Ushbu kitobni ehtimolliklar nazariyasi imlmidan saboq bergan ustozlarimning yorqin xotirasiga bag‘ishlayman. Muallif kirish


I bob. HODISA VA EHTIMOLLIK TUSHUNCHASI



Download 458,65 Kb.
bet5/8
Sana12.01.2022
Hajmi458,65 Kb.
#338599
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ehtimollar nazariyasi

I bob. HODISA VA EHTIMOLLIK TUSHUNCHASI
1-§. Ehtimolliklar fazosi. Hodisalar ustida amallar
Ehtimolliklar nazariyasining boshlang‘ich tushunchalaridan biri hodisa tushunchasi bo‘lib, uning ro‘y berishi yoki ro‘y bermasligini quyidagi sxemalardan biri orqali ifodalash mumkin:

  1. agar S shartlar kompleksi bajarilsa, haqiqatdan ham, A hodisa ro‘y beradi;

  2. agar S shartlar kompleksi bajarilsa, u holda A hodisa ro‘y bermaydi.

Birinchi holda A hodisa S shartlar kompleksiga nisbatan “ishonchli” yoki “muqarrar” deyiladi, ikkinchi holda esa A hodisa S shartlar kompleksiga nisbatan “ro‘y bermaydigan” hodisa deyiladi. Masalan idishdagi suv normal atmosfera bosimida va Selsiy shkalasi bo‘yicha 0 gradusdan past temperaturada muzlaydi – muqarrar hodisa, B – gaz yoki D – plazma holatda bo‘lmaydi. Bu misolda idishning hajmi, bosim, temperatura S – shartlar kompleksini tashkil etadi.

Shartlar kompleksi S bajarilganda A hodisa ba’zan ro‘y berib, ba’zan ro‘y bermasa bunday hodisaga tasodifiy hodisa deyiladi, hamda lotin alfavitining A, B, C, … bosh harflari bilan belgilanadi.

Tasodifiy hodisalarga misollar:

1) A – otilgan o‘qni nishonga tegish hodisasi;

2) B – sotib olingan pul – buyum lotoreyasiga yutuq chiqishi hodisasi;

3) D – odamning 1000 yoshga kirishi hodisasi;

4) G – yerga tashlangan tangani “gerb” tomoni bilan tushishi hodisasi;

5) T – 36 donali qartalar dastasidan tavakkal olingan qartaning “tuz” qarta chiqish hodisasi va hokazo;

Ehtimollar nazariyasida “tajriba o‘tkazilganda” yoki “tajriba”da terminlari juda ko‘p ishlatiladi. Masalan G hodisaning ro‘y berishi yoki ro‘y bermasligini aniqlash maqsadida bir jinsli materialdan simmetrik tayyorlangan tanga tekislikga “pirillatib” tashlanadi, ya’ni ma’lum shartlar kompleksi bajarilganda (tajriba o‘tkazilganda) yuqorida qo‘yilgan masalaga javob ayta olamiz.


Download 458,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish