Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Sotsiologizatorlik 
konsepsiyalari.
Biologizatorlik yondashuviga zid o„laroq, 
sotsiologizatorlik yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko„rishga harakat 
qiladilar
. Bunda ular ba‘zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-
qarshi qo‗yadilar, balki so‗nggi zikr etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy 
e‘tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. Asosiy e‘tibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, 
shaxsning shakllanishida jamiyat qanday rol o‗ynashini aniqlashga qaratiladi. Pirovardida 
ijtimoiy asos individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‗ziga 
bo‗ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va ularni asoslashga 
harakat qiluvchi falsafiy ta‘limotlarga, xususan, Platon falsafasi ayniqsa xosdir. Umuman 
olganda, bu individualizm va kollektivizm muammosidir.
Insonning mohiyati.
Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u 
nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda 
insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini 
shakllantirishini ham hisobga olish lozim.
Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning 
ichki va tashqi borlig‗i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.
SHunday qilib, 
individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa
individuallik uni muayyan o„ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, «shaxs» 
tushunchasiga yanada torroq ma‟no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy 
sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini 
nazarda tutgan holda shaxs to„g„risida so„z yuritish imkonini beradi
. YA‘ni keng talqinga yo‗l 
qo‗yadigan «individ» va «individuallik» tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual 
xususiyatlarga ega bo‗lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. 


105 
«SHaxs» tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‗liq bo‗lib, faqat 
shu ma‘noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‗rni, «ijtimoiy qiyofasi» nuqtai nazaridan 
tavsiflaydi.
Kezi kelganda yana shuni ham ta‘kidlab o‗tish lozimki, har qanday shaxs zamirida 
oqilona faoliyat yotuvchi ongli-ixtiyoriy faollik tavsiflanadi. SHuningdek inson yangi moddiy va 
ma‘naviy boyliklar yaratib, o‗z ijodiy imkoniyatlarini izchil ro‗yobga chiqarish orqali shaxs 
sifatida namoyon bo‗ladi.
Hozirgi zamon fanida shaxsning shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi uch muhim omil: 
irsiyat, madaniy muhit va yashash sharoiti farqlanadi. Bu omillar o‗zaro ta‘sirga kirishishi 
natijasida inson shaxs sifatida o‗ziga xos xususiyatlar majmui: tegishli ehtiyojlar, qiziqishlar, 
mijoz, qobiliyatlar, maqsadlar, mo‗ljallar, ma‘naviyat va shu kabilarga ega bo‗ladi. Insonning 
mazkur betakror individual xususiyatlari asosan u yashayotgan muhitdagi ijtimoiy va madaniy 
shart-sharoitlar ta‘sirida shakllanadiki, bu shaxsning shakllanishi va kamol topishida jamiyat 
juda muhim rol o‗ynashini qayd etish imkonini beradi. Ayni vaqtda shaxs umumiy e‘tirof etilgan 
me‘yorlarga muvofiq yoki ularga zid shakllanishi va kamol topishi mumkin. Bu ma‘noda ijobiy 
shaxslar to‗g‗risida ham, salbiy shaxslar to‗g‗risida ham so‗z yuritish mumkin.
Hozirgi vaqtda aksariyat olimlar va faylasuflar inson evolyusiyasidagi ijobiy jarayonlarni 
va ijtimoiy o‗zgarishlar imkoniyatlarini ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi, odamlar 
ongidan umuminsoniy me‘yorlar mustahkam o‗rin olishi bilan bog‗lamoqdalar. Bunda inson 
o‗zining butun umri mobaynida, bir tomondan, o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlariga erishishga 
harakat qilib, boshqa tomondan esa – o‗zini qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta‘sirini his etib, 
yaxlit bir butun hodisa sifatida, uzluksiz tadrijiy rivojlanishini e‘tiborga olish lozim. Boshqacha 
aytganda, o‗zining kamol topish jarayonida u doim ham sub‘ekt, ham ob‘ekt hisoblanadiki, bu 
shaxsning o‗z imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarishi va hayot mazmunini izlashi bilan bog‗liq 
bo‗lgan yana bir muhim falsafiy muammo yuzaga kelishini belgilaydi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish