Усманов Собир doc


 Bolalar o’yinlarining etnik xususiyatlari



Download 350,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana19.06.2021
Hajmi350,78 Kb.
#70591
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ozbek milliy bolalar oyinlari genezesi va evolyusiyasi

 

1.2. Bolalar o’yinlarining etnik xususiyatlari 

Ma’lumki,  istiqlol  mafkurasining  asoslari  yaratish,  avvalo,  ta’lim-tarbiya 

zamini  bo’lgan  oila  va  maktabgacha  ta’lim  muassasalaridan  boshlanadi.  Ularda 

                                                

57

  Кон  И.  С.  Заключение  /  Этнография  детства.  Традиционные  формы  воспитания  детей  и  подростков  у 



народов Передней и Южной Азии. – М.: Наука, 1983. – С. 189. 


 

24 


tarbiyalanayotgan  va  maktabda  o’qiyotgan  bolalar  Vatan,  jamiyat,  xalq  haqida 

muayyan  tasavvurga  ega  bo’lishlari,  ularning  qalbida  Vatan  tuyg’usi,  ulug’ 

allomalar  va  ular  qoldirgan  ma’naviy  meroslar  bilan  faxrlanish  hissi  shakllanishi 

rivoj  topishi  kerak.  Shu  o’rinda  aytib  o’tish  lozimki,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalarida  yechimini  kutayotgan  muammolar  anchagina.  Ana  shunday 

muammolardan  biri  maktabgacha  ta’lim  tizimida  milliy  ruhning  yetishmasligi, 

aniqroq  aytganda  milliy  o’yinchoqlarning  yetishmasligi,  milliy  o’yinlar  va  shu 

ruhdagi  rasm  ko’rgazmalardan  yetarli  darajada  foydalanmaslikdir.  Bundan 

tashqari,  kuzatishlar  shuni  ko’rsatdiki,  agar  poytaxtdagi  bir-ikkita  namuna 

tariqasidagi  bog’chalarni  nazarda  tutmasa,  aksariyat  maktabgacha  bo’lgan 

muassasalardagi  tartib,  intizom,  tarbiya  usullari  hali  ham  o’sha  sovetlar  davrdagi 

holatda.  P.  Musayev  xaqli  ravishda  ko’rsatib  o’tganidek,  garchi  ta’lim-tarbiya 

sohasida katta  islohotlar amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, “Ammo  uzluksiz ta’lim 

tizimida maktabgacha ta’lim pedagogikasi sho’rolar davrida tarkib topgan bog’cha, 

yasli singari shakl-shamoyili bilan cheklanib qolmoqda”

58

.  



Xalqimizning  ajdodlaridan  meros  ma’naviy  boyliklari,  qadriyatlari  orasida 

bolalar  o’yinlari  o’ziga  xosligi  va  bugungi  zamonga  mosligi  bilan  ajralib  turadi. 

Har  qanday  milliy  o’yin  zamonlar  charxpalagida  charxlanib,  ma’lum  bir  tarixiy-

badiiy  va transformatsion jarayonlarni bosib o’tadi.  Har qanday o’yin  ma’lum bir 

muhitda,  o’sha  sharoitda  o’zgaradi,  yoki  rivojlanadi,  lekin,  uning  asl  mazmuni 

saqlanib  qolaveradi.  Turli  etnoslarning  bir  xil  mazmundagi  o’yinlari  turlicha 

nomlanadi.  Masalan;  ruslarning  ot  ustida  bajaradigan  o’yinlari  “Kozlodranie”, 

qozoqlarda  “Kokpar”,  qirg’izlarda  “Uloq  taro’sh”,  o’zbeklarda  “Uloq”,  tojiklarda 

esa “Bo’zkashi” deb ataladi

59

.  



O’zbekiston  xilma-xil  xalq  o’yinlariga  boy  o’lka  hisoblanadi  (arg’imchoq, 

bekinmachoq, “Oq terakmi, ko’k terak?..”, tortishmachoq, chillak, podachi, “Bo’ri 

keldi”, “Xo’roz va tovuq», “Oqsoq bo’ri va qo’ylar”, olomon poyga, bo’ron, qirq 

tosh,  cho’nqa  shuvoq,  otib  qochar,  soqqa,  bir  tayoq,  yelkada  kurash,  mindi  va  h. 

                                                

58

 Мусаев М. Таълим сарҳадлари. 1-китоб. – Тошкент, 2007. – Б. 267.  



59

 Игры народов СССР / Сост. Былеева Л. В, Григорьев В. М. – М.: Физкультура и спорт, 1985. – С. 7.  




 

25 


k.). Bu o’yinlar odamlar salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga 

sport  turlari  paydo  bo’lishiga  zamin  yaratgan  (masalan,  podachi  o’yinidan 

chavgon,  keyin  xokkey,  qabaq  o’yinidan  merganlik,  keyin  kamondan  otish  kabi 

sport  turlari  paydo  bo’lgan  va  h.  k.).  Lekin,  XX  asrning  ikkinchi  yarmida 

zamonaviy  sport  turlarini  rivojlantirish  bahonasida  o’zbek  xalq  o’yinlariga 

nopisandlik  bilan  qaraldi,  katta  to’ylarda  o’tkazib  kelingan  kurash,  uloq-ko’pkari 

musobaqalari taqiqlab qo’yilgan edi

60



 

“Mehnat o’yinlari” – yaxshi kayfiyat, ya’ni keng ma’noda aytilganda, bayram 

holatini  vujudga  keltiradi.  Ma’lumki,  dehqonlarning  hayotida  eng  quvonchli 

voqyea  –  bu  hosilni  yig’ish  va  yangi  noz-ne’matlarni  tatib  ko’rish  jarayonidir. 

Odamning  “birinchi  kasbi”,  ya’ni  ovchilik  asosida  “ovchilik  o’yinlari”  vujudga 

kelgan  bo’lsa,  uning  dehqonchilikka  o’tishi  munosabati  bilan  mehnat  o’yinlari 

shakllanib, yangi mehnat bayramlari uchun zamin yaratgan. Shunday qilib, mehnat 

–  bayramlarning  bosh  manbai,  “yashash  uchun  kurash”  –  mehnatning  natijasi 

shaklida vujudga kela boshlagan. 

Hozirda  O’zbekiston  Respublikasi  maktabgacha  ta’lim  muassasalaridagi 

o’yinlarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin. Ular: 

1. Didaktik o’yin  maqsadi  – bolalar  fikr dunyosini kengaytirish, bilish  faoli-

yatini yanada kengaytirish, bilimlarini amaliyotda qo’llashga ko’nikma hosil qilish. 

2.  Tarbiyaviy  o’yinning  maqsadi  –  bolalarda  mustaqillik  va  irodani  tarbiya-

lash,  axloqiy-estetik  sifatlarni  shakllantirish,  ularni  hamkorlikda  o’ynashga  o’rga-

tish. 


3.  Rivojlantiruvchi  o’yinlar  maqsadi  –  diqqat,  xotira,  nutq,  tafakkurni 

rivojlantirish,  taqqoslashga  o’rgatish,  o’quv  jarayonlariga  bo’lgan  qiziqishni 

takomillashtirish

61



Didaktik  o’yinlarning  xususiyati  shundaki,  u  bolalarning  faolligi,  tashabbus-

korligini oshiradi, ularni mustaqillikka, o’z kuchiga ishonishga o’rgatadi. Shuning-

dek,  o’yinda  bolaning  iroda  va  xarakteri  shakllana  boradi.  Bola  rostgo’ylik, 

                                                

60

 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Т.: ЎзМЭ, 2003. Т. 12. – Б. 364.  



61

 Тошпўлатова Ш. Ўйин технологияси хусусида. // Мактабгача таълим. – 2005. – № 4. – Б. 15. 




 

26 


to’g’rilikka  o’rganadi.  Jamoa  bo’lib  ishlashga,  harakat  qilishga  odatlanadi. 

Shunday qilib, didaktik o’yinning ham aqliy, ham axloqiy tarbiyadagi tutgan o’rni 

benihoyadir

62

.  



  Jismoniy tarbiya kishilik jamiyati tarixining barcha bosqichlarida madaniyat-

ning  muhim  tarkibiy  qismlaridan  biri  bo’lib  kelgan.  Turkiston  xalqlari  qadimdan 

jismoniy tarbiyani ma’naviy va jismoniy barkamollik mezoni sifatida qadrlaganlar. 

Bu  masalaga Ota Makonimizda Ikkinchi Renessans (Uyg’onish) zamonida (XIV–

XV  asrlar)  bugun  boshlangan  Uchinchi  Renessans  davridagidek  alohida  e’tibor 

qaratilgan. Bolalarni  harb ilmiga o’rgatish  uchun  ham  maxsus  ustozlar  yollangan. 

Shahzodalar  avval  ot  minish,  so’ngra  nayza  otish  san’atini  o’rganganlar.  Buning 

uchun  daraxt  shoxiga  halqa  osib  qo’yib,  undan  nayza  otib  o’tkazilgan.  Ot  ustida 

chavgon, ya’ni chim ustida xokkey o’yiniga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, 

qilichbozlik,  poyga,  ko’pkari  singari  o’yinlar  ham  harb  ilmi  doirasiga  kirgan. 

Shahzodalar 12 yoshgacha bu ilmlarni o’rganib bo’lishlari lozim edi...

63

.  



Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini 

qurish  deganidir.  XX  asr  ibtidosida  yurtni  ozod  ko’rish  orzusida  bo’lgan  jadidlar 

ulug’  vakili  Abdulla  Avloniy  shunday  yozgan  edi:  “Badan  tarbiyasining  fikr 

tarbiyasiga  ham  yordami  bordur.  Jism  ila  ruh  ikkisi  bir  choponning  o’ng  ila  tersi 

kabidir.  Agar  jism  tozalik  ila  ziynatlanmasa,  yomon  xulqlardan  saqlanmasa, 

choponni  ustini  qo’yib  astarini  yuvub  ovora  bo’lmoq  kabidurki,  har  bir  vaqt  kiri 

ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog’lom bir vujud kerakdur...”

64



“…Albatta,  bu  hayoti  –  dunyo  faqat  (bir  nafaslik)  o’yin-kulgidir”,  deya 

buyurilganidek, o’yin o’ynamoq va umrni behudaga o’tkazmoqdan iboratdir. Inson 

voyaga  yetib,  aql  farosatli  bo’lgach,  vaqtini  o’yinga  sarflamaydi  yoki  ba’zan 

o’ynasa ham, buni yashirishga tirishadi”

65

.  


“Harakatli  o’yinlarda  harakatning  barcha  turlari  ko’zga  yaqqol  tashlanadi. 

Bular  yurish,  yugurish,  sakrash,  uloqtirish,  to’siqlardan  oshib  o’tish,  qarshilik 

ko’rsatish  va  boshqalar.  To’g’ri  o’tkazilgan  o’yinlar  intizomni,  sezgirlikni, 

                                                

62

 Даминова М., Адамбекова Т. Ўйин машғулотлари. – Т.: Ўқитувчи, 1993. – Б. 24. 



63

 Исҳоқов Б. Р. Миллий тарбия сарчашмалари. // Болалар дунёси. – 2005. – №20. – Б. 3. 

64

 Ўзбек педагогикаси онтологияси. – Т.: Ўқитувчи, 1999. 2-жилд. – Б. 45.  



65

 Жалолиддин Румий. Ичиндаги ичиндадур: Фалсафий -маърифий асар. – Т.: Меҳнат, 2001. – Б. 102.  




 

27 


chaqqonlikni, tezkor kuchni, chidamlilikni rivojlantirishga, o’yinlarni jamoa bo’lib 

o’ynash esa do’stlik va o’rtoqlikni tarbiyalashga yordam beradi”

66

. Shuning uchun 



ham  “Qal’a  himoyasi”,  “Joyni  o’zgartirish”,  “Tosh  ko’tarish”,  “Ilon  izi  bo’ylab 

yurish”, “Qopqon”, “Kim  mergan”, “Oq terakmi, ko’k terak?...”, “To’p tashlash”, 

“Nishonga  aniq  ur”,  “To’siqlardan  oshib  o’tish  estafetasi”,  “To’p  o’rtadagi 

o’yinchiga”,  “Buyum  ko’tarib  yugurish  estafetasi”,  “Ahil  uchlik”,  “Chambarakni 

ushla”, “Tunnel”, “Arg’amchini oyoq ostidan olib o’t”, “Yo’llardan sakrab o’tish”, 

“Kim kuchli?” kabi harakatli o’yinlari reja asosida bajarilmoqda. Hozirda unutilib 

ketgan 300ga yaqin  milliy sport turlari, o’yinlar o’rganib chiqildi. Ularning ancha 

qismi bo’yicha o’yin qoidalari va musobaqalar o’tkazish nizomlari tayyorlandi.

67



O’zbek  onalari  bolalarini  beshikka  solganda  ham,  beshikdan  yechib  olishda 



ham, doimo olqishdan tolmaganlar. Bu fikrimiz isbotini ayollar tomonidan aytilgan 

alla, erkalama, ovutmachoqlar misolida ham ko’rish mumkin. “Erkalamalar bolalar 

folklorining  mustaqil  janri  sifatida  g’oyat  keng  tarqalgan  va  qadimiydir”

68

.  “1–2 



yoshli  bolalar  bilan  o’ynaladigan  o’yin  turlariga:  “Barmoqqa  barmoq”,  “G’oz-

g’oz”, “G’oz tursin”, “Bo’p-bo’p”, “Toy-toy”, “Poezd”, “Achom-achom” bo’lib bu 

o’yinlar,  go’dak  endi  bir-ikki  qadam  tashlashni  o’rganayotgan  vaqtda  gavdasini 

to’g’ri  tutishga  yordam  beradigan o’yinlar hisoblanadi.  Bolaning tili chiqib, 5–10 

ta  so’zni  ayta  boshlagan  davrda,  yuzini  ikki  qo’li  bilan  to’sib,  aji-aji  deya 

boshlaydi”. 

Taniqli  olim  M.  Quronov  o’zining  “Milliy  tarbiya”  monografiyasida 

“o’ynamoq”  so’zini  shunday  tavsiflaydi:  “O’ynamoq  bola  bilan  unda  ijobiy 

sifatlarni rivojlantirish, salbiy sifatlarni yo’qotish maqsadiga yo’naltirilgan ma’lum 

qoida  va  usullar  bilan  ijro  etiladigan  o’yinlarni  birga  o’ynash”

69

.O’yinchoqning 



bolalarga  qanchalik  ta’sir  ko’rsatishi  va  bolalarning  o’yinga  bo’lgan  munosabati 

kattalarning  ularga  qanchalik  tarbiya  bera  olishiga  va  jamiyatda  tarbiya  topishiga 

bog’liq.  Bolalarni  har  tomonlama  kamol  toptirish  uchun  o’yinchoqlarni  ularning 

                                                

66

 Маҳкамжонов К., Хўжаев Ф. Жисмоний тарбия: 4-синф ўқувчилари учун ўқув қўлланма. – Т.: Ўқитувчи, 



2007. – Б. 120.  

67

 Насриддинов Ф. Камолот ва маънавият сабоқлари. – Т., 1998. – Б. 208. 



68

 Сафаров О. Болаларни эркаловчи ўзбек халқ қўшиқлари. – Т.: Фан, 1983. – Б. 50. 

69

 Қуронов М. Миллий тарбия. – Т.: Маънавият, 2007. – Б. 117.  




 

28 


faoliyatiga, ruhiy  va jismoniy rivojlanishiga, qobiliyati, ko’nikmalarining shaklla-

nishiga  mos  keladigan  qilib  tanlash  lozim

70

.  “Teatr,  aslida  qo’g’irchoq  o’yinidan 



boshlangan.  Stanislavskiyning  ulug’ligi  shundaki,  u  insonning  rejissyor  bo’lib 

tug’ilishini  birinchi  aytgan.  Bola  go’daklik  chog’idayoq  qo’g’irchoq  o’ynaydi  – 

“rejissyorlik  qiladi”

71

.  Barkamol  insonni  tarbiyalash  umr  bahori  atalmish  kichik 



yoshdan  boshlanadi.  Bolaning  tanasi  ham,  boshi  ham  kichiklikda  tez  rivojlanib 

kattalashadi. Tez o’sayotgan tana uchun o’sish tezligiga mos keladigan miqdor va 

mazmunda  aqliy,  jismoniy  xarakat  ta’minlanmog’i  darkor.  “Bolalar  hayotining 

ko’pgina  tadqiqotchilari  kamolotning  bu  muhim  davrida  (5–6  yosh)  o’z  qadrini 

oshirish va shaxsini sevish, ya’ni ularda bolalik egaizmi ko’proq mavjud bo’lishini 

ta’kidlaydilar”

72



Odatda,  jamoa  bo’lib  tashkil  etilgan  o’yinlarda,  uning  barcha  a’zolari 



o’rtasida o’zaro ijtimoiy hamkorlik munosabatlari o’rnatiladi. Demak, o’zbek xalq 

o’yinlari yordamida, yuqorida nomi qayd etilgan illatlarga qarshi kurasha olishimiz 

mumkin  ekan.  Bu  esa  bolalarni  o’zgalar  fikrini  hurmat  qilishga  hamda  o’zining 

mustaqil fikriga ega bo’lishga o’rgatadi.  

Milliy  bolalar  o’yinlari  yosh  avlodning  jismonan  va  ma’nan  sog’lom  o’sishi 

uchun  xizmat  qiladi  va  natijada  kelajak  avlod  uchun  zamin  hozirlanadi.  Bolalar 

o’yinlari umumiylik bilan birga lokal o’ziga xoslikka ham ega. Shu sababdan ham, 

o’yinlarning  tarixiy  ildizlarini  o’rganish,  xalqimiz  o’tmishi,  turmush  tarzini  xolis, 

ilmiy  tahlil  qilishga  imkon  beradi.  Tadqiq  etishga  muhtoj  bu  masala  esa, 

etnologiya fanining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. 

Ma’lumki,  sovet  tuzimi  davrida  milliy  o’yinchoqlarni  ishlab  chiqish  e’tibor-

dan  chetda  qoldi  va  baynalminallik  niqobi  ostida  o’yinchoqlar  orqali  ham  rus 

madaniyati  targ’ib  qilindi.  Jumladan,  qo’g’irchoqlarning  aksariyati  rus  qizchasi 

“Masha” yoki “Katya” obrazida edi.  

Mustaqillikka  erishgach,  milliy  hunarmandchilik  va  xalq  amaliy  san’atini 

tiklash  negizida  milliy  o’yinchoqlarni  va  qo’g’irchoqlarni  tiklashga  ham  e’tibor 

                                                

70

 Саломатлик: оммабоп медицина энциклопедияси. – Т.: Ўзбек Совет Энциклопедияси, 1985. – Б. 494. 



71

 Йўлдошев Б. Санъат фалсафаси рукни “Дунё шунчалар гўзал...”. // Тафаккур. – 1995. – №1. – Б. 62. 

72

 Назаров Қ. Н. Аксиология: қадриятлар фалсафаси. – Т.: Маънавият, 1998. – Б. 67. 




 

29 


qaratilmoqda.  Bu  haqda  Birinchi  Prezidentimiz  I.  A.  Karimovning  “Yuksak 

ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”  asarida  shunday  yozadi:  “Yoshlarning  ma’naviy 

olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish 

haqida gap borar ekan, yana bir bor muhim masala xususida to’xtalib o’tish o’rinli, 

deb  o’ylayman.  U  ham  bo’lsa,  dunyoga  hayrat  ko’zi  bilan  boqib,  undan  o’zicha 

ma’no topishga  intiladigan  murg’ak  farzandlarimizning qiziqishi  va  hissiyotlariga 

mos qo’g’irchoq va o’yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”

73

.  



Darhaqiqat,  so’nggi  yillarda  xorijdan  keltirilayotgan  ayrim  o’yinchoq  va 

qo’g’irchoqlarning  o’zbek  xalqi  mentalitetiga  yotligi  va  bola  ruxiyati  hamda 

tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi xususida ko’p fikrlar bildirilmoqda. Binobarin, 

maktabgacha ta’limni yangi sifatli o’yinchoq va rivojlantiruvchi o’yin materiallari 

bilan  boyitish,  milliy  qadriyatlar  qatoriga  kiritilgan  milliy  o’yinchoqlarni  izlab 

topish va kelajak avlod uchun asl holatida yetkazish, ular zamirida bolaning ta’lim-

tarbiyasiga  oid  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  yaratish  bugungi  kunning 

dolzarb  masalalaridan  biridir.  Shuning  uchun  “Barkamol  avlod  yili”  Davlat 

dasturida  ham  mantiqiy  fikrlashni  va  intellektual  qobiliyatlarni  rivojlantiradigan 

o’yinlar  komplektlari  masalasiga  e’tibor  qaratilgan.  Bugungi  kunda  bolalar 

o’yinchoqlarini  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish  sohasida  muayan  ishlar  ham 

amalga oshirilmoqda.  

Ko’plab  mutaxassislarning  xulosalariga  ko’ra,  televidenie  bolalarning 

jismoniy va aqliy rivojida birmuncha xatarli ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, televidene 

bolalarda  muayyan  olam  haqidagi  tasavvurlarning  kamayishiga,  olib  kelishi, 

o’qish,  o’yin  faoliyatlariga  jiddiy  to’siq  bo’lishi  mumkin.  Ulardagi  fantaziya, 

ijtimoiylashuv nutqining rivojlanishi, muloqotlarning shakllanishi ana shu faoliyat-

larda ro’y beradi. Bolalar qanchalik teleko’rsatuvlarni ko’p ko’rsa, ularda shuncha-

lik diqqat ko’lamining kamligiga va uni turg’unligini yetishmasligiga olib keladi.  

Keyingi  yillarda  bolalar  orasida  video  o’yinlar,  ayniqsa,  ommalashib 

bormoqda.  Ko’p  psixologlarning  fikricha,  bolalarning  video  o’yinlardagi  zo’r-

avonliklarni  bevosita  boshqarishi,  ularni  tomosha  qilishdan  ko’ra  zararliroqdir. 

                                                

73

 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 156–157. 




 

30 


Jumladan,  psixiatr  Kerol  Liberman  video  o’yinlarini  “yangi  giyohvand  modda”–

deb  hisoblaydi.  “Menimcha,  bu  televidenening  zo’ravonlik  ko’rsatuvlaridan  ham 

dahshatliroqdir,  chunki,  o’yindagi  odamni  o’ldirgani  uchun  mukofot  olishadi”. 

Shuning  uchun  amerikaliklar  kompyuter  chiplaridan  foydalanib,  nomaqbul 

narsalarni ekranlarga chiqishiga to’sqinlik  qilishmoqda. Bu V chip deb  nomlanib, 

telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonunga kiritilgan

74



Etnografik  ma’lumotlar  yig’ish  jarayonida  ko’p  ota-onalarning  video 



o’yinlardan  norozi  bo’layotganliklari  ayon  bo’ldi.  Jumladan,  Qo’qon  shahri 

Urganjibog’  mahallasida  yashovchi  M.  Rajapovaning  aytishicha,  “kompyuter 

o’yinlari bolalar tarbiyasini  izdan chiqarmoqda. Mahallada  hatto shunday  holatlar 

ham  bo’ldiki,  ayrim  bolalar  uylaridan  pul  o’g’irlab  bo’lsa  ham  kompyuter 

o’ynaydigan bo’ldi”

75

.  



Psixoanalitik  pedagogika  bolalarga  oynai  jahon  orqali  tajovuzkorlik  ruhini 

singdirayotgan,  urush,  zulm,  odamxo’rlik,  ayollarning  erkaklarga  qarshi  janglari, 

shahvoniylik va tajovuz tantanasini targ’ib qiluvchi kino, tele, videofilmlar ta’sirini 

o’rganib hulosa qilmoqdalar.  

Xulosa  sifatida  shuni  qayd  etish  mumkinki,  milliy  bolalar  o’yinlari  yillar 

o’tgan  sari  transformatsiyaga  uchramoqda.  Televidene,  videofilm  va  sur’atlar 

orqali zulm va zo’ravonlikni, behayolikni ifodalovchi harakatlar, tasvirlarni ko’rish 

o’zbek o’g’il-qizlarida hayo, ibo, mehr-shavqatlilik kabi fazilatlarini shakllanishida 

to’siq  bo’lishi  aniq.  Mutaxassislar  ham,  teleekranlarda  ko’rsatilayotgan  ba’zi 

hayosiz fil’mlar, bozorlarda sotilayotgan pornografik sur’atlar yoshlar ma’naviya-

tiga salbiy ta’sir etadi, deb fikr bildiradilar

76



                                                

74

 Хиллари Родэм Клинтон. Бир болага етти маҳалла ота-она ва болалар бизга бераётган бошқа сабоқлар. –



Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – Б. 307. 

75

 Dala yozuvlari. Farg’ona viloyati Qo’qon shahri. 2018- yil. 



76

 Ғуломова Д. Маънавий баркамол инсонни шакллантириш – ислоҳотларнинг устувор йўналиши / Давлат, 

жамият, оила ва ёшлар тарбияси муаммолари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – Б. 48. 



 

31 


 


Download 350,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish