Uslubiy majmua


Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o„zaro ta‟siri natijasida yuzaga keladigan



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o„zaro ta‟siri natijasida yuzaga keladigan 
muammolar
bo‗lib, ular odamlarni energiya, yonilg‗i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu 
kabilar bilan ta‘minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani 
va kosmik fazoni o‗zlashtirish ham kiradi. 
Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog„liq muammolar ya‟ni
demografiya muammosi, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma‘naviyat 
masalalari va shu kabilardir. 
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma‘lum darajada shartli xususiyat 
kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog‗liq bo‗ladi. SHu sababli har qanday 
tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta 
tuzishning global muammolar o‗zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko‗maklashadigan 
usullaridan biri sifatida qaralishi lozim.
Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug‗dirayotgan eng muhim muammolarga qisqacha 
tavsif beramiz.
Asosiy global muammolar tizimi
. Hozirgi davrning global muammolari o‗z holatini 
zamonda tinimsiz o‗zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, chunki unga 
umuminsoniy ahamiyatga molik bo‗lgan yangi muammolar kirishi, avvalgi muammolar esa, 
ularning echilishiga qarab, yo‗qolishi mumkin. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti 
A.Pechchei bu holatga e‘tiborni qaratib, insoniyat qarshisida ko‗ndalang bo‗lgan aksariyat 
muammolar «bir-biri bilan mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig‗ butun 
sayyorani o‗z iskanjasiga olmoqda... echilmagan muammolar soni o‗sib bormoqda, ular yanada 
murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi» 
esa sayyoramizni o‗z changalida tobora qattiqroq siqmoqda», 
1
deb yozgan edi.
Ammo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo‗lmasin, uni fan va falsafa yordamida 
echish, ya‘ni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan, ob‘ektivni 
sub‘ektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab etish lozim. Dunyo miqyosidagi 
jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va resurslari cheklanganini 
hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol echishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi 
darajali ahamiyat kasb etishini ham farqlash muhimdir. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish