Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan


Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli



Download 0,74 Mb.
bet7/47
Sana30.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#197528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.2 Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixii tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat
turlarnda ro‘y beradi. Natijada bola o‘zi yashayotgan jamiyat
ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi.

Bolaning ijtimoiy tajribani uzlashtirish tajribasi o‘zoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo‘lgan insoniy tajribani o‘zlash-tirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o‘zlash-tirish usullarini hali egallamagan bo‘ladi.

Tarbiya va ta’lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushu-narli bo‘lgan mazmunni tanlaydi, uning o‘zlashtirishiga rahbar-lik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo‘shqinligi hisobga olinadi. SHu munosabat bilan tarbiya jarayonining o‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi. U o‘zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o‘zgaradi, o‘sayotgan odam shaxsiga ta’sir ko‘rsatish usullari tobora xilma-xil bo‘lib boradi.

Tarbiyaning o‘zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zona-lari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog‘lik bo‘lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazo-larni o‘zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutkni o‘zlashtirish; ancha miqdordagi ta’savvurlarga ega bo‘lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o‘zlashtirish; buyum asosidagi o‘yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta’lim «eng yaqin rivoj-lanish zonasi»ga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg‘a harakatlan-tiradi.

Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o‘tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘la-di, avval erishilgan bosqich yanada yukorirok, bosqichning tuzi-lishiga uzviy tarzda qo‘shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko‘zi ojiz va kar bolalar uchun mo‘ljallangan jamoat muassa-salarida ayniqsa anik namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.

Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi uning. biror tomonining ruhiy rivojlanishini sun’iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. SHuning uchun maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg‘un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o‘rtaga qo‘yiladi (A. V. Zaporojets).

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli pedagogning ham etakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi. Taniqli sovet pedagogi A.S.Makarenko pedagogning roli va mas’ulnyatini ta’kidlab shunday ezgan edi:

«Tarbiyaviy ta’sirning royat qudratli ta’sir ko‘rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo‘lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo‘lsa, buning uchun u tarbiyadan, o‘z bolaligidan qarzdordir»1.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish