Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan



Download 0,74 Mb.
bet42/47
Sana30.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#197528
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

BOLALARNING O‘Z-O‘ZIGA XIZMATI
Oilada o‘quvchining mehnatini uyushtirishdan avval, ota-onalar o‘zlarining bolalari o‘qiydigan sinflarda o‘qish dasturida qanday talablar qo‘yilganligini bilib olishlari foydalidir. Ular bolalarning maktabda ortirilgan o‘z-o‘ziga xizmat qilish, uy-ro‘zg‘or ishlari, ijtimoiy-foydali mehnat malakalariga muvofiq oilada mehnatni tashkil qilishlari zarur.

Makta6 bilan oila, o‘qituvchi bilan ota-ona hamkorlikda ish olib borganlaridagina, bir-birlariga tegashli yordam berib turganlaridagina mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin.

Mehnat tarbiyasi qiz va o‘g‘il bolalarga tika bilishni, o‘zining oq yoqasi, galstugi, paypoq va ro‘molchalari hamda choynak, piyola, idish-tovoq, polni yuvishni baravar o‘rgatishda, «bu ish qiz bolalarniki», «bu ish o‘g‘il bolalarniki» deb qarab turmaydigan, har ishdan o‘zini chetga olmaydigan bolalarni tarbiyalashdao‘z ifodasini topmoqda.

4-sinf o‘qituvchilaridan birining hikoya kilishiga qo‘l mehnati darsida oq yoqa tikishda qizlar epchil harakat qilib, chaqqon tikishar, o‘g‘il bolalarning ko‘pi esa tegishli ko‘nikmaga ega bo‘lmaganlaridan sekin tikar ekanlar. YOqani mayda qilib, tepchib tikish, ignani oldinga qaratib yuritish o‘rniga xuddi tugma qadaganday sinchib tikar ekanlar.

Ota-onalar o‘z bolalariga maktab dasturiga asoslangan holda oilada mehnatni o‘rgatib borishlari zarur. Darsda olingan bilimni uyda takrorlab turilmasa, oilada bolaning qilayotgan ishi bilan qiziqib turilmasa, faqat o‘qituvchining o‘zigina bu vazifani bajarishi, ya’ni mehnat tarbiyasini singdirishi og‘ir bo‘ladi

Biz ayrim maktablarning boshlang‘ich siif o‘qituvchilari ba’zi ota – onalar shi mumkin bo‘lgan ishlari to‘g‘risida suhbatlashdik.


Ba’zi bir ota-onalar mana shundan so‘ng o‘quvchilarga «Mening uyda
qiladigan ishlarim» temasini uch-to‘rt kun ichida yozib
kelish topshirilgan. 2—3 sinf o‘quvchilarinig yozma
ravishda bergan javoblaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchilar (o‘g‘il yoki qiz bola bo‘lishidan qat’i nazar) o‘z-o‘ziga xizmat qilar va uy-ro‘zg‘or ishlarida ota-onalariga kuchlariga yarasha yordam berar ekanlar, O‘tkazilgan yozma ishlarda o‘quvchilar, asosan, qiladigan ishlarining ro‘yxatini berganlar. Ishni
qanday bajarishlarini aniqlash maqsadida biz har bir sinfda o‘zimiz taxminan tanlab olgan ayrim o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdik. SHunday suxbatlardan biri ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lgan,
2 sinfda o‘qituvchisi o‘rtoq M SHokirovaning o‘quvchilari bilan olpb borildi. SHokirova (Toshkent shahar CHilonzor tumani 138-maktab) ijodkorligi, yosh o‘qituvchilarga beg‘araz yordam berishi bilan katga hurmat qozongan pedagogdir. Uning mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish sohasidagi ishlari ham diqqatga sazovordir. Bu ijodkor o‘qituvchi o‘quvchilarniig ota-onalari bilaa tez-tez suhbatda bo‘lib, ularga amaliy maslahatlar berib turadi. Mohir o‘qituvchi avvalo o‘quvchilar bilan sinf xonasini yig‘ishtirish to‘g‘risida suhbat o‘tkazdi va uni ko‘rsatib berdi. Ularga eshik, deraza, partalar va sinf shkaflarining changini xo‘l latta bilan artish, sinfdagi gullarga suv quyishni o‘rgatdi. SHuningdek, echgan kiyimlarni osib qo‘yish, oyoq kiyimlarning changini tozalash, uydagi narsalarning changini artishni o‘rgatdi. Keyinchalik esa bolalar o‘qituvchi rahbarligida 2—3 ta o‘quvchining uyiga borib, o‘quvchining xonasini, ish burchagini yig‘ishtirdilar. YOzma ishlardan shu narsa aniq bo‘ldiki, o‘g‘il va qiz bolalarning ko‘pchiligi uyda ukalariga qarar, hovlini supurar, o‘zlarga yarasha chelaklarda suv olib kelar, yuvilgan kichik buyumlar (oq yoqa, lenta, ro‘molcha, galstuk)ga dazmol bosar ekanlar. Biz ayrim o‘quvchilarga savollar berib, ishlarni qanday qilib bajarayotganliklarini aniqlab oldik: «YOtgan joyingni qay tartibda yirishtirasan?», «Kir yuvganda (lenta, paypoq, va boshqalar) avvalo qaysisini yuvasan?», «Nima uchun kir yuvganda oq narsadan boshlaysan?», «Kirni qanday suv bilan yuvasan?», «CHoy ichgan choynak-piyola-larigni va ovqat egan idish tovoqlaringni qanday suv bilan yuvasan?», «Uyni supurganda nima uchun supurgini ho‘llaysan?».

O‘quvchilar qo‘yilgan savollarning hammasiga to‘g‘ri va to‘la javob berdilar. Lekin bolalar ko‘p ishlarni o‘zlari bilib, hamma vaqt o‘zlaricha qilmasliklari ham ma’lum bo‘ldi. Ba’zi o‘quvchilar «Ish bo‘lsa, onamga qarashaman», «onam ovqat pishirganda, ba’zan kartoshka, sabzi, piyoz tozalab beraman», deb javob berishdi. O‘g‘il .bolalardan biri «choy ichib bo‘lgandan keyin ba’zan piyolalarni yuvaman»,— dedi.

Suhbat davomida shu narsa aniqlandiki, o‘g‘il bolalarning ba’zilari uyda, ukalarini o‘ynatar- va ahyon-ahyonda oq yoqalariga, dazmol bosib, kiyimlariga tugma taqar ekanlar.

Bir sinfda suh'bat o‘tkazganimizda ikki qizni barcha o‘quvchilarga namuna qilib ko‘rsatdik. Bular Sitora va SHoxistadir. Birinchisi «yaxshi» baholar va ikkinchisi esa «o‘rta» baholar bilan o‘qiydi. Ular o‘quvchilar orasida o‘zlarining ozodaliklari bilan ajralib turadilar. Ular uylarida doimo mehnat qiladilar. Sitora to‘g‘risida bir sinfdoshi: «Biz yangi yilda uning uyiga borganimizda Sitora xalat kiyib, idish-tovoq yuvib turgan ekan»,—dedi

Tajribali o‘qituvchilardan D. Muhammadjonova 2 sinfda mehnat darsida: «Bolalar, biz mehnat darsimizda o‘rganayotgan ishlarimizni faqat sinfdagina, maktabdagina emas, uyda ham qilishimiz kerak. Men bu to‘g‘rida ota-onalaringiz bilan suhbatlashib turibman. Aniqlashimcha, ba’zilaringiz uyingizda ish qilmayotgan ekansizlar. Ba’zilaringiz esa, oilalaringizga yaxshi yordam berar ekansizlar. Mana Bahodir, uyni supurar,- suv olib kelar, kichik buyumlarni yuvib, o‘zi dazmollar ekan. hammangiz shunday bo‘lishingiz kerak.. Men uylaringizga borib, tekshirib turaman»,— deb darsni yakunladi.

Bolalarning doimo o‘z-o‘zita xizmat qilishini tashkil etish va nazorat qilish vazifasi ota-onalarga, oiladagi katta yoshdagi kishilarga yuklatiladi. Oilada to‘g‘ri tashkil qilingan bolalar mehnati tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga, oilaga katta yordam hamdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularga doimo: «Sen endi katga qiz bolasan» yoki «sen ham endi katta bola bo‘lib qolibsan, menga yaxshi yordam berayotirsan»^ deyilsa, bu so‘zlar bolalarga juda ma’qul tushadi, chunki ular tezroq katta bo‘lishni orzu qiladilar

Oilada bolalarning mehnat tarbiyasi bilan shug‘ullanganda kichik maktab yoshidagi bolalarga kuchlariga yarasha vazifalarni asta-sekin murakkablashtirib borish va topshirilgan ishga mas’uliyatni talab qilib turishni unutmaslik kerak. Masalan, sut, qatiq, non, suv keltirish, uydagi quyonlarni va parrandalarni parvarish qilish kabi vazafalarni 3 va 4 sinf o‘quvchilariga topshirish mumkin. Javobgarlikni sezgan bola o‘z vazifalarini yaxshi bajarib turadi. CHunki biladiki, agar bu vazifalardan biri bajarilmay qolsa, oila o‘z vaqtida kerakli narsalar bilan ta’minlanmay qolishi mumkin. Sevaraning onasi farrosh bo‘lib ishlaydi, u har kuni kechqurun xonalarni yig‘ishtirishi, xona changlarini artishi kerak. Buni ko‘rgan Sevara (IV sinfda o‘qiydi) har kuni kechqurun onasining ishxonasiga kelib, unga yordam beradigan bo‘lib qoldi. Onasiga suv olib kelib beradi, u pol yuvayotgan paytda xonalardagi changni artadi.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish