A hodisa ro‘y bergamnda, ro‘y bermaydigan hodisaga qarama-qarshi hodisa deyiladi va kabi belgilanadi. Masalan T hodisaga qarama-qarshi hodisa – qartalar dastasidan olingan qartaning “tuz” bo‘lmasligi hodisasidir.
Agar A va B hodisalardan birining ro‘y berishi ikkinchisining ro‘y berishini inkor qilsa, u holda A va B hodisalardan birgalikda bo‘lmagan hodisalar deyiladi. Masalan, tanga tashlaganimizda u yo G – gerbli, yoki R – raqamli tomoni bilan tushadi, bunda tanganing tik turib qolishi inobatga olinmaydi. Bu misolda tanganing G – gerbli tomoni bilan tushish R – raqamli tomoni bilan tushishini inkor qiladi.
Endi chekli N dona …, boshlang‘ich holatlardan iborat biror tajribani kuzataylik. Biz uchun larning tabiati unchalik muhim emas.
Ehtimollar nazariyasida xususiy hollarga ajratilmaydigan …, holatlarga elementar hodisalar deyiladi, qo‘pol qilib aytganda, elementar hodisalarni yana ham elementarroq holatlarga ajratib bo‘lmaydi.
Bunday elementar hodisalar to‘plamini:
{ …, } = Ω
kabi belgilanadi hamda elementar hodisalar fazosi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |