Insonnning bioijtimoiy mohiyati.
Falsafiy antropologiya echadigan muhim muammolar
orasida inson biologik va ijtimoiy mohiyatining o‗zaro nisbati to‗g‗risidagi masala alohida o‗rin
egallaydi. Inson jonli tabiatning bir qismi, shuningdek biologik evolyusiya mahsuli ekanligi
hozirgi zamon tabiatshunosligi fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma‘rifatli
odamlarning keng doirasi uchun ham aniq-ravshan va deyarli shak-shubhasiz dalilga aylandi.
Har bir inson o‗z biologik xususiyatlari: genetik kodi, vazni, bo‗yi, mijozi, terisi va sochining
rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko‗ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson ijtimoiy
mavjudot ekanligi, uning o‗ziga xosligi va betakrorligi odamzotning ijtimoiy tabiati, u kamol
topgan, ta‘lim-tarbiya olgan, madaniy va axloqiy qadriyatlar va mo‗ljallarni o‗zlashtirgan
ijtimoiy muhit bilan belgilanishi ham shak-shubhasizdir.
Ayni shu sababli inson individi nafaqat biologik, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham
o‗ziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, insonning kamol topishi jamiyatda va
faqat jamiyatda yuz beradi.
Insonni tushunishda dualizm va monizm.
Odamlar o‗rtasidagi biologik va ijtimoiy
farqlarni va ularni betakrorligini tan olishdan inson tabiatining yaxlitligini tushunishga nisbatan
ikki muhim yondashuv: dualistik va monistik yondashuvlar kelib chiqadi.
Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan
iboratki, odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan esa – mustaqil
mohiyat sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy jondan tashkil topgan
mavjudot sifatida qaraladi
. Bu yondashuv, masalan, boqiy g‗oyalar dunyosida yashaydigan
o‗lmas jon inson tug‗ilayotgan paytda uning tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib
o‗rnashadi, uning o‗limidan keyin esa vujudni tark etib, yana g‗oyalar dunyosiga qayta, deb
hisoblagan Platon falsafasida ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi. Jonlarning o‗lmasligi g‗oyasi
SHarq falsafiy an‘anasiga ham xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo„llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik
konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg„ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati inson
organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot faoliyatining
mahsulidan o„zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi
. Bu yondashuv
tarafdorlarining fikriga ko‗ra, ruhiy hodisalar qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash
uchun etarli dalillar mavjud emas, shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizmida
yuz beradigan moddiy jarayonlar chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‗q.
SHunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‗z tabiatiga ko‗ra faqat biologik
mavjudotmi yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog‗lanmaydi. U, hech
shubhasiz, ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning o‗zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan ustunroqmi va
inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi qizg‗in bahs-munozaralar predmetidir. Mazkur
masalalar hanuzgacha o‗zining uzil-kesil echimini topgani yo‗q, hozirda mavjud turli biologik,
psixologik va falsafiy maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.
YUqorida zikr etilgan muammoning echimiga nisbatan mavjud yondashuvlar orasida
insonning bioijtimoiy tabiatini tushunishga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar ifodasi
sanalgan biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari alohida o‗rin egallaydi. Bunda
ularning har biri boshqasini butunlay rad etmaydi, ammo insonning muayyan bir (biologik yoki
ijtimoiy) tabiatini ustunroq qo‗yadi yoki hatto mutlaqlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |