Salkam ikki asr davomida Yaponiya tashqi dunyo bilan aloqasini deyarli
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
56
Yevropa ta’siridan – mamlakatga g’arb madaniyati va nasroniylik kirib
kelishi natijasida jamiyatda katta o’zgarishlar bo’lishidan qo’rqqani uchun
ham
“sakoku” kabi keskin chorani tanlagan va aholisini ikki asrlik ma’naviy
qoloqlik va iqtisodiy nochorlikka duchor qilgan.
O’zgarishlardan yoki yangilikdan qo’rqish – jamiyat tarixi davomida
insoniyatning oyog’iga kishan bo’lib kelgan ijtimoiy qo’rquv. Grek
yoshlariga yangicha firklashni o’rgatgani uchun Suqrotni zaharlab
o’ldirishga qadimgi yunon oqsuyaklarini aynan shu qo’rquv majbur qilgan.
Muqaddas cherkovning asrlardan beri aytib kelgan haqiqatiga qarshi
yangi ilmiy isbot k
eltirgani uchun Gallileyni o’tda kuydirishga majbur qilgan
ham shu qo’rquv. Qaysi davrga qaramang – yangilikdan qo’rqishning
soyasida jabr ko’rgan jamiyatni ko’rasiz.
O’rnatilgan odatlardan tashqariga chiqa olmagan milliardlab odamlar
yashab o’tgan bu dunyoda, lekin faqat o’zgarishlarga vaqtida ko’nikkan,
zamon bilan
hamnafas bo’lgan va o’zi qarshiliklarni yengib o’tib yangiliklar
yaratgan shaxslarni tarix darsliklarida haligacha ismi bor. O’zgarishlardan
qo’rqmagan ilg’orlar asrlarga tatigulik ishlar qilgan va avlodlar tomonidan
ardoqlangan.
O’zgarishlardan qo’rqishning zamirida aqlning hokimiyatparastligi
turadi.
Birinchi kitobda o’z shahrini qamal qilgan shoh haqida ertak aytib
bergandim. U ham boshqa shaharlardan kelgan savdogarlar aholiga ilm
tarqatib, uning hokimiyat
ini susaytirishidan qo’rqqan edi. Avval
aytganimdek, aql shaxsiyatni boshqarishda andozalar va qoidalar belgilab
oladi. Yangiliklar esa o’rnatilgan shu tartibni buzib yuborishi mumkin. U
holda aql o’z strategiyalarini qaytadan tuzib chiqishga majbur bo’ladi.
Y
alqov va o’zini o’ta yaxshi ko’radigan aqlga esa bu sira yoqmaydi.
Shuning uchun u har qanday yangicha narsadan azbaroyi qo’rqadi.
Yovvoyi jonzotlarda bunday qo’rquv yo’q (chunki bu tabiiy qo’rquv
emas)
– ular o’zlari yashayotgan muhitdagi o’zgarishlarni tabiiy hol deb
qabul qiladilar va bu o’zgarishlarni inobatga olib yashashga harakat
qiladilar. Bu bilan o’z turlarining moslashuvchanligini oshiradilar va tabiiy
mukammallikda bir qadam ildamlaydilar.
Odamzod esa aqli tadbiq qilgan va ko
’nikkan tartiblarni saqlab qolish
uchun kerak bo’lsa butun dunyoni o’zgartirishga tayyor. Ammo dunyo bir
mavjudot
ning yashash tarzi va qarashlariga qarab o’zgarmaydi. Shuning
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
57
uchun o’zgarishdan qo’rqib qilgan xatti-harakatimiz atrof-dunyoga faqat
zarar keltiradi.
O’zgarishlardan qo’rqish men kitob boshida ta’riflab o’tgan orttirilgan
ilm tanqisligi holati kelib chiqishiga ham hissa
qo’shadi. Jaholatning avj
olishida bu tuyg’uning xizmati salmoqli. O’z hukmiga putur yetishidan
qo’rqqan aql odamni yangi ilmlardan iloji boricha nari tutadi – muhimlik va
qo’rquv yordamida odamni ma’naviy o’sishdan to’xtatadi.
Biz
o’zgarishlardan
qo’rqish
deb
atayotgan
tuyg’uning
jamiyatshunoslikda
Do'stlaringiz bilan baham: