Informatsion texnologiyalar - estetik tarbiyaning global vositasi.
Bir paytlar tabiiy va
texnika bo‗yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta‘lim muassasalari talabalariga ―Sizning
ideallaringiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?‖, degan savolga ularning ko‗pchiligi san‘at,
220
adabiyot va ma‘rifat sohasida ko‗proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni
isbotlaydi.
Biroq, endilikda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma‘naviy
jarayonlarga ko‗rsatayotgan global ta‘siriga befarq bo‗lish aslo mumkin emas. Ana shunday
ta‘sirlardan biri - bu elektron axborot vositalardir. Bu borada ―YUksak ma‘naviyat – engilmas
kuch‖ asarida qayd etib o‗tilganidek, ―Bugungi kunda ular bir vaqtning o‗zida ham axborot
maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy,
badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda‖.
Biroq, elektron axborot vositalari qanday xususiyatga egaki, uning ta‘sir doirasi bunchalik
tez yoyilmoqda? Bu borada mutaxassislarning fikriga ko‗ra, avvalo:
narxining arzonligi
;
asosiy
mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj;
yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bo„lishni
xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag„ishlaydi;
-
chinakam global xarakterga ega ekanligi.
Estetik tarbiya ma‘naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida inson ma‘naviy va jismoniy
olamining uyg‗un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo‗shadi. Estetik tarbiyada insonning tashqi
ko‗rinishi, uning jamoat orasida o‗zini tutishi, jismoniy baquvvat bo‗lishi ham katta ahamiyatga
ega. SHubhasiz, yuksak did ma‘lum darajada kishining estetik tarbiya ko‗rganidan dalolat
beradi.
2. ―Ommaviy madaniyat‖ aksariyat xollarda haqiqat, go‗zallik, ezgulik singari muqaddas
tushunchalarni umumiste‘molchilik ehtiyoji bilan bog‗lab, iste‘mol va tovar sifatida haridorgir
bo‗lishiga qaratilgan maqsadni targ‗ib qiladi. Bu esa pirovardida ―bozor adabiyoti‖, ―bozor
san‘ati‖ degan ma‘naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning ―gullab-yashnashi‖ uchun imkon
yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz,
saviyasiz, ―millati‖ning tayini yo‗q ―badiiy‖ filmlar ham ko‗payib ketgan. ―Bozor san‘ati‖
deganda, birinchi navbatda, anna shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan
yangroq ashulalar esga tushadi.
―Ommaviy madaniyat‖ning illat sifatida namoyon bo‗lishi:
1.―Ommaviy madaniyat‖ namoyondalarining
amallari o‗zlari uchun har taraflama
manfaatdorlikka asoslangan: ular ―noyob san‘at‖ namunalari-g‗oyalarini nafaqat targ‗ib qiladi,
balki pullaydi ham.
2.Faqat bugunni, yana ham aniqrog‗i hozirni ko‗radi va tan oladi.
3.Umuminsoniy madaniyatni bo‗ysindirish va o‗z ta‘sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni
amalga oshirishga harakat qiladi.
4.U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‗i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar
qurshovida qolgan odamlarning o‗zi ham bora-bora bir o‗lchamga tushadi: hammaning yurish-
turishi, o‗y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil.
5.SHaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni
shakllantiradi.
6.―Ommaviy madaniyat‖ o‗z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan
foydalangan xolda ―ma‘rifatparast‖lik g‗oyalari asosida o‗ziga xos muomala va muloqot
madaniyatini ham targ‗ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko‗rishishdagi ―boshni
boshqa suqishtirish‖, imo-ishora, o‗zaro muloqotning ―kurakda turmaydigan so‗zlar‖ga
tayanilishi orqali ko‗rib guvohi bo‗lmoqdamiz.
―Ommaviy madaniyat‖ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‗lgan olomonni
shakllantirish bo‗lgani bois, u ma‘naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‗quvchini mushohadaga
undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‗latmaydi. SHuning
uchun ―ommaviy madaniyat‖ namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas.
3.Milliy ma‘naviyatga ta‘sir o‗tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya
jarayoniga ham sezilarli ta‘sir ko‗rsatmoqda. Ta‘kidlash o‗rinliki, estetika niqobi ostida turli xil
ko‗rinishdagi ―sog‗lom turmush tarzi targ‗ibotchilari‖, ―ko‗ngilochar‖ va ―musaffo tuyg‗u‖
baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‗ida vampirizm
estetikasi va uning targ‗iboti bilan bog‗liq saytlarning ko‗payib borayotganligi tashvishlanarli
xoldir. Bunday tahdidlarga qarshi go‗zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va
221
betakror estetik dunyosini aks
Do'stlaringiz bilan baham: |