Uslubiy majmua. Toshkent: tdtu, 202, 202 bet


Namunaviy loyihaviy protseduralar



Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/148
Sana31.12.2021
Hajmi19,16 Mb.
#263544
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   148
Bog'liq
O'UM

Namunaviy loyihaviy protseduralar
Loyihalashning namunaviy protsedura (masala, vazifa)larining
klassifikatsiyasi.
Har xil turdagi ob’yektlarni loyihalashda ko‘p qaytalab
qo‘llashga mo‘ljallangan loyihaviy protsedura namunaviy deb ataladi.
Analiz va sintez loyihaviy protseduralarini farqlashadi. Ob’yekt bayonini
tuzish  – sintez, ob’yektning bayoni bo‘yicha uning xossalarini aniqlash va
ishchanlik qobiliyatini tadqiqot qilish – analiz bo‘ladi, ya’ni sintezda yaratiladi,
analizda esa ob’yekt loyihalari baholanadi.
A n a l i z  p r o t s e d u r a l a r i  bir va ko‘p variantli analiz protseduralariga
bo‘linadi.
Bir variantli analizda ichki va tashqi parametrlarning qiymatlari beriladi,
ob’yekt chiquvchi parametrlari qiymatlarini aniqlash talab qilinadi. Ichki
parametrlar makoni tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu masalaning geometrik
sharhini qo‘llash foydali. Bu
n-o‘lchamli makon bo‘lib, unda ichki
n
parametrlarning har biri x
i
 ga koordinata o‘zi ajratilgan. Bir variantli analizda ichki
parametrlar makonida qandaydir nuqta beriladi va ushbu nuqtada chiquvchi
parametrlarning qiymatlarini bir marta yechishga keltiriladi, bu – bunday turdagi
analizning nomini belgilaydi.
Ko‘p variantli analizda ichki parametrlar makonining qandaydir zonasida
ob’yekt xossalari tadqiqot qilinadi. Bunday analiz tenglamalar tizimini bir necha
marta yechishni (bir variantli analizni bir necha marta bajarilishini) talab qiladi.
S i n t e z  p r o t s e d u r a l a r i  strukturaviy va parametrik sintez
protseduralariga bo‘linadi.
Strukturaviy sintez maqsadi – ob’yekt strukturasini – ob’yektni tashkil
qiluvchi elementlar turlari ro‘yxatini va ob’yekt tarkibidagi elementlarning o‘zaro
bog‘lanish usullarini aniqlashdir.
Parametrik sintez maqsadi – berilgan struktura va ishchanlik qobiliyati
sharoitlarida elementlar parametrlari son qiymatlarining ob’yektning chiquvchi
parametrlariga ta’sirini aniqlashdadir, ya’ni parametrik sintezda ichki parametrlar
makonida shunday nuqta yoki zona topilsinki, u erda u yoki bu shartlar (odatda
ishchanlik qobiliyati shartlari) bajarilsin.
Analiz va sintez loyihaviy protseduralari orasidagi bog‘lanish shundayki,
unda analiz protsedurasi optimallash protsedurasiga (parametrik sintez) va
optimallash protsedurasi strukturaviy va parametrik sintezlarni birlashtiruvchi
sintez protsedurasiga solish tavsifiga ega bo‘ladi.
Solish, birinchidan, analiz optimallashtirishga tarkibiy qism bo‘lib,
optimallashtirish esa sintezga tarkibiy qism bo‘lib kirishini, ikkinchidan,


30
optimallash protsedurasining bir marta bajarilishi – analiz protsedurasining bir
necha marta bajarilishini, sintez masalasining bir necha marta yechilishi –
optimallashtirish masalasining bir necha marta yechilishini talab qilishini bildiradi.
Shubhasiz analiz protseduralari ham shunday tavsifga ega – bir martali ko‘p
variantli analiz ko‘p martali bir variantli analizga asoslangan. Loyihalashning
navbatdagi bosqichidagi loyihaviy yechim sintezi analizning juda ko‘p miqdordagi
variantlarining bajarilishini talab qilishi mumkin.
Ob’yektni loyihalash marshruti – bosqichlar va (yoki) ushbu ob’yektni
loyihalashda foydalaniladigan loyihaviy protseduralar ketma-ketligidir. Ma’lum
klassga taalluqli ko‘p ob’yektlarni loyihalashda qo‘llaniladigan marshrut –
namunaviy marshrut deyiladi.

Download 19,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish