101
fikricha, bu darajalarning har birida tabiat o‗z qonunlariga, chunonchi: notirik tabiat – mexanika
qonunlariga, tirik tabiat – maqsadga muvofiqlikka bo‗ysunadi, inson tabiati esa erkinligi bilan
tavsiflanadi. Ayni vaqtda u inson tabiatini qolgan ikki tabiatga bog‗lash va ular orqali bilish
mumkin emasligini ta‘kidlaydi. Inson tabiatini faqat uning erkinlikdan kelib chiqadigan o‗z
qonunlariga muvofiq anglab etish mumkin. SHunday qilib, I.Kant inson tabiatning undagi
boshqa jonli va jonsiz ob‘ektlar kabi o‗ziga to‗q ob‘ekti hisoblanishi haqidagi fikrni ilgari surish
orqali insonni o‗rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi va shu tariqa falsafiy bilimning
mustaqil bo‗limi sifatida falsafiy antropologiyaning yaratilishiga yo‗l ochdi.
I.Kantdan keyin nemis klassik falsafasida inson asosan madaniyat dunyosini yaratuvchi
ma‘naviy faoliyat sub‘ekti sifatida, umumiy ideal asos – ruh, aql manbai sifatida tushunildi.
L.Feyerbax (1804-1872) bu yondashuvga qarshi chiqdi. O‗sha davrda ob‘ektiv idealizm
falsafasida hukm surgan tushunchalar («g‗oya», «ruh»)ga zid o‗laroq, u «inson» kategoriyasini
ilgari surdi. Feyerbax insonga tarixiy ma‘naviy rivojlanish mahsuli sifatida emas, balki avvalo
biologik, hissiy-jismoniy mavjudot sifatida yondashib, undagi tabiiy-biologik asosga murojaat
etdi. Unda inson Xudo yaratgan banda emas, balki tabiatning bir qismi bo‗lib, fransuz
faylasuflari qayd etganidek mexanizm emas, balki organizmdir.
Ayni shu sababli Feyerbax falsafasi «antropologik materializm» degan nom oldi. Uning
insonga nisbatan yondashuvi shu bilan tavsiflanadiki, insondagi tabiiylik va ijtimoiylik
materialistik monizm nuqtai nazaridan tushuntiriladi. Bu inson bir vaqtning o‗zida notirik va tirik
tabiatning tadrijiy rivojlanishi mahsuli sanalgan biologik mavjudot sifatida ham, mohiyati
ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudot sifatida ham qaralishini anglatadi.
XIX asrdan boshlab Evropa falsafiy tafakkuri F.SHelling, A.SHopengauer, M.SHtirner,
S.Kerkegor, F.Nitsshe, N.Berdyaev, A.Bergson kabi faylasuflarning sa‘y-harakatlari bilan inson
mavjudligini individual va tarixiy muayyanlashtirish sari yuz burdi. Hayot, sezgilar, xohish-
iroda, irratsionallik tushunchalari maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylandi va keyinchalik
ekzistensializm, intuitivizm va personalizm falsafasida rivojlantirildi.
Xususan, ekzistensializm nuqtai nazaridan ob‘ektiv dunyo – bu avvalo «inson borlig‗i»
bo‗lib, insondan tashqarida dunyo haqida biron-bir gap aytish mumkin emas. Inson borlig‗i
to‗g‗risida so‗z yuritish o‗rinli bo‗ladi, chunki inson borliq xususida savollar beradi, uning
mazmunini tashkil etgan holda uni boshdan kechiradi, anglab etadi.
Inson muammosiga qisqacha tarixiy-falsafiy nazar tashlash XX asr boshiga kelib
falsafada bilimning yangi mustaqil sohasi – inson haqidagi ta‘limot, ya‘ni falsafiy antropologiya
vujudga kelishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: