Usim-biol p65


Jinsiy feromonli tuzoqlardan foydalanish. Feromonlar haqida tushuncha



Download 0,94 Mb.
bet22/70
Sana18.06.2023
Hajmi0,94 Mb.
#952204
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Bog'liq
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

2.5. Jinsiy feromonli tuzoqlardan foydalanish. Feromonlar haqida tushuncha
XVII asrda yashab o`tgan taniqh fransuz tabiatshunosi Jan Anri Fabr uzoq yiUar mobaynida hasharotlar hayotini kuzatishi natijasida kapalaklar, qo`ng`izlar va boshqa turdagi hasharotlaming urg`ochilari o`zlari chiqaradigan ma'lum hid ЬЦап erkak hasharotlami jalb qilishini aniqlagan.
Ko`pchiUk urg`ochi hasharotlar jinsiy a'zolarida feromon deb ataluvchi maxsus moddaning havoga tarqalishi natijasida erkak hasharotlar (kapalaklar) bu hidga 200 metrdan 9 km.gacha bo`lgan uzoqlikdan uchib kelishi mumkinligi fanda izohlangan.
Y.D. Kirshenblat tomonidan telergonlar atamasi taklif qilingan. Boshqa turdagi hayvonlarga nisbatan ta'sir etuvchi moddaning geterotelergon, faqat bir turga mansub hasharotlarga ta'sir qiluvchi moddalar gomotelergon deb ataladi. Keyinchalik esa adabiyotlarda gomotelergon o`miga feromonlar atamasi qo`Uanila boshlandi.
44
Hozirgi kunga kelib har xil vazifani bajaruvchi feromonlarning jinsiy, ogohlantirish yoki mudofaa qilish, maydon belgilash kabi turiari keng ko`Iamda o`rganilmoqda. Ayniqsa, har ikkala jinsdagi hasharotlami o`ziga jalb qiluvchi jinsiy feromonlar yoki jinsiy attrak-tantlar to`Iiq o`rganilgan.
Jinsiy feromonlar identifikatsiya qilinganda, ular oddiy organik birikmalardan iborat ekanligi aniqlangan. Masalan, tangaqanotlilarga mansub hasharotlardan ajratib olingan attraktantlar to`yinmagan spirt hisoblanib, efirlar va asetatlami o`z ichiga olgan. V.I. Butenanut ipakqurti kapalagi urg`ochisining tanasidan feromon moddasini toza holda ajratib olgan.
Feromonlami o`rganishning murakkabligi shundan iboratki, ular bir necha moddalar yig`indisidan iborat (bitta modda har xil izomeriar va birikmalardan tashkil topgan).
Hozirgi vaqtga kelib 700 dan ortiq hasharotlardan ajratib olingan feromonlaming kimyoviy tuzilmasi ma'Ium.
Hasharotlar feromonini o`rganish bo`yicha ko`plab mamlakatlar (Rossiya, Moldova, Ukraina, Chexiya, Vengriya, Kanada, AQSH, Fransiya , Yaponiya, Tojikiston, 0'zbekiston)daiImiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan, respublikamizdagi o`simliklami himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti, Bioorganik kimyo instituti xodimlari tomonidan kuchli feromon namunalari o`rganib kelinmoqda.



15-rasm. Feromon tutqich.
45
Feromon tutqichlar— tutqich, yelimli yopishg`ich, temir sim, yog`och qoziq va jinsiy feromon moddasi singdirilgan rezina bo`Iak-chasidan iborat (15-rasm).
Feromon tutqichlaming ishlash jarayoni quyidagicha: sun'iy hidga jalb etilgan егкак kapalak tutqich ichiga joylashtirilgan yelimli qog`ozga yopishib qoladi. Sun'iy feromon kuchli attraktant hisob-lanadi, u tabiiy kapalak chiqaradigan jinsiy feromonga nisbatan bir necha marta kuchli jalb etish xususiyatiga ega.
Aslida feromon tutqich yordamida kerakli turdagi hasharotlaming (tunlam, kuya kapalaklari, mevaxo`rlar, donxo`riar, meva pashshalari) rivojlanishini belgilash orqali, kerakli kurash ishlarini olib borish mumkin. Bu uzoq vaqt ichida kurash olib borish hisobiga mo`Ijaldagi hosilni saqlab qolishga hamda ortiqcha ishlov berishning kamayishiga yordam beradi.
Hozirgi vaqtga kelib feromon tutqichlaming ko`plab xillari amalda sinab ko`rilgan. Tartu davlat universitetida olma kuyasi, olma yashil barg o`rovchisi va olma mevaxo`riga qarshi «Attrakon-K», «Attra-kon-A» kabi uchburchak shaklidagi tutqichlar, paxta, sabzavot va poUz ekinlari tunlamlariga qarshi Tojikistonda yassi va doirali ko`rinishda hamda mamlakatimizda qayta ishlangan «Attrakon-Uzbekskiy», «Attrakon-AA» kabi tutqichlar foydalanib kelinmoqda. Bu tutqich-larning boshqa tutqichlardan afzalligi shundaki, yelimga yopishib qolgan kapalaklami qushlar cho`qib olib ketolmaydi.
Jinsiy feromon qo`yUgan tutqichlami pomidor, g`o`za va boshqa ekinlarda o`simlik ustki sathidan 10—20 sm, bog`Iarda 2—2,5 m balandlikda turishini ta'minlash кегак. YeUm yopishg`ich-tutqichlaming ostki qismiga kapalaklarni tutishga mo`Ijallangan yelim maxsus qog`ozlarga 1—2 mm qaUnlikda surtiladi. Bu surtilganyeUm qog`ozlarga singib ham, yuqori haroratda erib ham ketmaydi. Yelim hasharotla-ming tangachalarini o`ziga singdira oladigan bo`lishi кегак.
Feromon moddasi 15—20 mm uzunlikda qirqilgan rezina naychaning ichki sirtiga 2 mg.gacha singdiriladi. Naychaning ichki sathining ochiq joyidan havoning o`tib turishi jinsiy feromonning atrofga tarqalishini ta'minlaydi. Naycha gorizontal holatda o`rnatiladi.
Feromonlar ochiq havoda 10—15 kun o`tgach o`z kuchini yo`qotadi. Ulami shisha idishlar, polietilen xaltachalarga solib, muzlat-kichlarda 1—1,5 yilgacha saqlash mumkin.
46
Feromon tutqichlar dastlab nazorat uchun 10 gektarga 1 dona, kapalaklaruchaboshlagandan so`ng 2—3 gektarga 1 donadan o`matiladi. Kapalaklaming tushishi har 3 kunda, ko`plab ucha boshlaganda esa har kuni bir marta kuzatib boriladi.
Feromon tutqichlami kechki salqinda qo`yib, ertalab esa qayta yig`ib olish maqsadga muvofiq. Bu esa feromondan foydalanishning 5—10 kunga ortishi imkonini beradi. Kuzatuv natijalari maxsus daftarga yozib boriladi.
BioIogikkurashishlarig'o'zatunIamining 1 avlodiuchun, o`rtacha tutilgan kapalaklar soni 2—3 tabo`Iganda 5—6 kundan so`ng, qolgan avlodlar uchun 1—2 ta kapalak tushganda 3—4 kundan keyin tuxumlami yo`qotish uchun trixogramma chiqarish кегак. Bu har 100 tup g`o`zada o`rtacha 2—3 tadan tunlamning tuxumi to`g`ri kelishini ko`rsatadi. Bitta feromon tutqichga 20 tadan ortiq kapalak tushganda kimyoviy kurash choralarini ko`rish кегак.
Amalda qo`IIanilayotgan sun'iy feromonlar boshqa turdagi hasharotlar, qushlar, hayvonlar va odamlar uchun zararii emas. Atrof-muhitni ifloslantimiaydi.
Ish tamomlangandan so`ng yuz va qo`IIami sovun bilan yuvish lozitn. Qo`Iga tekkan yelitn o`simlik moyi shimdirilgan paxta tamponi yordamida ketkaziladi.
Tutqichlardan foydalanib bo`Iingandan so`ng rezina naychalami yerga ko`mish yoki maxsus joyda yoqib yuborish кегак.
1-LABORATORIYAISHI Fitoseyulusni laboratoriya sharoitida ko`paytirish va qo`Uash
Fitoseidlar (Phytoseiidae) — parazitoformli kanalar turkumiga mansub oiladir. Ko`pchilik turiari har xil tetraxinli kanalaming ixtiyoriy yirtqichi hisoblanadi. Ko`pchilik turiari esa o`simlikxo`r kanalardan tashqari har xil mayda hasharotlar va ulaming tuxumlari bilan oziqlanadi. Amblyseius swirskii Ath., Typhlodromus sudanicus El.-Badry. kabi turiari oqqanotlar, Т athiasa S.et.A. esatnys va qalqondoriar bilan oziqlanadi.
Bundan tashqari, bir necha turiari introduksiyalashtirilgan, hozirda ulardan biologik kurashda foydalanilmoqda. o`ljalari bo`I-maganda ular o`simlik guli changlari, nektar, zambumg` sporalari
47
bilan oziqlanadi. Tengqanotlilar, hasharotlarning shirin chiqindilari yoki o`simlik shirasi ham oziqa manbayi bo`Iishi mumkin.
Fitoseyulus (Phytoseiulus persimilis Ah.) — fitoseidlar oilasiga mansub yirtqich kana. Issiq o`lkalarda ko`plab uchraydi. Yopiq maydonlarda o`rgimchakkanalarga qarshi foydalanish uchun introduksiyalashtirilgan. Surunkali qo`IIash usulibo`yicha tarqatiladi. Bir bo`g`inning to`Iiq rivojlanishi 5—10 kun davom etadi. Fitoseyulus maxsus tayyorlangan issiqxonalarda ko`paytiriladi. Buning uchun dastlab o`rgimchakkana soya, makkajo`xori, bodring, no`xat ekinlarida ko`paytiriladi.
o`simliklarda barglar paydo bo`Iganda ularga o`rgimchakkana qo`yib yuboriladi (butun o`simlikda 40—50 ta). o`rgimchakkana tarqatilgandan 14—15 kun keyin bir tupga urg`ochi fitoseyulusdan 10 ta va nimfalardan qo`yiladi. Yana 14—20 kundan so`ng yirtqichlar (mo`Ijalda 1:1 nisbatda) to`plangan barglarni yig`ib olish qulay bo`Iadi. Harorat 20—30°C da uning to`liq rivojlanishi uchun 45—50 kun yetarii hisoblanadi. Bu vaqt ichida issiqxonada Im^ maydonda 12—36 mingtagacha yirtqichni to`plash mumkin.
Issiqxonada fitoseyulusni ko`paytirish ishlarini bodringni ekishdan 45—50 kun oldinboshlash кегак. Issiqxonada ekinlami ekishda ulaming bir-biridan oraliq vaqti 5—7 kun bo`Iishi maqsadga muvofiq. Bu esa fitoseyulusni o`simliklarda ko`paytirishda katta imkoniyat beradi. Fitoseyulus o`rgimchakkananing ko`payishiga kam ta'sir etganda 0,4 foizli sevinning suvdagi eritmasi purkaladi va fitoseyulus butunlay nobud bo`ladi. Natijada o`rgimchakkana hech qanday qarshiliksiz issiqxonada ko`payishda davom etadi. Yana 15—20 kundan so`ng fitoseyulusdan foydalaniladi.
Fitoseyulusni qo`Uashda issiqxonadagi o`rgimchakkana sonini aniqlash кегак bo`ladi. Buning uchun o`rgimchakkana aniqlangan maydonda har haftada bir marta kuzatuv ishlari olib boriladi. Ishlab chiqarishda fitoseyulus har bir o`simlikka ko`z bilan chamalash hisobida (kuchsiz, o`rta, kuchli) tarqatiladi. Buning uchun bir tup bodring ekiniga 1—6 tadan, soya, loviya bargiga o`rtacha 10—16 ta yirtqich qo`yiladi. Ishlov berilgan maydonlarga fitoseyulus o`ljaga nisbatan ko`proq miqdorda (1650) tarqatiladi.
Fitoseyulusni ko`paytirishning asosiy bochqichlari o`simlikni parvarish qilish, o`simlikda 4—5 barg chiqqunga qadar fitoseyulus bo`Iishining oldini olish maqsadida sevin bilan ishlov berish, barglami
48
o`rgimchakkana bilan zarariash, sevin bilan ishlov berilgandan so`ng 14—15 kundan keyin fitoseyulusni tarqatish, yirtqichlar va o`ljaning nisbati (1:1) ga bog`Iangan holda barglami yig`ish. o`rtacha 5 oy mobaynida 300 ming yirtqichni 10 kun ichida yig`ib olishi uchun 100—200 m^Ii maydon ajratish кегак bo`ladi. Buning uchun har 10 kunda 20 m^ maydonda o`simlik o`stirish kerakbo`ladi.
Fitoseyulusni uzoq vaqt, ya'ni 3°C past haroratda va yuqori namlikda saqlash mumkin. Buning uchun ko`proq urg`ochilari saqlanadi. Tuxumi va yosh lichinkalari tez nobud bo`ladi. Qisqa vaqt davomida (5—7 kun) ham yaxshi saqlanadi.
Qulay haroratda 30—37 kun saqlanganda urg`ocMIarining 80—85 foizi yashab qoladi. Bu holat uzoq davom ettirilsa, ulaming ko`pi nobud bo`Iadi. Asosan, yirtqichni 10—15 kungacha saqlash maqsadga muvofiq.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish