Uslubiy majmua. Toshkent: tdtu, 202, 202 bet


Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari



Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/148
Sana31.12.2021
Hajmi19,16 Mb.
#263544
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148
Bog'liq
O'UM

Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari. Loyihalash vaqtida
rivojlanuvchi jarayon sifatida davrlarga, bosqichlarga, loyihaviy protseduralarga va
operatsiyalarga ajraladi.
Murakkab tizimlarni loyihalashda loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy
topshiriq va texnikaviy takliflar, eskiz, texnikaviy, ishchi loyihalash, sinash va
tadbiq qilish davrlari ajratiladi.
Loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar
davrlarida jamiyatning yangi buyumlari olishga ehtiyojini, sanoatning ushbu va
qo‘shni sohalaridagi ilmiy-texnikaviy yutuqlarni, mavjud resurslarni o‘rganish
asosida texnikaviy ob’yektning vazifasi va uni qurishning asosiy printsiplari
aniqlanadi va uni loyihalash uchun texnikaviy topshiriq (TT) shakllantiriladi. Bu
davrlar ilmiy-tadqiqot ishi (ITI) davri deb ham ataladi.


27
Eskiz loyihasi davrida (boshqachasiga tajriba-konstruktorlik ishi (TKI)
davrida) bo‘lajak ob’yekt funktsiya qila olishini belgilaydigan asosiy printsiplar va
qoidalarning to‘g‘riligi va amalga oshirila olishi tekshiriladi.
Texnikaviy loyiha davrida loyihaning hamma qismlari har tomonlama ishlab
chiqiladi, texnikaviy yechimlar konkretlashtiriladi va detallashtiriladi.
Ishchi loyiha davrida buyumni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan hamma
hujjatlar tayyorlanadi (shakllantiriladi). So‘ngra tajriba qilish uchun mo‘ljallangan
namuna yoki bir nechta namunalar tayyorlanadi va sinaladi. Sinov natijalari
bo‘yicha loyihaviy hujjatlarga zarur bo‘lgan tuzatishlar kiritiladi va faqat shundan
keyin tanlangan korxonada ishlab chiqarishga tadbiq qilish boshlanadi.
Loyihalash bosqichi – bitta yoki bir nechta ierarxik darajalar va aspektlarga
taalluqli ob’yektning talab qilingan hamma bayonlarini shakllantirishni o‘z ichiga
olgan loyihalash jarayonining bir qismidir. Ko‘pincha bosqich nomi mos ierarxik
darajalar va aspektlar nomi bilan bir xil bo‘ladi. Masalan, texnologik jarayonlarni
loyihalashni texnologik jarayonning printsipial sxemalarini ishlab chiqish,
marshrut texnologiyasini va operatsion texnologiyani ishlab chiqish va dasturiy-
boshqariladigan texnologik jihoz uchun mashinali olib yuruvchilarda boshqaruvchi
informatsiyani olish bosqichlariga bo‘lishadi. Katta integral sxema (KIS)larni
loyihalashda komponentlarni loyihalash, sxematexnik, funktsional-mantiqiy va
topologik loyihalash bosqichlarni ajratishadi. Birinchi uchta bosqich o‘xshash
nomga ega bo‘lgan funktsional aspektli uch ierarxik darajali masalalarni yechish
bilan bog‘liq. Topologik loyihalash bosqichi KISni loyihalashdagi konstruktorlik
aspektidagi hamma ierarxik darajalarga taalluqli bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga
oladi.
Loyihalash bosqichining tarkibiy qismlarini loyihaviy protseduralar deb
atashadi. Loyihaviy protsedura – bosqichning bir qismi bo‘lib, uning bajarilishi
loyihaviy yechimni olish bilan tugaydi. Har bir loyihaviy protseduraga ushbu
protsedura doirasida yechiladigan loyihalashning qandaydir masalasi mos keladi.
Loyihaviy protsedura tarkibiga kiruvchi loyihalash jarayonining maydaroq tarkibiy
qismi loyihaviy operatsiyalar deb ataladi.
Shunday qilib, daraja va aspekt tushunchalari loyihalanayotgan ob’yekt
haqida tushunchalarni strukturalashga, bosqich tushunchasi esa – loyihalash
jarayonini strukturalashga taalluqli.

Download 19,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish