Ehtimolliklar nazariyasining maqsadi tasodifiy hodisalar sohasida hodisa ehtimolligini avvaldan prognoz qilish, tasodifiy hodisalar, tasodifiy miqdorning tasodifiy jarayonlardagi qonuniyatlarni ochishdan iborat.
Ehtimolliklar nazariyasi – tasodifiy hodisalar, miqdorlar, jarayonlardagi qonuniyatlarni o‘rganadigan matematikaning bir bo‘limidir.
Ehtimolliklar nazariyasi – boshqa bir qator tabiiy fanlar kabi amaliy ehtiyojlar natijasida vujudga keldi.
XVII asrning boshlarida mashhur fizik Galileo Galiley fizik o‘lchashlardagi tasodifiylik xususiyatini topdi va bu hodisalarning ehtimolliklarini baholagan bo‘lsada, qadimgi Xitoyda, qadimgi Rimda demografik kuzatishlar bilan bog‘liq bo‘lgan tasodifiy hodisalarning chastotasi turg‘unlik xususiyatiga egaligini bilishgan. XVII asrning o‘rtalarida Kardano, Gyuygens, Pskal, Ferma kabi mashhur matematiklar qimor o‘yinlari nazariyasini yaratish yo‘lida katta xizmat qilishdi. Ehtimolliklar nazariyasini rivojlantirishda Yakob Bernulli munosib hissa qo‘shdi, u birinchi bo‘lib “katta sonlar qonuni”ni isbotladi.
Ehtimolliklar nazariyasining taraqqiyotidagi keyingi bosqich Muavr, Lapas, Gauss, Puasson, B.Y.Bunyakovskiy, P.L.Chebishev, A.A.Markov, A.M.Lyapunov, C.N.Bernshteyn kabi mashhur matematiklar nomlari bilan bog‘liq.
Hozirgi zamon ehtimolliklar nazariyasi rivojlanishida A.N.Kolmogorov, V.I.Romanovskiy, A.Y.Xinchin, Y.V.Proxonov, B.V.Gnedenko, A.A.Borovkoy, A.N.Shiryayev, D.Dub, G.Kramer, V.Feller, M.Lovey va boshqalar munosib hissa qo‘shganlar.
Ehtimolliklar nazariyasi yutuqlaridan nazariy fizika, biologiya, genetika, geodeziyada ommaviy xizmat tzimlarida, ishonchlilik nazariyasida, amaliy statistikada va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.
Ehtimolliklar nazariyasiga oid muammolarning qo‘shilishi va ularning yechimiga oid fundamental ilmkiy tadqiqot ishlarining sifati va salmog‘I bo‘yicha O‘zbekistonlik ehtimolchilar maktabi jahonda yetakchi o‘rinda turadi. Respublikamizda ehtimolliklar nazariyasini rivojlantirishda V.I.Romonovskiy, T.A.Sarimsoqov, S.H.Sirojiddinov, T.Azlarov, Sh.Farmonov va boshqalarning xizmati katta.
Tasodifiylik tamoyilini bilmasdan turib fizika, kimyo, biologiya, geodeziya va boshqa fanlarda o‘rganiladigan tasodifiy hodisalarning tub mohiyatini anglab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ehtimoliklar nazariyasi universitet va institutlarda, kollej dasturlarida alohida kurs sifatida o‘tiladi. Hozirgacha o‘zbek tilida bu predmet haqida darsliklar kamligini e’tiborga olib, muallif shu kitobni yozishga jazm qildi.
Ushbu kitob ta’lim standartlari bo‘yicha bakalavriatning quyidagi:
B 440100 – fizika;
B 440200 – mexanika;
B 440300 – astronomiya;
B 460100 – matematika;
B 480100 – informatika yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oladigan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, mazkur kitob universitetlarning mexanika-matematika va pedagogika institutlarining fizika-natematika fakultetlari talabalari uchun ham mo‘ljallab yozilgan.
Qo‘llanmani yozishda muallifning Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan davlat universitetida ko‘p yillar mobaynida o‘qigan ma’ruzalari asos qilib olingan. Ehtimolliklar nazariyasiga oid masala va misollar talabalar uchun o‘tkazilgan semenarlarda, mashq darslaridagi misol va masalalardan foydalanilgan.
Kitobni yozishda Moskva Davlat universiteti aspiranturada (1974–1977), doktoranturada (1981–1983) ta’lim olgan yillar mobaynida to‘plagan materiallari va A.N.Kolmogorov, Y.V. Proxorov, A.N. Shiryayev, B.V. Gnedenko, A.D.Solovyev va boshqalardan eshitgan ma’ruzalarini asos qilib olingan.
O‘quv qo‘llanmani yozishda ayrim nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin, shu kamchiliklar haqidagi tanqidiy fikr va mulohazalarni muallif chuqur minnatdorchilik bilan qabul qiladi.
O‘quv-qo‘llanmani yozishda Toshkent davlat texnika universiteti ASU fakultetida va Namangan davlat universitetining matematika fakulteti talabalariu uchun o‘qilgan ma’ruzalar asos qilib olingan.
Qo‘llanmani ayrim xato va kamchiiklarini tuzatishga yordam bergani uchun H. Qosimovga muallif minnatdorchilik bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |