Bog'liq c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH
Fitomizani laboratoriya sharoitida ko`paytirish va qo`llash Fitomiza pashshasi laboratoriyalarda o`stirilayotgan Misr shumg`iyasida ko`paytiriladi. Fitomizani ko`paytirish uchun avgust va sentabrda ko`payayotgan avlodlaming g`umbaklaridan foydalaniladi. Tabiatdan yig`ib keltirilgan g`umbaklar bir dona probirkaga 100 tadan joylashtiriladi. Bunda harorat 23—25°C ni tashkil qilishi, namlik 65—70 foiz bo`Iishi kerak. umbaklar to`Iiq tinim davrini o`tashi lozim. Uchib chiqqan pashshalar 20 foizli shakarli suv bilan oziqlantiriladi va issiqxonada o`stirilayotgan Misr shumg`iyasiga tarqatiladi.
Plantatsiyalami himoya qilish uchun shu yerlardagi shumg`iya o`tlarini hisobga olgan holda 500—1000 tagacha fitomiza g`umbaklari chiqariladi. Fitomiza g`umbaklari bo`lgan shumg`iyaning qurigan novdalari qog`oz yoki polietilen xaltalarga joylashtiriladi. Bu xalta yerdan 60—80 smbalandUkda daraxtlarga yoki qoziqlarga osib qo`yiladi. Xaltalar P ko`rinishda qirqiladi (10x8 sm) va qirqilgan material pastga egib qo`yiladi. Unga shakarli eritma yoki asal surtiladi. Bu yerdan uchib chiqqan fitomiza qo`shimcha oziqlangandan so`ng juftlashadi. Bir necha kun ichida ular guUayotgan shumg`iyaga tuxum qo`ya bosh-laydi. Bu jarayon kuzgacha davom etadi va so`ng yig`ib olinib yoqib tashlanadi. Bir gektar maydonga bitta polietilen xalta yetarli sanaladi.
Fitomiza g`umbaklari bo`Igan quruq shumg`iya poyalari maxsus uyga—fitomizariyalarga joylashtiriladi. Bu uy 25—30 gektar maydonga ishlov berish uchun mo`Ijallangan.
Bunda biroz noqulayliklar bo`lishi mumkin. Kunduzlari xalta yoki uy ichidagi harorat 35—40°C ga ko`tarilib ketadi. Bu esa fitomiza lichinkalarining qisman nobud bo`lishiga olib keladi. Bundan tashqari, fitomizalar bilan birga uning tekinxo`ri ham kelib qoladi. Buning uchun maxsus uychalardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu uychadan uchib chiqayotgan tekinxo`r yorug`da ikkinchi idishga kelib tushadi va shu yeming o`zida ular yo`qotiladi. Bu davrda fitomiza esa zarar-lanmagan holda dalaga uchib keta oladi. Ob-havo noqulay bo`Igan kunlarda esa tovadagi fitomizalar sovitgichlarda 2—4 kungacha 6—8°C haroratda saqlanadi. Kungaboqar shumg`iyasi 1 ga maydonda 10000 tup bo`lganda fitomizalar 1600 tagacha, aksincha, ko`proq shumg`iyalar tarqalgan maydonlarga ega undan 6 marta ko`p fitomiza chiqariladi.
51 NAZORAT SAVOLLARI
Sirfid pashshasi, gallitsa va paraguslarning bir-biridan farqini aniqlang.