Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Xususiy muammolar
davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan 
punktlarga yoki kichik tabiiy ob‘ektlarga tegishli bo‗lgan muammolardir. Bular, odatda, turli 
avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy 
konfliktlar va sh.k.
Mahalliy
muammolar
tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq 
aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli 
bo‗lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv 
toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.
Milliy muammolar
tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba‘zan muayyan 
davlat yoki milliy hamjamiyatning ma‘lum qiyinchiliklari, g‗am-tashvishlarini aks ettiradi. 
Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi 
mumkin.
Mintaqaviy muammolar
ayrim qit‘alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy hududlari 
yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi. Bunday 
muammolarga SHarqiy Evropaning bir necha mamlakatlari hududi radioaktiv zaharlanishiga olib 
kelgan CHernobil fojiasi yoki bir qator davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz 
bergan iqlim o‗zgarishlari misol bo‗lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz 
bergan qurg‗oqchilik «asr falokati» degan nom oldi. U Afrika qit‘asining 18 davlatini qamrab 
oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko‗proq odam halok bo‗ldi, taxminan 18 million 
bosh qoramol nobud bo‗ldi, xavfli kasalliklarning epidemiyalari yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa 
hududi esa deyarli to‗la sahroga aylandi.
Global muammolar
butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan 
qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo‗shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson 
faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
SHunday qilib, global muammolar to‗g‗risida so‗z yuritilganda butun sayyora nazarda 
tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. Bunda mintaqalar 
soni va ularning miqyosi ko‗rib chiqilayotgan muammolar xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, 
dunyo miqyosidagi iqtisodiy qoloqlik muammosini tadqiq etishda odatda butun sayyorani ikki 
mintaqa – rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. 
Demografik, energetik muammolar yoki xom ashyo muammolarini o‗rganishda esa, mintaqalar 
soni ko‗payadi va har safar tadqiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi.
Bunda shuni qayd etish lozimki, har qanday muammo sayyoraning istalgan mintaqasiga 
nisbatan muhim sanalgan, ya‘ni ularning har birida namoyon bo‗lgan holdagina global deb 
hisoblanishi mumkin. Aks holda bir yoki bir necha mintaqalarning muammolari (yoki bundan 
ham kichikroq miqyosdagi muammolar) to‗g‗risida so‗z yuritiladi.
Bundan barcha global muammolar ayni vaqtda mintaqaviy ahamiyat ham kasb etadi, 
lekin mintaqaviy darajada aniqlangan barcha muammolar ham global bo‗lavermaydi, degan 
xulosa kelib chiqadi. O‗z-o‗zidan ravshanki, global muammolar soni kamroq bo‗ladi. Boshqa 
darajalarga kelsak, global muammolar bevosita mahalliy yoki xususiy ko‗rinishga ega 
bo‗lmasligi yoki bu erda uncha sezilmasligi mumkin.


113 
Masalan, Antarktidada yoki sayyoramizning atrof muhit ifloslanadigan asosiy markazlari 
va manbalaridan ancha uzoqda joylashgan boshqa burchaklarida havo yoki suv havzalarining 
holati qoniqarli bo‗lishi, tabiiy muhitga antropogen ta‘sir esa deyarli sezilmasligi mumkin. 
SHunga qaramay bu keskinlik darajasi tabiiy muhitga antropogen ta‘sirning notekisligiga bog‗liq 
bo‗ladigan ekologik muammoning global xususiyatiga shak-shubha tug‗dirmaydi. O‗z navbatida, 
barcha mahalliy yoki xususiy muammolar global muammolar bilan bog‗lanavermaydi, zero 
ularning soni taqqoslab bo‗lmaydigan darajada ko‗proqdir.
Keltirilgan mulohaza global va mintaqaviy muammolarni nafaqat ilmiy balki, amaliy 
jihatdan ham farqlash imkonini beradi, chunki barcha global muammolar o‗z miqyosida 
o‗zgarmaydigan yagona tizim – butun sayyoraga tegishlidir. SHu sababli mazkur tizim uchun 
ularning soni ma‘lum tarixiy bosqichda muayyan hisoblanadi. Ayni vaqtda boshqa darajadagi 
muammolar sonining aniq hisobini yuritish mumkin emas, zero mintaqalarning va turli 
hududlarning chegaralari tadqiqotning maqsad va vazifalariga qarab shartli olinadi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish