
zaxirasidan foydalanishga va uni so’z bilan ifodalashga o’rgatadi. Ijodiy rejalashti-
rilgan o’yinlar o’quvchi shaxsining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishini
e’tiborga olsak, ta’lim va tarbiya jarayonidan ko’zlangan samarani olgan bo’lar
edik.
Jismoniy tayyorgarlik ajdodlarimiz hayotida muhim o’rin egallaganligini
ma’naviy merosimizning tarkibiy qismi bo’lgan o’zbek milliy o’yinlari misolida
ham ko’rishimiz mumkin. Zero, jasur va barkamol ajdodlarimiz Amir Temur,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi kabi Vatan ozodligi uchun
kurashganlar o’zlarini jismoniy barkamol bo’lishlari uchun milliy xarakter va
mazmundagi o’yinlardan ham keng foydalanganliklari tarixiy manbalarda qayd
etilgan.
“Ko’chada men bolalar bilan o’ynardim,- deb yozadi sohibqiron Amir
Temur o’zining “Tarjimai hol”ida. – Bolalar bilan urush-urush o’ynab, o’zimni
amir etib tayinlardim-da, o’yinni boshqarardim va bolalarning bir guruhini ikkinchi
bir guruhi bilan urushtirishni mashq qilardim”
89
.
“O’n ikki yoshga to’lganimda, – deb yozadi, u, – bolalarcha o’yinlardan
orlanadigan bo’ldim”. “O’n besh yoshga to’lganimda ot minib ovchilik qilishni
88
Иванов П. И. Психология. – Т.: Ўқитувчи, 1960. – Б. 180.
89
Амир Темур Кўрагон. Зафар йўли (Таржимаи ҳол). – Т.: Нур, 1992, – Б. 31.
36
juda sevib qoldim va bu ishda mahoratim kamolotiga yetdi”
90
– deb yozadi
sohibqiron.
Dor o’yin, ko’z bog’lash, afsungarlik, chavandozlik, ayiq, maymun, echki,
tuya, eshak, ilon o’ynatish, muallaq, yog’och oyoq, yog’och ot o’yinlari, olov
purkash, chinni o’yin, huqqabozlik kabi xilma-xil janglarni o’z ichiga olgan xalq
an’anaviy sirki ham bu davrda taraqqiy etgan.
Nihoyat, bu davrda poyga, ko’pkari, otdan ag’darish, qiz quvish, chavgon,
qovoq o’yin, tirandozlik (kamondan o’q uzib nishonga tekkizish), kuch sinash,
kurash kabi maydon tomoshalari ham keng yoyilgan. Pahlavon Muhammadning
Ne’matoboddagi takyaxonasida yuzga yaqin kushtigir (polvon) kurashga shay
bo’lib turisharkan. Bulardan tashqari, to’ylarda, sayllarda xo’rozlarni, qo’chqor-
larni, tuyalarni urishtirishgan
91
.
Amir Temur va temuriylar davrida tomosha san’atlari uch toifaga bo’lingan:
shahar hunarmandchiligi va ziyolilari orasidagi o’yin va tomoshalar, qishloqlardagi
o’troq dehqon va sohibkorlar orasidagi o’yin va tomoshalar, chorva bilan
shug’ullanuvchi ko’chmanchi qabilalar orasidagi o’yin va tomoshalar. Shundan
dehqonlar bilan chorvadorlarning o’yin va tomoshalari orasida umumiylik ko’p
bo’lib, baxshilarning chiqishlari, otlar bilan bajariladigan chavandozlik o’yinlari
(ko’pkari, chavgon, qaboq o’yin kabi), kurash, kamon otish singari maydon
tomoshalarini xush ko’rganlar.
Kaykovus “Qobusnoma” asarining o’n to’qqizinchi bobi “Chavg’on o’yna-
moq zikrida” deb nomlangan. Unda Ey farzand, agar tomosha uchun bir-ikki
martaba chavgon o’ynasang ravodur va lekin ko’p otlig’ bila chiqib olomon
qilmag’ilkim, sakkiz otliqdan ziyoda bo’lishga hojat yo’q. Sen maydonning bir
boshida turg’il, yana bir kishi maydonning oxirida tursin. Olti kishi maydonda
to’pni ursin, har vaqt to’p sening tarafingga kelsa, to’pni urg’il va maydonning
oxiriga surg’il ammo olomonning ichiga otmag’il, chovgan o’yinining yo’li shudir.
Shu bilan birga, marraga yetkazishga muvaffaq bo’l. Ammo, urush maydoniga
90
Амир Темур Кўрагон. Зафар йўли... – Б. 32.
91
Қодиров М. Темур ва темурийлар даврида томоша санъатлари. – Т., 1996. – Б. 37.
37
kirsang, sustkashlik qilmagil, asta-sekinlik, sustkashlik yaxshi ermasdur deya
maslahat berilgan
92
. “Boburnoma”dan: “Hasan Ya’qubbek mardona kishi edi.
Chavgonni yaxshi o’ynar edi”. “Boburnoma”da bitilgan bu so’zlar bizga o’sha
davrda chavgon o’yini ommaviy ekanligidan darak beradi. Movarounnahr ayollari
erlari qatori quvonchli kunlarda o’tkaziladigan jismoniy uyinlarga maxsus kiyimlar
kiyib qatnashgan. Bu holat Boburniing qizi Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”
asarida o’z aksini topgan. Asarda yozilishicha, “Daryo qirg’og’iga bir tuyxona
solinib unga “tilsim” deb nom berilgan edi. U yerda to’plangan bir qancha
begimlar mardona kiyimlarni kiyar va zahgirtaroshlik, chavgonbozlik, tirandozlik
kabi har xil hunarlarga usta va sozlardan ko’pchiligini chalar edilar”.
“Boburnoma”da o’yin xususida shunday ma’lumot berilgan: “Osh
tortilg’ondan so’ng farmon bo’ldikim, Hindustonni bozigarlari kelib, o’yunlarini
ko’rsatganlar. Yana biri bukim, olti-yetti qari yig’ochning tubini bir luli beliga
qo’yub, yig’och ustida o’yinlar uynaydur. Yana biri bukim, bir kichik luli yana bir
ulug’ lulining boshiga chiqib, tik turadur, quyig’a luli ul sari, bul sari ildam yurib,
ish ko’rsatganda, bu kichkina ul lulining boshining ustida tippatik tebranmay turib,
ul ham ishlar ko’rsatadur. Qalin motular ham kelib, raqqoslik qildilar”
93
.
Ot o’yin-sirk san’atining qadimiy turi. Ot o’yin harbiy mashqlar,
chavandozlarning xalq o’yinlari, musobaqalari (chavgon, qiz quvish, ag’darish,
poyga va h.k.)dan kelib chiqqan
94
.
Lanka – orqasiga og’ir metal parchasi, tanga, chaqa va shu kabilar yopishtiril-
gan uzun-uzun junli teri parchasidan iborat, tepib o’ynaladigan bolalar bolalar
o’yini.
Asosan, kuz va bahor oylarida o’g’il bolalar o’rtasida, «Par» tepish o’yini
avj oladi. “Par”ni junli echki po’stagidan bir parchasini kesib olib, uning teri
tomoniga, eritilgan qo’rg’oshin yopishtiriladi. Endi bu tayyor parni necha marta
tepish kelishib olinadi. Par tepuvchilarni mahorat va ko’nikmasiga qarab, oxirgi
marra 50, 100, 200, yoki 500 tagacha deb belgilanishi mumkin. Kim birinchi
92
Кайковус У. Қобуснома. – Т.: Ўқитувчи, 1986. – Б. 70.
93
Бобур Заҳириддин Муҳаммад. Бобурнома – Т.: Юлдузча, 1989. – Б. 86.
94
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: ЎзМЭ, 2003. Т. 6. – Б. 594.
38
bo’lib, belgilangan marra sanog’iga yetsa, u g’olib hisoblanadi va mag’lub unga
“malay” tashlab berishi kerak. Malayni g’olib bir oyog’ini umuman yerga
qo’ymagan holda tepishi lozim. Ishtirokchilar o’yin boshida malay sonini qaytarish
mumkin yoki mumkin emasligini ham kelishib oladilar. G’olib 50 ta malay tepsa,
raqibining malayi sanog’ini qaytarolmasa, mag’lub o’yinchi g’olibning oyog’iga
50 marta par tashlab berishi shart. G’olib esa bu parni uzoqqa tepib, malayni
yugurtirishga harakat qiladi. “Par” o’yini ham bolalarning chopqir, abjir bo’lib,
voyaga yetishiga xizmat qiladi. Bu o’yin uchun o’ziga xos jismoniy tayyorgarlik
talab etiladi
95
.
Shohimardon va Avval kabi tog’li hududlarda hozirga qadar ibtidoiy jamiyat
mahsuli bo’lgan “qarsoq o’yin” saqlanib qolgan. “Qarsoq” so’zi “bo’ri” degan
ma’noni anglatadi. O’yinda qarsaklarning ko’p ishlatilishi va «qarsak» so’zining
«qarsoq» atamasiga ohangdoshligidan kelib chiqib, bu o’yin keyinchalik «qarsak
o’yini» deb atala boshlagan. Bu o’yinda ishtirokchi o’g’il va qiz bolalar soni
odatda cheklanmagan. Ishtirokchilar kengroq davra bo’lib teriladilar va qarsak
chalib turadilar. Davraning o’rtasidan esa, bir abjir masxaraboz bola o’rin oladi.
O’yinchi ko’zlarini chaqchaytiradi, tishlarini g’ijirlatadi, davra atrofidagilarga
xuruj qiladi, irillaydi, goh sakrab, goh cho’kkalab jazavaga tushib turadi. Aniqroq
aytganda, u bunday qiliqlari va xatti-harakatlari bilan yirtqich hayvon qiyofasini
gavdalantiradi. Shuningdek, davradagi qarsakchilar ham, goh g’uj bo’lib
«yirtqich»ni o’rab, goh orqaga chekinib, yoyilib o’ynaydilar.
“Qarsak o’yini” ajdodlarimizning ilk ovchilik marosimlari bilan bog’liq holda
paydo bo’lib, keyinroq totemistik e’tiqod bilan uyg’unlashib ketgan ko’hna
raqslarning qoldiqlari hisoblanadi. O’rtadagi odam – “bo’ri”, aylanadagilar esa
bo’riga topinuvchi, uni o’zlariga qarindosh deb hisoblovchi qabila a’zolari
bo’lganlar. O’yin ming yillar sinovidan o’tib o’zining dastlabki marosim sifatidagi
ahamiyatini yo’qotib, madaniylashgan va bazmlarda uyushtiriladigan oddiy
95
Арифханова З., Нозимова О., Жуманазаров Э., Исақов Б. Соғлом авлод тарбиясида болалар ўйинларининг
роли. // Алпомиш халқ ўйинлари ва миллий спорт турларини ривожлантириш муаммолари мавзуидаги
илмий амалий анжумани. – Фарғона, 2000. – Б. 5.
39
tomoshaga aylanib qolgan. O’yindagi qarsak usullari, o’yin shakllariga e’tibor
kuchaygan va unda maxsus baytlar to’qib ijro etilgan
96
.
Bu o’yin asosan ikki yirik bo’limdan – “besh qarsak” va «mayda qarsak»dan
iborat. Ayni madaniylashuv jarayonida, qarsak o’yin zardushtiylik marosimlaridan
ba’zi unsurlarni o’zlashtirgan bo’lishi mumkin. Shu tarzda, qarsak o’yin ibtidoiy
ovchilikning turli o’yinlari, zardushtiylarning ayrim marosim raqslari asosida,
sodda dunyoqarashlar bilan bog’liq holda paydo bo’lib, ko’p asrlik murakkab
taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Ming yillar davomida shaklan o’zgargan va
mazmunan taraqqiy etgan, yanada madaniylashib, bolalar dunyosida ham e’tibori
ortib borgan
97
. Mazkur o’yin Yangiqo’rg’on, Norin, Chust, Kosonsoy tumanlari
bolalari orasida hanuzgacha o’ynaladi. Bunda ko’pincha bolalar qarsak bilan
bog’liq хatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
O’zbekiston farzandlari qadim zamonlardan boshlab “Chavandozlik”,
“Qilichbozlik”, “Kurash”, “Qal’a himoyasi”, “Soqqa”, “Eshak mindi”, “Oq
suyak”, “Yashirinmachoq”, “Chillak”, “Shappak”, “Arg’imchoq”, “Tepki”, “Oq
terakmi, ko’k terak?”, “Besh tosh” va shunga o’xshash ko’plab milliy xalq
o’yinlari bilan shug’ullanib kelganlar. O’ylab qarasak, bolalarcha o’yinlarimizda
ham o’ziga xos ma’naviyat bor ekan. Ana shu milliy o’yinlar yoshlarni kamolotga
yetaklashda muhim o’rin tutgan, negaki o’yinlar negizida milliy qadryatlarimiz
ham jam edi. O’yinlarning millatimizga xos «qiyofa»si bor edi. Ana shu o’yinlar
orqali dunyoni idrok etganmiz, ongimiz, tafakkurimizni shakllantirishga harakat
qilganmiz. Ajdodlardan meros bo’lib kelayotgan qadriyatlarni anglaganmiz. Lekin,
hozirgi davr globallashuvi, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi kabi bir
qator omillar borki, ular o’z navbatida bolalariga ham ta’sirini o’tkazmoqda.
Biz bugun milliy istiqlol g’oyasini yoshlar ongiga singdirish yo’lida harakat
qilyapmiz. Bizningcha, milliy o’yinlar orqali ham bolalar qalbiga Vatan, xalq,
millat tushunchalarini, ma’naviyatni chuqurroq singdira borish, tafakkurni o’stirish
mumkin. Kompyuter oldida kechgacha o’tirib, zo’ravonlik, vahshiylikni targ’ib
96
Қодиров М. Қарсак ўйин // Гулистон. – 2005. – №4. – Б. 44.
97
Yuqoridagi maqola…. – Б. 45.
40
qiladigan turli o’yinlarni o’quvchilar tomonidan o’ynalishi ular xarakteriga salbiy
ta’sir ko’rsatishi tabiiy. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida ham ko’p
ma’lumotlar berilmoqda.
Kompyuter o’yinlari – kompyuter yordamida o’ynaladigan ko’ngilochar
o’yinlar chva boshqotirma ermaklar. O’yin maydoni kompyuter orqali boshqariladi
va displey va televizor ekranida namoyon bo’ladi. Turli o’yinlar (mas.,
avtomobilni boshqarish, tennis, futbol o’ynash va b.) ning kechishi va vaziyatlari
modellari dasturlari tuzilib, kompyuter o’yinlari shular asosida tashkil qilinadi.
Avstraliyalik olimlar oz miqdordagi kompyuter o’yinlari o’quvchilar
qobiliyatlariga ijobiy ta’sir etishini isbotlashdi. Tadqiqotlarda 7 yoshdan 16
yoshgacha bo’lgan 700 nafar o’quvchi ishtirok etdi. Bir necha oy davomida bolalar
maktabdagi topshiriqlari bajarish barobarida kompyuter o’yinlarini ham o’ynagan.
Gap shundaki, kompyuter o’yinlari bolaning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirib,
bir-biri bilan oson til topishib, biron-bir masalani tez yecha olishga o’rgatadi. Faqat
bularning bari bola kuniga yigirma daqiqadan ko’p bo’lmagan vaqtini o’yinlarda
o’tkazsagina foydalidir
98
.
Bolaligidayoq boshiga tirikchilik tashvishi tushib, bola o’yin uchun alohida
vaqt ajrata olmaydi. Ayrim chekka qishloqlarni hisobga olmasak, qadimiy
o’yinlarimizni bugunning bolalari unutib yuborishmoqda desak xato bo’lmaydi.
Ota-onalari garchi milliy o’yinlarni yoshligida o’ynagan bo’lsada, axborot-
texnologiya asriga kelib, qadriyatlarimiz mujassam bo’lgan milliy o’yinlarimizga
nisbatan kompyuter o’yinlariga ko’proq ruxsat berishadi. Bizningcha, buning
asosiy sababi, ayrim ota-onalarning milliy o’yinlarimizni tarbiyaviy ahamiyatini
tushunib yetmaganliklarida deyish mumkin.
Tarixiylik jihatidan qarasak, suyak o’yinlarini faqat o’g’il bolalar o’ynashida
ham o’ziga xos asos bor ekan. Taniqli etnograf J. Frezerning yozishicha, ko’pgina
qadimiy xalqlar tasavvurlarida birinchi ayol birinchi erkakning qovurg’a suyagidan
yasalgan. Bu qarash islom ta’limotiga ham to’g’ri keladi. Ma’lum bo’ladiki, suyak
masalasida erlar ayollardan ustundirlar. Suyak bilan bog’liq etnografik materiallar
98
www.ZiyoNet.uz.
41
ham yetarli. Garchi ular jahondagi turli etnoslarga tegishli bo’lsada, barchasi bir
nuqtada, ya’ni mifologik tafakkurda uyg’unlashadi. O’zbeklarda suyaklarning
taqdiri masalasiga kelsak, elimizda juda ko’p joylarda bir juft qoshiq, bitta oshiq,
qalampir kabilar osib qo’yiladi. Kelin-kuyov ko’rpasining bir burchagiga oshiq
qo’yib ham tikadilar. Momolar buni “o’tganlar ruhi qo’llab-quvvatlaydi, serfarzand
bo’lishadi” deb izohlashadi.
Bolalarning ko’p o’yinlari ham suyaklar bilan bog’liq. Ulardan eng ko’p
tarqalgani “oshiq” o’yinidir. “Oshiq” o’yinida 7–8 yoshdan 17–18 yoshgacha
ba’zan 25 yoshgacha bo’lgan yigitlar o’ynashgan. Oshiq– qo’y, echki, tuya va shu
kabi hayvonlarning orqa oyog’i tizza bo’g’imidagi biriktiruvchi chorqirra suyakcha
nomi. Bu suyakcha vositasida o’ynalgan o’yin ba’zan pul yoki buyum ham tikilishi
bilan qimor o’yinlariga o’xshab ketadi
99
.
Semiz zotdor qo’y yoki echki oshiqlari har ikkila o’yinchi uchun soqqa
hisoblanadi. O’yinda yaxshi soqqasi bo’lgan o’yinchi ko’proq yutish imkoniyatiga
ega. Oshiq suyagining to’rt tomoni bo’lib, yuz tomoni “chikka”, qarama-qarshi
tekis tomoni «pukka», chuqurcha izi bor tomoni ya’ni old tomoni “olchi”, ikkinchi
yon tomoni “xarra” deyilgan
100
.
Saqachabozi- “Oshiq” o’yini haqidagi ma’lumotni N. A. Kislyakova, A. K.
Pisarchik asarlarida ham ko’rishimiz mumkin. “…Har bir o’yinchi umumiy
qatorga bittadan oshiq qo’yadi keyin kattaroq oshiq bilan yerdagi oshiqni uradi.
Kimki yerdagi oshiqni urganda o’sha oshiq to’rt qadam nariga uchib tushsa, u
o’yinchi ushbu oshiqni o’ziga oladi”
101
.
Mazkur o’yin hozirda Yangiqo’rg’on tumanida o’ynalmaydi. Ammo kishilar
xotirasida saqlanib qolgan
102
. O’yinning amaliy ahamiyati esa uni qayta tiklash
zarurligini ko’rsatadi. Shuningdek, Namangan viloyati bolalari o’rtasida “eshak
mindi”, “arqon tortish”, “tosh joylash”, “par”, “yerdan baland”, “dasta chikildak”,
“mo’ljal” kabi xo’jalik bilan bog’liq o’yinlar keng tarqalgan va hozirgacha o’z
99
Мусақулов А. Султон суягини хўрламас. // Маърифат, 2005 йил 13 август.
100
Шаниязов. К. Узбеки карлуки. – Т.: Наука, 1964. – С. 173.
101
Кислякова Н. А., Писарчик А. К. Таджики Каратегина и Дарваза. – Душанбе, 1976. – С. 109.
102
Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Bekobod qishlog’i. 2018- yil.
42
ahamiyatini saqlab kelmoqda. Ularni chuqur tadqiq etish orqaligina, asosli xulosa
chiqarish mumkin.
Respublikaning barcha mintaqalarida o’ziga xos bolalar o’yinlari shakllangan.
Jumladan, Namangan viloyatining barcha tuman va qishloqlarida ham milliy
bolalar o’yinlari qadimdan o’ynalib keladi.
O’yinlarning kattagina qismi o’tmishda yaratilgan bo’lib, ularning kelib
chiqishiga qadimgi ajdodlarimizning animistik va totemistik, fetishistik, turli
magik tasavvur-tushunchalari, e’tiqodiy qarashlari asos bo’lgan. Bu esa o’yinlar-
ning yo nomidan, yo o’yinlar tarkibida uchraydigan ayrim motivlardan sezilib
turadi. Masalan, bolalar o’rtasida ko’p tarqalgan «Oq terakmi, ko’k terak» o’yini
asosida ibtidoiy odamlarning oq va ko’k ranglar haqidagi mifologik qarashlari
bilan bir qatorda, daraxtlar topinchiga daxldor totemistik tasavvur-tushunchalari
yotadi. Masalan, “Oq terakmi, ko’k terak” o’yin-qo’shiq bo’lib, uzoq zamonlardan
beri bolalar repertuarida yashab kelmoqda. Bu o’yin haqida o’zbek bolalar
folkloriga bag’ishlangan deyarli har bir ishda u yoki bu darajada fikr bildirilgan.
Lekin, bu ishlarda faqat o’yin sifatidagi tuzilishi, poetik matni tahlili, o’ynalish
tartibi, mazmun-mohiyati, lokallik xususiyatlari haqida fikr bildirilgan. O’yinning
haqiqiy tarixiy-genetik ildizlari har taraflama chuqur ochib berilmagan
103
.
“Oq terakmi, ko’k terak” o’yinini quyidagi ma’lumotlar asosida yoritish
maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. “Oq terakmi, ko’k terak” o’yini haqidagi
dastlabki ma’lumot XIX asrning II yarmida yurtimizga tashrif buyurgan rus
o’lkashunoslari er-xotin Nalivkinlarning Farg’ona vodiysi ayollarining turmush
tarzi va urf-odatlariga bag’ishlangan kitobida uchraydi
104
. Ular kitobda bu
o’yinning tuzilishi, ijro etilishi, mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berganlar.
Folklorshunos olim G’. Jahongirov esa o’yinning tarixiy-genetik ildizlariga
nazar solishga urinib, uning kelib chiqishiga qabilachilik davridagi jang
ko’rinishlari, uning qoidalari ta’sir ko’rsatgan
105
, degan mulohazani ilgari surgan.
103
Сафарова Н. Яна “Оқ теракми, кўк терак” ўйини генезиси ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. – 2005. – №5.
– Б. 57.
104
Наливкин В., Наливкина М. Очсрк быта женщины оседлого туземного населения Фергани. – Казань,
1886. – С. 183.
105
Жаҳонгиров Ғ. Ўзбек болалар фольклори. – Т., 1975. – Б. 110.
43
O’zbek bolalar o’yin fol’kloriniig yana bir ko’zga ko’ringan tadqiqotchisi
Sh. Galiyev ham bu o’yinning genezisi haqida alohida to’xtalar ekan, G’.
Jahongirov mulohazalarini qo’llab-quvvatlaydi va “Oq terakmi, ko’k terak” o’yini
qabilachilik davridagi dual tuzilish, ya’ni qabila ichidagi fratriyalarning o’zaro
bahs-munozaralarini ramziy namoyish etganligini, o’yin qadimiy marosimlar
asosida kelib chiqqanligini ta’kidlaydi.
Bu fikrni havaskor folklor to’plovchisi S. Jumaniyozov tomonidan Xorazm-
dan yozib olingan “Oy darak” o’yini ham to’la-to’kis tasdiqlaydi. O’yindagi asosiy
motiv harbiy harakat negizida ochiladi. Uning verbal qismini tashkil etuvchi
qo’shiqlarda asir olish yoki asir berish va asirlarga tovon to’lash singari holatlarni
eslatuvchi satrlar bor. O’yin tarkibida ham jangovarlik ruhi seziladi. Bolalar o’yin
jarayonida dastlab doira shaklida tizilishib, jonli zanjir hosil qiladilar. Raqib ana
shu jonli zanjirni uzib o’tgandagina asir olish xuquqiga ega bo’ladi, aks holda, o’zi
asirga tushadi. Binobarin, jonli zanjirni uzish uchun uning bo’shroq yoki ojizroq
joyini chamalab turib, o’sha joynigina kesib o’tishga intilish kerak. Bu holat
bolalarda taktik hushyorlik va strategik tadbirkorlik ko’nikmasini shakllantirishdan
tashqari, aniq bir qarorga kela bilish malakasini ham shakllantiradi.
Sanamalar – shovqin asosida sanoq ritmida aytiladigan qo’shiqlar silsilasi. U
o’tmishda ham, hozir ham bolalar o’yin faoliyatini boshqarib kelayotgan faol
badiha. Ayni zamonda, bolalar ijodkorligi namunalari sifatida keng tarqalgan.
Chindan ham, sanamalar ko’p vazifali bo’lib, bolalarda ohang tuyg’usini tarbiya-
lash asosida estetik zavqni oshirsa, yoddan aytish yoki yoshlashga mo’ljallangan-
ligi bilan xotirasini mustahkamlaydi: og’izdagi ijro etilishi tufayli bolalar nutqini
rivojlantirsa, har so’zga amal va itoat qilishga majburiyat sezdirish tufayli so’zning
ijtimoiy qudratini, demakki, so’z va ish birligini, ichki intizom tuyg’usini his
qilish, shu asosda majburiyat va burch tuyg’usini tarbiyalashni ta’minlaydi. Eng
muhimi, ichki intizom tuyg’usi negizida amal qiluvchi hayot nizomini o’zlashti-
rishlariga yo’l ochadi. Binobarin, sanamalar xalq pedagogikasida uzoq zamonlar
davomida bolalarning o’z-o’zlarini tarbiyalash vositasi bo’lib sinalgan o’yin va
uning poetik debochasi sifatida alohida ahamiyatga ega.
44
Odatda, o’yinda navbatda qoluvchi lolalarni aniqlash vazifasini o’tovchi
sanamalarni aytish tartibi ham o’zgacha. Shu sababli sanama ijrochiligi g’oyat
mas’uliyatli sanalib, bunda onaboshi quyidagi talablarni bajarmog’i:
1) bolalar jamoasini uyushtira oladigan darajadagi tashkilotchilik qobiliyatiga
ega bo’lishi;
2) o’yinda tanti va adolatli bo’lishi;
3) ovozi yorqin, baland, raqam yoki so’zlarni aniq talaffuz qila oladigan,
ulardagi sanoq urg’usi va ritmini burro, yaqqol ifodalay biladigan va shu faoliyati
bilan boshqalarni o’ziga qaratadigan bo’lishi shart.
Odatda, ana shu fazilatlarga ega bo’lgan bolalargina onaboshilikka loyiq
ko’rishadi.
Onaboshi o’yindagi tajribasi asosida boshlovchi vazifasiga belgilanadi. O’yin
ishtirokchilari esa doimiy ravishda onaboshi harakati, faoliyatini diqqat bilan
kuzatib turadilar. Har bir bola ham o’ziga “chek” tushmasligini istagan holda
jamoa “ichi”da o’ynash hissi bilan o’yinga kirishadi. Agar ular onaboshi ijrosidagi
“yon bosish” yoki sustkashlik kabi xatolarni sezib qolsalar, o’yinga raxna solganini
darhol payqaydilar. Shuning uchun ham o’yin debochasidagi bunday kamchiliklar
o’yinning yaxshi kayfiyat bilan boshlanmasligidan dalolat beradi. Demak, sanama
vazifasi o’yinda bolalar navbatini belgilashdan iborat bo’libgina qolmay, uning
ijrosidagi ohang va badiiyatga e’tiborini ham jalb etadi.
Sanamalar ijrosining boshqa bolalar folkloridan farqli tomonlarini ko’rsatuv-
chi quyidagi belgilar mavjud.
1. Sanash – o’yinboshining bolalarni navbatga chiqarishda adolatlilikni belgi-
lovchi asosiy vositasi. Sanash sardorning qo’l harakati bilan aytilayotgan sanama
ritmi uyg’unligi asosida amalga oshiriladi. Agar shu uyg’unlik to’g’ri bajarilmasa,
ijro bilan sanash orasidagi bog’liqlikka raxna solinsa, o’yin ishtirokchilarida
norozilik paydo bo’ladi.
2. Sanama matnida raqam, so’z va so’qma so’z qat’iy vazifa bajaradi. Poetik
ma’no va xususiyat kasb etadi. O’yinboshi matndagi har bir so’zni baland ovozda,
ayricha talaffuz etib sanoqli bolalarni tabiiy ravishda navbatga chiqara olishi zarur.
45
Chunki ijroda har bir so’z (ayrim hollarda, hatto bo’g’in ham) onaboshining
faqatgina ifodali o’qish zaruriyatini talab etmay, bolalarni to’g’ri sanash vositasi
vazifasini ham bajaradi. Sanamaning eng avvalo boshqa janrlardan farqli
xususiyati ana shunda ko’rinadi. Shu asnoda navbat bajarish “cheki”ga tushgan
oxirgi bola ham, jamoa ham bunga butun ishonch hosil qilmog’i darkor.
3. Demak, o’yinda ishontirish – onaboshining ijrosida ohang va ritmining
me’yoriyligi, ijro usulining ifodaliligi, xuddi shuningdek, ularning qo’l xarakati
bilan vobastaligi asosida yuzaga keladi.
4. Sanama ijrochiligida har vaqt, doimo quvnoq kayfiyat muhim ahamiyatga
ega. Sanama onaboshi tomonidan sho’x, baland ovozda, burro va hazilomuz tarzda
shovqin solib aytiladi. Shu sababli bunda hazil-mutoyiba, kulgi, kinoya, kesatiq,
ba’zan satirik bo’yoqlarning serobligi uning boshqa janrlardan farqli xususiyat-
larini ko’rsatadi. Shu xususiyatiga ko’ra, sanamalar qaysi bir darajada tegishma-
choqlarga o’xshasa – da, biroq ularda bolalar tabiatiga xos umumiy kamchiliklar-
dan emas, balki shunchaki yengil kulgi chiqarishga qaratilgan bo’ladi:
“Avak – duvak,
Childir – chuvak.
Xoji – buji,
Tamara – guji.
Puf,
Sen chiq!”
106
.
Sanamalar davrada turli yoshdagi o’yinchilar didi va saviyasiga mos ravishda
o’rtacha ovozda shovqin solingan holda ijro etilishi lozim, unda ritm matnga mos
kelmog’i, ifodaviylik alohida maqomga erishgan bo’lmog’i, pauza va ijro
uzviyligiga rioya etilmog’i lozim.
Shu tariqa, dastlabki ikki satrda ohang sekin, keyingi navbatdagi chiqaruvchi
misralarda esa tezlashadi. Shundagina o’yinchi faqat o’zini sanalib turgan holatda
ekanligini sezadi va shu jarayonda onaboshining sanash tartibini ham kuzatadi.
Undagi tartibning buzilishi: sanash ritmi, ohangi va qo’l harakatining nomuvofiq-
106
Dala yozuvlari. Farg’ona viloyati Rishton tumani Avazboy qishlog’i. 2017- yil.
46
ligi uning e’tirozini uyg’otishi mumkin. Shuning uchun ham sanama ijrosida
onaboshi sahnada qat’iyatli bo’lishi talab etiladi. Agar bu tartib buzilsa, o’yinga
ishtirokchida ham qiziqish susayadi, hatto u o’yinni tark etishi mumkin.
Shu o’rinda sanama aytishning axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati xususida ham
to’xtalmoq joiz. Ko’pgina tadqiqotlarda bu masalaga atroflicha munosabat
bildirilmagan. Bunday tartibning axloqiy ahamiyati shundan iboratki, u bolalarni
doimo adolatli va tanti bo’lishga, shuningdek, kimgadir yon bosish, kimnidir
asossiz ravishda navbatga qoldirishga intilish kabi salbiy xususiyatlarni yo’qotish
ruhida tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |