ergashib, o’z nisbiy haqiqatlarimizni boshqalarga o’tkazmoqchi bo’lamiz.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
60
haqingizda xulosasini o’zi chiqarmasdan, siz tashlagan variantni olishga
majbu
r bo’lyapti.
Ammo bizning tabiatimiz cheklovlarga qarshi chiqishga odatlangan.
Biz har qanday bosimga darhol himoya reflekslari bilan javob qaytaramiz.
Kimdir bizga yurish uchun faqat bir yo’l ko’rsatsa, biz bu yo’ldan yurishga
oxirigacha qarshilik qilamiz. Munosabatlarda ham xuddi shunday
–
kimgadir o’zingiz haqingizda bir taassurotni qancha tiqishtirsangiz, u
odam buni shuncha kuchli inkor etaveradi.
Tanlov bermaslik
– yangi tanishlar orasiga g’ov bo’lish bilan birga,
yo’lga qo’yib bo’lingan munosabatlarni ham buzadigan holat. Aytaylik, bir
yigit bir qizni sevadi. U borib qizga sevgisini izhor qiladi. Bunda u qizga
tanlov bersa, undan javob sevgi kutayotganini unga aytmaydi. “Men seni
sevaman
– sen ham meni sev” deyish esa qizni har qanday tanlovdan
mahrum qilish degani. Agar qiz shunday bosimga uchrasa, yigit uni
sovg’a-salomu, gullarga ko’mib tashlasa ham unga nisbatan ko’nglida
iliqlik uyg’onmaydi. Uning tanlash erkinligiga tajovuz qilgan odamni yaxshi
ko’rishi qiyin.
Bu kabi holatdagi eng katta balo
– bu o’yinda aql ishtirok etishidir.
Seshanba kuni aytib o’tganimdek, aql kimningdir bahosi va qadrini
qiyoslash orqali aniqlaydi. Tanlash imkoni berilgandagina ana shu
qiyoslab baholash amalga oshiriladi
– tanlov o’zi bitta bo’lsa, uni kimga
qiyoslash mumkin?
Yigit yoqtirgan qizga mehrini izhor qilib, javob sevgini tanlashni uning
o’ziga qoldirsa, qizning aqli darhol u yigitni boshqa nomzodlarga
solishtirib, nisbiy qadr va ahamiyat
ini, yoqimlilik darajasini o’lchab beradi.
Agar bu qiyoslash natijasi yigit foy
dasiga hal bo’lsa, aql ko’ngil
darvozalarini ochadi. Agar qizga yigit faqat uni sevishni taklif qilsa (ya’ni
uni tanlash imkoniyatidan cheklasa), qiz aqli bunga qarshilik bilan javob
qaytaradi va ko’ngil mudofaasini kuchaytiradi. Bu yo’l bilan odam ko’ngliga
kirib borish imkonsiz.
Agar odamning ko’ngli aql qaramog’idan chiqib, erkinlikka erishgan
bo’lsa – bunda masala ancha oydinlashadi. Bunda ko’ngilga to’g’ridan-
to’g’ri yo’l topsa bo’ladi. Afsuski, bunday ochiqko’ngil odamlar juda kam
uchraydi. Ko’p holatlarda biz ko’ngil posboni aqlni moddiy manfaatlar
va’da qilib (sovg’alar berib) o’z tomonimizga og’diramiz va u “erib” ketib,
ko’ngil eshigini ochadi. Lekin ochiqko’ngil, odamlar bilan munosabatiga
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
61
manfaat
parast aqlini aralashtirmaydigan shaxsning ko’ngliga yo’l sovg’a-
salom bilan
amalga oshirib bo’lmaydi. Ko’ngilga moddiy boyliklar kerak
emas. Bunda u odamning ko’ngli nimani istaydi – shuni his eta olish va
unga shuni taqdim etish darkor.
Juda ko’p holatlarda ko’ngilning istagi juda oddiy bo’ladi –
Do'stlaringiz bilan baham: