Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishi kirish,
to’rt paragrafni o’z ichiga olgan ikki bob, xulosa, foydalanilgan manba va
adabiyotlar hamda ilovadan iborat.
10
I
BOB.
O’ZBEK
MILLIY
BOLALAR
O’YINLARINING
ETNOGRAFIK XUSUSIYATLARI
1.1. An’anaviy bolalar o’yinlari tarixidan
Har bir xalqning tarixiy rivojlanish jarayonida o’yinlar, musobaqalar shu
xalq madaniyatining asosiy qismi hisoblangan. Ular mehnat, hayotiy, jangovar va
boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzidan kelib chiqqan
12
.
Kishilarning ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan o’yinlarning tarixiy ildizlari juda
qadimga borib taqaladi. Ularning yuzaga kelishi «ongli odam» yashagan davrdan
boshlanganligi shubhasiz.
Ovdan o’lja bilan qaytish va o’z mehnati natijalaridan manfaatdor bo’lish
ibtidoiy odamlarda xursandchilik hamda shodiyona kayfiyatini yaratgan. Bunday
holatda ovchilar ov jarayonini imo-ishora, maxsus harakatlar hamda o’yin, mashq
shaklida ifodalashga uringanlar. Natijada “Ovchilar o’yini” paydo bo’lgan. Shu
sababdan ham G. V. Plexanov “O’yin – mehnat farzandi”
13
, deb qayd etgan edi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, so’nggi paleolit davrida taxminan miloddan
40 ming yil ilgari yer yuzining shimoliy qismida totemga oid “Ayiq bayramlari”
bo’lgan. Bu bayram ayiqqa bag’ishlangan afsonalarga tayangan bo’lib, ayiq
qabilalarni ofatdan saqlab qolgan. Buning evaziga esa odamlar qabilaning eng
go’zal qizini ayiqqa turmushga berganlar. Bu bayramda to’y marosimi tasvirlanib,
u ayiq o’yini bilan yakunlanadi. XX asr boshlarida ham Sibir o’lkalarida yashovchi
ayrim xalqlar hayotida “Ayiq bayrami” mavjud bo’lgan. Biroq, go’zal qizni ayiqqa
turmushga uzatish faqat afsonaviy voqelikka mansubligini qayd etish mumkin
xolos. “Ayiq o’yini” tomoshalarini O’zbekiston hududida va shuningdek, Turkiya,
Hindiston, Kavkaz kabi joylarda ko’chalarda ayiq o’ynatib yurgan odamni, ya’ni
“ayiqchini” ko’rish mumkin. Ular odamlar gavjum joylarda kichik tomosha
ko’rsatib yurishadi. Balki bu qadimiy ayiq o’yinidan bizgacha yetib kelgan va
ibtidoiy davr elementlarining bir bo’lagi bo’lishi ham mumkin
14
.
12
Рамазанова З. Б. Календарь и календарные обряды народов Дагестана. – Махачкала, 1987. – С. 75.
13
Bu haqda qarang: Қорабоев У. Ўзбекистон байрамлари. – Т.: Ўқитувчи, 1991. – Б. 7.
14
Yuqoridagi asar…. – Б. 9.
11
Ibtidoiy ajdodlarimiz hali ishlab chiqaruvchi xo’jalikdan bexabar davrlarda
tabiat ato etgan ne’matlarni o’zlashtirish asosida tirikchilik qilganlar. Shu sababdan
ham ular hayotida ovchilik va aynan u bilan bog’liq o’yinlar muhim o’rin tutgan.
Ba’zi manbalarda o’yinlar ovdan oldin o’tkazilganligi haqida yozilgan bo’lsa,
boshqalarida ovdan keyingi o’yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Ovdan oldingi
o’yinlar ov oldi mashqi, ya’ni ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va
jismoniy shaylanish vazifasini o’tagan. Tayyorgarlik esa jiddiy, o’ziga xos maro-
sim shaklida uyushtirilgan. Bu o’yinlar jarayonida ibtidoiy odamlar o’ljani osonroq
qo’lga kiritishga tayyorgarlik ko’rganlar. Bu jarayonda ular tangridan bo’lajak
ovlarining baroridan kelishini tilaganlar. O’ljaga sezdirmay yoki u hadiksira-
maydigan tarzda yaqinlashish uchun niqob kiyib, yirtqich hayvon qiyofasiga
kirishni, jonivorlar yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan
15
.
Ana shunday o’yinlar jarayonida yoshlarga ham ov usullari o’rgatib borilgan.
Shu boisdan ham bu o’yinlar o’ziga xos tajriba maktabi vazifasini o’tab bir
tomondan, ovchilar mahoratini o’stirishga yordam bergan bo’lsa, ikkinchi tarafdan,
ularda ruhiy ko’nikma hosil qilgan
16
.
O’rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o’yinlari
bo’lgan degan isbotni biz, paleolit davri Sheroboddagi Zarao’t Karamsoyning
toshlariga tushirilgan tasvirlardan; miloddan oldingi II–I ming yilliklarda Farg’ona
vodiysidagi Saymalitosh g’orlarida aks ettirilgan devoriy rasmlardan va boshqa
arxeologik topilmalar toshidagi tasvirlardan topish mumkin. Ularda nafaqat
totemlarga sig’inish, balki ov jarayoni, ovdan keyingi shodiyonalik, hayvon niqobi
va qiyofasidagi ovchi o’yinlari aks ettirilgan. Ularning ayrimlarini diqqat bilan
o’rganilganda ovchilarning xursand va shod qiyofasida bayram elementlarini
sezish mumkin.
Ovdan keyingi o’yinlar ov muvaffaqiyatli tugagan taqdirdagina uyushtirilgan,
deb taxmin qilishimiz mumkin. Chunki, ovdan o’lja bilan qaytishgina
xursandchilik, ziyofat uchun imkon yaratgan. Har bir omadli ovdan keyin bunday
15
Тейлор Э. Б. Первобытная культура. – М.: Политздат, 1989. – С. 572.
16
Қўзиқулов И. У. Ибтидоий халқ ўйинлари генезиси / Ўзбекистонда оммавий спортни ривожлантириш
муаммолари. Илмий-амалий конференция материаллари. – Namangan, 2000. – Б. 59–60.
12
o’yinlarining an’anaga aylanishi ajdodlarimizda bayram kayfiyatidagi maxsus
marosimlarni shakllantira boshlagan.
Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga qo’shish (initsiatsiya) marosimi
keng tarqalgan. Marosim qat’iy belgilangan qoidalar asosida o’tkazilib, jismonan
baquvvat, epchil, chidamli, qurolni yaxshi ishlata oluvchi va ruhan tetik
yoshlargina kattalar safiga qo’shib olingan. Bunda har xil jismoniy sinovlar: och
qoldirish, terisini shilish, quloq suprasini yirtish, tishini sindirish, tishini egovlash
kabi o’nlab sinov shartlari bajarilgan
17
.
Initsiatsiyada o’smir tishini qoqib olish, badanini tilish kabi sinovlardan
o’tadi. Bunday sinovlar yoshlarni chiniqtirib, mardlarcha, omadsizlik va g’amni
yengishga o’rgatadi
18
. O’ziga xos “imtihon”dan o’ta olmaganlar esa yoshi katta
bo’lishiga qaramay, bolalar guruhi tarkibida qolaverganlar. Ular jamiyat emas, oila
a’zosi hisoblanganlar. Aynan initsiatsiya marosimi insoniyat tarixida kurash,
yugurish, kamondan o’q uzish, nayza uloqtirish kabi ilk sport o’yinlarining
shakllanishida ham muhim o’rin tutgan
19
.
O’rta Osiyoning taniqli tarixchisi, etnograf va lingvist olimi Mahmud
Qoshg’ariy (X asr) o’zining mashhur “Devonu lug’otit turk” asarida qadimiy
o’yinlarning tur va yo’nalishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan. Jumladan,
to’piq o’ynaganda suyak berkituvchi kishi to’piqni hamma vaqt yonida olib yurishi
shart bo’lib, bir necha oydan keyin bo’lsa ham, hammomda bo’lsa ham, so’ralgan
zamoni “mana” deb, ko’rsata olsa o’yinda yutishi mumkinligi to’g’risidagi
ma’lumotlarni qayd etgan. Shuning uchun to’piq osib yurish odat bo’lgan bo’lishi
mumkin Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedovlarni “Hikmatnoma” kitobida ham
to’piq o’yini haqida quyidagi ma’lumotlar bor: “To’piq suyagini o’yinchilarning
biridan so’ralganda, darhol ko’rsatish, aks holda sheriklarining biror shartini
bajarishi talab etiladigan o’yin”
20
.
Yuqoridagi ma’lumotlar bir-biriga juda yaqin va o’xshash. “Turkiy so’zlar
devoni”dagi “ol, mening birla topuq ilishdi”, ya’ni u men bilan to’piq otishda
17
Исмоилов Ҳ. Ўзбек тўйлари. – Т.: Ўзбекистон, 1992. – Б. 39.
18
Косвен М. О. Ибтидоий маданият тарихидан очерклар. – Тошкент: Фан, 1960. – С. 139.
19
Тейлор Э. Б. Первобытная культура. – М.: Полиздат, 1989. – С. 573.
20
Ҳикматнома. Ўзбек мақолларининг изоҳли луғати. – Т.: Ўзбекистон, 1990. – Б. 232.
13
otishda bahslashdi. Bu masalada qay birimiz ustaligimizni sinashish haqida
talashdik, degan qisqa izohlar mavjud. Yoki “ol, mena chavgan egishdi”– u menga
chavgon egishda yordam berdi. Boshqa narsani otishda ham bu so’z ishlatiladi,
ya’ni egishur, egishmak sifatida
21
.
Kocho’rma o’yun – “o’n to’rt” degan o’yindir. yerga qo’rg’onga o’xshatib
to’rt chiziq chizib, unga o’nta eshik qilinadida, yumaloq tosh, yong’oq tashlab
o’ynaladi
22
.
Asarda ovchilik, nayzabozlik, kamon tortish, merganlik, kurash tushish,
otpoyga, chavgon va shatranj kabi sport mashqlari haqida ham keng ma’lumotlar
berilgan. Devon X–XI asr bolalari tomonidan qator o’yinlar o’ynalganligi haqida
muhim ma’lumot beruvchi manba hamdir. Shu jumladan: “O’tish-o’tish” o’yini.
Bu o’yin shunday o’ynaladi: bolalar davra qurib o’tiradilar, ulardan biri yonidagi
bolani turtadi va unga «o’tish-o’tish», ya’ni «yoningdagini ham turt» deydi. Bu
o’yinda nima talab qilinadi, o’yin nima bilan tugaydi, afsuski, asarda bu haqda
izoh berilmagan. Mazkur o’yin bolalarga jamoa bo’lib tez harakat qilishni
o’rgatgan. M. Qoshg’ariy o’z asarida turk qabilalarida o’ynalgan o’yinlardan ham
misol keltirgan. O’yinlarni biri to’p bilan bajarilib, o’yinni kimdan boshlashga
qur’a tashlamasdan, to’pni ayri bilan uriladi. Qaysi jamoaning to’pi qancha uzoqqa
ketsa, o’yinni o’sha jamoa boshlaydi. Natijada, to’pni qattiq urish har bir jamoa
a’zosidan maxsus tayyorgarlikni talab etgan. XI asrda keng tarqalgan o’yinlardan
biri «Ot bandal» o’yini edi. Bu o’yinda bolalar uzun kaltak olib, uning boshini
chaqmoqlab, uchini yendirib, ot sifatida minganlar. Qorong’ida o’ynalgan ushbu
“Ot bandal” o’yini urush, shahar, qal’a mudofasidan kelib chiqqan bo’lishi
mumkin.
Yana shu kabi o’yinlardan biri “Qorin otmoq” deb nomlangan. Bu o’yin
mo’ljalga to’g’ri ola bilishni talab qilgan. Bunga ko’ra hayvon so’yilib, teri osti
puflangan holda, daraxtga osib qo’yilgan. Ma’lum uzoqlikdan turib, kimda-kim
21
Қошғарий М. Туркий сўзлар девони. – Т.: Ўзбекистон, 1960. Т. 1. – Б. 195.
22
Yuqoridagi asar.... – Б. 452.
14
nayza, yoki o’q bilan ursa, hayvon go’shtidan manfaatdor bo’lgan. Bu o’yin o’z-
o’zidan ko’rinib turibdiki kishilarning moddiy ehtiyojidan kelib chiqqan
23
.
Otaxonlarimizning axborotlaridan ma’lum bo’ladiki, har bir sunnat to’yida,
so’yilgan so’qimlarning o’pkalari olinib, yuvilib-tozalanib, uning ichiga sut
quyilgan. Ikki polvon o’rtaga chiqib, belbog’igacha yechinadi. yer sathidan bir
metr balandlikda qoziq qoqilib, uning ustiga ko’ndalang qilib xoda o’rnatiladi. Ikki
polvon ikki tomondan unga minib oladilar. So’ng ularning qo’llariga sut
to’ldirilgan o’pka beriladi. Polvonlar esa bir-birlarini o’pka bilan urib, xodaning
ustidan yiqitishlari shart bo’lgan. Odatga ko’ra, polvonlar oyoqlari bilan xodani
mahkam tutib tursalar-da, ikki qo’llari bilan o’pkani ushlaganlar. Ular qoida
bo’yicha bir-birining boshiga, ko’kragiga, yelkasiga urib xodadan birinchi bo’lib
tushirib yuborishlari kerak bo’lgan. Bu jarayonda ulardan o’rnidan turmaslik,
masofani saqlash, achchiq ustida urishib ketib, bir-birlariga shikast yetkazmaslik-
lari talab etilgan. Kim g’olib chiqsa, u to’yning sovrinini olgan, to’plangan kishilar
olqishlariga sazovor bo’lgan. Sarpo in’om etilgan. Shu jihatlari bilan bu o’yin xalq
o’rtasida juda e’zozlangan va katta qiziqish uyg’otgan. Afsuski, bunday xalq
o’yinlari keyingi paytda iste’moldan chiqib ketdi, hozirda mutlaqo unutib qo’yildi.
“Quloq cho’zma” o’yini to’y-tantanalarda ishtirok etayotgan ko’p sonli
bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, uni tashkil etish va boshqarish orqali epchil,
chaqqon, uddaburon, qo’rqmas, chidamli bolalar tarbiyalangan. Sovg’a
beradiganlar esa, katta yoshdagi kishilardan iborat bo’lgan
24
.
Ba’zi davralarda kurash boshlanishidan oldin “quloq cho’zma” o’yiniga
asosan o’smirlar taklif etiladi va tegishli gap-so’zlardan keyin o’rtasidan tugilgan
ro’molcha qurga otvoriladi. Shunda tabiiy, qo’yilgan sovrin ham aytiladi. Masalan,
“Bir juft kalish” yo “O’n so’m puli bor!” deyiladi
25
.
To’yboshi yoki mahalladoshlarimiz sunnat to’ylarda, ro’molchalariga
qanchadir pulni tugib, bir to’da bolalardan ro’molchani o’zlariga tez qaytarish
23
Қаландаров М., Мелибоев М. “Девону луғотит турк”да спорт ва миллий ўйинлар ҳақида / Алпомиш халқ
ўйинлари ва миллий спорт турларини ривожлантириш муаммолари мавзусидаги илмий-амалий анжумани. –
Фарғона, 2000. – Б. 65.
24
Исмоилов Ҳ. Ўзбек тўйлари.... – Б. 65.
25
Холмирзаев Ш. Сайланма. III жилд. Ҳикоялар. – Т.: Шарқ, 2006. – Б. 130–135.
15
sharti bilan quloq cho’zma o’yinini o’tkazishgan. Hozirgi kunda “quloqcho’zma”
o’yini deyarli unutila boshlandi
26
. O’yinchilar bir-birlaridan ro’molchani olish
uchun, quloqlarini qattiq cho’zardilar. Og’riqqa chiday olmagan bola, tabiiy
ravishda, o’z qo’lidagi ro’molchani qo’yib yuborgan. Shuning uchun ham, bu
o’yin “quloqcho’zma” deb atalsa kerak.
Jismoniy sog’lomlik insonda ruhiy-ma’naviy sog’lomlikni keltirib chiqaradi.
Ya’ni, sport bilan shug’ullangan bola hech qachon yomon yo’llarga yurmaydi.
Bugungi zamondagi dahshatli balo-qazolar terrorchilik yoki aqidaparastlik
deysizmi, giyohvandlik yoki jinoyatchilik deysizmi barchasidan yiroq bo’ladi
27
.
Mana shu abadiy haqiqatni teran anglagan, ezgu, bunyodkor g’oyalarga
asoslanib faoliyat yuritgan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A.
Karimov 1996- yil yanvarida jahon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va
Olimpiya g’oyalariga sadoqati uchun Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi.
Islom Karimov taqdirlash marosimida “Oltin orden meniki emas, balki
O’zbekiston xalqiniki va u yangi ochilayotgan muzeydan joy oladi”, deb niyat
qilgan edi
28
. Prezidentning orzusi amalga oshdi. Bugungi kunda bu orden Olimpiya
shon-shuhrati muzeyining doimiy eksponatiga aylangan.
Islom Karimov fikricha: “hech bir xalqning qudrati, mashhurligi, buyukligi,
xalqaro obro’-e’tibori undagi to’plarning yoki boshqa qurol-yarog’larning soni
bilan o’lchanmaydi, ularni avvalambor, millatning sog’lomligi, ma’naviy va
moddiy salohiyati va kuchi bilan o’lchamoq kerak. Shu jihatdan Olimpiya shuhrati
muzeyini ochish fikri o’z-o’zidan quruq joyda paydo bo’lgani yo’q. Chunki bizdan
dunyoning istagan muzeyida namoyish etishga arziydigan tariximiz, an’analarimiz,
qadriyatlarimiz va yutuqlarimiz bor...”
29
.
Qadimiy davrdagi bayram kayfiyatida o’tadigan marosimlardan yana biri
“erkaklikka o’tish” edi. O’spirin unga uzoq tayyorgarlik ko’rib, o’zining hayotga
tayyorgarligi va kuchini namoyish qilishga intilgan. Bu marosimda o’spirin
26
Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on va Chortoq tumanlari. 2017- yil.
27
Каримов И. А. Фарзандларимиз парвози баланд бўлсин. Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва
маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. – Т.: Ўзбекистон, 2003. Т.11. – Б. 133.
28
Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 12.
29
Каримов И. А. Биз танлаган йўл... – Б. 127.
16
qiynalgan, sinalgan, xullas, imtihondan o’tkazilgan. So’ng esa bolalik odatlarini
tashlab, kattalarga qo’shilgan, birga ovga borgan, birga mehnat qilgan
30
.
Initsiatsiya (lotincha) – bag’ishlash, ibtidoiy davrda o’smirlarni voyaga
yetgan erkak va ayollar safiga o’tkazish marosimi, islomda o’g’il bolalar sunnati
initsiatsiya hisoblanadi
31
.
Arxeologlar, etnograflar bergan ma’lumotlarga qaraganda, bayramlar eng
qadimiy davrlardayoq mavjud bo’lgan va ibtidoiy odamlar hayotida g’oyat muhim
rol o’ynagan. Bu borada biz D. M. Genkinning “...bayramlarning chuqur ildizi
insoniyatning “go’daklik” davriga borib taqaladi”. M. M. Baxtinning “... bayram–
insoniyat madaniyatining boshlang’ich shaklidir”
32
degan fikrlariga asoslanamiz.
Ma’lumki, inson o’z mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqqach,
yashash uchun kurash jarayonida qanchalik ongli mehnat qilsa, u shuncha
muvaffaqiyatlarga erishgan. Bu jarayon odamlar ovchilik bilan kun ko’rayotgan
davrda yaqqol sodir bo’la boshlagan. Biz bu fikr isbotini arxeologik qazilma va
topilmalardagi tosh, sopol va boshqa devoriy tasvirlardan ham ko’ra olamiz.
Ibtidoiy jamiyatda jamoa va uning a’zolariga bag’ishlangan tantanalar esa
asta-sekin shakllana borgan. Ilk shakldagi bu bayramlar “Orgaist” bayramlari
bo’lib, bunda barcha erkak va ayollar o’zlariga “juft tanlash” erkinligidan foyda-
langanlar… Bu davrda urug’chilik vujudga kelib, asta-sekinlik bilan oilalar
shakllana borgan
33
.
“Mehnat o’yinlari” – yaxshi kayfiyat, ya’ni keng ma’noda aytganda, bayram
holatini vujudga keltiradi. Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli
voqyea - bu hosilni yig’ish va yangi noz-ne’matlarni tatib ko’rish jarayonidir.
Odamning “birinchi kasbi”, ya’ni ovchilik asosida “ovchilik o’yinlari” vujudga
kelgan bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi munosabati bilan mehnat o’yinlari
shakllanib, yangi mehnat bayramlari uchun zamin yaratgan. Shunday qilib, mehnat
30
Қорабоев У. Ўзбекистон байрамлари.....– Б. 10.
31
Аширов А., Атаджанов Ш. Этнология. – Т., 2007. – Б. 153.
32
Қорабоев У. Ўзбекистон байрамлари.........– Б. 6.
33
Yuqoridagi asar....– Б. 10.
17
– bayramlarning bosh manbai, “yashash uchun kurash” – mehnatning natijasi
shaklida vujudga kela boshlagan
34
.
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida “Xalq sayillarida bozor maydon-
larida sayyor sirk o’yinchilari guruhlari ham o’z tomoshalarini ko’rsatishar, ular
sho’x ashulalar, she’rlar aytib berishar edi. Har yili bahorda shahar va qishloqlar
chekkalarida ko’p odamlar yig’ilib, lola guli bayramiga bag’ishlangan xalq
sayillarini o’tkazganlar. U yerlarda novvoyxonalar, choyxonalar, qandolatfurushlar
rastalari, milliy taomlar tayyorlovchi oshxonalar ochilar, hofizlar qo’shiq kuylar,
maddohlar diniy qissalarni aytib berar, mug’anniylar musiqa chalar, ko’zboylo-
g’ichlar, dorbozlar, huqqabozlar (jonglyorlar), hayvon o’rgatuvchilar, qo’g’irchoq
teatrlari tomosha ko’rsatar, qiziqchilar kulgili qisqa tomoshalarni namoyish etar,
so’z o’yini ustasi bo’lmish askiyachilar esa davrani rosa qizdirar edilar”
35
.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, vodiyda o’tkaziladigan lola sayllari oldingi
ramziy ma’nosini ma’lum darajada yo’qotib, hozirgi kunda o’yin-kulgi, sayl
ko’rinishida saqlanib qolgan. Farg’ona vodiysining qolgan yerlarida “lola sayllari”
bugungi kunda deyarli o’tkazilmaydi, faqatgina keksa yoshli qariyalarning
xotiralaridagina saqlanib qolgan. Bizningcha, buning asosiy sabablaridan biri XX
asrning 50–80- yillarida lola va boshqa gullar o’sadigan saylgohlar – dalalar, qir-
adirlar o’zlashtirilib, paxtazorlarga aylantirilishi bilan izohlanadi
36
.
O’tgan asrning 80- yillari o’rtalaridan boshlangan “qayta qurish” siyosati
ijtimoiy-gumanitar fan olimlari oldiga ham katta vazifalarni qo’ydi. Jamiyatda
sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarni, kishilar ongi, tafakkuridagi o’zgarishlarni
tahlil etish juda muhim vazifalardan hisoblanadi
37
.
Sovet mustabid tuzumi davrida milliy o’yinlarning, qolaversa, sportning ozod
va erkin rivojlanishi, jahon maydonida o’ziga mos o’rin egallashi uchun
imkoniyatlar nihoyatda cheklab qo’yilgan edi. Natijada kuch, tezkorlik, chiniqish
maktabi bo’lgan milliy o’yinlarga e’tibor susaydi. Bu esa o’z navbatida mahalliy
34
Қорабоев У. Ўзбекистон байрамлари.........– Б. 10.
35
Ҳидоятов Г. А., Костецкий В. А. Ўзбекистон тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 2006. – Б. 20.
36
Аширов А. «Авесто»дан мерос маросимлар. – Т., 2001. – Б. 14.
37
Акбаров Қ. Ё. Ўзбекистоннинг XX аср сўнги чорагидаги маданияти (Фарғона водийси мисолида) Тарих
фан. номз. дисс... автореферати. – Т., 2008. – Б. 5.
18
aholi, jumladan bolalar va o’smirlar jismoniy salohiyatining zaiflashuviga olib
kelgan.
Taniqli olim Usmon Qoraboyevning kuzatish va o’rganishlari natijasida
o’zbek xalq o’yinlarini quyidagicha tasniflangan: O’zbek xalq o’yinlari
adabiyotlarda to’liq yoritilmaganligi uchun, ularni tasniflash muammo tug’diradi.
Shunga qaramay, ularni kuzatish va o’rganish natijasida quyidagicha tasnif qilindi:
1. Turli yoshdagilar uchun: go’daklar uchun, yosh bolalar uchun, yoshlar
uchun, o’smirlar uchun va hokazo.
2. Turli jinslar uchun: o’g’il bolalar, qiz bolalar, erkak va ayollar uchun.
3. Mavsumiy o’yinlar: bahorgi, yozgi, kuzgi, kishki o’yin.
4. Turli ko’rinishdagi o’yinlar: og’zaki ijod, qo’shiq va raqs, o’yin va imo-
ishora ko’rinishlari
38
.
Bu kabi tasniflar qatorida o’zbek xalq o’yinlarini ijtimoiy-tarixiy kelib
chiqishiga ko’ra tasnifini, G. Qo’shoqova, M. Usmonova ishlarida ham ko’rish
mumkin:
1. Mehnat o’yinlari.
2. Milliy harakatli o’yinlar.
3. Milliy sport o’yinlari.
4. Sayohat.
5. Musiqa va raqsli o’yinlar.
6. Jonivorlar bilan o’tkaziladigan o’yinlar
39
.
Bizningcha, o’zbek xalq o’yinlarini ijtimoiy-tarixiy kelib chiqishiga ko’ra, G.
Qo’shoqova, M. Usmonovaning tasnifi ham mukammal tasnif emas.
O’yinlarni tematik guruhlash I. Gute-Mutson, D. Kolotssa, H. Bessak, G.
Jonson ishlarida ham qayd etilgan. XX asr boshlarida xalq o’yinlarini, tematik
guruhlash metodikasi ancha shakllandi. Uning amaliy va nazariy masalalari ishlab
chiqildi. Bu sohada ye. Pokrovskiy, N. Ivanov P. Lesgaft, V. Gorinevskiy, ye.
Romanov va boshqa olimlarning tasnifi alohida ajralib turadi. Shuningdek, V.
38
Карабаев У. Х. Традиционное народное творчество: проблемў возрождения и развития. – Т., 1991. – С. 90.
39
Қўшоқова Г., Усмонова М. Тайёрлов гуруҳ болаларини соғломлаштиришда миллий ўйинлардан
фойDalaниш // Узлуксиз таълим. Илмий услубий журнал. – 2007. – №5. – Б. 24.
19
Marses, M. Karnilev-Rodin va Ye. Rodin, V. Blinovich, A. Makarenko, V.
Yakovlevlarning tasnifi ham ma’lum. Sobiq Ittifoq xalqlarining o’yinlarini to’plab
kitob holida chop etgan V. Vsevolodskiy-Gerngross ham o’yinlarni tematik
guruhga ajratgan. Uning tasnifi bo’yicha o’yinlar: dramatik, sport va ornamental
singari uch katta tematik guruhga ajratiladi
40
.
Turkman xalq o’yinlarini to’plab, qo’llanma holida chop ettirgan S. L.
Parolov, A. Djikiyev, qirg’iz xalq o’yinlarini to’plab kitob holida chop etgan S.
Toktorbayev, A. Kasen, belorus xalq o’yinlarini etnografik aspektda tadqiq etgan
Ya. R. Vilkin ishlarida ham xalq o’yinlari ma’lum belgilariga ko’ra, tematik
guruhlarga ajratilgan. Masalan: S. Toktorbayev qirg’iz xalqining 222 ta o’yin
turiga ta’rif berib, ularning 9 tasi ot o’yinlari, 202 tasi turmush tarziga oid o’yin, 11
tasini oshiq o’yinlariga ajratadi
41
.
O’zbek xalq harakatli o’yinlarini to’plab kitob holida nashr ettirishni T.
Usmonxo’jaev, F. Xo’jayev (hammualliflikda), A. Umarov, Z. Umarova, G’.
Tojimirzayev (hammualliflikda), G’. Jahongirov, kabi mualliflar kitoblarida
ko’rish mumkin.
Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
Eshpo’lat Jabborovning dissertatsiyasida xalq o’yinlarini tematik guruhlarga
ajratishda o’yinlarni maqsadini, o’ynalish tartibini, harakatlarning sur’atini, ishti-
rokchilarning tarkibi, joylashishi, qoida-qonunlari va boshqa jangovorlik, psixik,
etnografik, milliy, hududiy belgilari hamda turli-tuman jihatlari e’tiborga olindi
42
.
G. Simakovning o’yinlar to’g’risidagi maqolasida esa xalq o’yinlarini tematik
guruhga ajratishda quyidagi belgilar asosiy o’rin tutishi uqtiriladi: o’yinda
qatnashuvchilar soni, o’yinlarning yakka tartibda yoki jamoa bo’lib o’ynalishi,
o’yinlarning etnik belgilari, o’zaro o’xshashligi, tarqalish areallari, sportga
aloqadorligi kabi
43
.
Mahallaning bola o’yinlaridagi ishtiroki uning bir necha yo’nalishda ta’sir
ko’rsatishi bilan ham belgilanadi. Jumladan, bola o’yinlarida tengdosh va
40
Жабборов Э. Ўзбек халқ ўйинлари лексикаси. Филология фан. номз. дисс... автореф. – Т., 1998. – Б. 12.
41
Касен А. И. Кыргизские игры и развлечения: Автореф. дисс...канд. ист. наук. – Бишкек, 2007. – С. 6.
42
Жабборов Э. Ўзбек халқ ўйинлари лексикаси…. – Б. 22.
43
Yuqoridagi asar…. – Б. 11.
20
tengqurlar jamoasi muhim o’rin tutadi. Mahalla esa shu jamoaning yig’ilishiga
katta imkoniyat yaratadi. Chunki, tengdoshlar va tengqurlar jamoasi aynan
mahalladagi ko’chadosh yoki mahalladosh bolalardan yig’iladi.
Ma’lumki, o’zbeklarda 12–14 yoshli bolalar o’smir deb, 15–17 yoshli bolalar
bolalar o’spirin yigit deb atalgan. O’tish yoshidagi bu bolalarning o’z muammolari,
o’ziga xos sirlari bo’lgan, albatta. Shuning uchun ham, ota-onasiga hamma sirlarini
ayta olmagan o’smir bolalar uchun tengdoshtengqurlari ham sirdosh o’rtoq, ham
o’yin va boshqa tadbirlarda hamkor vazifasini o’tagan. Ko’plab pedagog, psixolog,
sotsiologlarning fikricha, o’smirning keyingi dunyoqarashining shakllanishida
aynan shu tengdoshtengqurlar jamoasi ham katta ta’sir qilgan.
Bolalarning jamoaviy o’yinlari natijasida ular ichidan faolroq, tashabbuskor
bolalar boshqalardan yetakchilar sifatida ajralib chiqqanlar va qolgan bolalarga
boshchilik qilganlar. Bunday bolalar “katta”, “o’yinboshi”, “xalfa” deb atalgan.
Keksa ota-onalar orasida “O’g’il bolani ko’cha tarbiyalaydi” degan naql
yuradi
44
. Ayniqsa, o’smir o’g’il bolalar tarbiyasida “ko’cha”, ya’ni tengdosh va
tengqurlar jamoasining ta’siri kuchli bo’lgan. Ya’ni, o’g’il bolalar 6-7 yoshlardan
boshlab, o’z tengdosh-tenqurlari bilan o’ynab, kerakli paytlarda insoniy
munosabatlar, atrof-muhit va boshqa shu kabi narsalar haqida ma’lumot olganlar.
Bu ma’lumotlarni ularga kattaroq bolalar yetkazgan. Xuddi shu jamoada ular
o’zlarini “o’g’il bolacha” tutish sirlarini ham o’rgana boshlaganlar
45
. Axborotchi-
larning fikricha, o’g’il bolani tarbiyalashda uni qattiq nazorat qilinsa, mustaqilligi
yo’qoladi. O’g’il bolalarga atrofdagi tengqurlarning ta’siri kuchli bo’ladi. Shuning
uchun bola birga yuradigan do’stlarini va tengdosh-tengqurlarni nazorat qilish
kerak. Bo’sh qolmasligi uchun biron mashg’ulot topib berish shart. O’g’il bolalar
tarbiyasida mahallaning ta’siri juda kuchli, chunki ular ko’pincha ko’chada
yuradi
46
.
“Men va men tengi o’g’il bolalarning asosiy vaqti ko’chada o’tardi. Ota-onaga
bo’lgan munosabatni ham, do’stu-yorga bo’lgan munosabatni ham, va boshqa ko’p
44
Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Birlashgan qishlog’i. 2017- yil.
45
Dala yozuvlari. Namangan viloyati Chortoq tumani Peshqo’rg’on qishlog’i. 2018- yil.
46
Dala yozuvlari. Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani Poloxon qishlog’i. 2018- yil.
21
narsalarni biz o’zimizdan kattaroq bolalardan o’rganar edik. Chunki shunday
holatlar bo’ladiki, ota-ona bilan bu haqida gaplashib bo’lmaydi”-deydi H.
Abdullaev
47
.
O’tmishda bolalar jamoasi asosan o’yinlar orqali yig’ilgan va xalq o’yinlari
ularning jismoniy-ruhiy rivojlanishda muhim o’rin tutgan. Chunki, har qanday
vaziyatga nisbatan o’yin vaqtida bolalarning fe’l-atvorini tezroq bilib olish,
ularning salbiy va ijobiy sifatlarini osonroq aniqlash, be’mani qiliqlarini bartaraf
etishning yaxshiroq choralarini qo’llash mumkin, deb hisoblashgan. Shuning
uchun o’sha paytdayoq bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, ularga mos
o’yinlarni tanlash masalasi qo’yilgan. Bolani o’zining yoshiga muvofiq ishlar va
turli o’yinlar bilan mashg’ul qilish zarur, deb topilgan
48
.
Tadqiqotchilar dastlab bolalar o’yinlariga uncha ahamiyat berishmagan.
Keyin ma’lum bo’ladiki, o’yin,-deb ataladigan narsalarning hammasi ham o’yin
emas, balki, “bolalar o’yinlarining katta qismi kishilar jiddiy faoliyatiga taqlid
qilishdir”
49
. Ayniqsa, maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarning hayotida o’yinlar
katta ahamiyatga ega. A. Makarenko bu haqida shunday yozgan edi: “Kattalarning
faoliyatida ish, xizmat qay darajada ahamiyatli bo’lsa, go’daklarning faoliyatida
o’yin ham xuddi shunday ahamiyatga ega”
50
.
Qirg’iz xalqida “bola o’yindan charchamaydi, dangasa uxlashdan”, qozoq
xalqida esa “onani qalbi bolada, bolani qalbi o’yinda”, o’zbeklarda “insonni
bilmoqchi bo’lsang, uni axloqiga qara, bolani bilmoqchi bo’lsang, o’yiniga qara”
kabi xalq maqollari
51
bolalar hayotida o’yinning ahamiyatliligini ko’rsatib beradi.
Demak, o’yin bola hayotining ajralmas qismidir. Lekin, aniq tartib qoidalarga
bo’ysundirilgan, jismoniy yoki aqliy rivojlanishga xizmat qiluvchi o’yinlar bilan
shunchaki vaqt o’tkazib, “ko’cha changitish”ni bir-biridan farqlash lozim.
47
Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani O’zak qishlog’i. 2017- yil.
48
Йўлдошева Р. Ўзбек халқ ўйинларининг тарбиявий аҳамияти. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – Б. 16.
49
Корчак Я. Болаларни қандай севмоқ керак. – Тошкент: Ўқитувчи, 1969. – Б. 49.
50
Макаренко А. С. Семья и воспитание детей. Т. 4. – М., 1957. – С. 373.
51
Измайлов А. Э. Этика и педагогика семейной жизни. – Ташкент: Ўқитувчи, 1986. – С. 73.
22
T. Qurbonov bunday o’yinlarni “bemaqsad o’yinlar” deb nomlaydi va ayrim
bolalarning “beparvolik qilib, o’yinqaroqlik qilib “bemaqsad o’yinlar”ga vaqtini
sarf qilishlari” dan qattiq afsuslanadi
52
.
Psixolog D. B. Elkonin maktabgacha yoshda bo’lgan bolalar o’yinini ikki
davrga bo’ladi
53
. Birinchi davr – 3–5 yoshda o’yinning asosiy mazmuni predmet
bilan harakat qilishdan iborat bo’ladi, ikkinchi davr – 5–7 yoshda esa bolalar
o’yinlar orqali kishilar orasidagi munosabatni va ular faoliyatining ijtimoiy
mazmunini ko’rsatishga harakat qilishadi.
Etnografik tadqiqotlar jarayonida an’anaviy bolalar o’yinlaridan qishloq
joylarda bir muncha saqlanib qolgan “darra tushdi”, “chirkash”, “tiqmoq”, “bobo-
taka”, “g’irbaydi”, “chillik”
54
kabi o’yinlar haqida ma’lumotlar olindi. XX asrning
80–90- yillarida bolalar tomonidan eng ko’p o’ynaladigan o’yinlardan biri berkin-
machoq bo’lgan. U turli joylarda va vaqtlarda turli nomlanishlar bilan kelgan
55
.
“Biz bolaligimizda ko’chadagi bolalar bilan “quvlashmachoq”, “bo’yoq-
bo’yoq”, “yashinmachoq”, “to’p otish” kabi o’yinlarni ko’p o’ynardik. 12–13
yoshlargacha qizlar bilan birga o’ynardik. Keyin esa ular alohida, biz alohida
o’ynaydigan bo’ldik”- deydi o’z bolaligini eslaydi birlashganlik oqsoqol X.
Rasulov
56
.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, o’g’il bolalar va qiz bolalar o’yini bir-biridan
farqlangan, shu bilan birga aralash tipdagi o’yinlar ham bo’lgan. Qizlarga xos
o’yin turlariga “lappak”, “besh tosh”, “xola-xola” kabi o’yinlar kirsa, o’g’il bolalar
“bobo taka”, “chillik”, “lanka tepish” kabi o’yinlarni o’ynaganlar. Demak, o’yinlar
orqali ham sotsializatsiyaning gender xususiyati namoyon bo’lgan.
52
Қурбонов Т. Ота бўлиш осонми ёхуд ўғил болаларни оилавий ҳаётга тайёрлашнинг маънавий-педагогик
асослари. – Тошкент: Маънавият, 2007. – Б. 5.
53
Эльконин Д. Б. Психология игры. – М., 1978. – С. 42.
54
Dala yozuvlari. Namangan viloyati Chortoq tumani Beshtol qishlog’i. 2018 yil.
55
Masalan, “Yashin-topoloq”, “Pakka”, “Qora ko‘rdim” va hokazo. M. Qoshg‘ariyning shunga o‘xshash
“Qarag‘un” o‘yini haqida ma'lumot keltirishi mazkur o‘yinning ancha qadimiyligidan dalolat beradi. Bu o‘yinning
o‘yin boshi saylash, yashirinish, yutqazgan bola sheriklarining qaerda ekanligini aniqlashi kabi jihatlari bilan ber-
kinmachoq o‘yini bilan deyarli bir hil. “Qora ko‘rdim” degan o‘yinda faqat kechasi o‘ynalishi va sheriklarni izlay-
digan bola bola yashiringan o‘yinchini ko‘rganda “Qora ko‘rdim”- deb aytishi bilan berkinmachoqdan farqlanadi.
Bu haqda qarang: Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит турк. 3-жилд. – Тошкент: Фан, 1963.– Б. 261.
56
Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Birlashgan qishlog’i. 2017- yil.
23
XX asrning 70-80- yillaridan o’g’il va qiz bolalarning alohida o’yinlari bilan
bir qatorda “quvlashmachoq”, “yashinmachoq”, “oq terakmi, ko’k terak” kabi
aralash o’yinlar keng tarqala boshladi.
“Bolalar o’yini haqida gapirsak,”– deb yozadi I.S.Kon – “bir tomondan
o’yinlarda bolani jinsiy mehnat taqsimoti bo’yicha tayyorlashi lozim bo’lgan xalq
mehnat faoliyati xarakteri va mazmuni yaqqol ko’rinib turadi, lekin, bu juda sodda
va yuzaki tahlil. Boshqa tomondan bolalar o’yinlarida go’dakning aqliy va
jismoniy o’sish bosqichlariga javob beradigan ba’zi psixo-antro-pologik
unversallik aks etgan. Shuningdek, o’yinlarda muayyan, aniq qadriyatlar yo’nalishi
... jamoa xulq-atvori ko’rinadi va shakllanadi”
57
. XX asrning 70–80- yillarida
qishloq joylarda yoki shahar mahallalarida xalq o’yinlarining transformatsiya
uchragan shakllari bo’lsa-da, ko’rish mumkin edi.
Keyingi yillarda nafaqat shahar joylarda, balki, qishloq va mahal-lalarda ham
bolalarning ko’pchilik bo’lib o’yin o’ynashlari juda kam kuzatiladigan hodisa
bo’lib qoldi. Sababi, aksariyat bolalar maktabdan tashqari vaqtlarini televizor
qarshisida o’tirib o’tkazadilar.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, birinchi tipdagi mahallalar ( an’anaviy qishloq
va shahar mahallalari) da ulg’aygan o’g’il-qizlar bilan ikkinchi tipdagi mahallalar
(ko’p qavatli uylar) da o’sgan bolalarning fe’l-atvorida, dunyoqarashlarida,
ma’naviy-axloqiy kayfiyatlarida, xatti-harakatlarida sezilarli darajada farq bor.
Turli millat vakillari, qolaversa, turli joylardan kelgan oilalar, aralash-quralash
yashaydigan ko’pqavatli uylardan iborat ikkinchi tipga mansub mahallalarda
jamoachilik munosabatlari, jamoaning nazorati juda zaif bo’ladi. Bunday holatda
sotsializatsiya jarayoni turli yo’nalishda kechadi va tasodifiylikni inkor etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |