konservatizm
deb atashadi. Konservativ odam eski
tartib qoidalarni yoqlovchi, yangilanishlarni mutlaqo rad etuvchi yoki katta
qiyinchilik va talofat bilan qabul qiluvchi shaxsdir. Odatda bunday odamda
shaxsiy muhimlik tuyg’usi, haqparastlik va bekamlik komplekslari rosa avj
olgan bo’ladi.
Turg’unlik – tabiatda kuzatilmaydigan holat. Hatto qattiq jismlarni
tashkil qilgan elementar zarrachalar ham tinimsiz o’z holatlarini o’zgartirib
turadi. Tabiatda
hamma narsa har doim
o’zgarib turadi. Shuni hisobga
olsak, o’zgarishlardan qo’rqish va ularga qarshilik qilish – tabiatning
xohishiga qarshilik qilish degani. Tabiat bilan ziddiyat esa hech qachon
yaxshi oqibatlarga olib kelmagan.
Men bu dunyoda faqat
bir qudrat o’zgarmas ekaniga ishonaman
(bilishimcha, siz ham bunga ishonasiz)
– butun borliqni yaratgan ilohiy
kuch boqiy. Yaratgan
– har qanday qiyosdan holi, avvali va oxiri yo’q,
o’zgarmas qudratdir. Shuni bilgan va doimo yodda saqlagan odam hech
qachon
o’zgarishlarni
rad
etmaydi.
“Men
shundayman
va
shu
ndayligimcha qolaman” deganlar xudolikka da’vo qiladilar – odam
o’zgarnas yoki abadiy emas.
Xa
lqda “musofir bo’lmaguncha, musulmon bo’lmaysan” degan gap
bor. Bu yashash muhitini o’zgartirishdan keladigan ma’naviy naf qanchalik
yuqori ekanining ifodasi. Odam mutlaqo yangicha sharoitga tushganda,
o’z shaxsiyatining kuchli va zaif jihatlarini amalda ko’rib oladi. U yangi
madaniyat bilan tanishadi, yangi ilmlarga ro’baro’ bo’ladi. Bundan
tashqari, o’zi yashab ko’nikkan muhitning asl qadrini to’liq his etadi.
Shunday ek
an, safarga chiqishga, ma’lum muddat uydan uzoqda
yashashga imkon tug’ilganda – hech bir hadiksiz ildam qadam tashlash
lozim.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
58
O’zgarishlardan qo’rqish bizning orzularimizga ham soya soladi. Agar
odam bu qo’rquvga tobe bo’lsa, u to’laqonli katta niyatlar qila olmaydi –
katta niyatlar katta o’zgarishlar hisobiga bo’ladi, axir. Bunday odam orzu
qilishda hozirgi imkoniyatlari doirasidagi rejalardan nariga o’tolmaydi.
Qudratli ahd egasi bo’lgan odamzodning shunday ahvolda yashashi juda
achinarli hol.
Ba’zida “milliy urf-odatlarimiz sofligini saqlab qolish lozim” degan
ta’kidni eshitib hayron bo’laman: qanday qilib urf-odat, madaniyat yoki
milliylikni o’zgarishsiz saqlab qolish mumkin? Buning, shunchaki, iloji yo’q.
Tilimizning sofligini saqlaylik degan gap yana ham kulgili
– bu bilan
tashqaridan
kirib
kelayotgan
narsalarning
nomini
olmaymiz
demoqchimizmi? Nima
– u narsalarni nomini atamasdan ishlatamizmi?
“Qo’lingdagi nima?” – “Bumi? Bu... haligi... buning nomini aytolmayman” –
“Nimaga?” – “Men tilimizning sofligini asrab qolmoqchiman, bu matoqning
esa o’zbek tilida nomi yo’q...”
Siz “o’zlikni saqlash” degan iborani to’g’ri anglashingizni istardim.
O’zlikni asrash deganda, uni qanday bo’lsa boricha, hozirgi holatini saqlab
qolish nazarda tutilmaydi. Shaxsiyat arxeologlar tuproqdan qazib olgan
ming yillik topilma emaski, uni asl holida saqlasangiz. Sizning
shaxsiyatingiz siz bilan birga dunyoga keldi
– uni siz bilan birga tark etadi
ham. Faqat shu ikki eshik orasidagi hayot yo’lida siz uni imkoni boricha
yuksaltirib, borajak manziliga munosib qilib tarbiyalashingiz lozim. Buning
uchun esa shaxsiyatning dunyoqarashini kengayishdan tutib turadigan
qo’rquvlardan halos bo’lish darkor.
O’zlikni anglash va asrash – odam o’zi qayerdan kelganini va qay
manzilni ko’zlab, qay maqsadlarga intilib borayotganini yodda saqlashi
demakdir.
O’zligini asrash uchun daraxt o’sishdan to’xtamaydi – u,
shunchaki, ildizi qayerda ekanini unutmaydi, xolos...
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
59
Do'stlaringiz bilan baham: |