10.5 Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning oildagi mexnat tarbiyasi mazmuni va metodlari.
Ota-onalarni maktabgacha katta yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash masalasi kiziktiradi. Bu tushunarlidir. CHunki ukuv mexnati zur berishni, xarakatni, kat’iylikni, natijaga erisha bilishni talab kiladi. Maktabgacha yoshdagi bola mexnatning bu yangi turiga fakat mashgulotlar jarayonidagi emas, balki istalgan mexnat topshiriklarini bajarish vaktida tayyorlanadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar, odatda uz-uziga xizmat kursatish va oddiy maishiy-xujalik mexnati malakalarini yaxshi egallagan buladilar. Doimiy majburiyatlar: ust-boshi va oyok kiyimiga karash (ust va oyok kiyimini chutka bilan tozalash), uz-urnini yigishtirish, mayda narsalar (noski, dastrumol, lenta)ni yuvish, tugmacha, ilgaklarni kadashlar – bolalar mexnatini tashkil etishning asosiy shakli xisoblanadi. Ular butun oila a’zolari uchun axamiyatli bulgan ishlarni bajaradilar: choynak-piyolalarini yuvadilar, changni artadila va shu kabilar.
Agarda topshirilgan ishga kizikish sunsa, boshka ishni topshirish mumkin. Oilada ikki – uchta bola bulganda uy ishi ular urtasida taksimlanadi. Mexnatni yaxshirok tashkil etish uchun navbatchilik kiritiladi. Musobaka bolalarni mexnatga kiziktirishning yaxshi omilidir.
6-7 yoshli bolalarning usgan tajribasini, bilim va kunikmalarini nazarda tutib, ularga yangi kunikmalarni urgatishda kursatishlardan kamrok foydalanish va kuprok mustakillik berish kerak. Birok katta yoshdagilarning nazorati juda zarur, albatta Bajarilgan ishning sifatiga talab kuchayadi. Unga beriladigan baxo samimiy emotsional bulishi kerak.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kattalar bilan ishlashlari aloxida axamiyatga egadir. Bolalar ota-onalari bilan birgalikda ishlashga xar doim intiladilar va bu intilish kullab-kuvvatlanishi mumkin. Bola kattalar bilan birgalikda ishlaganda ulardan ish usullarini, mexnatga munosabatni uzlashtiradi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar ota-onalariga uy yigishtirishga yordam beradilar. Masalan. Ona polni yuvsa, bola mebellardagi changni artadi yoki ona idishlarni yuvsa, bola ularni artadi va boshkalar, pishgan sabzavotlarni (salat va vinegret) tugraydilar. 6-7 yoshli bolalarga jonivor va kushlarning kafaslarini tozalash, ularga ozuka va suv berishni topshirish mumkin, ular bog yoki ekinzorda ishlaganlarida tuprokni yumshatishlari, urug ekishlari, kuchat ekishlari, utok kilishlari, yagana kilishlari zarur.
Usimlik va xayvonlar xayoti xakidagi xikoyalar tabiatdagi maksadga yunalgan kuzatishlar bolalarning mexnatga kizikishlarini oshiradi, tafakkurlarining usishiga yordam beradi. Urmon, daraxtzorlarga uyushtirilgan sayrlarda narsalar yasashda kerak buladigan xilma-xil tabiiy ashyolar – suta, chuchka-yongok, kurigan shoxchalarni tuplashlari mumkin. Agar oilada bichish=tikish va chevarlik bilan shugullaniladigan bulsa, bu yana xam yaxshi. Maktabgacha katta yoshdagi bola kul mexnati bilan bajonidil shugullanadi. Vakti-vakti bilan ota-onalar bolalari bilan uyinchoklarni, kitoblarni kurib chikadilar, yirtilganlarini tuzatadilar va elimlaydilar.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda atrof-borlik xakidagi tasavvurlarining kengayishi ulardagi muomalaga bulgan katta kobiliyat va kullaridan keladigan mexnatda katnashish buyicha shaxsiy tajriba, bola oldida mexnatning ijtimoiy axamiyatini, kupgina kishilarning mexnatdagi uzaro alokasini ochib berish imkonini beradi. Masalan: kitobning yaratilishi misolida bolalarga uni tayyorlashda kup odamlar: yozuvchilar, rassomlar, bosmaxona xodimlari, kogoz fabrikasi
Ishchilari mexnati kilganligini, ularning umumiy mexnati tufayligina kitob ana shunday kizikarli va chiroyli, yorkin rasmli chikkanligini aytib berish mumkin. Bunda xarakatlar uzaro kelishilgan xolda va xamkorlik bilan amalga oshirilganligi uchun xam yaxshi natijaga erishilganligi ta’kidlash lozim.
Badiiy adabiyotlarni ukib berish xam bolaning kattalar mexnati xakidagi tasavvurlarni shakllanishiga, ularga nisbatan xurmat xissini tarbiyalashga yordam beradi.
Agar maktabgacha bolalik davrida ota-onalar bolalarning mexnat tarbiyasiga jiddiy e’tibor berib kelsalar, albatta ularda mexnat malakalari, ishga emotsional – ijodiy munosabat shakllanadi.
hayotda bunga o‘xshash misollar ko‘p. Oilalarda yolg‘iz bola bo‘lsa ham ularni erkatoy, mehnatdan qochadigan qilib emas, balki mehnat va mexnatkashlarni hurmat hilishni, oila a’zolariga yordam berishni biladigan qilib tarbiyalash zarur. Mana shundagina bolada jamiyat, kollektiv uchun ijtimoiy foydali ish qila bilish, ishdagi mas’uliyat tuyg‘ulari tarbiyalanib boradi.
SHuni hamma vaqt esdan chiqarmaslik kerakki, ota-ona bolani o‘zlari uchungina emas, shuningdek jamiyat uchun, davlat uchun tarbiyalaydi, bolani tarbiyalash ota-onaning shaxsiy ishi bo‘libgina qolmasdan, u katta axamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy ishdir.
Agar oila boshliqlari, oila a’zyulari ahil va uyushqoq bo‘lsa, ularning oilasidagi ish ham uyushgan, mehnatda tartib bo‘ladi. Bordi-yu, oila a’zolari o‘zaro kelisha olmasalar, ahil bo‘lmasalar, shubhasiz, bunday oilalarda bolalarnigina emas, hatto kattalarning ham qiladigan ishlarining tayini bo‘lmaydi, uyda ham, xo‘jalikda ham tartib bo‘lmaydi.
Ko‘p bolali ota-onalar o‘z bolalariga mehnat tarbiyasini to‘g‘ri berishni ta’minlash maqsadida uydagi mehnatni to‘g‘ri tashkil qiladilar. Bunday oilalar bizda juda ko‘p. Bu o‘rinda quyidagi misolni keltirish mumkin. Oilada to‘rtta bola bo‘lib bular: Zamira (12 yosh), Dilmurod (11 yosh), Zulfiya (10 yo,sh), Rashid (8 yosh)lardir. Bularning ota-onalari o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar. Ular ijtimoiy ishlarda aktiv qatnashadilar. Onalari boshlang‘ich maktab mudiri bo‘lgani uchun kun bo‘yi maktabda ish bilan band. SHuning uchun ham oilada bolalarga vazifa quyidagicha taqsimlab berilgan. Katta qizi Zamira ukalari va o‘zining kirlarini yuvadi. Polni yuvib, uyni ozoda tutish ham uning vazifasi. Dilmurod o‘zidan kichkina ukasi — Rashidning maktabga borib kelishi, vaqtida ovqatlanib, darsini tayyorlashi, dam olishi, o‘z vaqtida o‘ynashini nazorat qilib turadi. Onasi non yopganda tandirga o‘t yoqishda yordam beradi. Zulfiyaning uydagi vazifasi esa, idish-tovoqlarni yuvish, uydagi o‘rdak va tovuqlarni parvarish qilish, hovlini supurib, tovuqxonani ozoda saqlashdan iborat. har kuni ertalab bolalar yigishtiradilar. So‘ngra badantarbiya mashqlarini qilishadi, YUvinib, kiyinib, nonushtaga o‘tiradilar. Ovqatlangandan so‘ng maktabga jo‘naydilar.
Oilada mehnat tarbiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu erda bolalarga topshirilgan ishning natijasi albatta tekshirilib boriladi. Tekshirish shundan iboratki, ota-ona ishdan qaytishi bilan, bolalar bajargan ishlari xaqida gapirib beradilar. Bola-lar hamma ishni uy tartibi asosan bajarganliklari tufayli ularning uy ishlari, o‘qish vazifalarini bajarish va o‘yin uchun ham vaqtlari etarlidir.
Ba’zi bir ko‘p bolali oila boshliqlari pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmasalar ham, bolalarni tarbiyalashda yaxshi tajribalarga egadirlar. Odatda 8—9 ta bolasi bor oilalarda har bir katta yoshdagi bolaga bir kichik yoshdagi bola topshirib qo‘yiladi. Kattasi kichigining o‘z vaqtida yotish-turishi, ovqatlanishi, kiyim-boshlarining ozoda bo‘lishi, yasli, bog‘cha, maktabga o‘z vaqtida borib kelishi, darsini tayyorlashi, uydagi ishlarni o‘z vaqtida bajarishlari bilan qiziqib, unga yordam berib turadi. Ota-ona esa bergan topshiriqlarni tekshirib boradi. Aks holda, tabiiy, shuncha kagta oilaga faqat ota bilan onaning qarab ulgurishi qiyin. Oilada tarbiya to‘g‘ri tashkil qilinsa, to‘s-to‘polonsiz, shovqinsiz, tartib bilan hamma ish o‘z vaqtida bajariladi Oila a’zolari orasida jamoa bo‘lib ishni bajarishni to‘g‘ri tashkil qilish natijasida ota-onalar bolalarini jamiyat uchun ijtimoiy-foydali mehnat qilishga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalaydilar.
Oiladagi har bir bolaning qiladigan ishi aniq bo‘lsa, u o‘zining aka-ukalari, opa singillaridan «yalqov»», «ishdan qochadi» «hech kimni hurmat qilmaydi», «ha, bu bizning oqbilak oyim!» «ishga navbat kelsa, buning kasal bo‘ladigan odati bor»,— degan ta’na tanbehlar eshitishdan ko‘ra, o‘ziga topshirilgan ishni bajarishni afzal ko‘radi.
Oilada bolaning qiladigan ishiga qarab hurmat qilinsa, bu bolaga qanday yoqimli! SHunday qilib oilada ham bola mehnati tufayli hurmatga sazovor bo‘ladi muhimi shuki, bola umumiy mehnatga o‘zining hissasini qo‘shganligini jamoaning munosib a’zosi ekanligini biladi. Uning mehnatga bo‘lgan qiziqishi va muhabbati chuqur ijtimoiy mazmunga ega bo‘la boradi.
Bolani oilaga, foyda keltiradigan xilma-xil ishlarga jalb qilish xam tarbiyaviy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bunday ishlardan gulzorni parvarish qilish, nihol o‘tqazish, hosilni yig‘ish va uydagi qurilish ishlariga yordam berishni ko‘rsatish mumkin. Kichik yoshdagi o‘quvchilar yuqori sinflarga ko‘chganda jamoa bo‘lib ijtimoiy-foydali ish qilishga tayyorlangan bo‘ladilar. Maktab hovlisini ko‘kalamzorlashtirish maktab kabi ishlar ularni cho‘chitmaydi. Bolalarning oilada mehnat qilishi ularning kelajak faoliyati uchun ham muhimdir.
Ayrim ota-onalar o‘z bolalarini jamoa uchun mehnat qilishga o‘rgatmaganlari tufayli ularni maktabda ijtimoiy-foydali mehnat qilishlariga to‘sqinlik qiladilar. Bu noto‘g‘ridir, albatta. Ular o‘zlarining bunday xatti-harakatlari bilan bolalarida ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga putur etkazadilar, ularning manman, yalqov, ishyoqmas bo‘lib o‘sishlariga sababchi bo‘ladilar. Bu fikrlar faqat jismoniy mehnatgagina emas, shuningdek aqliy mehnatga ham taalluqlidir.
Bolalar oilada va maktabda ijtimoiy-foydali mehnatda tarbiyalanib borsalar, to‘qqiz yillik maktabdan psixologik va amaliy jihatdan ijtimoiy foydali mehnatga yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan bilimdon yoshlar bo‘lib etishib chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |