G'alla ekinlari maysasining bir-biridan farq qiladigan
xususiyatlari
Ekinning nomi
|
Bargining
|
rangi
|
holati
|
eni
|
tukli-tuksizligi
|
|
Bug'doy
|
Yashil, goxo boshqa tusda
|
Vertikal joylashgan
|
Ensiz, goxo enli
|
Tuksiz yoki qalin, ammo qoplangan kalta tukli
|
Suli
|
Och yashil yoki yashil
|
-
|
Ensiz
|
Tuksiz yoki kam tukli
|
Javdar
|
Binafsha-jigar rang
|
-
|
-
|
-
|
Arpa
|
Kul rang, kul rang-yashil, surma rang
|
-
|
O'rtacha
|
-
|
Tariq
|
Yashil
|
Bir oz pastga egilgan
|
Enli, voronkaga o'xshab ochilgan o'rtacha
|
Uzun tuk bilan qalin qoplangan
|
Oqjo'xori
|
-
|
-
|
O'rtacha
|
tuksiz yoki kam tukli
|
Makkajo'xori
|
-
|
-
|
Enli, voronkaga o'xshab ochilgan
|
-
|
Sholi
|
-
|
Vertikal joylashgan
|
Ensiz
|
Tuksiz, goxo tukli
|
G’alla ekinlarining maysa barglari tukli-tuksizligiga qarab farq qiladi (ular tukli yoki tuksiz bo’ladi). Barglarining tuki qalin, siyrak yoki barg plastinkasining chetida joylashgan kiprikchalar shaklida bo’lishi mumkin.
Maysalarni o’rganish uchun ularni xonalarda yoki kichikroq kristallizatorlarda yorug’da yo bo’lmasa termostalarda o’stirish kerak.
Tuplanish bosqichini aniqlash. Maysalar chiqishi bilan poya ikki-uchta yashil barg chiqaradi va vaqtincha o’sishdan to’xtaydi. Shu vaqtda uning yer osti qismida bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta bo’g’im hosil bo’ladi, bular tuplanish bo’g’imi deb ataladi. Tuplanish bo’g’imidan yon novdalar va ikkilamchi ildizchalar (popuk ildizchalar) o’sib chiqadi.
Yon novdalar asosiy poyaning shoxlaridir. Boshqa o’simliklardan farq qilib, g’alla ekinlarining poyasi asosan yer ostida shoxlaydi. Bunday shoxlanish tuplanish deb ataladi. O’simliklarning 10 %ida tuplanish bo’g’imidan birinchi yon novda paydo bo’lishi tuplanish bosqichi boshlanganidan darak beradi.
Shunday qilib, g’alla o’simligi bir nechta poya chiqaradigan tupdir. G’alla ekinlarining tuplanishi cho’zilib ketganida boshoq chiqaradigan novdalardan tashqari, duvarak (bachki) poyalar deb ataladigan boshoqsiz novdalar (ro’vak) va zaif novdalar deb ataladigan, puch donli boshoqlar (ro’vaklar) chiqaradigan novdalar hosil bo’lishi mumkin.
Bachki novdalar bilan zaif novdalar hosil bo’lganligidan umumiy va unumli tuplanish farq qilinadi. Umumiy tuplanish deyilganda bir tup o’simlikdagi barcha poyalarning umumiy soni, unumli tuplanish deyilganda esa to’liq donli boshoq chiqaradigan, ya’ni hosil beradigan poyalarning soni tushuniladi.
Tuplanish har bir o’simlikdagi poyalarni sanash va bitta o’simlikka to’g’ri keladigan o’rtacha poya sonini topish yo’li bilan aniqlanadi. Uni kasrli son bilan ifodalash ham mumkin.
Tuplanish o’simliklarni o’stirish sharoitiga g’alla o’simligining tavsifli xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Kuzgi g’alla ekinlari, xususan kuzgi javdar eng ko’p tuplansa, bahori g’allalardan arpa yaxshi tuplanadi. Bug’doy bilan arpa sug’oriladigan yerlarda lalmikor yerlardagiga qarganda ko’proq tuplanadi.
Makkajo’xori bilan jo’xori kam tuplanadi, chunki ularning yon shoxlari kechroq – o’simlik 6-8 ta barg chiqarganidan keyin paydo bo’ladi.
Tuplanishni dalada aniqlash eng ma’qul hisoblanadi. Kuz va bahor kezlarida mashg’ulotlar boshlanishidan oldin o’simlik tuplari kovlab olinib, suvga solib qo’yiladi. Qish davrida mashg’ulotlar uchun esa o’simlik tuplari oldindan kovlab olinadi va issiq bino ichiga olib kirib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |