234
chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (1998 yil 24 iyul), Respublika ―Ma‘naviyat va
ma‘rifat Kengashi‖ni qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni (1999 yil 3 sentyabr), O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‗rganishni tashkil
etish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi (2001 yil 4 yanvar),
―Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ fani bo‗yicha ta‘lim dasturlarini yaratish
va Respublika ta‘lim tizimiga joriy etish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi (2001 yil 18 noyabr), Milliy g‗oya targ‗iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar
samaradorligini oshirish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (2006 yil 25
avgust) qabul qilindi.
Hozirgi kunda, aniqrog‗i, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi
(1995 yil 23 fevral)dan keyin siyosiy-ma‘naviy islohotlarga diqqat e‘tibor yanada kuchaytirildi.
CHunki yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida
hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Qolaversa, ma‘naviyat
davlat ahamiyatiga molik masalaga aylandi.
SHu o‗rinda yurtboshimiz I.Karimovning quyidagi fikrlarini eslash muhim:
―Odamlarning qotib qolgan fikrlash tarzini o‗zgartirish, eskicha fikrlash
usulidan xoli qilish
g‗oyat muhimdir‖.
Qotib qolgan fikrlash tarzini tubdan o‗zgartirish, eskicha fikrlashdan butunlay
voz kechish haqida gap ketar ekan, talaba yoshlarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish orqali
ma‘naviy-axloqiy tarbiyaga alohida e‘tibor berish masalasi ko‗tarilyapti. Ma‘naviyati qashshoq
yoki ma‘naviyatdan mahrum bo‗lgan odamda biror narsa kutish aslo mumkin emas. CHunki u
yaxshilik va ezgulik haqida umuman o‗ylamaydi. Atrofga va hatto ota-onasi, qarindosh-urug‗lari
taqdiriga ham befarq, loqayd holda shunchaki yashaydi. YUksak ma‘naviyatli inson bugungi kun
va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun o‗z
hissasini qo‗shishga intiladi. Zotan, yosh mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma‘naviyati
yuksak, barkamol insonlar zarur. To‗g‗ri yo‗lga qo‗yilgan amaliy tarbiya milliy istiqlol
mafkurasini, ma‘rifiy-ma‘naviy, madaniy taraqqiyot yo‗lidagi barcha ishlarni amalga oshirishni
kafolatlaydi. Bu haqda yurtboshimiz shunday deydi: ―...Milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi
amaliy tarbiyani yo‗lga qo‗yish jamiyatimizda sog‗lom muhitni saqlash bilan barobar ekanini
anglashimiz darkor‖. Haqiqatan ham ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyatni yuksaltirishda, asosan,
sog‗lom muhit muhim rol o‗ynaydi. Sog‗lom muhit barcha ishlarning to‗g‗ri hal qilinishiga,
maqsad va vazifalarning to‗la amalga oshishiga imkoniyat yaratadi. Sog‗lom muhit, ayniqsa,
ta‘lim-tarbiya muassasalari uchun zaruriy muhim shartlardan biridir. Darhaqiqat, sog‗lom
muhitda sog‗lom avlod tarbiyalanadi. Xalqimiz behuda ―Qush uyasida ko‗rganini qiladi‖ degan
emas. YOshlar uyida, ta‘lim muassasasida ko‗rgan-bilgan va tinglagan o‗gitlari, olgan saboqlari
ta‘sirida kamolga etadi. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sabog‗i ibratlidir: ―Biz sog‗lom
avlodni
tarbiyalab, voyaga etkazishimiz kerak. Sog‗lom kishi deganda, faqat jismoniy
sog‗lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g‗oyalar ruhida kamol topgan
insonni tushunamiz‖.
Bu fikrlardan ko‗rinib turibdiki, sharqona axloq-odob va umumbashariy
g‗oyalarni ongiga singdirib olgan yoshlar yuksak ma‘naviyatli kishilardan hisoblanadi. Zotan,
oliy ta‘lim muassasasida yakdillik, uyushqoqlik, hamkorlik va hamjihatlik muhim rol o‗ynaydi.
YOshlarni ma‘naviy barkamol inson qilib tarbiyalashda barcha tarbiya vositalarini safarbar etish
lozim. Respublikamiz mustaqillik tufayli barkamol inson shaxsini shakllantirishdagi davlat
siyosatini ustuvor soha darajasiga ko‗tardi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalari qatori ta‘lim
tizimining isloh etilishi millat tafakkurini uyg‗otish, xalq ongini o‗zgartirish, milliy o‗zlikni
anglatishga qaratilgan edi. Bu esa faqat ta‘lim-tarbiya jarayoni orqali amalga oshiriladi.
Barkamol avlod tarbiyasida ta‘lim muassasalari, oila, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‗zaro
hamkorligi juda katta rol o‗ynaydi.
Ma‘lumki,
oila
kishilarning
tabiiy-biologik,
iqtisodiy,
huquqiy,
ma‘naviy
munosabatlariga asoslangan ijtimoiy institut bo‗lib, uning xilma-xil shakllari va ko‗p qirrali
vazifalari mavjud. YUrtboshimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: ―Oila
haqida gapirar ekanmiz,
avvalambor, oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta‘minlaydigan, muqaddas
235
urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‗lib etishishiga
bevosita ta‘sir ko‗rsatadigan tarbiya o‗chog‗i ekanini tan olishimiz darkor‖. SHunday qilib,
oiladagi
tartib-intizom jamiyat uchun, jamiyatdagi barqaror taraqqiyot oilalar uchun muhimdir.
Ayollarda ahil bo‗lib, oilaviy munosabatlarni va qarindosh-urug‗chilik aloqalarini asrab,
mustahkamlab yashashga moyillik kuchlidir. Ayol oila a‘zolarida, eng avvalo farzandlarida
ijtimoiy-axloqiy fazilatlarni shakllantiruvchi shaxsdir.
Bizningcha hozirgi sharoitda yoshlarimiz ma‘naviyatini yuksaltirishda quyidagilarga
e‘tiborni qaratish lozim:
1. YOshlarda yuksak ma‘naviyat, yuksak axloq, fuqarolik sifatlarini shakllantirish, or-
nomus, sha‘n, iymon, mas‘uliyat kabi tuyg‗ularni tarbiyalash zarur.
2. Mustaqil Respublikamizda mavjud bo‗lgan muammolarni hal etishning asosiy sharti
bu yurtimizda ma‘naviy-axloqiy muhitni milliy zaminda sog‗lomlashtirishdan iboratdir. O‗zbek
milliy xususiyatidagi do‗stlikni,
hamkorlikni, hamnafaslikni, iymonli-e‘tiqodlilikni ulug‗lash,
shukronalik bilan yashash, bosiq-vazminlik fazilatlarini shakllantirishga yordam berish kabi
xislatlarni singdirish zarur.
4. YOshlarimizni sergak, ogoh, har qanday xatarlarga qarshi hushyor bo‗lib yashashga
o‗rgatish lozim. CHunki ―hayotga kirib kelayotgan yoshlar o‗z mustaqil fikriga,
tafakkur
madaniyatiga ega bo‗lmasa, dushman g‗oyalarining goh oshkora, goh pinhona ta‘siriga,
tazyiqlariga bardosh berishi mushkul‖.
Keyingi yillarda hukumat ma‘naviy va madaniy-ma‘rifiy ishlarni amalga oshirishga
bevosita yordam ko‗rsatuvchi davlat siyosatini ilgari surishi ham bejiz emas. YOshlarda huquqiy
madaniyat va mas‘uliyat hissi qanchalik yuqori bo‗lsa, ularning jamiyat ishi uchun javobgarligi
shuncha yuqori bo‗ladi. Siyosiy faol va mas‘uliyatli kishilar aholi orasida turli mafkuraviy
xurujlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishda muhim o‗rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: