Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

evolyusiya jarayonlari muammolarini tushunishga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga 
kelishi, shuningdek Inson dunyoda o„z o„rnini anglab etishi bilan shakllana boshladi.
SHu 
ma‘noda «tabiat» atamasi muayyan hajmgacha torayib, ob‘ektiv borliqning biosfera (J.Lamark 
1802 yilda biosfera atamasini muomalaga kiritgan), ya‘ni «hayot sohasi» deb nomlagan 
qisminigina anglata boshladi
. Biosfera jonsiz tabiatning avvalgi rivojlanish mahsuli bo„lib, 
Erning hayot kechayotgan nozik qatlamini tashkil etadi. 
U atmosfera, gidrosfera va litosferaning 
yuqori qismini qamrab oladi.
Biosferada inson alohida o‗rin egallaydi. U jonli tabiatning tabiiy qismi bo‗lsada, vaqt 
o‗tishi bilan unga qarshilik ko‗rsatuvchi faol asosga aylandi. Bu faktni u ekologiya muammolari 
yig‗ilishiga qarab anglay boshladi. Mazkur muammolar keskinlashgani sari inson o‗zining 
o‗zgargan holati haqida yanada teranroq mulohaza yuritib, tabiat va jamiyatning o‗zaro aloqasi 
masalasini ilmiy, falsafiy va amaliy nuqtai nazardan echishga harakat qila boshladi.
SHu ma‘noda, tabiat insonni qurshagan muhitni, ya‘ni borliqning biosferadan biologik 
tur sifatida o‗rin olgan insonning mavjudlik sharoitlari majmui sifatida amal qiladigan qismini 
anglata boshladi.
SHunday qilib, tabiatni o‗rganishga nisbatan odatdagi yondashuvlar «biosfera va inson» 
murakkab sistemasining tahlili va uni falsafiy anglab etish hisobiga sezilarli darajada kengaydi, 
«tabiat» atamasi yangicha, yanada teranroq mazmun kasb etdi. Bu avvalo jamiyatning atrof 


224 
muhit bilan o‗zaro munosabatlari, xususan iqtisodiyot, ijtimoiy hayot sohasidagi faol 
fundamental tadqiqotlar mahsuli bo‗ldi. SHu sababli «tabiat» atamasining mazkur ma‘nosi 
ijtimoiy falsafada ayniqsa ko‗p ishlatiladi va odamlar yashaydigan tabiiy muhitni ham, inson 
qo‗llari bilan yaratilgan (o‗zgartirilgan) sun‘iy muhitni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda, 
ayni holda o‗zaro bog‗liqlik va birlikda inson yashaydigan makonni tashkil etadigan «birlamchi» 
va «ikkilamli» tabiat nazarda tutiladi.
Butun tarix mobaynida odamlar o‗zlarining atrof muhitga ta‘sir ko‗rsatish qobiliyatlarini 
tinimsiz rivojlantirdilar va takomillashtirdilar. SHu tariqa jamiyatning tabiat bilan o‗zaro 
munosabatlari ham o‗zgarib bordi. Bugungi kunda tarix, arxeologiya, geografiya, etnografiya 
sohasida va boshqa fanlarda mavjud ilmiy ma‘lumotlar tabiatga antropogen ta‘sir insoniyatning 
son va sifat jihatidan o‗sishiga mutanosib ravishda tinimsiz kuchayib borgani va pirovard 
natijada ijtimoiy rivojlanishning asosiy bosqichlarini aks ettirganini tasdiqlaydi. Bu 
bosqichlarning har biriga atrof muhit bilan inson munosabatlarining o‗ziga xos shakllari va uning 
ongida tabiatning har xil in‘ikosi xosdir.
SHuni ta‘kidlash lozimki, tabiat va jamiyat o‗zaro aloqasining u yoki bu bosqichlarini 
ajratish nafaqat masalaning ob‘ektiv tomoniga, ya‘ni ko‗rsatilgan o‗zaro aloqalarni tavsiflovchi 
tabiiy o‗zgarishlarga, balki bunday ajratish natijasida qanday maqsadlar ko‗zlanishiga ham 
bog‗liq bo‗ladi. Ayni holda bizni insonning atrof muhitga ta‘siri xususiyati va uning tabiatga 
bog‗liqligi masalalari ko‗proq qiziqtiradi. Bundan maqsad qanday qilib inson o‗zining avvalgi 
tabiatga to‗la qaramlik holatidan fan va texnikani faol rivojlantirib, ularning yordamida tabiatni 
o‗ziga bo‗ysundirib, uni xizmatkoriga aylantirishga harakat qilib, pirovardida keskin ekologik 
muammolarni yuzaga keltirganini ko‗rsatib berishdir.
Insoniyat jiddiy ekologik tangliklar xavfi bilan to‗qnash kelgach, odamlar xulq-
atvorining axloqiy tomoni ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi va endilikda «jamiyat-tabiat» 
tizimida muammolar keskinlashuvidan oldingiga qaraganda o‗zgacha ma‘noga ega, zero, inson 
o‗z faoliyatida asosiy e‘tiborni biosferaga qaratishi lozim. YUzaga kelgan vaziyatda bu 
odamlarning yangicha axloqqa asoslangan tegishli xulq-atvorini taqozo etuvchi ob‘ektiv 
zaruriyatdir. Mazkur axloq insoniyat bu sohada erishgan eng sara yutuqlarni aks ettiribgina 
qolmasdan, balki hozirgi hayotning eng muhim muammolarini ham hisobga olishi lozim.
Xususan, qadimgi rivoyatlarda keltirilgan, umumiy axloqiy qoida sifatida Kant 
tomonidan ta‘riflangan («SHunday ish ko‗rginki, xohish-irodang maksimasi ayni vaqtda umumiy 
qonunchilik tamoyili kuchiga ham ega bo‗lsin») axloqiy imperativ endilikda tabiatga nisbatan 
ham tatbiq etilib, umumiy ekologik imperativga aylanishi lozim. Ekologiyaga tatbiqan bu 
talabning ma‘nosi shundan iboratki, ish ko‗rayotgan har bir sub‘ekt (u xoh ayrim inson, xoh 
jamiyat yoki butun insoniyat bo‗lsin) o‗zining tabiatga bevosita yoki bilvosita daxldor bo‗lgan 
barcha niyatlari, ishlari va xatti-harakatlarida o‗zini shunday tutishi lozimki, bu xulq-atvor 
me‘yori umumiy ekologik qonunga aylana olsin.
Ijtimoiy hayotga ham, inson mavjudligining tabiiy sharoitlariga ham tegishli bo‗lgan bu 
axloqiy qonunga o‗z holicha rioya qilish ekologiyaning barcha muammolarini bartaraf etishni 
uzil-kesil kafolatlovchi birdan-bir va shak-shubhasiz talab hisoblanmaydi. Ammo har bir inson 
va butun jahon hamjamiyati tomonidan odamlarning tabiat bilan munosabatlarida asos qilib 
olingan taqdirda, u muqarrar tarzda turli mamlakatlar va xalqlarni shunday bir holatga 
keltiradiki, ular o‗zining tabiatni o‗zgartiruvchi siyosatini mazkur qonunga muvofiq qayta 
tuzishga majbur bo‗ladi, shu tariqa jahon hamjamiyatiga yanada faolroq birlashish yo‗lidagi 
ekologik g‗ov-to‗siqlarni bartaraf etadi. Aks holda nafaqat noosferaga erishish, balki 
umuminsoniy muammolarni hal qilish ham mumkin emas.
16-Mavzu:

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish