O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
(o‘quv qo‘llanma)
Toshkent-2007
Annotatsiya
Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
«Maktabgacha pedagogika» ma’ruza matni bog‘cha yoshidagi bolalarni ta’lim-tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik tushunchalari, qonun-qoidalari va amalga oshirish vosita, metodlari haqida ma’lumot beriladi. O‘qituvchi-tarbiyachini jamiyatda tutgan o‘rni hamda bog‘cha bolalarni tarbiyasida oila va jamiyachilikning hamkorligi hamda har bir mavzu yuzasidan amaliy, ijodiy topshiriqlar berildi. O‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yaratilgan.
«Maktabgacha pedagogikasi» o‘quv qo‘llanmasi professor O.U.Xasanboeva tahriri ostida yaratilgan.
O.U.Xasanboeva, SH.K.Tashpulatova M.SH.Nurmatova N.M.Qayumova, M.X.Tojieva, M.Pirmuxamedova, R.T.Akbarova, X.Sariev, N.Djamilova
Taqrizchilar:
Pedagogika fanlari nomzodi: N.M.Egamberdieva
Pedagogika kasb-hunar kolleji,
metodist o‘qituvchisi T.Xasanova
KIRISH
Milliy dasturni amalga oshirishning boshlanishi yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy maktabgacha ta’limdir. Tabiiyki, bunday islohlashgan maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachisi yuksak bilim va ma’naviy kasbiy faoliyatga ega bo‘lishini talab etadi.
Jahon hamda jamiyatda har bir ota – ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak odob egasi, mahoratli ijodkor, tadbirkor tarbiyachiga berishni istaydi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi tarbiyachilarni talabalik davridan boshlab maktabgacha ta’limning asl mohiyati, bola va tarbiyachining hamkorlik faoliyati ekanligini o‘rgatadi. Bola tarbiyachisining maqsadi, bolaning ruhiyatini rivojlanish qoidalariga amal qilishni talab etadi.
O‘z kasbini mohir ustasi bo‘lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim pedagogika fanini chuqur bilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini, o‘quv tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uni echishni to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarni to‘g‘ri echimini topishga yo‘naltiradi.
Maktabgacha ta’lim pedagogika fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogika fani bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim muassasalariga tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. SHu sababdan o‘quv qo‘llanmada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va milliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi.
Maktabgacha ta’lim pedagogika fanining nazariy asoslari: Inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga Markaziy Osiyo va jahon mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi.
Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari: Ta’lim - tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umumbashariy qadriyatlariga bog‘langan holda bog‘cha yoshidan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga qaratiladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalariga mo‘ljallab tuzilgan.
O‘quv qo‘llanma X bobdan iborat bo‘lib, unda maktabgacha ta’limning mazmuni, ta’lim - tarbiyani tashkil qilish metodlari va boshqarish masalalariga bag‘ishlangan. Har bir bobdan so‘ng nazorat savollari berilgan. Maktabgacha ta’lim pedagogika fanini chuqur o‘rganib, har bir bola qalbini zabt etuvchi murabbiy - ustoz bo‘lishlariga talabalarga omad tilaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |