Uslubiy majmua


Falsafiy antropologiya fanining mohiyati



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Falsafiy antropologiya fanining mohiyati
. Inson haqidagi bilimlarni birlashtirish 
lozimligi xususida SHelerdan oldinroq ham so‗z yuritilgan edi. XIX asr o‗rtalariga kelib inson 
o‗ta murakkab struktura ekanligi, uni faqat falsafa yoki boshqa biron-bir muayyan fan metodlari 
bilan to‗la anglab etish mumkin emasligi, ya‘ni inson jamuljam holda aniq bilim predmeti bo‗la 
olmasligi aniq-ravshan bo‗lib qoldi. SHuningdek, ayrim tabiiy fanlar, har biri o‗z sohasida, vaqt 
o‗tishi bilan umumiyroq xulosalarga kelishni talab etuvchi salmoqli material to‗pladi.
Bunday umumlashtirishga ehtiyoj Darvinning evolyusion nazariyasi paydo bo‗lishi bilan 
ayniqsa bo‗rtib ko‗rina boshladi. Bu nazariya insonga oid tabiiy-ilmiy tadqiqotlarga kuchli turtki 
berdi, shuningdek materialistik falsafiy konsepsiyalar rivojlanishi uchun qo‗shimcha asos bo‗lib 
xizmat qildi.
Mazkur yondashuv tarafdorlari inson ko‗p o‗lchovli va muttasil o‗zgaruvchi mavjudot 
ekanligidan kelib chiqadi. Garchi uning muhim xususiyatlari ming yillar mobaynida o‗zgarishsiz 
qolayotgan bo‗lsa-da, ular insonning mohiyatini to‗la namoyon etmaydi. Bu yondashuv 
tarafdorlari inson o‗z oldiga yangi va yangi jumboqlar qo‗yayotgan, tashqi dunyoni, o‗zining 
undagi o‗rnini aniqlashga harakat qilayotgan, atrof muhitni o‗rganish orqali uni o‗z ixtiyoriga 
ko‗ra o‗zgartiradigan faol asos sifatida amal qiladigan mikrokosm hisoblanishiga ham e‘tiborni 
qaratmoqdalar. 
Boshqacha aytganda, inson bunyodkor va ayni vaqtda madaniyat mahsuli, o‗zini qolgan 
jonli dunyodan farqlash imkonini beruvchi ma‘naviyat manbaidir.
Falsafiy antropologiya tarafdorlari insonning mazkur talqinidan kelib chiqib, bu fan izchil 
ilmiy qarashlarni ilgari surishga da‘vogar bo‗la olmasligini va ayrim fanlar: psixologiya, 
sotsiologiya, biologiya va boshqa ijtimoiy fanlarning turli yondashuvlari va xulosalarini 
sintezlovchi inson haqidagi bilimlar tizimini yaratishga qaratilishi lozimligini qayd etmoqdalar. 
Ularning fikricha, bu fan o‗z predmeti sifatida inson borlig‗ini belgilaydi, uning mohiyatini va 
o‗ziga xos xususiyatlarini tahlil etib, shu tariqa insonning o‗zini ham, uni qurshagan dunyoni 
ham falsafa nuqtai nazaridan anglab etishga harakat qiladi. «Antropologiya yoki aniqroq 
aytganda – antropologik ong nafaqat ontologiya va kosmologiyaga, balki gnoseologiya va bilish 
falsafasiga, har qanday falsafa va har qanday bilishga zamin yaratadi»
1
.
XX asrning 60-70-yillarida falsafiy antropologiya shunday bir g‗oyaviy harakatga 
aylandiki, uning doirasida olimlar insonning hozirgi holatini nazariy jihatdan anglab etish va 
talqin qilish, uning tabiatiga nisbatan yangicha yondashuvni ilgari surishga harakat qildilar. Bu 
davrda yuz bergan fan-texnika taraqqiyoti va insonning o‗z ilmiy va amaliy faoliyati natijalari 
uchun javobgarlik tuyg‗usining kuchayishi falsafiy antropologiyaning rivojlanishiga qo‗shimcha 
turtki berdi. SHunday qilib, u endi inson haqidagi bilimlarning umumiyroq majmui – umumiy 
antropologiyaning tarkibiy qismiga aylandi. Bu fan turli-tuman ta‘limotlar, konsepsiyalar va 
yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladiki, ularning orasida falsafiy yo‗nalishdan tashqari biologik, 
teologik (diniy), sotsiologik, psixologik, madaniy (etnografik), strukturalistik, pedagogik va 
boshqa yo‗nalishlarni qayd etish mumkin.
Ularning har biri, falsafiy yo‗nalishdan farqli o‗laroq, insonning muayyan bir tomonini 
yoritadi. Masalan, biologik antropologiya anatomiya, fiziologiya, irq haqidagi ta‘limot va shu 
kabilarga tayanib, insonning qolgan barcha tirik mavjudotlardan farqini uning jismoniy tuzilishi 
nuqtai nazaridan aniqlaydi. Teologik antropologiya inson haqidagi tegishli tasavvurlarni uni 
Xudo yaratgani nuqtai nazaridan shakllantiradi. Falsafiy antropologiya esa butunlay boshqa 


103 
vazifani hal qiladi – u vaziyatga yaxlit yondashadi va fanlararo xususiyatga ega bo‗lgan 
xulosalar chiqaradi.
Falsafiy bilimning tarkibiy qismi sifatida falsafiy antropologiya ijtimoiy falsafa, axloq, 
sotsiologiya va psixologiya bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, ular bilan birgalikda inson haqidagi fanlar 
majmuini tashkil etadi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish